Rahbariyat

  •  
     
     
     
    Kadirov Shuxrat Munavvarovich Bosh direktor
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining boshqaruv faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi hamda belgilangan maqsad va vazifalarning bajarilishiga mas’ul hisoblanadi;
    • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qarorlari va buyruqlariga, boshqa qonun hujjatlariga asoslanib, ishni amalga oshiradi va “O‘zbektelekom” AK ijroiya organi to‘g‘risidagi nizomning bajarilishini tashkil qiladi;
    • kompaniyada yagona siyosatining amalga oshirilishini ta’minlash, axborot texnologiyalarini rivojlantirish, axborotni himoya qilish va undan foydalanishning jahon darajasini hisobga olgan holda, zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha kompleks dasturlarni ishlab chiqishni hamda uning amalga oshirilishini tashkil etadi;
    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik manfaatlarini ta’minlash maqsadida chora-tadbirlar majmuasini tashkil etadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
    • tarkibiy bo‘linmalarda foydalaniladigan axborot tizimlari integratsiyasini ta’minlash maqsadida kompaniyaning axborot tizimini shakllantirish bo‘yicha yagona texnik siyosatni belgilashni tashkil etadi va amalga oshirilishini nazorat qiladi;
    • telekommunikatsiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, teleradioeshittirish vositalari va tarmoqlarini, dasturiy mahsulotlarning texnik vositalarini rivojlantirish uchun investitsiya siyosatining ishlab chiqilishini, amalga oshirilishini hamda chet el investitsiyalarining jalb etilishini tashkil etadi va nazorat qiladi;
    • qonun hujjatlariga muvofiq hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga tayangan holda, kompaniya boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Kuzatuv kengashiga kiritadi;
    • kompaniya tarkibidagi filiallar faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, filiallarning direktorlari, o‘rinbosarlari, ularga tenglashtirilgan lavozimlar va bosh buxgalterlarni lavozimga o‘rnatilgan tartibda tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda ularni tayyorlash ishlarini nazorat qiladi;
    • kompaniya ishtirokida tashkil etilgan qo‘shma korxonalar va jamiyatlarning boshqaruv organlarida qatnashadi va kompaniya vakillari orqali qonunchilikka asosan kadrlar siyosatini tashkil qiladi;
    • kompaniyada kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishni tashkil etadi, qonun hujjatlari va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirishni muvofiqlashtiradi;
    • kompaniya Direktorlar kengashiga rahbarlik qiladi;
    • xalqaro tashkilotlar oldida kompaniya manfaatlarini himoya qiladi va jamoatchilik aloqalari borasidagi faoliyatga rahbarlik qiladi;
    • tarkibiy bo‘linmalar o‘rtasida va boshqa korxonalar bilan yagona texnologik jarayonda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdagi o‘zaro faoliyatlarni muvofiqlashtiradi;
    • telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun hisob taksalarini belgilash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlarni taqsimlash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • xalqaro elektroaloqa ittifoqi (XEI), Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (ASHH) va turli xalqaro tashkilotlari, telekommunikatsiya texnologiyalari va qurilmalarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, shuningdek, kompaniya manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa xalqaro va xorijiy kompaniya, firma, bank va jamg‘armalar bilan hamkorlikdagi faoliyatga rahbarlik qiladi;
    • mintaqaviy aloqa hamdo‘stligi (MAH) operatorlari Kengashi a’zosi majburiyatini bajarilishiga rahbarlik qiladi;
    • kompaniyaning joriy faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlashni tashkil qiladi;
    • kompaniyaning qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirilishiga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya ustaviga asosan kompaniya tarkibiy bo‘linmalari rahbarlariga beriladigan ishonchnomalarni imzolaydi;
    • kompaniya ulushi mavjud bo‘lgan aksiyadorlik kompaniyalari va jamiyatlari hamda qo‘shma korxonalarda kompaniyaning vakili hisoblanadi va boshqaruv organlarida qatnashadi, mazkur korxonalarning majlislarida ishtirok etadi, hamkorlikdagi faoliyatni muvofiqlashtiradi, kompaniya vakillari orqali qonunchilikka asosan kadrlar siyosatini tashkil qiladi;
    • kompaniyaning buxgalteriya, Xalqaro hamkorlik va aloqa operatorlari bilan ishlash boshqarmasi, Personalni boshqarish bo‘limi, Yuridik xizmati va Bosh ofis menejeri faoliyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarib boradi, xodimlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etishda rahbarlik qiladi;
    • sudlarga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi va sudlarda ishtirok etish uchun vakillarga ishonchnoma imzolaydi.
  •  
     
     
     
    Salibayev Xabibullo Negmatullaxanovich Moliya direktori
    Ko'rib chiqiladigan masalalar
    • kompaniya faoliyatini iqtisodiy va texnik rivojlantirish maqsadida biznes-rejalar ishlab chiqish, statistik hisobotlarni yig‘ish, tahlil qilish va umumlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi;
    • telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun hisob taksalarini belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlarni taqsimlash bo‘yicha takliflar tayyorlash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • berilgan huquq va vakolatlardan kelib chiqib, kompaniya tarif siyosatini yuritish, telekommunikatsiya xizmatlari uchun tariflar darajasini ishlab chiqish va belgilash ishlariga rahbarlik qiladi;
    • qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatni va bu borada kompaniyaning siyosatini, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, shuningdek, Kompaniya tomonidan taqdim qilinayotgan barcha xizmatlarni tadqiq qilish borasidagi marketing siyosatini, telekommunikatsiya xizmatlari sotuvini rivojlantirishni, tarif siyosatini shakllantirishni hamda Kompaniyaning texnik va texnologik resurslari, jarayonlari va tarkibiy tuzilmalarini rivojlantirish masalalarini boshqaradi;
    • kompaniyaning moliya siyosatini belgilaydi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
    • bozor konyukturasini hisobga olgan holda moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha Kompaniyaning strategik maqsadlari va rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib moliyaviy boshqaruv ishlariga rahbarlik qiladi;
    • moliyaviy xavflar tahlili va baholashni amalga oshiradi, ularni minimallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, shartnomaviy majburiyatlarni va daromadlarni yig‘ish ishlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarishda, xizmat ko‘rsatuvchilar, buyurtmachilar, kredit korxonalari bilan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalari, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi bo‘yicha moliyaviy intizom saqlanishi nazoratini ta’minlaydi;
    • kompaniyaning soliq siyosatini shakllantirish, soliqni baholashni rejalashtirish va optimallashtirish, qimmatli qog‘ozlar chiqarishga tayyorlash va o‘tkazish, loyihalarning investitsion ko‘rkamligi tahlili va baholash hamda investitsion mablag‘larning maqsadga muvofiqligi, shaxsiy va qarzga olingan sarmoyalarni muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlarga boshchilik qiladi;
    • istiqbolli va joriy moliyaviy rejalar hamda pul mablag‘lari budjetlarini tuzishga rahbarlik qiladi, tasdiqlangan budjet tizimi ko‘rsatkichlari va undan kelib chiqadigan topshiriqlar, limitlar va me’yorlarni Kompaniya bo‘linmalariga yetkazadi, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
    • xizmatlarni sotish, xizmatlarni tatbiq etish xarajatlari loyihalari rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi, ishlar rentabelligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
    • moliyaviy mablag‘larning holati, harakati va ulardan maqsadli foydalanish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining natijalari, soliq majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    • kompaniyaning to‘lov qobiliyatini ta’minlash va daromadni oshirish, moliyaviy va investitsion loyihalarning samaradorligi, aktivlarning ratsional tuzilishi bo‘yicha chora-tadbirlar tashkil qiladi;
    • buxgalteriya, soliq, statistika va boshqaruv hisobi talablariga mos keladigan moliyaviy boshqaruv bo‘yicha axborot tizmini ishlab chiqishni, ishonchlilik va ma’lumotlar maxfiyligini saqlash ustidan nazorat ishlarini tashkillashtiradi;
    • ichki va tashqi foydalanuvchilarga zarur moliyaviy axborotlarni yetkazishni ta’minlaydi;
    • kompaniya faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish va baholash hamda moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirish bo‘yicha, shuningdek, ichki audit nazoratini o‘tkazish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati davrida paydo bo‘ladigan o‘zaro shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, ularning amaldagi qonunlarga mos kelishini muvofiqlashtirish choralarini qabul qiladi;
    • kompaniyaning Strategik rejalashtirish, biznesni rivojlantirish va aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar boshqarmasi hamda Bozorlar konyukturasini o‘rganish, brend-menejment, sotuv va tariflar boshqarmasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, xodimlarning malakasini oshirish hamda moliyaviy ishlarni tashkil etish bo‘yicha ularga uslubiy yordam ko‘rsatadi;
    • kredit korxonalari bilan vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini joylashtirish, qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar o‘tkazish, kredit olish masalalari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi;
    • telekommunikatsiya universal xizmatlari tarif darajalarini o‘zgarishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga taqdim qiladi;
    • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishuvga ko‘ra telekommunikatsiyaning ayrim xizmatlariga tariflarni tasdiqlash, shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlarga tariflarni belgilaydi (bunga tartibga soluvchi telekommunikatsiya xizmatlari tariflari kirmaydi);
    • O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va xorijiy teleradiokompaniyalar talabnomalari bo‘yicha bir marotabali televizion uzatishlar tashkil qilish va televizion uzatishlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
    • qarz va kreditlar olish va berish, xarakatdagi va ko‘chmas mulk sotib olish, qurilish, telekommunikatsiyalar vositalarining ijarasi bilan bog‘liq bo‘lgan ham mustaqil, ham ulushli qatnashish orqali, shu jumladan, chet el kompaniyalari bilan respublika hududi va xorijda qonunga xilof bo‘lmagan turli ko‘rinishdagi bitimlarni amalga oshiradi;
    • telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda yagona texnologik jarayonda ishtirok etuvchi Kompaniya korxona va filiallari o‘rtasida foiz stavkalari (ulush)dan kelib chiqqan holda, mablag‘lar (daromad)ning bir qismini qayta taqsimlashga rahbarlik qiladi;
    • o‘zi rahbarlik qilayotgan boshqarma, bo‘limlar hamda Kompaniyaning filial va korxonalarida faoliyati bo‘yicha ishlarni tashkil etish, ijrosini ta’minlash va ish holatini tanqidiy tahlil qilish va yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun javobgar hisoblanadi;
    • o‘z vakolati doirasida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarni imzolashi va tasdiqlashi mumkin.

«O‘zbеktеlеkom» AK rahbariyati, dеpartamеnt dirеktorlari va bo‘lim boshliqlari tomonidan murojaatlar va shaxsiy masalalar yuzasidan fuqarolarni qabul qilish JADVALI


T/r Familiyasi, ismi, sharifi Lavozimi Qabul qilish kunlari va vaqti
1. Kadirov Shuxrat Munavvarovich Bosh dirеktor Sеshanba kuni soat 15-00 dan 17-00 gacha
2. Salibayev Xabibullo Negmatullaxanovich Moliya direktori Dushanba 15-00 dan 17-00 gacha
3. Dеpartamеnt dirеktorlari va bo‘lim boshliqlari Dushanba kuni soat 14-00 dan 16-00 gacha