E’lonlar

  • 16 Oktabr
    Hurmatli abonentlar!
    Toshkent shahridagi 244-ATS dasturiy funksional ishida nosozlik munosabati bilan 2017-yil 8-avgust kuni transport tarmog‘ida avariyaviy holat  yuzaga keldi. Tezkor tartibda nosozlikni tuzatish, tegishli uskunalarda servis funksiyalarini qayta qurish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirildi.

    Hozirgi vaqtda Toshkent filialiga abonentlarni ulash hamda aloqa kanallarini almashtirish, magistral liniya yuklamalarini yengillatish uchun qo‘shimcha marshrutizator tayyorlangan. 16-oktabrdan 20-oktabrgacha Toshkent viloyati aloqa kanallarini almashtirish  bo‘yicha tungi ishlarni amalga oshirish rejalashtririlgan, shu sababli aloqa to‘xtatilishi ham mumkin.
  • 2 Oktabr
    Hurmatli abonentlar!
    «O‘zbektelekom» AK uskunalarida rejadan tashqari texnik ishlar o‘tkazilishi munosabati bilan xostingga ulanishda ayrim servislar ishlamasligi mumkin.
  • 17 Avgust
    Hurmatli Internet-xizmatlari operatorlari va provayderlari!
    «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 2017-yil 2-avgust kunidan boshlab «O‘zbektelekom» paketli kommutatsiya Xalqaro markazi (PKXM) orqali internet tarmog‘iga ulanish bo‘yicha taqdim etiladigan xizmatlariga iste’mol qilingan kanallar sig‘imidan qat’iy nazar, har oy, har bir 1 Mbit /s. uchun 61,25 AQSH dollari miqdorida yagona tariflar belgilanishi haqida ma’lum qiladi.
  • 7 Avgust
    Hurmatli abonentlar!
    2017-yil 7-avgust kuni «O‘zbektelekom» AK chet ellardagi hamkorlari ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida rejadan tashqari profilaktika va tiklash ishlari o‘tkaziladi, shu sababli internet tarmog‘iga ulanishni yomonlashtiruvchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

    Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
  • 9 Noyabr
    Hurmatli abonentlar!
    "O‘zbektelekom" AK "TSHTT" filiali ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini modernizatsiya qilinishi munosabati bilan 2012-yil 10.11 va 2012-yil 11.11 kunlari 02:00 dan 07:00 gacha Internet xizmatida uzilish kuzatiladi.
    Vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!
  • 10 Dеkabr
    2011-yil 12.10. 00:00 dan 04:00 gacha Intеrnеt-xizmati sifatining yomonlashishi
    Rejadan tashqari ishlarni amalga oshirish munosabati bilan Qozog‘iston hududida 2011-yil 12.10. 00:00 dan 04:00 gacha (TShK) Intеrnеt-xizmati sifatining yomonlashishi kuzatilishi mumkin. Mazkur noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.