Baholash va ekspertiza tashkilotlarigа

18 Mart 2017 yil

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2014-yil 12-fevraldagi “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2126-son Qarori hamda “O‘zbektelekom” AK Aksiyadorlarning Navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining 2017-yil 13-martda 35-son bayonnomasiga muvofiq AT “Aloqabank”dan jalb qilinishi rejalashtirilgan kredit mablag‘lari uchun Kompaniyaga tegishli bino-inshootlarni ta’minot sifatida garovga qo‘yish maqsadida “O‘zbektelekom” AK mulki bo‘lgan Toshkent shahrida joylashgan ilovadagi obyektlarni o‘rnatilgan tartibda baholab berish bo‘yicha tijorat taklifi berishingizni so‘raymiz.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 28 “A”
Ma'lumot uchun tel.: 239-23-20 244-80-46
E-mail: a.arifdjanov@uztelecom.uz

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2014-yil oxiriga kеlib, 14 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.