UZMOBILE «O‘zbegim» an’anaviy madaniyat festivalida faol ishtirok etdi

11 Sеntabr 2017 yil

8-sentabr kuni Toshkent shahrida «O‘zbegim» an’anaviy madaniyat festivali bo‘lib o‘tdi. UZMOBILE Milliy mobil aloqa operatori va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalari bilan hamkorlikda poytaxtimiz aholisi va mehmonlari uchun bayram konserti tashkil etildi. Festival tadbirlarini har bir xohlovchi UZMOBILE tarmog‘iga ulanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishi mumkin bo‘ldi.

Milliy telekanali tashkil etgan «O‘zbegim»an’anaviy madaniyat festivali doirasida jahonda eng katta palov damlandi. Palovning umumiy og‘irligi 7360 kilogrammni tashkil etdi.

Palovni O‘zbekistonning 50 nafar eng yaxshi oshpazlari tayyorladilar. Jahon rekordi Guinness World Records vakillari tomonidan qayd etildi.

Rekord palov: 1850 kilogramm go‘sht, 200 kilogramm dumba, 1850 kilogramm guruch. 1850 kilogramm sabzi, 200 kilogramm piyoz, 400 litrdan ortiq o‘simlik yog‘i va boshqa masalliqlardan tayyorlandi.

Palovni «Mehribonlik» va «Muruvvat», «Saxovat» uylariga, nogironlarga, shuningdek, hamda 14ta belgilangan joylarda festival mehmonlariga tarqatildi.

8-sentabrda Toshkent shahrida tayyorlangan palov Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Palovni tayyorlanish jarayoni 17ta kanal ekranlarida, shuningdek, Milliy telekanal hamda Facebookdagi Guinness World Records sahifalarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

«O‘zbegim» an’anaviy madaniyat festivali rekord palovi tayyorlanguniga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha xohlovchilar uchun ko‘ngilochar konsert, masxarabozlar chiqishi va darbozlar tomoshasi, robotshou hamda mobil aloqa operatorlaridan yutuqli o‘yinlar tashkil etildi.

UZMOBILE tomonidan maxsus qurilgan sahnada taqdim etilgan ko‘p soatli konsert tadbirning eng yorqin voqeasi bo‘ldi. Sahna Amir Temur hiyoboni atrofidagi yo‘lga o‘rnatildi, o‘rindiqlar qo‘yildi, tashrifchilar uchun qiziqarli, zavqli va qulay bo‘lishi uchun parda tortildi.

Rekord palov ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va UZMOBILE ko‘ngilochar hududida xohlovchilarga tarqatildi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.