AKT rivojlanish holati, istiqbollari va muammolar matbuot anjumanida muhokama qilindi

18 May 2017 yil

17 may – "Jahon telekommunikatsiya va axborotlashgan jamiyat kuni" munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xalqaro press klub bilan hamkorlikda ommaviy axborot vositalari uchun AKT rivojlanish holati, istiqbollari va muammolarga bag‘ishlangan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Tadbirda sohaning rivojlanish holati va qisqa davr ichidagi rejalarga bag‘ishlab taqdimot qilindi. Matbuot anjumanida sohadagi natijalar qatorida muammo va kamchiliklar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Matbuot tadbirida vazirlik hamda sohaning yetakchi muassasalari rahbarlari ishtirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javob berdilar. Shuningdek, mobil aloqa operatorlari rahbarlari qatnashib, OAV vakillari tomonidan ko‘tarib chiqilgan qator masalalarga oydinlik kiritdilar.

Shuningdek, “O‘zbektelekom” AK Milliy aloqa operatori faoliyati, rejalariga bag‘ishlangan savollarga batafsil javob berildi. Eslatib o‘tamiz, matbuot anjumani “O‘zbekiston” Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan jonli ravishda efirga uzatildi.

Manba

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2014-yil oxiriga kеlib, 14 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.