«O‘zbektelekom» AK Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida ishtirok etdi

13 Sеntabr 2017 yil

12-13 sentabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Yarmarkada «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi filiallarida ishlash uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini taklif etib, faol ishtirok etdi.

Yarmarka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining 4.1- bandidagi Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish tamoyili ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonuni talablarini hamda «2017-yilda aholi bandligi dasturi» talablarini bajarish hamda ishsiz fuqarolarni, yoshlarni, kasb-hunar kollej bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

Yarmarka Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Toshkent shahar Prokuraturasi, Bandlik bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

«O‘zbektelekom» AK tomonidan taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.