"O'ZBEKTELEKOM" AK SHTAT REJIMIDA ISHLAMOQDA

2018 Sentyabr 11

Bir necha kun mobaynida bir qator foydalanuvchilar Facebook ijtimoiy tarmogʻi va boshqa veb-resurslarga kirishda muammolarga duch kelmoqdalar. Facebook vakili uzilishlar tabiati mahalliy emas, balki global ekanligi haqida rasmiy bayonot berdi: Markaziy Osiyo va Shimoliy Yevropadagi boshqa mamlakatlarda ham shunday muammolar kuzatilmoqda. 

Shunga qaramay, bir qator ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy tarmoqlarga milliy operator tomonidan cheklov qoʻyilganligi haqida maʼlumot paydo boʻldi. 

“Oʻzbektelekom“ AK foydalanuvchilarni chalgʻituvchi ushbu xabarni inkor etadi. 

Bugungi kunda “O’zbektelekom” AK ma’lumotlar uzatish tarmogʻi muntazam ravishda ishlab turibdi.