ru en
244-34-43

Qo'llab-quvvatlash
xizmati yagona raqami

Yangiliklar va prеss-rеlizlar

Uchtepa tumanida «UZTELECOM» yangi sotuvlar ofisining ochilishi

Yangi yil arafasida «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali tomonidan «Bir darcha» tamoyili asosida amal qiladigan yana bir yangi sotuvlar ofisi ochildi.

UZMOBILE: butun mamalakat bo‘ylab keng ko‘lamli rivojlanish!

UZMOBILE Mobil aloqa milliy operatorini yaratish loyihasi doirasida 2016 yilda, ham tirorat, ham texnik jihatdan ko‘pgina natijalarga etishildi. UZMOBILE saytida deyarli har kuni tarmoqni kengaytirish, yangi xizmatlar kiritilayotgani va mamlakat bo‘ylab noyob texnologiyalar joriy qilingani haqida yangiliklar e’lon qilinmoqda.

Vazirga "O'zbektelekom" AK savdo ofislari orqali ham murojaat qilish mumkin bo'ldi

Avval xabar berganimizdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi muassasa-tashkilotlarga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish maqsadida, Internet tarmog‘ining murojaat.mitc.uz manzilida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilgan. Fuqarolar 0 800 200-41-07 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali ham mazkur virtual qabulxonaga murojaat qilishlari mumkin.

Internetga kengpolosali ulanish xizmatlariga tariflar o‘zgartirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 24 yilligi nishonlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Internetga kengpolosali ulanish xizmatlari trafigi hajmi hamda tezligi oshirilishini e’lon qiladi.

«Press Club: Elections.uz-2016» ish boshladi

4-dekabrda joriy yilning asosiy siyosiy voqeasi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston Prezidenti saylovini keng yoritish uchun Markaziy saylov komissiyasi qoshida 1300 dan ortiq xorijiy va milliy OAV vakillari akkreditatsiya qilindi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri AKT vazirligiga murojaat qiling

Yuridik va jismoniy shaxslar murojaatlari bilan yaqindan ishlash Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan hamda bu yo‘nalishdagi ishlar yanada takomillashmoqda. Shu sababli, vazirlik aloqa-axborotlashtirish sohasi foydalanuvchilarini shikoyat, taklif yoki ariza yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlariga qulay usullardan biri orqali vazirlikka murojaat qilishga chaqiradi.

«O‘zbektelekom » AK – «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» Toshkent xalqaro Forumining texnik hamkori

Poytaxtimizda  «Media, reklama va zamonaviy texnologiyalar» Toshkent  xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar tushirildi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi  2016-yil   28-oktabr kunidan O‘zbekiston  provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar 1 Mbit/s. uchun (tashqi kanalda) $103,03 ga  tushirilganini ma’lum qiladi.

«O‘zbektelekom» AK Toshkent shahrida GPON texnologiyasiga asosan terminal uskunalarini taqdim etish bo‘yicha «Echo Life» aksiyasini e’lon qiladi

Toshkent shahrida GPON texnologiyasiga asosan terminal uskunalarini taqdim etish bo‘yicha «Echo Life» aksiyasini o‘tkazish shartlari:

«O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasida taqdim etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-martdagi «2016-yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini (XSYAKB) tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 67-son qaroriga muvofiq 24 – 31 oktabr kunlari mobaynida «O‘zekspomarkaz» AJ MKM maydonlarida X Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasi o‘tkaziladi.