TUITda bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi

30-mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti IT soxasi bo'lajak mutaxassislari uchun bo'sh ish o'rinlari yarmarkasiga o'z eshiklarini ochdi. Shu kabi tadbirlar universitetning barcha filiallarida ham bo'lib o'tdi. Mamlakatimizning eng chekka burchaklaridan ham ko'plab bitiruvchilar kelajakdagi kasbiy faoliyatlari uchun qiziqarli tashkilotlarni tanlab oldilar. Ishtirokchilar orasida rezyume taqdim etib, shu paytning o'zidayoq ishga qabul qilishning kelasi bosqichlariga yo'llanma olganlar ham bo'ldi.

Shunday qilib, TATUda navbatdagi bo'sh ish o'rinlari yarmarkasida IT-bo'sh ish o'rinlari mahalliy uyushmalar va kompaniyalar, davlat organlari, idoralar va tijorat korxonalari tomonidan taklif etildi.

Tadbir doirasida personal bilan ishlash va HR mutaxassislari talabalarni bo'sh ish o'rinlari bilan tanishtirdilar, ishning afzalliklari haqida gapirib o'tdilar.

IT mutaxassisini topish! "O'zbektelekom" AK HR mutaxassislariga aynan shu masala qo'yilgan edi. "Axborot tizimlari" filialining vakillari esa yosh mutaxassislarga ish topish, dasturlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarida yangi "onglar" ni izlashga yordam berish vazifasini o'z zimmalariga oldilar.

Tadbirda IT sohasida faoliyat yurituvchi yuzlab tasgkilotlar ishtirok etdilar. An'anaga ko'ra, yarmarkalarning maqsadi yosh mutaxassislarni ishga joylashtirishda yordam berishdir. Rejalashtirilgandek, tadbirda TATU va uning hududiy filiallarining 2600 dan ortiq talabalari va bitiruvchilari ishtirok etdilar. Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, har bir ish yarmarkasi ish beruvchilar, ta'lim muassasalari va yosh mutaxassislar o'rtasida ko'prik bo'lib xizmat qiladi.