Telefon aloqasi yana o'z bahosini topdi

16 Yanvar 2018 yil

Abonentlarga sifatli xizmat ko’rsatish bilan bir qatorda zamon bilan hamqadam bo’lish, jahondagi texnologiya yangilliklariga dinamik tarzda javob bera olish, ularni tadbiq etish. Bularning barchasi tariflarning sezilarli darajada oshishiga olib kelishi kutilgan hol. Lekin “O’zbektelekom” AK ikki yildan ortiq vaqt davomida xalqaro aloqa sifatini ta’minlash xarajatlarini o’z hisobiga oldi, xususan amaldagi telefon kabellarini yangilash va yangilarini o’tkazish, qurilmalarni modernizatsiya qilish va boshqalar. Qo’shni davlatlar operatorlari tariflarining oshishiga qaramasdan Kompaniya past narxlarda xizmat ko’rsatishni davom ettirdi.

Ijtimoiy to’lovlar va ish haqi miqdori yil sayin oshib bormoqda. Murakkab moliyaviy xarajatlarni hidobga olgan holda o’zining har bir abonentiga yon bosib “O’zbektelekom” AK sun’iy ravishda xizmatlar narxini pasaytirdi, xususan xalqaro aloqa yo’nalishida.

O’tgan yil oxirida xalqaro telefon qo’ng’iroqlariga tariflarning oshirilishi haqida ma’lumot berilgan, chunki xarajatlarni mustaqil ravishda qoplashni davom ettirishga imkoniyat yo’q edi. Biroq abonentlarimizning ko’pgina murojaatlari va so’rovlari inobatga olib, yana bir qancha muddatga xalqaro aloqa xizmatlari narxining tabiiy ravishda o’sishini cheklov qo’ydik.

Hozirgi kunda Kompaniya moliyaviy barqarorlikka erishishga intilmoqda, shuning uchun o’z e’tiborini faoliyatining iqtisodiy samaradorligiga qaratmoqda.Operatorlar bilan xalqaro kelishuvlar xorijiy valyutada amalga oshiriladi. Narxlar ko’tarilmoqda, shuning uchun xizmatlarimizning narxlarini qayta ko’rib chiqishga majburmiz. Bundan tashqari Kompaniya bo’linmalarining texnik bazasini moderniozatsiya qilish, filiallarni xalqaro standartdagi qurilmalar bilan jihozlash muhim masalalardan biri bo’lib qolmoqda.

Axborot texnologiyalari bozorida yirik operator sifatida “O’zbektelekom” AK mamlakatdagi innovatsion rivojlanish, abonentlar bazasini kengaytirish, yuqori texnologiyalarni barcha shahar va qishloqlarga yetkazib berish uchun o’zini mas’ul deb hisoblaydi.

Shunday qilib, 2018-yil 1-favraldan “O’zbektellekom” AK quyidagi universal xizmatlar uchun tariflarni oshiradi:

·      Mahalliy telefon aloqasi uchun to’lov 30% ga oshiriladi;

·      Xalqaro telefon qo’ng’iroqlari hamda sun’iy yo’ldosh aloqa tarmoqlariga tariflar 70% ga oshiriladi.

Telekommunikatsiya xizmatlari tariflarining tahlili shuni ko’rsatadiki, MDH mamlakatlarida milliy operatorlarning tariflari 0,12 va 1,24 AQSh dollari oralig’ida o’zgarib turibdi, shu jumladan Rosiyyada – 0,29 dan 0,51 gacha, Qozog’istonda – 0,11 dan 0,37 gacha, Qirg’izistonda – 0,12 dan 0,43 gacha, Turkmanistonda – 0,82 dan 1,24 gacha, Ukrainada – 0,25 dan 1,2 gacha, Moldovada – 0,32, Belorusiyada – 0,20 dan 0,25 gacha.

Narxlar oshirilgandan so’ng “O’zbektelekom” AK tariflari 0,10-0,13 AQSh dollarini tashkil etmoqda. Shunga qaramay, boshqa MDH mamlakarlaridan farqli ravishda O’zbekistonda narxlar nisbatan past ko’rsatkichda qolmoqda. Avvalgidek, “O’zbektelekom” AK o’z xizmatlari va tariflarini arzon narxlarda taklif qilishda davom etmoqda.

batafsil ma'lumot

2018 yil 1 fevraldan "O'zbektelekom" AK VoIP orqali xalqaro telefon qo'ng'iroqlari uchun yangi tariflar amalga kiritiladi.

Abonentlar sodiqligini saqlab qolish maqsadida: VoIP malumot uzatish kanali orqali xalqaro qongiroqlar uchun oldindan tolov amalga oshirilib, 2018 yil 31 yanvargacha faollashtirilgan telefon kartalari (PIN kodi) eski tariflarda narxlanadi.

Oldindan faollashtirilgan telefon kartasi (PIN kodi) hisobi 2018 yil 31 yanvardan keyin to’ldirilgan kartalar yangi tariflar bilan narxlanadi.

2018 yil 1 fevraldan boshlab 125-1/7-sonli narxnomaga kiritilgan «O'zbektelekom» AK tomonidan shartnoma (bepul) asosida taqdim etiladigan ayrim telekommunikatsiya xizmatlari uchun yangi tariflar amalga kiritiladi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.