"O'zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog'ini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish masalalari"

16 May 2017 yil

"O'zbektelekom" AK "Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi" filialida joriy yil 22 maydan 26 maygacha "O'zbektelekom" AK telekommunikatsiya tarmog'ini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish masalalar" dasturi bo'yicha o'quv kursi tashkil qilinmoqda.Ushbu o'quv kursida "BRM" filialidan 3 nafar, "BKM", "TTT", Toshkent filiallaridan 2 nafardan, "TSHTT" , "TvaPRM", "Telecom Invest", Qoraqalpog'iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo Farg'ona va Xorazm filiallari hamda "O'zI" QKdan 1 nafardan tarmoqni rivojlantirish va ekspluatatsiya qilish bo'yicha mas'ul rahbar xodimlar va oliy toifali muhandislar ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Manba

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.