«Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi» mavzusida videomuloqotlar!

10 Yanvar 2017 yil

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 20-dekabrdagi F-4766 sonli «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi» va «Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida» gi F-4766-sonli Farmoyishiga muvofiq, mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligi, mudofaa hamda harbiy qurilish sohasida erishilgan yutuqlar tashviqotining ishonchli kafolati bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan bayram tadbirlarini munosib o‘tkazish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda «Mening o‘g‘lim – Vatan himoyachisi» mavzusida videomuloqotlar o‘tkazildi.

Videomuloqot tadbrlari davomida harbiy xizmatchilar bilan ota-onalarining uchrashuvlari va estrada xonandalari ijrosida bayram dasturlari tashkil etildi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.