INTERNET BAHOSI: HISOB-KITOB FORMULASI

15 Yanvar 2018 yil

Abonentlarning sifatli internetga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida «O’zbektelekom» AK xalqaro bozor telekommunikatsiya operatorlaridan qo’shimcha sig’imlarni sotib olmoqda. Respublikaning geografik joylashuvi tufayli aloqa kanali kamida 2 ta chegara orqali o’tadi – bu Rossiya va Qozog’iston chegaralari. Natijada, Internet xizmatlari narxi oshadi. Shu munosabat bilan, bugungi kunda milliy operator tarmoqa ulanish barqarorligini oshirish maqsadida dunyoning yirik yetkazib beruvchilari – Frankfurt va Gongkonggacha o’zining rezerv aloqa kanallarini ochish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda.

Xorijiy mamlakatlarda internet trafigini lokallashtirish ko’rsatkichi 60% dan pastga tushmasa, O’zbekistonda bu ko’rsatkich 19% ni tashkil etmoqda. Shuning uchun ham «O’zbektelekom» AK jahonning mashhur internet resurslari va portallarini lokallashtirishni rejalashtirmoqda. Misol uchun, ushbu resurlar bilan o’zaro aloqani tashkillashtirish masalalarini hal qilucvchi Piring markazi yaratilishi ustida ishlanmoqda.



Xalqaro axborot uzatish va aloqa kanallarini ijaraga olish narxlarini belgilash tartibi 2010 yilda Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Mazkur hujjat Milliy operator xarajatlaridan kelib chiqib 1 Mbit/s uchun o’rtacha qiymatni belgilashni nazarda tutadi. «O’zbektelekom» AK Vazirlik tomonidan tasdiqlangan narxlarni belgilash tartibiga qat’iy rioya qiladi.

O’zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirish bilan bog’liq holda, 2017 yil sentabr oyida «O’zbektelekom» AKning xalqaro internet kanallari ijarasi xarajatlari o’rtacha 2 barobar oshdi. Kompaniya qo’shni davlatlardan trafikni xorijiy valyutada sotib oladi, mahhalliy bozorda esa sotuvni milliy valyutada amalga oshiradi. Bundan tashqari xarajatlarning kata qismi internet kanalllarining ijarasi, ularni ishlatish va qurilmalarni yangilash harajatlari tashkil etadi.

«O’zbektelekom» AK 2018 yilda narxlarni pasaytirish bo’yicha qat’iy rejalarga ega va muntazam ravishda xalqaro aloqa kanallari ijarasi narxlarini optimallashtirish bo’yicha xalqaro operatorlar bilan muzokaralar olib bormoqda, shu qatorda Internet tariflari narxlarini pasaytirish masalalarini ko’rib chiqmoqda.

Katta sarf-xarajatlarga qaramasdan abonentlar sadoqatini saqlab qolish Kompaniyaning ustuvor yo’nalishi bo’lib qoladi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.