2017-yilda operatorlarga Internet narxi 1 Mbit/s uchun 91 AQSh dollaridan 30 AQSh dollarigacha tushdi

12 Yanvar 2018 yil

Yaqin o’tmishda raqamli kelajak haqida ko’p shov-shuvlar bo’lgan edi. Bugun esa bunga hojat yo’q, chunki bugun biz raqamli davrning o’zida yashayapmiz. Statistik tadqiqot natijalari Internetning ko’p joyga yetib borganligi va keng tarqalganligini yana bir bor tasdiqlamoqda. Provayderlar imkon qadar ko’p abonentga xizmat ko’rsatish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqdalar. Lekin tendensiya shundayki, tarif setkalaridan arzon va past tezlikdagi takliflar chiqib ketmoqda – abonentlarga narx jihatidan nisbatan qimmat, shu bilan birga yuqori tezliklar taklif etilmoqda. Eskirgan tariflar arxivga yuboriladi va vaqt o’tib butunlay yopiladi. MDH davlatlari telekommunikatsiya bozorlarini o’rganish orqali ekspertlar aynan shunday xulosaga keldilar.

“O’zbektelekom” AK davlat sektorlariga, operatorlarga, internet provayderlarga, shuningdek O’zbekiston aholisiga o’z xizmatlarini taqdim etadi. Shunday qilib, mamlakatning har bir fuqarosi Kompaniya xizmatlaridan foydalanishdan chetda qolmaydi.

O’tgan yili “O’zbektelekom” AK aholining Internet xizmatlariga bo’lgan o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida, mavjud bo’g’inlar o’tkazish qobiliyatini oshirish va qo’shni mamlakat operatorlari bilan yangi chegara bo’g’inlarini qurish loyihalarini amalga oshirdi.

Tashkillashtirilgan barcha chora-tadbirlar natijasida 2017-yil boshidan Internet kanalllari tezligi 2 barobar oshdi.

O’zbekistonda valyuta siyosatini liberallashtirish bilan bog’liq holda, 2017 yil sentabr oyida “O’zbektelekom” AKning xalqaro Internet kanallari ijarasi xarajatlari o’rtacha 2 marta oshdi.

Internet tarmog’iga ulanish narxining keskin ko’tarilishi oldini olish  maqsadida, “O’zbektelekom” AK 2017-yil sentabr oyidan operator va provayderlar uchun 1 Mbit/s narxini 244 958 so’m miqdorida belgilash qarorida to’xtadi. Shunday qilib, Milliy operator 2017-yilda xizmat ko’rsatish hajmini kengaytiribgina qolmay, balki narxlarning keskin o’sishi oldini oldi.

Bugungi kunga kelib, Internet tarmog’iga ulanish narxi 1 Mbit/s uchun 2017-yildan buyon sezilarli ravishda 91 AQSh dollaridan 30 AQSh dollarigacha tushdi. Barcha xarajatlar “O’zbektelekom” AK hisobidan qoplandi.

2017-yildan boshlab Kompaniya Digital (zamonaviy raqamli texnologiyalar) yo’nalishida ilg’or qadamlar qo’yishni va qo’shni soxa ishtirokchilarini birlashtirishni boshladi. Hozirgi kunda Milliy operator bir qator yangi mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqmoqda. Oldimizda juda katta ishlar turipti, birinchi natijalar esa 2018-yilning o’zidayoq ko’zga ko’rinadi.

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.