UZMOBILE narxlarni ko'tarmaydi

24 Yanvar 2018 yil

2017 yil yakunlarini umumlashtirar ekan, “OzbektelekomAK Uzmobile filiali ozining muvaffaqqiyatlari, yutuqlari va istiqbolli loyihalari bilan bo'lishishni istaydi:

·   Uzmobile abonentlari bazasini 2 ta aloqa standarti bo’yicha 1,5 mlndan ortiq abonent tashkil etadi;

·   2G/3G va 4G texnologiyalarini joriy etib Uzmobile GSM tarmog’ini uzluksiz kengaytirmoqda. Hozirda 4G tarmog’i respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarida mavjud;

·   Mamlakat bo’ylab dilerlik nuqtalari, savdo va xizmat ko’rsatish ofislari jadal sur’atlarda rivojlanmoqda;

·  “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” dasturi bandlarini bajarish doirasida Uzmobile filiali birinchilar qatorida abonentlari uchun “Xalq bilan muloqot” xizmatini taqdim etdi. Ushbu xizmat yordamida GSM abonentlari davlat veb-saytlariga bepul kirish imkoniyatiga ega bo’ldilar;

·  Viloyat markazlari va tumanlarda mavjud va potensial abonentlar bilan uchrashuvlar o’tkazildi. “Xalq bilan muloqot” umumiy nomi ostida o’tkazilgan tadbirlar yordamida mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash va Milliy operator faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirildi;

·  Uzmobile tomonidan Yosh avlodni qo’llab-quvvatlash, yoshlar salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy yo’naltirilgan “Yoshlar” tarif rejasi joriy etildi. Filial tashabbusiga ko’ra O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda joriy etilgan ushbu tarif reja anchadan buyon munosib bahoga sifatli aloqa tanlagan malakat yoshlarga taqdim etilmoqda;

·  Toshkent Axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji asosida ijtimoiy AT-dasturlarining taqdimoti o’tkazildi. Tadbirda o’quvchilar tayyorgarligining umumiy davrini nazorat qilish tizimini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan “Smart Education”, “Educard”, “Muloqot.tv” va “Gap” loyihalari e’lon qilindi;

·  2017 yil o’z vaqtini qadrlaydiganlar uchun muhim ahamiyat kasb etdi. Uzmobilening mavjud va potensial abonentlari uchun uydan chiqmasdan tarmoqqa ulanish imkoni tug’ildi. Bundan tashqari, iste’molchilar qulayligi uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etuvchi Arba.uz onlayn-do’koni uchun xizmat joriy etildi;

·  Aloqa soxasi xodimlari sadoqati va korporativ ruhning o’sishi doirasida maxsus tarif reja joriy etildi. Hozirgi vaqtda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tarkibiga kiruvchi 40 dan ortiq tashkilotlar xodimlari yanada qulay sharoitlarda muloqot qilishlari mumkin.

“O’zbektelekom” AK UZMOBILE filiali – milliy aloqa operatori. Uning asosiy ijtimoiy tashkil etuvchilari abonentlarni har tomonlama qollab-quvvatlash, shu jumladan aholining barcha oifalari uchun tarif rejalarini ishlab chiqish va amalga kiritishdir. Har bir abonentiga gamxorlik qilib, sodiqlik siyosatini olib borish maqsadida, hozirgi kunda GSM va CDMA barcha tariflari uchun abonent tolovi ozgarishsiz qolmoqda.

UZMOBILE – ishonchli aloqa operatori!

Ma'lumot

«O'zbеktеlеkom» - AK butun O'zbеkiston Rеspublikasi hududini o'z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik tеlеkommunikatsiyalar opеratoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa opеratorlari hamda provaydеrlariga kanallarni ijaraga bеrish bo‘yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma'lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Intеrnеt tarmog‘idan foydalanish, vidеokonfеrеnsaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, tеlеvizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to'rtta —UZTЕLЕCOM™, UZMOBILЕ™, UZONLINЕ™ va TELECOM TV™ savdo bеlgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kеlib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbеktеlеkom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Intеrnеt xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.