«O‘zbektelekom» AK XPK hamkoriga aylandi

11 Avgust 2017 yil

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi «Xalqaro Press-Klub » NNT (XPK ) o‘zaro hamkorlik Kelishuv-shartnomas ini imzoladilar va imsolangan kelishuv doirasida XPK va «O‘zbektelekom» AK hamkorlik munosabatlari to‘g‘risida axborotlarni keng yoritish va jamoatni xabardor qilish maqsadida hamkor sifatida amal qiladilar.

«Kompaniyamiz jamoatchilik bilan muloqot uchun ochiq va shu sababli shunday yosh, biroq allaqachon aholi o‘rtasida ommalashishga ulgurgan «Xalqaro Press-Klub»dek jurnalistlar birlashmasi bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharafdir. – dedi «O‘zbektelekom» AK Bosh direktori, Shuhrat Qodirov ,– tasdiqlangan Kelishuv doirasida biz XPK xodimlariga zarur mobil aloqa va Internet tarmog‘iga ulanish imkoniyatini taqdim etib, ularni texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaymiz».

«Press-klubimiz doim harakatda, shu sababli ishonchli mobil aloqa va internet zarur bo‘ladi. Milliy aloqa operatori hamkorimiz ekanligidan juda xursandmiz» – dedi XPK raisi, Sherzod Qudratxo‘jayev. – Umid qilamanki, mazkur hamkorligimiz o‘zaro manfaatli bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz,  joriy yil 17-маy kuni  O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi  va Xalqaro Press-Klub tomonidan hamkorlikda  «O‘zbekistonda axborotlashgan jamiyatning rivojlanishi holati va istiqbollari» mavzusida matbuot-anjumani  tashkil etilgandi, unda «O‘zbektelekom»  AK bosh direktori Shuhrat Qodirov faol ishtirok etgandi.

Endi hamkorlik sheriklik shaklida davom etadi.

O‘zbekiston Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil  апрeл оyidа Xalqaro Press-Klub(XPK )  Nodavlat Notijorat tashkiloti sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Tashkil etilgan press-klubning asosiy maqsadi – doimiy faoliyat yurituvchi interaktiv media maydoncha sifatida milliy ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda mamlakatimizda sodir bo‘layotgan muhim ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va xalqaro tadbirlarni yoritish hamda keng jamoatchilik e’tiboriga yetkazishdan iborat.

XPK  maydonida davlatning mas’ul shaxslari, vazirliklar va idoralar rahbarlari, ekspertlar bilan yig‘ilish va muhokama-munozaralar, shuningdek,  O‘zbekistonga kelgan yirik xalqaro tashkilotlar rahbarlari delegatsiyalari va rasmiy doiralar vakillari bilan mediya uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Press-klub faoliyati  formati o‘tgan yil oxirida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlik davrida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgandi. Maxsus press-klub «Elections.uz – 2016» ishlari davrida 400dan ortiq ekspert va 600 nafar OAV vakillari ishtirokida 12ta sessiya o‘tkazilgandi. Press-klub 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhokamasi va takliflar ishlab chiqishda faol ishtirok etgandi.

Mazkur tajriba mamlakatimiz OAVning  zamonaviy texnologiyalar va yangi formatlarni qo‘llab, samarali va operativ ishlashga tayyorligini namoyish etish imkonini berdi.

Xalqaro Press-klubning Jamoatchilik Kengashi senator va deputatlar, davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, taniqli jurnalistlar va siyosatchilardan iborat. Ta’sischilari – O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA, “Jahon” va “Uzbekistan today” axborot agentliklari, “UzReport” va “Zo‘r TV” telekanallari, “Xalq so‘zi”, “ Народноe слово” va “Бизнeс-вeстник Востока” gazetalari hamda “Daryo.uz” “Gazeta.uz” internet nashrlaridir.

Ijtimoiy kengash qaroriga muvofiq (unga senatorlar, deputatlar, olimlar, davlat organlarining rahbarlari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari va jurnalistlar kiradi) XPK raisi etib, O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakulteti kafedrasi mudiri, Sherzod Qudratxo‘jayev saylangan.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.