Asian Fight 2017 va UZMOBILE

11 Avgust 2017 yil

2017 yil 9 sentabr kuni Toshkentda shu yilning eng yorqin voqealaridan biri – Asian Fight-2017 xalqaro sport turniri boʻlib oʻtadi. Rossiyalik va niderlandiyalik promouterlar koʻmagida «Bunyodkor» stadionida 6 ta jang oʻtkaziladi. Ringda bizning yakka kurash sporti yulduzlari boshqa mamlakatlarning sportchilari bilan bellashadilar. Jan-Klod Van Damm, Jeff Monson va Fedor Yemelyanenko kabi jahon yulduzlari faxriy mehmonlar boʻladilar.

UZMOBILE kompaniyasi turnirning bosh hamkori boʻladi. Biz ushbu voqeaga bagʻishlangan maxsus aksiya oʻtkazilishini e’lon qilishdan mamnunmiz.

Ishtirokchilarga UZMOBILE kompaniyasining «oltin» raqamini yutib olish imkoniyati beriladi. Oʻyin gʻolibi bunday raqamni Jan-Klod Van Dammning qoʻlidan oladi. Oʻyin 9 sentabr kuni «Bunyodkor» stadionida boʻlib oʻtadi. Aksiyada 12 avgustdan 7 sentabrgacha UZMOBILE kompaniyasining istalgan tarifiga ulangan barcha abonentlar, shiningdek bu davrda oʻz hisobini 50 000 soʻmga toʻldirgan UZMOBILE abonentlari qatnashishlari mumkin. Bosh sovrindan tashqari qoʻshimcha sovgʻalar, shu jumladan turnirning asosiy mehmonlari bilan maxsus fotosessiyalarda ishtirok etish oʻynaladi. Yangi ulangan abonentlarning har besh yuzinchisi turnirga bepul chiptalarni qoʻlga kiritadi (yangiliklarni kuzatib boring).

Qoʻshimcha axborot:

  • oʻyinga atab ishtirokchilarning faqat telefon raqamiga ega maxsus sertifikatlar chiqariladi, ularda ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari e’lon qilinmaydi,
  • oʻyin turnir mehmonlari (J-K Van Damm yoki J. Monson) tomonidan oʻtkaziladi,
  • tadbir adolatli oʻtkazilishini nazorat qilish uchun UZMOBILE kompaniyasi vakillaridan va mustaqil shaxslardan iborat maxsus komissiya tuziladi,
  • hisobni toʻldirish shartini bajarish jismoniy shaxslar uchungina tatbiq etiladi,
  • chiptalarni UZMOBILE kompaniyasi mintaqaviy vakolatxonalarining xodimlari topshiradilar,
  • sovgʻalar oʻynashning va mukofotlar topshirishning batafsil shartlari tadbirdan 7 ish kuni avval chop etiladi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.