Kadrlar siyosati

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining kadrlar siyosati ishchanlik qobiliyatini hisobga olib, xizmat lavozimlariga tayinlash, menejerlar va mutaxassislarni respublika hamda chet ellar ta’lim muassasalarida doimiy o‘qitish, kadrlarni muntazam yangilab turish va ularning faoliyatlarini nazorat qilib borish kabi demokratik zamonaviy tanlov tamoyillariga asoslanadi.

Quyidagilar Kadrlar siyosatining asosiy yo‘nalishlaridir:

  • ichki rezervlar va tashqi mehnat bozolaridan xodimlarni jalb etish hisobiga Kompaniyaning talablariga muvofiq kadrlarga bo‘lgan optimal ehtiyojni aniqlash;
  • Kompaniyada faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini doimiy ravishda oshirib borish, Kompaniya talablariga muvofiq kadrlar salohiyatini tayyorlash maqsadida Respublika ta’lim muassasalarida yosh mutaxassislarni tayyorlash;
  • xodimlarning intellektual, jismoniy va kasbiy-mutaxassislik qobiliyatlarini keng tadqiq etish maqsadida, ularning qiziqishlari, xatti-harakatlari va faoliyatlariga ta’sir etish mumkin bo‘lgan ma’lum sharoitlarni yaratish;
  • kadrlardan ularning kasbiy-mutaxassislik qobiliyatlariga muvofiq foydalanish imkonini beradigan ish haqi va rag‘batlantirish tizimlarini yaratish;
  • Kompaniya xodimlari bor kuch-g‘ayratlari bilan mehnat qilishi imkonini beradigan sog‘lom psixologik muhit yaratish.