UZMOBILE GSM ikki yilligini nishonlamoqda!

18 Aprеl 2017 yil


2-yilavval, 2015-yil15-aprelda «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filiali GSM tarmog‘i Toshkent shahri va poytaxtimiz mintaqalarida tijorat foydalanishga ishga tushirilgandi.


UZMOBILE GSM tarmog‘ini qurish, kengaytirish ishlari uzluksiz ravishda olib borilmoqda. Butun O‘zbekiston bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etib, bosqichma-bosqich rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ayni damda 4G tarmog‘idan respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarida foydalanilmoqda. Butun Respublika bo‘ylab kompaniyaning Savdo vakillarining sotuvlar punkti hamda sotuvlar hamda xizmat ko‘rsatish ofislarining soni faol o‘sib bormoqda.


Bugungi kunda UZMOBILE – faol rivojlanib borayotgan mamlakatdagi mobil aloqa Milliy operatori bo‘lib, uning zimmasiga, milliy kompaniyalar ishtirokidagi mobil aloqa bozorida keng ishtirok etish hamda O‘zbekiston mobil aloqa mobil tarmoqlarini yanada rivojlantirish, shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb . – izohladi «O‘zbektelekom» UZMOBILE AK filiali direktori Vladimir Kravchenko.  - 2014-yil 12-fevral “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2126-sonli Qaroriga muvofiq tashkil etilgan UZMOBILE butun O‘zbekiston bo‘ylab, jahondagi ishlab chiqaruvchilar tomonidan eng yangi aloqaning ikki standarti: GSM va CDMA uskunalarini o‘rnatib, mobil aloqani muntazam rivojlantirib bormoqda. Mustaqillik yillarida davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar evaziga mamlakatimiz hukumatining qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan mamlakatimizda keng ko‘lamli modernizatsiya dasturlari, korxonalarning texnik va texnologik yangilanishini amalga oshirish ishlari muntazam davom ettirilmoqda”.

UZMOBILE GSM tarmog‘ining tijorat foydalanishga topshirilgan vaqtdan boshlab, o‘tgan ikki-yil mobaynida tarmoqni qurish, kengaytirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.


UZMOBILE GSM standartli mobil aloqa operatorlari xalqaro tashkiloti bo‘lgan – GSM Assotsiatsiyasining to‘laqonli a’zosiga aylanib, xalqaro avtomatik rouming xizmatlarini faol joriy etmoqda va jahonning barcha mamlakatlari bilan xizmatlar doirasini kengaytirmoqda hamda hozirgi kunda “Rouming” xizmati dunyoning 65dan ortiq mamlakatlarida taqdim etilmoqda.

UZMOBILE 2016 yilda, Samarqand Darvoza SKM, Mega Planet SKM, Parus SKM, «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasi kabi katta maydonga ega bo‘lgan binolar ichida mobil aloqa sifatini oshirish maqsadida, abonentlarga o‘z smartfon va planshetlari quvvatini deyarli 35% tejash imkonini beradigan, 4G LTE rejimida batareya sarfini kamaytiruvchi innovatsion funksiyasini o‘rnatdi.

Toshkent shahridagi GSM standartli tarmoq operatorlari o‘rtasida o‘lchov natijalariga muvofiq UZMOBILE ovozli servislar bo‘yicha eng yaxshi sifatli natijalarni ko‘rsatdi va o‘z abonentlarini eng yaxshi sifatli ovoz va Toshkent shahri hududida ma’lumotlar uzatishni ta’minlovchi operator nomiga sazovor bo‘ldi..

UZMOBILE kompaniyasining afzalliklaridan biri uning mobil aloqalar bozorida GSM, CDMA-450 standartida mobil aloqa taqdim etishi bo‘lib hisoblanadi. 2016-yilda cheksiz muloqot uchun sharoit yaratayotgan UZMOBILE o‘z abonentlari uchun GSM va CDMA tarmoqlari ichida muloqotni birlashtirdi. Umuman olganda, 2016-yilda kompaniya butun mamlakat bo‘ylab tarmoqlarni rivojlantirib va kengaytirib, barcha yangi xizmatlar va takliflarni joriy etdi: ular qatoriga ajoyib aksiyalarni qo‘shdi, jumladan:

  • GSM standartida abonent to‘lovlarisiz, muloqot uchun qo‘shimcha qulaylik bo‘lgan “O‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq”, “Tarmoqda” xizmatlari; (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/missed_calls/)
  • zarur bo‘lganda raqamdan oldin «#» belgisini terib, raqamni yashirish imkonini beradigan – “Yashirin qo‘ng‘iroq” xizmati; (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/none_id/)
  • Internet kontentning abonent-ishqibozlari tungi vaqtlarini foydali o‘tkazishlari imkonini beruvchi tungi soatlarda cheksiz internet – “Tunggi internet” xizmati; (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/night-internet/)
  • abonent uchun o‘z tarkibida arzon narxlarda ko‘proq daqiqa va megabaytga ega bo‘lgan – «Salom plus» tarifi (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/tariffs/)
  • uning yordamida abonentlar o‘z qarindoshlari va yaqinlari bilan cheksiz muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladigan - “Sevimli raqam ” xizmati; (http://uzmobile.uz/ru/services/gsm/fav_numbers/)
  • abonentlar tarmoqning boshqa abonentlariga pul mablag‘larini tez va oson o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadigan – “Tez o‘tkazish” xizmati; (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/transfer/)
  • “Barchaga sovg‘a!” aksiyasi, «UZMOBILEDAN CDMA EV-DO MODEM», CDMA va GSM standarti abonentlari uchun “Muloqot chegarasini kengaytirish” aksiyasi, “Salom” aksiyasi, “Chiroyli raqam Qinternet” aksiyasi.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda, UZMOBILE milliy mobil aloqa operatori sifatida ijtimoiy ahamiyatli yo‘nalishlarni qo‘llab-quvvatlaydi, 2016-yilning o‘zida quyidagi hujjatlar imzolanishi shundan guvohlik beradi:

  • “Elektron hukumat” tizimining rivojlanish Markazi bilan hamkorlik va strategik loyihalarni yanada rivojlantirish memorandumi;
  • axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion loyihalarni rivojlantirish to‘g‘risida Toshkent shahridagi Inxa Universtiteti bilan kelishuv;
  • Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Yozgi Olimpiya o‘yinlari davrida O‘zbekiston Olimpiya harakatining rivojlanishi va ilgari surilishi sohasida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik qilish to‘g‘risidagi Kelishuv. Mazkur Kelishuv doirasida UZMOBILE respublikamizda yashayotgan barcha aholi uchun tomosha qilish hamda terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini taqdim etuvchi «Sport» telekanali orqali «RIO 2016» olimpiya o‘yinlarini namoyishining Bosh hamkoriga aylandi.

Joriy yilga rejalarimiz!

2017-yilda Milliy mobil aloqa operatori rivojlanish sur'atlarini pasaytirmaydi va yanada faol bo‘lish: o‘z abonentlari uchun yangi va qulay tarif rejalarini joriy qilish, innovatsion loyihalar, aksiyalar o‘tkazish va maxsus bonus takliflarini yaratishni rejalashtirgan. Hozirgi kundayoq,-yilboshidan quyidagi mahsulotlar joriy etildi:

  • aksiya ishtirokchilariga TAS-IX uchun 6000MB, 12000MB yoki 24000MB internet paketlaridan birini xarid qilganida, shu hajmdagi bepul trafikdan foydalanish imkonini beradigan “Bepul TAS-IX” aksiyasi; (http://uzmobile.uz/uz/news/2017/1695/)
  • Uzmobile abonentlari aprel oyining oxiriga qadar, Chiroyli raqamlarga 2 barobar arzon narxda ulanishlari mumkin bo‘lgan «Ikki barobar ko‘p internet» aksiyasi, «Chiroyli va foydali» aksiyasi; (http://uzmobile.uz/uz/news/2017/1610/)
  • Toshkent shahridagi aholini yo‘nalish avtobuslarida bepul internet bilan ta’minlash uchun «TOSHSHAHARTRANSXIZMAT» AJ bilan hamkorlikdagi «Wi-Fi BUS» loyihasi;
  • GSM abonentlari uchun gudok o‘rniga sevimli taronani o‘rnatish imkonini beruvchi «MUZMOBILE» xizmati; (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/muzmobile/)
  • har bir abonentga o‘z muloqotlariga to‘g‘ri keladigan daqiqa, megabayt va SMS lar uchun o‘z tarifini yig‘ish imkonini beruvchi ajoyib «Konstruktor» tarif rejasi; (http://uzmobile.uz/uz/services/gsm/constructor/)
  • o‘z abonentlari uchun yanada katta qulaylik yaratish maqsadida qisqa va maxsus – raqamlar 1099 Qo‘llab-quvvatlash xizmati ishga tushirildi.

Qulay sharoitlar yaratish, aksiyalarni o‘tkazishdan tashqari, savdo vakillari sotuvlari punktlarini kengaytirish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan, bugungi kunda Toshkent shahrining o‘zida 200 dan ortiq dillerlik ofislari, shuningdek, butun mamlakat bo‘ylab esa Savdo Vakillarining 600ga yaqin sotuvlar puntklari amal qilmoqda.

CDMA va GSM abonentlari uchun qator mamlakatlar hududida rouming xizmatlari chegarasi kengayib bormoqda.

UZMOBILE mamlakatda o‘xshashi bo‘lmagan yangi va ilg‘or texnologiyalarni faol joriy etishda davom etmoqda, eng yangi va texnik jihatdan mukammal tarmoqni qurmoqda, kun sayin kengayib borayotgan qoplangan hududlaridagi o‘z abonetlariga qulay va sifatli aloqani taqdim etish xizmatlarini faol taqdim etmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab taqdim etilayotgan aloqa xizmatlari sifatini baholash, uzluksiz ravishda monitoring qilish kompaniyaning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Shu maqsadlarda Uzmobile Anite Finland Ltd. kompaniyasidan barcha CDMA/GSM mobil aloka standartlaridagi aloqa xizmatlari sifatini testdan o‘tkazish uchun mo‘ljallangan o‘lchov uskunalari kompleksi asosida «Mobil laboratoriya» loyihasini amalga oshirdi, uning doirasida butun respublika bo‘ylab o‘lchovlar o‘tkaziladi hamda GSM/CDMA tarmoqlari xizmatlarining sifati testdan o‘tkaziladi.

2017-yilda butun mamlakat bo‘ylab, nafaqat viloyat markazlarida, balki tuman markazlarida ham tarmoqni yanada yaxshilash va kengaytirish uchun 1500ta yangi baza stantsiyalarini qurish va foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.


Uzmobile o‘z abonentlari uchun taqdim etayotgan ishonchli va arzon mobil aloka xizmatlari doirasini kengaytirish yo‘lida hamkorlikni rivojlantiradi va innovatsion loyihalarni yaratadi.

2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish, eng avvalo, davlat xizmatlarini qayta shakllantirish, iqtisodiyotni Davlat boshqaruvini qisqartirish, davlat va xususiy sektor, «Elektron hukumat» tizimi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning zamonaviy shakllari rivojlantirish rejalashtirilgan.

“Elektron hukumat” tizimini rivojlanish Markazi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumining imzolanishi doirasida, abonentlarga 80 davlat idoralari veb-saytlariga bepul ulanish imkonini beruvchi “Xalq bilan muloqot” xizmati ishga tushirildi.

Ta’qidlash kerakki, “Xalq bilan muloqot” xizmatining ishga tushirilgan sanadan boshlab, davlat idoralari veb-saytiga kiruvchilar soni 250 mingdan oshdi, taqdim qilingan trafik hajmi esa 300 ming MV ni tashkil etdi.

Operator tomonidan, maqsadi o‘sib kelayotgan avlod uchun yagona xavfsiz va foydali internet-muhit yaratish bo‘lgan ZiyoNet resurslariga imtiyozli ulanishni taqdim etuvchi yangi mahsulotni ishga tushirish rejalashtirilgan. Mazkur xizmat yoshlar uchun bilim manbai va xavfsiz resurslarga ulanishni ta’minlashga yordam beradi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2014-yil oxiriga kеlib, 14 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.