Bunyodkorlik, obodlik va farovonlik ayyomi

18 Mart 2017 yil

“O‘zbektelekom” Aksiyadorlik Kompaniyasida sevimli xalq bayrami bo‘lmish Navro‘zni nishonlash boshqarma hovlisida maromiga yetkazib tayyorlangan an’anaviy sumalakni mehmonjonlarga ulashdan boshlandi.

Ijroiya apparati va filial xodimlari bilan bir qatorda mahalla oqsoqollari ham xushbo‘y Palovxon To‘raning mehmonlari bo‘lishdi.

Bayram dasturxoni atrofida tadbir qatnashchilari bir-birlarini tabriklab, taassurotlari bilan almashib, tadbir tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Kompaniya rahbariyati barchani bayram bilan qutlab, oilalarimizga tinchlik, dasturxonimizga qut-baraka tiladi!

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.