Mazkur Ommaviy oferta Internet tarmog‘idagi: www.uztelecom.uz manzilidagi Operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va rasmiy e’lon qilingan saytda uning bekor qilinishi haqida xabar berilguniga qadar amal qiladi.
Abonent
Abonent shartnomasi
Abonent qurilmasi –
Abonent raqami – telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi uchun shartnomaning amal qilish davrida Abonentga Operator tomonidan ajratiladigan raqam. Abonent raqami Operator tarmog‘iga abonent qurilmalari ulanganida, Abonent qurilmasi ulanganligini identifikatsiya qiluvchi raqam hisoblanadi.
Abonent tarmog‘i — turar joy yoki jamoat binosi maydoni chegarasida xizmat ko‘rsatiladigan Abonentning texnik vositalari, qurilmalari va kabel liniyalari majmui.
Abonent liniyasi — telekommunikatsiya liniyasining Operator telekommunikatsiya tarmog‘ining kirish nuqtasidan Abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda, Abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismi.
Abonent to‘lovi – Operator tomonidan Abonentga ko‘rsatilayotgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun iste’mol qilinadigan va ushbu xizmat hajmidan qat’i nazar (abonentning ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun to‘lovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlar uchun) so‘zsiz har oy qayd etiladigan va to‘lanadigan to‘lov.
Abonent shaxsini tasdiqlovchi hujjat (jismoniy shaxslar uchun) – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti (xorijga chiqish biometrik pasporti bundan mustasno), identifikatsiya ID-kartasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qarori bilan joriy etilgan milliy haydovchilik guvohnomasi, chet el fuqarolik pasporti (O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi belgi yoki ma’lumot bilan birga), fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning guvohnomasi, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi, harbiy xizmatchining pasport ma’lumotlari va uning ro‘yxatda turgan joyini tasdiqlovchi ilovasi bilan belgilangan shakldagi harbiy guvohnoma (telefoniya uchun yashash joyiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat).
Abonent raqamining ko'chib o'tishi (MNP - Mobile Number Portability) - mobil aloqa xizmatlarini ko'rsatish shartnomasi asosida donor tomonidan abonentga ajratilgan abonent raqamini boshqa mobil aloqa operatori (retsipient) bilan yangi shartnoma tuzishda saqlash va undan foydalanish uchun amalga oshiriladigan tashkiliy - texnik tadbirlar majmui.
Avtorizatsiya – Abonent tomonidan kiritilgan autentifikatsiya ma’lumotlarini Operator serverida tahlil qilish jarayoni, uning natijalari bo‘yicha Abonentda xizmatni olish yoki shaxsiy kabinetga kirish huquqi mavjudligi aniqlanadi.
ASR – Operator va Abonent o‘rtasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, shuningdek, ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlarini hisobga olish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan hisob tizimi/billing tizimi (apparat - dasturiy kompleks).
Autentifikatsiya — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi tomonidan ko‘rsatilgan identifikatsiyalash ma’lumotlarining haqiqiyligini aniqlash.
Autentifikatsiya ma’lumotlari - Abonent individual hisob ma’lumotlari jamlanmasi bo‘lib (agar ular talab etilsa, qo‘llaniladi), Operator tomonidan shartnoma asosida, mazkur Ommaviy ofertaning quyidagi shartlarini tuzishda shakllantiriladi:
a) Foydalanuvchining nomi (login) – Abonentning Operator tizimida asosiy individual identifikatsiya ko‘rsatkichi. Abonentga Shartnoma tuzilganida va Abonent birinchi bor ro‘yxatga olinganida taqdim etiladi, amaldagi Shartnoma doirasida o‘zgartirilishi mumkin emas.
b) Parol (password) – individual hisob ma’lumotari va Abonentning boshqa yopiq ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash vositasi. Birinchi parol Operator tomonidan shakllantiriladi va taqdim etiladi, keyinchalik parol Abonent tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchining nomi va paroldan Abonent tomonidan masofadan ulanish va Operator serveriga avtorizatsiya, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish uchun foydalaniladi.
Arxiv tarif rejasi – Operator tomonidan ilgari tasdiqlangan tarif rejasi bo‘lib, yangi ulanishlar uchun yopiq bo‘ladi va unga boshqa tarif rejalaridan o‘tish imkoni bo‘lmaydi.
Bo‘nak avans to‘lovi – shartnoma tuzilganidan keyin telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini boshlash uchun Abonentning hisob raqamiga kelgusi hisob-kitob davrida (oldindan to‘lov) telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganligi uchun Abonentning logini va tadbirkorlik sub’ektlari uchun Abonent shartnomasi raqamini ko‘rsatgan holda, Abonent tomonidan to‘liq hajmda (100 foiz) to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi. Bo‘nak avans to‘lovi tanlangan Tarif/Tarif rejasiga muvofiq Abonent to‘lovi qiymatidan, tanlangan pullik telekommunikatsiya xizmatlari qiymatidan shakllantiriladi. Bo‘nak avans to‘lovi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan naqd va naqdsiz hisob-kitoblarning qulay usullari, shu jumladan, to‘lov agentlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Abonentga pullik toifadagi Abonent raqami taqdim etilgan taqdirda, raqamning Boshlang‘ich avans to‘loviga pullik toifadagi Abonent raqami to‘lovi ham to‘lov miqdoriga kiritiladi. Pullik toifadagi Abonent raqami narxini uzaytirib to‘lash sharti bilan Abonentga pullik raqam taqdim etilgan hollarda, Boshlang‘ich avans to‘loviga dastlabki hisobot davri ham Abonent to‘loviga kiritiladi.
Vijdonli foydalanuvchilar – telekommunikatsiya xizmatlaridan noqonuniy maqsadlarda foydalanmagan, Operatorga, va/yoki uchinchi shaxslarga zarar keltiruvchi harakatlarni sodir etmagan, o‘z Abonentlik qurilmasidan dasturiy ta’minot/axborotlarni tarqatish va tarqarishga qaratilgan harakatlarni sodir etmagan, IP-manzillarni noto‘g‘ri talqin qilmagan, Abonent raqamlari va Operator tarmog‘ining, Operator va/yoki uchinchi shaxslarning qurilmalari yoki dasturiy ta’minotlarining me’yoriy amal qilishiga to‘sqinlik qiluvchi harakatlarni sodir etmagan, telekommunikatsiya xizmatlaridan bevosita tijorat maqsadlarida foydalanmagan, qayd etilgan mutloq aloqa tarmog‘iga ulanish uchun shlyuzlardan, Internet-telefoniya va shu kabilardan foydalanmagan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi, tanlab olingan telekommunikatsiya xizmatlari turlari qoidalari va shartlari hamda mazkur Ommaviy oferta shartlariga qat’iy amal qilgan, telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanilganlik uchun o‘z huquq va majburiyatlarini to‘liq bajargan shaxslar/abonentlar.
Dastlabki avans to‘lovi – Abonentning hisob raqamiga kelgusi hisob-kitob davrida (oldindan to‘lov) telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanganligi uchun Abonentning logini yoki tadbirkorlik sub’ektlari uchun shartnoma raqamini ko‘rsatgan holda, Abonent tomonidan to‘liq hajmda (100 foiz) to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi. Avans to‘lovi tanlangan tarif rejasiga muvofiq Abonent to‘lovi qiymatidan, tanlangan pullik telekommunikatsiya xizmatlari qiymatidan shakllantiriladi. Avans to‘lovi O‘zbekiston Respublikasida belgilangan naqd va naqdsiz hisob-kitoblarning qulay usullari bilan amalga oshiriladi.
Diler – dilerlik shartnomasi yoki tegishli ishonchnoma asosida Operator topshiriqlarini bajaruvchi yuridik shaxs yoki yuridik shaxsni tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkor (Operatorning vakolatli vakili).
Dilerlik shartnomasi – uning asosida mukofot evaziga Operator nomidan yuridik va boshqa muhim harakatlarni Operatorning topshirig‘iga muvofiq bajarish majburiyatini olgan Dilerlik shartnomasi.
Dilerning xizmat ko‘rsatish punkti — Diler tomonidan tashkil qilinadigan va foydalaniladigan xizmat ko‘rsatish punkti.
Elektron pullar – Elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda Elektron pullar tizimida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari.
Identifikatsiyalash — mavjud ma’lumotlar asosida ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchining shaxsini aniqlash.
Internet – TSR/IP yagona protokoliga muvofiq ishlaydigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan va yagona manzilli muhit hamda nomli muhitdan foydalanuvchi juda ko‘plab tarmoqlardan tashkil topgan global xalqaro tarmoq (tarmoqlar hamjamiyati tomonidan boshqariladigan tarmoq).
Yirik avariya — Operatorning telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilayotgan ma’lum bir ma’muriy hududda telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishning to‘xtalishiga olib keladigan texnik-avariyaviy holati.
Kontent – axborot, ko‘ngilochar mazmunga ega bo‘lgan Voice (ovoz), SMS, GPRS matnlar yoki multimediali ma’lumotlar vositasida olinadigan axborot mazmuni.
Kontent-provayder – Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga tijorat asosida kontentli xizmatlarni ko‘rsatadigan yuridik shaxs. Kontent-provayder xizmatlari Abonent qurilmasidan xizmatni olish uchun jo‘natilgan so‘rovnoma (buyruq) yo‘li bilan Abonentning oldindan buyurtmasi bo‘yicha ko‘rsatiladi. Kontent-provayderlar ro‘yxati va ko‘rsatiladigan xizmatlarga Operatorning rasmiy WEB-sayti, shuningdek, kontent-provayderlar rasmiy WEB-saytlari orqali ulanish mumkin. Kontent-provayder xizmatlariga ulanish – aloqa tarmog‘i vositasida kontent-provayderning axborot-ko‘ngilochar xizmatlariga ulanish uchun tuzilgan Operatorning qo‘shimcha (aralash) xizmatidir.
Mobil elektron to‘lov xizmatlari – Operator tarmog‘i orqali Elektron pullar tizimida Abonentga elektron to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha Operatorning to‘lov subagenti sifatida ko‘rsatiladigan xizmatlari. Bunda Abonent to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchi hisoblanadi.
Operator – Abonentlarga bir nechta telekommunikatsiyalar xizmatlari majmuini taklif etuvchi, telekommunikatsiyalar vositalari tarmog‘iga ega bo‘lgan va uning funksionalligi hamda rivojlanishini ta’minlovchi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi.
Operator ofisi – Abonentlarni qabul qiladigan va ularga xizmat ko‘rsatiladigan, Abonentlar to‘g‘risidagi axborotlar hamda Operator faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlar saqlanadigan va qayta ishlanadigan Toshkent shahrida va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari hududiy bog‘lamalaridagi inshoot, binolar. Operator ofislari joylashgan manzili, ularning ish tartibi haqidagi ma’lumotlar Operator rasmiy WEB-saytida e’lon qilingan va (joylashgan manzili, pochta manzili va boshqalar o‘zgarishlari) o‘rnatilgan tartibda yangilab boriladi.
Operator WEB-sayti – Internet tarmog‘ida www.uztelecom.uz elektron manzilida joylashgan Operator faoliyati, taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlari haqida rasmiy axborot jamlangan Operator axborot resursi.
Operator tarmog‘iga ulanish – Abonentning xizmatlarga va axborot resurslariga ulanish maqsadida Operator tarmog‘idan foydalanish uchun texnik imkoniyati.
Operatorning ishlash zonasi — Operatorning telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatiladigan hudud.
Operatorning javobgarlik zonasi – Operator egaligi va boshqaruvida bo‘lgan telekommunikatsiyalar texnik vositalari va kanallari. Xizmatlar Operator javobgarlik zonasida ko‘rsatiladi. Javobgarlik zonasidan tashqari bo‘lgan Operatorning xizmatlari bilan bog‘liq barcha masalalar Abonent va Operator bilan kelishuv asosida hal qilinadi. Operator bilan shartnoma tuzilguniga qadar, Abonent Operatordan o‘zining ulanish nuqtasigacha aloqa kanallariga ulanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Aloqa kanallari mavjud bo‘lmaganida bunday aloqa kanallarini tashkil etish mazkur Ommaviy oferta shartlaridan tashqari hal qilinadi.
Operator tarmog‘iga ulanishni taqdim etish – Abonent to‘g‘risida ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni Operatorning apparat–dasturiy kompleksiga kiritish bo‘yicha Operatorning faoliyati. Avans to‘lovi amalga oshirilganidan keyin Abonentda Operator tarmog‘iga ulanish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Operator tarmog‘i – Abonentga telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya vositalari majmui. Operator tarmog‘i quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ma’lumotlar uzatish — ma’lumotlarni keyingi qayta ishlash uchun telekommunikatsiya vositalari yordamida signallar ko‘rinishida bir punktdan boshqa punktga ko‘chirish;
- ma’lumotlar uzatish tarmog‘i - ma’lumotlar uzatilishini ta’minlash maqsadida ma’lum nuqtalar o‘rtasida telekommunikatsiyalarni tashkil etish uchun tuzilgan telekommunikatsiya uzellari va kanallarining majmui;
- Internet aloqa tarmog‘i - yagona adres va nomlar makonidan foydalaniladigan, shlyuzlar yordamida birlashtirilgan, yagona TSR/IP protokoliga muvofiq ishlaydigan ko‘plab tarmoqlardan iborat global xalqaro tarmoq;
- virtual xususiy tarmoq (VPN) - ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan foydalaniladigan transport kanallari orqali foydalanuvchilarning yopiq guruhlarini qo‘llab-quvvatlaydigan virtual ajratilgan transport resurslari to‘plami (O’z Dst 2818:2014 Milliy standarti. Telekommunikatsiya tarmoqlari. Atamalar va ta’riflar.).
- Wi-Fi tarmog‘i - Wi-Fi texnologiyasi asosida Internetga kirish tarmog‘i;
- mobil aloqa tarmog‘i — abonentlarga mobil aloqa (ovoz, ma’lumotlar uzatish va boshqalar) xizmatlarini ko‘rsatuvchi texnik vositalar (kommutatsion va radiouskuna, abonent qurilmalari, ulovchi liniyalar, inshootlar va h.k.) majmui. Mobil aloqa tarmoqlariga uyali, trank, lokal-trank, radial-zona tarmoqlari kiradi;
- telefon aloqasi tarmog‘i – aholi, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarning telefon aloqasi xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlovchi ATS, kommutatsiya uzellari, liniyalari, kanallari, oxirlovchi (terminal) uskunalarning majmui;
- televideniye tarmog‘i — erkin tomosha qilish mumkin bo‘lmagan IPTV (IP-televideniye), OTT (Over the Top) va on-line televideniye kanallari orqali har qanday axborotni tarqatish va yetkazib berishni ta’minlaydigan telekommunikatsiya vositalarining majmui;
- mahalliy telefon aloqasi - bitta aholi punkti yoki ma’muriy hudud doirasida joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasida telefon orqali bog‘lanish;
- shaharlararo telefon aloqasi - O‘zbekiston Respublikasining turli ma’muriy tumanlarida (shahar tarkibidagi tumanlardan tashqari) joylashgan foydalanuvchilar o‘rtasida telefon aloqasining ulanishi;
- xalqaro telefon aloqasi - O‘zbekiston Respublikasi hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi va boshqa davlat hududidagi telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchi o‘rtasida telefon aloqasi orqali bog‘lanish.
Rouming — bitta mobil aloqa operatori abonentining bitta davlat doirasida (milliy rouming) yoki boshqa mamlakatda (xalqaro rouming) bo‘lgan boshqa mobil aloqa operatorining xizmat ko‘rsatish zonasida bo‘lganda boshqa mobil aloqa operatorining tarmog‘idan foydalana olishini ta’minlovchi xizmat.
To‘lov agenti – statsionar yoki mobil qurilmalar, to‘lov terminallari/tizimlaridan foydalanib, Abonent to‘lovlarini qabul qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ekti.
To‘lov kartasi — kodlangan ma’lumotni saqlaydigan, tarmoq foydalanuvchisini identifikatsiya qilish va chaqiruvni amalga oshirish (initsiatsiya) qilish imkoniyatini beruvchi to‘lov vositasi.
To‘lov xizmati – to‘lov xizmatini yetkazib beruvchining, shu jumladan, Operator va uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi)ning to‘lov xizmatlaridan foydalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmati.
Narxnoma – Operatorning telekommunikatsiya xizmatlari ro‘yxati va narxlar shartlari tasdiqlangan hujjati.
Tomonlar – Operator va Abonent birgalikda.
Tarif – Operator tomonidan belgilangan Abonent tomonidan Operator tarmog‘iga ulanishda to‘lanadigan telekommunikatsiya xizmatlari o‘lchov birligining narxi.
Tarif rejasi – Operator tomonidan Abonentga yoki Abonentlarning ma’lum guruhiga yoki ma’lum cheklangan hududda bir yoki bir nechta xizmatlaridan foydalanishni taqdim etadigan narxlar va texnik ma’lumotlar hamda shartlari majmui.
Telekommunikatsiya xizmatlarini olish uchun texnik imkoniyatlar – mazkur Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Abonentda telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tegishli texnik vositalar va sharoitlar mavjudligi.
Telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etilishining texnik imkoniyati –Abonentga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun Operator xizmat ko‘rsatish zonasida amal qiluvchi telekommunikatsiya vositalari mavjudligi.
Telekommunikatsiya xizmatlari – bu Operatorning telekommunikatsiya tarmoqlari orqali signallarni hamda boshqa turdagi ma’lumotlarni qabul qilish, uzatish, qayta ishlash bo‘yicha faoliyatining mahsuli. Telekommunikatsiya xizmatlarining to‘liq ro‘yxati (shu jumladan asosiy va qo‘shimcha xizmatlar) Operator tomonidan amaldagi va tasdiqlangan Narxnomasi va telekommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha tariflarda belgilangan. Operatorning asosiy telekommunikatsiya xizmatlariga quyidagilar kiradi:
- mobil aloqa xizmatlari;
- ma’lumotlarni uzatish xizmatlari;
- simli telefon aloqa xizmatlari;
- telegraf aloqa xizmatlari.
Universal xizmatlar — umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali barcha foydalanuvchilarga ko‘rsatiladigan belgilangan sifatdagi majburiy xizmatlar to‘plami (foydalanuvchilarning bu tarmoqdan foydalanishini ta’minlash, mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlari, telegrammalar jo‘natish va boshqalar).
Uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi)ning xizmatlari - Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga Provayderlar, To‘lov agentlari va boshqa uchinchi shaxslar tomonidan ko‘rsatiladigan To‘lov xizmatlari, shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan Abonentlarga ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar.”.
Xizmat ko‘rsatish qoidalari/Qoida – Operator rasmiy saytida joylashtirilgan va amal qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 30 iyundagi “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 208-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari” (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020 yil 30 iyunda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 3275).
Xizmat ko‘rsatish zonasi – Operator litsenziya shartnomasi asosida telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladigan va normativ-huquqiy hujjatlar bilan o‘rnatilgan shartlarga javob beradigan xizmatlar sifatini ta’minlash uchun texnik imkoniyatlarga ega bo‘lgan hudud.
Xizmat ko‘rsatish punkti — telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Abonent bilan shartnomalarni tuzish va xizmatlarning boshqa turlarini olish mumkin bo‘lgan Operatorning statsionar savdo nuqtasi va (yoki) xizmat ko‘rsatish ofisi.
Xizmatlarga abonent to‘lov tizimi — Abonentning ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri (oy, chorak, yil va b.) uchun to‘lovlari summasi haqiqatda olingan xizmatlar hajmiga bog‘liq bo‘lmagan doimiy miqdor hisoblanadigan xizmatlarga haq to‘lash tizimi.
Xizmatlarga haq to‘lashning vaqtbay tizimi — ma’lum (hisob-kitob qilinadigan) vaqt davri uchun Abonent to‘lovlari summasi axborotni uzatish va boshqa telefon aloqasi xizmatlarini olish uchun telefon tarmog‘i liniyalari va inshootlaridan foydalanilgan vaqtga bog‘liq bo‘lgan xizmatlarga haq to‘lash tizimi.
Xosting xizmatlari — Internet tarmog‘ida doimiy bo‘ladigan serverda axborotni joylashtirish uchun texnik resurslarni taqdim etish xizmati.
Cheklash darajalari – Operator Abonentga taqdim etiladigan xizmatlarning hajmini cheklanishi yoki xizmatlarning taqdim etilishini to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladigan Abonentning shaxsiy hisobida (balansida) eng kam pul mablag‘i.
Frod – axborot texnologiyalari sohasida firibgarlik turi, jumladan, Operatorning telekommunikatsiya xizmatlaridan va resurslaridan ruxsatsiz va noqonuniy ravishda foydalanish bilan bog‘liq harakatlari.
Shaxsiy (elektron) hisob raqami – Operatorning avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimidagi elektron fayl. Ushbu faylda Abonent hisob-kitob tizimidagi Elektron pul miqdori (keyingi o‘rinlarda – Shartli summa (pul mablag‘i miqdori), Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, shu jumladan, mobil elektron to‘lov xizmatlari uchun avans to‘lovi kiritilganligi va xizmatlar uchun sarflangan pul mablag‘i haqida maʼlumot aks ettirilgan. Bitta Shartnoma doirasida Abonentga bir nechta shaxsiy (elektron) hisob raqamlari ajratilishi mumkin.
Shaxsiy kabinet – Abonentning Autentifikatsiya ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalangan, Autentifikatsiya ma’lumotlari, olingan Xizmatlar hajmi haqidagi statistik ma’lumotlar, Abonent Shaxsiy hisob raqamining joriy holati va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Operator WEB-saytidagi maxsus WEB-sahifa. Shaxsiy kabinetda aks etgan axborot ma’lumotli bo‘lib hisoblanadi va ASR Operatori (Operator va Abonent o‘rtasidagi avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar)dagi axborotdan farq qilishi mumkin. Shaxsiy kabinet ko‘rsatkichlari joriy, yakunlanmagan ulanish sessiyasida, sessiya yakunlanganidan keyingi ko‘rsatkichlardan farq qilishi mumkin va sessiya Shaxsiy kabinet ko‘rsatkichlarida qayd qilinganidan keyingina yakunlangan bo‘lib hisoblanadi. Shaxsiy kabinetda Abonent aniq xizmatlarga qo‘shilishi, ulardan voz kechishi, parolini o‘zgartirishi yoki tiklashi, Operator tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlarga ulanishi mumkin. Shaxsiy kabinet funksiyalari Operator tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi mumkin.
Shaxsiy hisob raqami balansi – muayyan vaqtda Abonent hisob raqamidagi ikki pul mablag‘lari miqdori orasidagi farq. Birinchi pul miqdori Abonent hisob raqamiga kiritilgan pul mablag‘i miqdori, ikkinchisi - mazkur Shartnomada o‘rnatilgan muddatda ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun Operator tomonidan Abonent hisob raqamidan yechib olingan pul mablag‘i miqdoridan iborat.
eSIM — abonent qurilmasining virtual identifikatsiya moduli, uning yordamida abonent qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish ta’minlanadi.
IMEI kodi (International Mobile Equipment Identifier) yoki xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodi (keyingi o‘rinlarda - IMEI-kod) — 15 raqamdan iborat bo‘lgan va GSMA tomonidan ajratiladigan, shuningdek, tarmoqda GSM/UMTS/LTE standartlarida ishlovchi mobil aloqa abonent qurilmasini identifikatsiyalovchi raqam.
IP-adres — TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida kompyuterlar yoki uzellarni identifikatsiyalashtiradigan noyob manzil.
IP-televideniye (IPTV) — televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi boshqa ma’lumotlar, IP-protokoli asosidagi tarmoqlar ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interfaollik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari.
IP-telefoniya — IP-texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan, mahalliy va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati.
SIM/RUIM-karta (keyingi o‘rinlarda - SIM karta) — ichiga mikrosxema o‘rnatilgan olinuvchi identifikatsiya moduli, uning yordamida Abonent qurilmasini identifikatsiya qilish, uning mobil aloqa tarmog‘idan foydalana olishi, shuningdek, Abonent raqamidan ruxsatsiz foydalanishidan himoya qilish ta’minlanadi.
Wi-Fi texnologiyasi – foydalanuvchi uskunasini telematik aloqa xizmatlariga kirish tarmog‘iga simsiz ulanishini ta’minlovchi radiokanallar orqali raqamli ma’lumotlarni uzatish usuli.
Wi-Fi xizmati tashkilotchisi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha o‘zining oxirlovchi uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan Operator yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi yoxud Abonent – yuridik shaxs.
Wi-Fi xizmatlari — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha chetki uskunalarga foydalanuvchilarning cheklangan doirasiga uskunadan foydalanishni taqdim etish. Foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatini ko‘rsatishda sessiyaning amal qilish davomiyligi 24 soatdan oshmasligi kerak.
Wi-Fi xizmati ko‘rsatish zonasi - Operatorga kirish nuqtasidan ishonchli radiosignalini qabul qilish zonasi va Abonent/foydalanuvchi va/yoki dasturiy ta’minotning tuzilgan uskunalaridan foydalanish hududi.
2.5.1. Mobil elektron to‘lov xizmatlarini taqdim etish tartibi va shartlari mazkur Ommaviy ofertaning ajralmas qismi bo‘lgan ilovada belgilangan mobil moliyaviy xizmatlarni taqdim etish qoidalari bilan belgilanadi.
- jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun – shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
3.1.2. Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatiga ulanish uchun
- jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlar uchun - shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, shu jumladan, ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lgan shaxs tomonidan – ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, egasi bo‘lmagan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan –
3.1.3. Telefon aloqasi xizmatiga ulanish uchun
- jismoniy shaxslar bo‘lgan Abonentlar uchun - shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shu jumladan, ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lgan shaxs tomonidan – ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, egasi bo‘lmagan shaxs tomonidan – doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan –
- yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy- huquqiy tashkilot bo‘lgan Abonentlar uchun – davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi tegishli guvohnoma va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa identifikatsiya hujjatlari, ushbu xizmat turi ko‘rsatiladigan turar/noturar joyning egasi bo‘lsa, ushbu turar/noturar joyga bo‘lgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat, ijaraga oluvchisi hisoblanadigan shaxs tomonidan –
3.1.4. Telekommunikatsiya xizmatlari (asosiy yoki qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari)ning turi va xususiyatidan kelib chiqqan holda, Operator Abonentdan qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olishi mumkin.
3.2. Abonent Qoidaga va mazkur Ommaviy oferta shartlariga muvofiq tegishli Telekommunikatsiya xizmatini olish uchun yozma ravishda (bevosita o‘zi yoki vakil orqali Operator/Diler ofisiga murojaat qilish orqali) yoki elektron shaklda ariza beradi.
- familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joyi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari (seriyasi, raqami va JShShIR) — jismoniy shaxslar uchun;
- bog‘lanish uchun ma’lumotlar (telefon raqami, elektron pochta manzili — agar mavjud bo‘lsa);
3.2.3. Mobil aloqa xizmatini ko‘rsatish uchun Abonent shartnomasi – faqat Abonent (jismoniy shaxs uchun) shaxsan o‘zi bo‘lganda va u tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganda yoki uning vakili (notarial tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida) shaxsan o‘zi bo‘lganda va u tomonidan shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi taqdim etilganda tuziladi.
3.2.3.1. O‘zbekiston Respublikasidagi aeroportlar, vokzallar hamda turist-axborot markazlari hududlarida chet el fuqarolari — sayyohlar (turistlar) bilan ushbu xizmatlarni ko‘rsatish uchun Abonent shartnomasini tuzish soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
3.2.3.2. Operator/Diler ofisiga kelish imkoniyatiga ega bo‘lmagan Abonentning (jismoniy shaxslar uchun) yakka tartibdagi talabnomalari bo‘yicha yashash joyiga borib, Operator tomonidan Abonent (mobil aloqa xizmati uchun) bilan Abonent shartnomasi tuziladi.
3.2.3.3. Qishloq, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin bo‘lgan olis aholi punktlarida Abonentlarga xizmat ko‘rsatish uchun Operator tomonidan maxsus jihozlangan transport vositalarida Abonent shartnomasi (mobil aloqa xizmati uchun) tuzilishi mumkin.
3.2.3.4. Ilgari tuzilgan amaldagi shartnomalar bo‘yicha Operatorning
3.3. Abonent shartnomasi Abonent va Operator o‘rtasida Operator/Dilerning ofisida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lmagan boshqa tartib/usulda yoki joyda tuziladi
3.4. Abonent shartnomasi mazkur Ommaviy oferta shartlari va qonun hujjatlariga muvofiq Operator tomonidan Abonent shartnomasini tuzish uchun texnik imkoniyati bo‘lganda, arizalarni berish navbati tartibida tuziladi.
3.5. Abonent shartnomasini tuzishda Tomonlar texnik imkoniyatlarning mavjudligi
3.5.1. T
3.5.2. Elektron shaklda ariza bilan murojaat qilinganda, Operator tomonidan murojaatchiga
3.5.3. Texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar tugashi bilan, Abonent shartnomasi o‘z kuchini yo‘qotadi.
3.5.4. Telefon aloqasi xizmatiga ulanish bo‘yicha – telefon aloqa kabellarida bo‘sh Abonent liniyalarining yo‘qligi Abonent shartnomasini tuzishga to‘sqinlik qilsa, yetishmaydigan aloqa liniyalarini o‘tkazish bo‘yicha qurilish ishlari, ariza beruvchining mablag‘lari hisobidan (mazkur ishlar uning hisobidan bajarilishiga rozilik berilganda), shu jumladan, Operator tomonidan berilgan texnik shartlar asosida pudrat shartnomasini tuzish yo‘li orqali o‘tkazilishi mumkin.
3.6. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlarini bajarish muddatlari
- texnik imkoniyatni o‘rganish va texnik imkoniyat bo‘lmagan taqdirda, ariza beruvchiga asoslangan rad etishning aniq sabablari ko‘rsatilgan javobini berish
- texnik imkoniyat bo‘lganda, Abonent shartnomasi tuzilgan kundan boshlab,
- texnik imkoniyat bo‘lmaganda, yetishmaydigan aloqa liniyalari ariza beruvchining hisobidan o‘tkazilishini hisobga olgan holda — pudrat shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab, 180 (bir yuz sakson) kun davomida amalga oshiriladi. Telefon tarmog‘idan foydalana olishni ta’minlash ishlari bajarilganidan keyin, Operator ariza beruvchi bilan Abonent shartnomasini tuzadi.
Mazkur muddatda ko‘rsatilgan tartib va muddatlar Ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatiga ulanish uchun ariza kelib tushganda tatbiq etiladi.
3.6.1. Agar qurilgan telekommunikatsiya vositalari va inshootlari Operatorga texnik xizmat ko‘rsatish, foydalanishga yoki mulkiga berilmagan bo‘lsa, u holda ularni ekspluatatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining normativ hujjatlariga muvofiq Abonent tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi va ushbu vosita yoki qurilmalar uchun Operator javobgar hisoblanmaydi.
3.7. Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish va Aksept boshlanishi (Abonentning mazkur Ommaviy oferta shartlarini qabul qilishga roziligi) Abonent tomonidan Dastlabki avans to‘lovi kiritilishi hisoblanadi.
3.8. Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishiga texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lganda, Tomonlar o‘rtasida Abonent shartnomasi imzolangan vaqtdan boshlab, Abonent tomonidan 7 (yetti) kalendar kuni mobaynida Dastlabki avans to‘lovi kiritilmaganligi Abonentning Abonent shartnomasini tuzishdan voz kechganligini anglatadi. Agar mazkur bandda belgilangan Dastlabki avans to‘lovi o‘rnatilgan muddat mobaynida to‘liq hajmda kiritilmagan bo‘lsa, mazkur Ommaviy ofertaning 12.5-bandida belgilangan tartibda qisman kiritilgan pul miqdori Abonentga qaytarib beriladi.
3.8.1. Abonent, Operator bilan Abonent shartnomasini tuzishi, Abonentga tegishli binodan, jumladan, umumiy foydalanish binosidan, shuningdek, uy-joyining tayanch konstruksiyasi, mexanik, elektrik va bino (ofis) doirasida yoki undan tashqari, Operator tomonidan xizmat ko‘rsatilishiga ehtiyojlarni ta’minlash uchun mo‘ljallangan qurilishlardan, shu jumladan, boshqa uskunalardan Operator tomonidan foydalanishga rozilik bildirgan hisoblanadi.
3.9. Operator telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etishda texnik imkoniyatlarni hisobga olib, ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxatini, shu jumladan, asosiy yoki qo‘shimcha xizmatlar turini mustaqil belgilaydi.
3.10. Mazkur Ommaviy oferta shartlarida Operator tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari Qoida va muayyan xizmat turi bo‘yicha belgilangan shartlarga muvofiq tartibga solinadi.
3.11. Abonent tanlangan muayyan telekommunikatsiya xizmatlarini olish uchun tegishli texnik imkoniyatlarga ega bo‘lishi lozim. Bunda, Operator Abonent oldida texnik vositalar (sozlash bo‘yicha xizmatlar) va telekommunikatsiya xizmatlarini qabul qilish shartlarini taqdim etish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.
3.12. Abonentni identifikatsiya qilish, telekommunikatsiya xizmatlariga ulash va Shaxsiy kabinetdan foydalanishiga imkoniyat yaratib berish Abonentning shaxsiy autentifikatsiya ma’lumotlari yordamida amalga oshiriladi.
3.13. Abonentning shaxsiy autentifikatsiya ma’lumotlari Abonentga Operator ofisi/Diler ofisida taqdim etiladi/biriktiriladi.
3.14. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya xizmatlari asosiy va qo‘shimcha xizmatlarga bo‘linadi. Aloqa va axborotlashtirish sohasidagi ijroiya organining normativ-texnikaviy hujjatlarini inobatga olgan holda, Litsenziya asosida, hamda Operatorga yoki O‘zbekiston Respublikasida umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiyalar tizimini tashkil qiluvchi telekommunikatsiya tarmoqlari Operatorlariga tegishli bo‘lgan tarmoqlari va aloqa vositalarining texnika imkoniyatlari bilan belgilanadi va Operatorning narxnomasi va tarif rejalarida ko‘rsatiladi. Asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlarning ro‘yxati Abonentlarning belgilangan tartibda oldindan xabardor qilinishi, hamda Operatorning narxnomasi va tarif rejalariga kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar bilan bog‘liq ravishda o‘zgarishi mumkin.
3.15. Telekommunikatsiya xizmatlariga ulanishni taqdim etishda Abonentga asosiy telekommunikatsiya xizmatlari taqdim etiladi. Qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlari asosiy telekommunikatsiya xizmatlari bilan qo‘shimcha sifatida ham, tanlab olingan Tariflar/Tarif rejalariga, Qoidalar va tanlab olingan telekommunikatsiya xizmatlari shartlariga muvofiq taqdim etiladi.
3.16. Abonentning asosiy yoki qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish limiti ishlab chiqilganidan keyin Abonent tomonidan tanlab olingan Tarif rejasida belgilangan tartibda hisob raqamining balansi ijobiy bo‘lganida taqdim etiladi.
3.17. Hisob raqamining balansi nol yoki salbiy holatida (qarzdorlik mavjud bo‘lganida) Operator tomonidan Abonent tegishli to‘lovni kiritguniga va hisobini pul mablag‘i bilan to‘ldirguniga qadar asosiy va qo‘shimcha telekommunikatsiya xizmatlariga ulanish to‘xtatiladi.
3.18. Telekommunikatsiya xizmatlari Operator tomonidan Abonentga sutkasiga 24 (yigirma to‘rt) soat, har kuni, tanaffussiz profilaktika va ta’mirlash ishlaridan tashqari ko‘rsatiladi. Profilaktika ishlari va ta’mirlash ishlari olib borilishi haqida Abonent Operator tomonidan oldindan xabardor qilinadi.
3.19. Profilaktika va ta’mirlash ishlari olib borilishi, Yirik avariya sodir bo‘lishi oqibatlarini bartaraf etish hamda Abonent qurilmalarining nosozligi Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishdagi tanaffus va/yoki xizmat ko‘rsatilishi uchun belgilangan muddatlarning buzilishi bo‘lib hisoblanmaydi.
3.20. Operator faqat Texnik imkoniyat bo‘lmaganda Abonent shartnomasini tuzishdan bosh tortish huquqiga ega. Quyidagi hollarda Operator tomonidan Abonent shartnomasini tuzilishi rad etilishi mumkin:
3.20.1. Arizachi voyaga yetmagan yoshda bo‘lganda (14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning o‘z ota-onalari, farzandlikka oluvchilari yoki homiylarining notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi bo‘lgan hollar bundan mustasno).
3.20.2. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish rejalashtirilayotgan manzil Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasiga kirmaganda.
3.20.3. Arizachi tomonidan ma’lumotlar to‘liq taqdim etilmaganda yoki arizachi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotlarning soxtaligi yoxud noto‘g‘riligi aniqlanganda.
3.20.4. Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish natijasida davlat mudofaasi qobiliyatiga, odamlarning salomatligi va xavfsizligiga tahdid solish xavfi bo‘lsa.
3.20.5. Telekommunikatsiya xizmatlarini olish maqsadida murojaat qilgan arizachida muayyan xizmatlarga ulanish uchun Texnik imkoniyatlari mavjud bo‘lmasa.
3.20.6. Operatorda, muqaddam tuzilgan Abonent shartnomalari bo‘yicha ko‘rsatilgan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun arizachining Operator oldida qoplanmagan qarzdorligi yoki buni tasdiqlovchi ma’lumotlar mavjud bo‘lsa.
3.20.7. Operatorda, arizachi tomonidan xizmatlarga ulanish uchun taqdim etilgan Abonent qurilmasi boshqa Abonent tomonidan yo‘qotilganligi (qidiruvda bo‘lganligi) yoki ushbu Abonent qurilmasi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlanmaganligi haqida ma’lumot mavjud bo‘lsa.
3.21. Quyidagi holatlarda Operator tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish to‘xtatiladi:
3.21.1. Abonent tomonidan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish sohasini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasining shartlariga rioya qilinmasa yoki ular buzilishi hollari aniqlanganda.
3.21.2. Agar Abonent qurilmasining ishlashi, shuningdek, Abonentning xatti-harakatlari Operator tarmog‘i, texnik vositalari va/yoki dasturiy ta’minotiga zarar yetkazishi mumkin deb hisoblansa yoki bunday xavf amalda vujudga kelsa.
3.21.3. Abonent tomonidan Operator tarmog‘i rekvizitlaridan ruxsat etilmaydigan/qonunga xilof ravishda foydalanib, Operator tarmog‘ida dasturiy ta’minot, uskunalar (vositalar, apparatlar) va axborot resurslariga, ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga ulanishga urinish sodir etilsa yoki bunday xavf bo‘lsa.
3.21.4. Qoidaga va Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Abonentni xabardor qilish orqali Operator tarmog‘ida rejali texnologik ishlar, ta’mirlash, profilaktik tadbirlar o‘tkazish davomida.
3.21.5. Abonent tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun Avans to‘lovini/Abonent to‘lovini kiritmaslik yoki Abonent shartnomasida belgilangan vaqtda kiritilmagan hollarda. Bunda Abonent, Abonent shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod etilmaydi.
3.21.6. Telekommunikatsiya xizmatlari Abonent tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘xtalishi mumkin, bunda to‘xtatishni faollashtirish telekommunikatsiya xizmatlarining turi va tariflar shartlari bilan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
3.21.7. Abonent tomonidan Abonent qurilmalaridan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid ravishda pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilganda.
3.21.8. Tarmoqda boshqa Abonentlarni obro‘sizlantiruvchi axborotlar tarqatilganda, muayyan materiallar (spam va boshqalar) va viruslar tarmoq orqali keng tarqatilganda, tarmoqdan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz dasturiy ta’minot yoki musiqa yoxud videolar tarqatilganda, IP-manzillar qalbakilashtirilganda.
3.21.9. Proksi-server, virtual xususiy tarmoq (VPN) serveri sifatida xosting xizmatlaridan foydalanilganda, shuningdek, xosting-akkauntida proksi-server va VPN bilan bog‘liq dasturiy ta’minot o‘rnatilganda.
3.21.10. Abonent mazkur Ommaviy ofertaning 3.1-bandiga muvofiq, o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha bergan roziligini bekor qilganida. Bunda Operator Abonentga to‘liq yoki qisman xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin.
3.22. Abonent tomonidan mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlari buzilganda va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, shuningdek, Qoidalariga muvofiq, Abonentga Operator tarmog‘iga qayta ulanish Operator tariflari bo‘yicha buzilish holatlari to‘la bartaraf etilganidan keyin taqdim etiladi, bunda Abonent tomonidan ilgari belgilangan Tarif/Tarif rejasining saqlanishi kafolatlanmaydi.
3.23. Wi-Fi xizmatini ko‘rsatish tartibi:
3.23.1. Operator cheklangan yoki cheklanmagan doiradagi Abonent/foydalanuvchilarga bepul yoki pullik (pullik) asosda Wi-Fi xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Abonent/foydalanuvchilarning cheklangan doirasini aniqlash shartlari Wi-Fi xizmati tashkilotchisi tomonidan belgilanadi. Wi-Fi xizmatlari sessiya davomiyligi 24 (yigirma to‘rt) soatdan oshmaydi.
3.23.2. Wi-Fi xizmati ko‘rsatilganda Abonent/foydalanuvchi o‘rtasida tuziladigan shartnomada Wi-Fi xizmatini taqdim etish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, shuningdek Abonent/foydalanuvchining shaxsini aniqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aniqlanadi.
3.23.3. Abonent/foydalanuvchining shaxsini identifikatsiya qilish Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdagi ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan mobil telefon raqami orqali amalga oshirilishi mumkin.
3.23.4. Abonent/foydalanuvchini mobil telefon raqami orqali identifikatsiya qilish uning mobil telefon raqamiga SMS-xabar orqali bir martalik parol yuboriladi va Abonent/foydalanuvchi autentifikatsiya qilinadi. Shu bilan birga, bir martalik parolni maksimal faoliyat vaqti 10 (o‘n) daqiqa davomida saqlanadi.
3.23.5. Operator Wi-Fi xizmatini ko‘rsatishda Abonent/foydalanuvchining Shaxsiy ma’lumotlari va uning telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlarining sir saqlanishini belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
3.23.6. Operator o‘z ixtiyorida (bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining resurslari, serverlari va segmentlari mazmuni, ulardan foydalanish imkoniyati va ishlash qobiliyati uchun javobgar bo‘lmaydi.
4.1. Operator Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi asosiy huquqlarga ega:
4.1.1. Abonentlarga Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish.
4.1.2. Abonentning aybi bilan Operator/telekommunikatsiya tarmoqlarida yuz bergan hodisalar natijasida yetkazilgan zarar o‘rnini qoplashni talab qilish.
4.1.3. Qonun hujjatlariga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari ustidan shikoyat qilish.
4.1.4. Abonent Qoidalarni yoki Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlarini buzganligi yoki unga ko‘rsatilgan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun belgilangan muddatda haq to‘lamaganligi sababli, uning xatti-harakatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq da’vo qilish.
4.1.5. Operator yoki telekommunikatsiya tarmoqlarida xabarlarni uzatishda xavfsizlikni ta’minlash va Abonent tarmog‘ida ko‘rsatiladigan xizmatlarning tegishli sifatini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatilishini nazarda tutadigan texnik tadbirlarni o‘tkazish.
4.1.6. Tarif/Tarif rejasida sutkaning turli vaqtlari, hafta kunlari, dam olish, bayram (ishlanmaydigan) va boshqa kunlar bo‘yicha, shuningdek, ko‘rsatilayotgan Telekommunikatsiya xizmatlarining to‘plami va hajmi bo‘yicha differensiyalangan tariflarni belgilash.
4.1.7. Telekommunikatsiya xizmatlarining ayrimlari uchun (masalan, USB-modemlar, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn-to‘lov terminallari, GSM, IP yoki SMS shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlarida foydalanish uchun, shuningdek, muayyan toifalardagi shaxslarga taqdim etiladigan) maxsus Tariflar/Tarif rejalarini belgilash.
4.1.8. Zo‘ravonlik, konstitutsion qurilishni o‘zgartirishga chorlovchi mazmundagi axborotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik, urush, zo‘ravonlik va axloqsizlik, diniy va milliy kelishmovchiliklarni qo‘zg‘atishni, inson qadr-qimmatini pastga urishni targ‘ib qilish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlangan boshqa axborotlar tarqatilishiga qarshi va buni oldini olish maqsadida zarur axborot resurslar himoyasini ta’minlashga yo‘naltirilgan tashkiliy va texnik harakatlarni amalga oshirish.
4.1.9. Abonentga xizmat ko‘rsatish muddatini o‘zgartirish va to‘xtatish, Abonentni faollashtirish umumiy muddatining mavjud emasligi haqidagi xabar/axborotni Operator rasmiy WEB-saytida joylashtirish, ommaviy axborot vositalarida chop etish yoki Operatorga mumkin bo‘lgan boshqa usullar bilan Abonentlarga yetkazish.
4.1.10. Mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi, Tariflar/Tarif rejasi shartlariga o‘zgarishlarini bir tomonlama tartibda kiritish, ushbu o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotni kamida 10 (o‘n) kundan 15 (o‘n besh) kungacha bo‘lgan vaqt mobaynida Operatorning rasmiy WEB-saytiga joylashtirish yoki Operator uchun har qanday qulay boshqa usul bilan Abonentlarni xabardor qilish.
4.1.11. Abonentlarni Operatorning rasmiy WEB-saytida e’lon berish yoki boshqa mumkin bo‘lgan usullar bilan xabardor qilish shartiga qat’iy amal qilgan holda, tegishli tijorat tadbirlari yoki aksiyalarni o‘tkazish orqali har qanday vaziyatda taqdim etiladigan xizmat shartlarini o‘zgartirish.
4.1.12. Abonentga taqdim etilgan Abonent raqamini bir tomonlama, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda hamda Abonentni xabardor qilish shartiga qat’iy amal qilgan holda, o‘zgartirish.
4.1.13. Ma’lumotlar uzatish va tegishli xizmatlar sifatini, xavfsizligini ta’minlash maqsadlarida, normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Abonentga xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatishni nazarda tutuvchi texnik tadbirlar o‘tkazish.
4.1.14. Abonent hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar mavjud bo‘lganida, Abonentning mavjud qarzdorligini qoplash uchun mavjud pul mablag‘larini Abonent hisobidan yechib olish.
4.1.14.1. Operator yoki uchinchi shaxslar, shu jumladan Mobil elektron to‘lov xizmatlarini avanslash hisobiga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Abonent tomonidan ortiqcha to‘langan pulni hisobga olish yoki Abonent shartnomasi bekor qilinganda Abonentga uning arizasi bo‘yicha bunday mablag‘larni qaytarish.
4.1.15. Abonent aybi bilan o‘ziga yetkazilgan har qanday zararni qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda qoplanishini talab qilish.
4.1.16. Abonent-yuridik shaxsning kafolat xatidagi majburiyati asosida (jismoniy shaxs bo‘lgan Abonentlarga tatbiq etilmaydi) Shaxsiy (elektron) hisob raqami balansi salbiy bo‘lganida, 1 (bir) kalendar oydan oshmagan muddatga xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish.
4.1.17. Texnologik ishlar va boshqa ish turlarini bajarish, Operator tarmog‘ini modernizatsiyasini amalga oshirish va muayyan xizmat ko‘rsatishning texnik ixtisoslashuvidan kelib chiqib, dasturiy vositalarni yangilash, bunda, Operator bir tomonlama tartibda dasturiy ta’minot sozlanishi ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
4.1.18. Xizmat ko‘rsatish sifatini va ishonchliligini oshirish maqsadida bir tomonlama tartibda xizmat ko‘rsatish texnik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish, jumladan, taqdim etilayotgan dastur, kutubxona, funksiya, ma’muriylashtirish vositalari ro‘yxatini o‘zgartirish.
4.1.19. FTTX-texnologiyasida ishlovchi Abonent qurilmalari orqali ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatlari doirasida keng polosali ulanish xizmatlarini ko‘rsatish vaqtida Operatorga kirish nuqtasi radiosignallari orqali Internet xizmatlaridan boshqa Abonentlarga (foydalanuvchilarga) xizmat ko‘rsatish/ularga xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etish. Bunda Operatorning kirish nuqtasi radiosignallari, xizmatlardan foydalanib kelayotgan dastlabki Abonentga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatiga ta’sir qilinmasligi Operator tomonidan kafolatlanadi.
4.1.20. Quyidagi hollarda shaxsiy kabinetga kirishni cheklashga:
4.1.20.1. Abonent – yuridik shaxsni tugatish to‘g‘risidagi ochiq manbalarda rasmiy axborot mavjud bo‘lganda/aniqlanganda (xizmatlarga yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchisi, nodavlat-notijorat tashkilot, ommaviy- huquqiy tashkilot va boshqa huquqiy maqomda ulangan Abonentlarga ham tatbiq etiladi).
4.1.20.2. Abonent Shaxsiy kabineti orqali FROD hisoblanuvchi harakatlar sodir etganligi aniqlangan taqdirda.
4.1.21. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida nazarda tutilgan, mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi yoki Qoidaga muvofiq Operator boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.2. Operator telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:
4.2.1. Mazkur Ommaviy ofertada belgilangan muddatlarda mahalliy va xalqaro telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganda, bu haqda Abonentni uzib qo‘yishdan 10 (o‘n) kun oldin telefon, yozma yoki elektron xabar bilan elektron pochta manzilga yoki qisqa matnli (SMS) xabar yuborish orqali xabardor qilish.
4.2.2. Abonent tomonidan Operatorga tegishli telekommunikatsiya uskunasi/vositasini normal ishlashining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan Abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari/talablari buzilganda, Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatilishini to‘xtatish.
4.2.3. Abonentning telefon aloqasi xizmatidan foydalanishining vaqtincha to‘xtatib qo‘yilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilganidan va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun Abonent tomonidan to‘lov kiritilganidan, shuningdek, Abonentning aybi bilan Abonent qurilmasi ishlamay turgan vaqt uchun Abonent to‘lovi kiritilganidan keyin 24 (yigirma to‘rt) soat davomida foydalanishni tiklash amalga oshiriladi. Bunda telefon aloqasi xizmatidan foydalanish tiklanganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
4.2.4. Agar Abonent telefon aloqasidan foydalanish to‘xtatib qo‘yilganidan keyin 60 (oltmish) kalendar kundan ortiq muddat ichida telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash bo‘yicha qarzdorligini bartaraf etmasa, Operator ushbu Ommaviy ofertaga muvofiq bir tomonlama tartibda Abonent shartnomasini bekor qilish huquqiga ega. Bu haqda Operator Abonentga mazkur bandning 4.2.1-kichik bandida belgilangan usullardan biri orqali kamida 10 (o‘n) kalendar kun oldin xabar berilishini ta’minlaydi.
4.3. Operator mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:
4.3.1. Abonent tomonidan mobil aloqaning ayrim xizmatlari yoki mobil aloqa xizmatlari to‘plamlari uchun maxsus tariflardan (tarif rejalaridan) Operatorning belgilangan talablariga muvofiq maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Bunda Abonent tomonidan xizmatlardan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlanganda, Abonentga xabar qilingan holda, boshqa tarif rejasiga o‘tkazish.
4.3.2. Abonent tomonidan Operator tarmog‘ida ovozli trafikni o‘tkazish tartibi buzilishlari qayd etilgan hollarda, Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatilishini to‘xtatish.
4.3.3. Abonent tomonidan ketma-ket 90 (to‘qson) kalendar kun mobaynida mobil aloqa xizmatlarini olish huquqini beradigan tranzaksiyalar amalga oshirilmaganda, mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishni to‘xtatish. Mazkur kichik band qoidasi faqat Tarif/Tarif rejasiga muvofiq Abonent to‘lovi talab etilmaydigan mobil aloqa xizmatlariga tatbiq etiladi.
4.4. Operator ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i, shu jumladan, Internet xizmatlarini ko‘rsatishda quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:
4.4.1. Abonent tomonidan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining foydalanilgan veb-resurslarining hisobga olinishini (log-fayllarining yuritilishini) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil qilish.
4.4.2. Operatorni ogohlantirmasdan hamda noqonuniy ravishda ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar ulanganda, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida maxsus apparat-dasturiy vositalarini o‘rnatish yo‘li bilan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanganda, xizmatlar ko‘rsatishni bir tomonlama to‘xtatish. Bunda Operator mazkur holatlar bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiladi.
4.5. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning umumiy majburiyatlari:
4.5.1. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini amaldagi standartlar, qoidalar, normalar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlash.
4.5.2. Telekommunikatsiya tarmoqlari bo‘ylab uzatiladigan telefon so‘zlashuvlari va barcha turdagi ma’lumotlarning sir saqlanishini ta’minlash.
4.5.3. Abonentlarga Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartlari va tartibi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda oldindan taqdim etish hamda ma’lumotlarni tezkorlik bilan yangilash.
4.5.4. Telekommunikatsiya tarmoqlaridan noqonuniy/ruxsatsiz foydalana olish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.
4.5.5. Abonentlarga mazkur Ommaviy Oferta/Abonent shartnomasi shartlari bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati qonun hujjatlari talablariga muvofiq bo‘lishini ta’minlanmaganligi hamda Abonentning roziligisiz ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarar o‘rnini qoplash.
4.5.6. Telekommunikatsiya xizmatlarini Abonentlarga mazkur Ommaviy Oferta/Abonent shartnomasi shartlarida kechayu-kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash.
4.5.7. Abonentlarni Operator tarmoqlarida bo‘ladigan yirik avariyalar, ularni ta’mirlash/rekonstruksiya qilish to‘g‘risida hamda ishlarni tugatishning taxmin qilingan muddatlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida (keyingi o‘rinlarda – OAV), Operator rasmiy veb-saytida yoki SMS – xabar orqali xabardor qilish.
4.5.8. Operator xodimlari tomonidan Abonent bilan muomala qilish etikasiga rioya qilinishini, telefon orqali so‘zlashuvda o‘z lavozimini, familiyasi yoki shaxsiy raqamini aytilishini ta’minlash.
4.5.9. Abonent murojaat qilganda, uning talabiga ko‘ra, shaxsiy hisob raqamining holati va qarzdorligi mavjudligi to‘g‘risida xabardor qilish.
4.5.10. Axborot resurslari himoya qilinishini ta’minlashga, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi axborotni, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan choralarni ko‘rish.
4.5.11. Abonentlarning murojaatlarini (yozma yoki elektron yoki onlayn) qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqish.
4.5.12. Abonentlar Operatorning CALL-markaziga (axborot-ma’lumot xizmati) qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishida teng huquqliligini ta’minlash. Bunda, Abonentlar Operatorning CALL-markaziga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishlarida ma’lum bir Abonentlarga boshqa Abonentlarga nisbatan ustuvorlik (bog‘lanish vaqti, xizmat ko‘rsatish vaqti va h.k.) taqdim etilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4.5.13. Operator tarmog‘idagi shikastlanishlarni, bu haqidagi Abonent murojaati kelib tushgan kundan boshlab, belgilangan muddat ichida (bunday shikastlanishlarni bartaraf etish uchun telekommunikatsiya sohasidagi normativlarda belgilangan muddatlarda) bartaraf etilishini ta’minlash.
4.5.14. Xalqaro trafikning noqonuniy o‘tkazilishi hamda GSM, IP yoki SMS shlyuzlardan yashirin foydalanishga qarshi telekommunikatsiya tarmog‘ida maxsus apparat-dasturiy vositalarni o‘rnatish yo‘li bilan va boshqa zaruriy choralarni ko‘rish, muntazam ravishda Operator tarmog‘ida xalqaro trafikni o‘tkazish tartibi buzilishlarining oldini olish, aniqlash va tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish va Abonentning harakatlarini tahlil qilish yoki tegishli tadbirlarni amalga oshirish yo‘li bilan Abonent raqamlarini faol aniqlash tamoyillariga asoslangan vositalar va tizimlarni qo‘llash.
4.6. Telefon aloqasi xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning qo‘shimcha majburiyatlari:
4.6.1. Abonent qurilmasi Abonentning aybi bilan buzilmagan hollarda, Abonent tomonidan ta’mirlash byurosiga talabnoma berilgan vaqtdan boshlab, talabnoma yopilgan paytgacha Abonent qurilmasining butun ishlamagan vaqti uchun har oylik to‘lov hisoblanadigan barcha telefon aloqasi xizmatlari uchun qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish.
4.6.2. Buyurtma bo‘yicha xalqaro telefon aloqasidan foydalanganda hamda so‘zlashuvlar uchun vaqtbay to‘lov tizimi joriy qilinganda, so‘zlashuvning minimal haq to‘lanadigan davomiyligini Abonent e’tiboriga yetkazish.
4.6.3. Texnik sabablarga ko‘ra, Abonent raqamini almashtirish to‘g‘risida kamida 10 (o‘n) kun oldin Abonentni tegishli tarzda xabardor qilish.
4.6.3.1. Yangi ATS ishga tushirilishi va mahalliy telefon tarmoqlarining rekonstruksiya qilinishi, yangi texnologiya joriy etilishi munosabati bilan, Abonent raqami almashtirilishi to‘g‘risida Abonentlarga avtomat ravishda qo‘ng‘iroq qilish yoki yozma xabarnoma orqali Abonentga 20 (yigirma) kun oldin xabarnoma yuborish.
4.6.4. Mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxini hisobga olish tizimining o‘zgarganligi to‘g‘risida OAVda va Operator rasmiy veb-saytida kamida 3 (uch) oy oldin e’lon qilish.
4.6.5. OAVda va Operator rasmiy veb-saytida yangi tariflar kuchga kirishidan kamida 15 (o‘n besh) kun oldin universal telefon aloqasi xizmatlariga tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni nashr qilish.
4.6.6. Abonent qurilmasining uzilishiga olib kelgan buzilishlar bartaraf etilganidan so‘ng, telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lash qarzdorligi tugatilganda va Abonent aybi bilan Abonent qurilmasi ishlamagan vaqti uchun Abonent to‘lovi kiritilganidan keyin telefon aloqasi xizmatlariga haq to‘lanmaganligi yoki Abonent qurilmasini ekspluatatsiya qilish qoidalari buzilganligi uchun o‘chirilgan Abonent qurilmasini bepul tarmoqqa ulash.
4.6.7. Operator tarmog‘i orqali ko‘rsatilayotgan mahalliy telefon aloqasi xizmatlari kommutatsiya qurilmalaridan telekommunikatsiya tarmog‘iga kira olish nuqtasidagi Abonent rozetkasigacha yoki u mavjud bo‘lmaganda, Abonent qurilmasigacha bo‘lgan qismiga qadar xizmat ko‘rsatish.
4.7. Mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning qo‘shimcha majburiyatlari:
4.7.1. Xizmat ko‘rsatish zonasi doirasida mobil aloqa xizmatlarini sifatli, o‘z vaqtida va kechayu-kunduz ko‘rsatilishini ta’minlash.
4.7.2. Abonent shartnomasining bekor qilinishi vaqtigacha qarzi va oldindan to‘lovning zarur summasi to‘liq hajmda to‘laganida, Abonentga ushbu xizmat ko‘rsatilishini tiklash.
4.7.3. Abonentning yozma-elektron (Shaxsiy kabinet orqali) murojaatiga asosan 1 (bir) yilgacha Abonent raqamidan foydalanish davri ichida Abonent shaxsiy hisob raqamidagi o‘zaro hisob-kitoblarning joriy holati to‘g‘risidagi axborotni taqdim etish.
4.7.4. SIM-karta yoki Abonent qurilmasi (eSIM) yo‘qolganda, Abonentning arizasi bo‘yicha (yozma yoki elektron shaklda yoki onlayn) xizmatlarning ko‘rsatilishini zudlik bilan to‘xtatish.
4.7.5. Operator rasmiy veb-saytida Dilerlar ro‘yxatini (ularning to‘liq nomlarini, yuridik manzili va xizmat ko‘rsatish punktlarini ko‘rsatgan holda) yuritish.
4.7.6. Operator rasmiy veb-saytida ushbu xizmat turi bo‘yicha rasmiy axborotni (taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxatining o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborot, tariflar, prays-varaqlar, xizmatlarni taqdim etish tartibi va shartlari) belgilangan muddatlarda oldindan e’lon qilish.
4.7.7. Avval tuzilgan Abonent shartnomalari bo‘yicha Operatorning 5 (besh) ta va undan ko‘p raqamlariga ega Abonent - jismoniy shaxs bilan Abonent shartnomasini faqat Operatorning ofisida tuzilishini ta’minlash (qishloq joylarida, uzoqda joylashgan, yetib borish qiyin bo‘lgan olis aholi punktlarida maxsus jihozlangan transport vositalarida Abonent shartnomasini tuzish hollari bundan mustasno), bunday Abonent — jismoniy shaxs bilan Abonent shartnomasini tuzishda yangi ulanish to‘g‘risida Abonentning avval tuzilgan Abonent shartnomalari bo‘yicha mavjud bo‘lgan barcha raqamlariga SMS-xabar orqali xabardor qilishni amalga oshirish.
4.7.8. Diler orqali tuzilgan Abonent shartnomasi asosida Abonentga mobil aloqa xizmatlarini so‘zsiz taqdim etish.
4.7.9. O‘zini-o‘zi obro‘sizlantirgan Diler to‘g‘risidagi ma’lumotlarni va Operatorning Dileri sertifikatidan mahrum qilinganligi haqida axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasidagi vakolatli davlat organiga (markazlashtirilgan onlayn bazaga kiritish uchun) darhol yuborish.
4.7.10. Operator veb-saytida mobil aloqa xizmatlarining turlari va standartlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish zonasini namoyish etuvchi interaktiv onlayn elektron kartani, shuningdek, aholi punktlarining ro‘yxatini yuritish.
4.7.11. Qoidalarga muvofiq Abonentlarga bepul axborotlarni taqdim etish, shu jumladan:
- ko‘rsatilayotgan xizmatlarning ro‘yxati, shuningdek, ularni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risida;
- xizmat ko‘rsatish zonasi o‘zgarganligi to‘g‘risida;
- xizmatlar bo‘yicha tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida ma’lumotlarni yangi tariflar joriy qilingunga qadar 10 (o‘n) kun oldin taqdim etish.
4.7.12. Abonentni xabardor qilmasdan yoki uning roziligisiz, imzolarni qalbakilashtirib, soxta hujjatlar bo‘yicha yoxud Shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatning asl nusxasini tekshirmasdan Abonent shartnomasini tuzmaslik.
4.7.13. Abonent tomonidan ushbu Abonent shartnomasi shartlari buzilgan hollarda, buzilishlar bartaraf etilgunga qadar Operator tomonidan ushbu xizmatni ko‘rsatilishi to‘xtatilgan davrda, Abonentda favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirish imkoniyatini saqlab qolish (Abonent shartnomasi bekor qilingan hollar bundan mustasno).
4.8. Ma’lumot uzatish xizmatlarini ko‘rsatishda Operatorning qo‘shimcha majburiyatlari:
4.8.1. Wi-Fi xizmati ko‘rsatish vaqtida Abonent/foydalanuvchilarning shaxsini identifikatsiyalash hamda foydalanilgan Internet tarmog‘ining veb-resurslari (log-fayllar) hisobini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlar ko‘rish va ularni 3 (uch) oy ichida saqlanishini tashkillashtirish.
4.8.2. Abonentlarga Operator veb-saytida va (yoki) OAV orqali, shuningdek, abonentlar va foydalanuvchilar bilan ishlash joylarida quyidagi axborotlarni taqdim etish:
- xizmatlarni ko‘rsatish tartibi va shartlari o‘zgarganligi, shu jumladan, xizmatlar uchun tariflar o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘zgartirishlar kuchga kirishidan 10 (o‘n) kun oldin;
- ish vaqti, pochta manzili va bank rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida — tegishli o‘zgarishlar kiritilgan vaqtdan boshlab.
4.8.3. Abonent shartnomasi bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi, shuningdek, Abonentning arizasiga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatilmaganligi yoki shartnomada belgilangan darajadagi sifatga ega xizmatlar ko‘rsatilmaganligi uchun qayta hisob-kitoblarni amalga oshirish.
4.8.4. Abonentning joriy holati, shu jumladan, ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborotning hajmi to‘g‘risida batafsil axborotni taqdim etish.
4.9. Operatorning asosiy majburiyatlari:
4.9.1. Abonentlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ishonchli axborotlarni taqdim etish.
4.9.2. Abonentga xizmatlardan foydalanish va ko‘rsatilgan xizmatlarga hisob-kitoblar bo‘yicha masalalarda maslahatlar tashkil etish.
4.9.3. Xizmat to‘lovini va/yoki Abonent to‘lovini to‘lamaganligi uchun uzib qo‘yilgan, u tomonidan ko‘rsatilgan xizmat uchun qarzdorlik Abonent tomonidan qoplanganidan va Abonent tomonidan tanlab olingan Tarif/Tarif rejaga muvofiq oldindan to‘lov miqdori kiritilganidan keyin, Abonentni Operator tarmog‘iga ulashni amalga oshirish.
4.9.4. Abonent shaxsiy ma’lumotlarini himoyalash uchun zarur tashkiliy choralarni qo‘llash va Abonent haqidagi ma’lumotlarni maxfiyligini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan boshqa talablarini bajarish.
4.9.5. Abonentga rejalashtirilgan texnik ishlar o‘tkazilishi haqida ish boshlanish sanasidan kamida 24 (yigirma to‘rt) soat oldin Operatorning veb-saytida xabar berish.
4.9.6. Operator tarmog‘i uskunalarining doimiy ish qobiliyatini ta’minlash.
4.9.7. Abonent tomonidan FROD hisoblanuvchi harakatlar sodir qilinganligi va majburiyatlar buzilganligi holati haqida tegishli vakolatli organlarga xabar berish va bunday Abonentga xizmat ko‘rsatishni zudlik bilan to‘xtatish.
4.9.8. Mobil aloqa xizmati bo‘yicha - agar Operator ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi boshqa operatorlar bilan tegishli shartnoma tuzgan bo‘lsa, Abonentga rouming xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish, agar bunday xizmat Abonent tomonidan o‘rnatilsa yoki Abonent tomonidan tanlangan tarif rejasida nazarda tutilgan bo‘lsa.
4.9.9. Yirik avariya yuz berganda, Abonentga OAV orqali va Operatorning rasmiy veb-saytida (shu jumladan SMS-xabar yuborish orqali) Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishini qayta boshlash/tiklash muddatlarini aniq ko‘rsatgan holda, xabar berish.
4.9.10. Wi-Fi-xizmatlarini ko‘rsatishda Abonent/foydalanuvchining shaxsini aniqlash/identifikatsiya qilish, shuningdek, veb-resurslar (log-fayllar) hisobi yuritilishini qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etish bo‘yicha apparat-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4.9.11. Axborot resurslarini himoya qilishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan axborotni va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa axborotning tarqatilishiga yo‘l qo‘ymaslik va tarmoqda ushbu harakatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5.1. Abonent quyidagi umumiy huquqlarga ega:
5.1.1. Abonent mazkur Ommaviy ofertaning 3.1-bandiga muvofiq, o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni to‘plash va qayta ishlash bo‘yicha bergan roziligini bekor qilishi mumkin. Bunday holatda Operator Abonentga to‘liq yoki qisman xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish huquqiga ega bo‘ladi.
5.1.2. Taqdim etiladigan telekommunikatsiya xizmatlari narxi va tariflardan xabardor bo‘lish va bu xaqda ma’lumot olish.
5.1.3. Aloqani va Abonentning Operator tarmog‘idan foydalana olishni tashkil qilish usullari, ulanish va xizmat ko‘rsatish tartibi hamda Telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish qoidalari haqidagi ma’lumotni olish.
5.1.4. Kafolatlangan xizmat ko‘rsatish darajasi, sifat darajasi, Operator serverida Abonent axborotining himoyalanganligini ta’minlashning kafolatlangan darajasi va boshqa ma’lumotlarni, axborotlarni olish.
5.2. Abonent quyidagi asosiy huquqlarga ega:
5.2.1. Umumiy foydalanish telekommunikatsiya tarmog‘idagi xizmatlardan foydalanish.
5.2.2. O‘ziga tegishli Abonent qurilmasini ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi va Qoidalarda belgilangan shartlar va tartibda Operator tarmog‘iga ulanish.
5.2.3. Operatordan ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasida belgilangan majburiyatlar bajarilishini hamda o‘z vaqtida sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish, Operator tomonidan Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlari buzilgan holda, Telekommunikatsiya xizmatlaridan voz kechish va Operator bilan Abonent shartnomasini bekor qilish, Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilmaganligi yoki xizmatlar ushbu shartnomada belgilangan muddatda bajarilmaganligi ayon bo‘lganda, shuningdek, ko‘rsatilgan xizmatlar sifati ushbu shartnoma shartlarida belgilanganidan past darajada bo‘lganda, kamchiliklarini bepul bartaraf etish, Operator bilan kelishuv bo‘yicha ushbu xizmat ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan yangi muddatni belgilash yoxud Telekommunikatsiya xizmatining narxini qayta hisoblashni talab qilish.
5.2.4. Ommaviy oferta/Abonent shartnomasida ko‘zda tutilgan Telekommunikatsiya xizmatlaridan amaldagi tariflarga, xizmatlarning tavsifi va xizmatlar sifatiga muvofiq, shuningdek, Operator tomonidan ko‘rsatiladigan qo‘shimcha xizmatlardan foydalanish.
5.2.5. Operator tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilmaganligi yoki tegishli sifatga ega bo‘lgan xizmatlar ko‘rsatilmasligi natijasida o‘ziga yetkazilgan zarar o‘rnining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish, Operator harakatlaridan norozi bo‘lib shikoyat qilish hamda ma’naviy zarar o‘rnining to‘ldirilishini talab qilish.
5.2.6. Qonun hujjatlarida ko‘zda tutilgan imtiyozlar va afzalliklar berilishini talab qilish (bunda, imtiyozlar huquqini beruvchi hujjatlar asl nusxasi rasman taqdim etilgan kunidan boshlab imtiyozlar va afzalliklar amal qiladi), shuningdek, Operator bilan oldindan erishilgan og‘zaki kelishuv asosida Abonent shartnomasiga tegishli o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida kelishuv bitimini imzolash.
5.2.7. Favqulodda tezkor xizmatlarni chaqirishda, shuningdek, Abonent shartnomasida ko‘zda tutilgan hollarda Telekommunikatsiya xizmatlaridan bepul foydalanish, Operatorga arizalar, takliflar va e’tirozlar bilan murojaat etish.
5.2.8. Interaktiv usullarda, shu jumladan, mobil ilovalarda ro‘yxatdan o‘tgan holda Operator bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish.
5.2.9. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlarida Operator tomonidan Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish muddatlariga rioya qilmaslikka, bunda Operator bilan kelishib xizmatlarni bajarishning yangi muddatini belgilash va boshqalar.
5.2.10. Foydalanilgan xizmatlar hajmi, shuningdek, Shaxsiy kabinet (Shaxsiy kabinetga ulanish nazarda tutilgan xizmat turlarida qo‘llaniladi) orqali yoki Operatordan foydalanilgan xizmatlar hajmi, shaxsiy hisobdagi to‘lovlar tarixi, hisoblar va pul mablag‘larining qoldig‘i haqida batafsil ma’lumotlarni olish.
5.2.11. Operatordan Abonentga qadar aloqa kanallarining ko‘rsatkich va sifatlari yomonlashganida Operatorning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga so‘rov bilan murojaat qilgan holda nosozlik holati bartaraf etilishini talab qilish.
5.2.12. Operatorni yozma yoki elektron shaklda (interaktiv usullarda) xabardor qilib, Telekommunikatsiya xizmatlardan foydalanishni to‘xtatish.
5.2.13. Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlarining buzilishi va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha hech qanday qarzi mavjud bo‘lmasa, Operator o‘rtasida tuzilgan Abonent shartnomasini bir tomonlama tartibda bekor qilish.
5.2.14. Muntazam ravishda (kamida 7 kunda bir marta) rasmiy WEB-saytida o‘zgarishlar haqidagi ma’lumotlar mavjudligini tekshirish.
5.3. Telefon aloqasi xizmatlari ko‘rsatilishida Abonent quyidagi qo‘shimcha huquqlarga ega:
5.3.1. Abonentning aybisiz aloqa bo‘lmagan davrda, ta’mirlash yuzasidan uning talabnomasi mavjud bo‘lganida, shuningdek, uning arizasisiz qo‘shimcha pullik xizmatlar va boshqalar taqdim qilinganda, ushbu xizmatlar uchun to‘lovlarni qayta hisoblashni yoki ushbu xizmatlardan foydalanganlik uchun pul mablag‘larining qaytarilishini talab qilish.
5.3.2. Mahalliy telefon aloqasi xizmatlari uchun vaqtbay to‘lov tizimidan foydalangan holda to‘langan davr uchun hisob taqdim etilganda alohida to‘lov evaziga amalga oshirilgan telefon bog‘lanishlar bo‘yicha hisobning batafsil tavsifini talab qilish.
5.3.3. Agar Operator ushbu xizmat turini ko‘rsatish jarayonida kamchiliklarga yo‘l qo‘ysa, Abonent o‘z xohishiga ko‘ra:
- telefon aloqasi xizmatlarining kamchiliklarini bepul bartaraf etish;
- telefon aloqasi xizmatlarini qayta taqdim etish;
- xalqaro, shaharlararo va mahalliy telefon aloqasi xizmatlarining narxlarini kamaytirish;
- yetkazilgan zararlarni qoplash bilan shartnomani bekor qilishga haqli.
5.4. Mobil aloqa xizmatlari ko‘rsatilishida Abonent quyidagi huquqlarga ega:
5.4.1. Barcha amalga oshirilgan ulanishlarning sanasi va vaqti, ularning davomiyligi va Abonent raqamlarini ko‘rsatgan holda, Abonent raqamidan foydalangan 1 (bir) yilgacha davr uchun Operator tomonidan belgilangan tartib va shartlarga asosan barcha xizmat turlari bo‘yicha Operatordan batafsil hisobni olish.
5.4.2. Ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi va Qoidalar shartlariga rioya qilgan holda, muayyan hududda (aeroport, samolyot, antenna maydoni va h.k.) amal qiladigan alohida farmoyishlar va qoidalarni hamda to‘sqinlik qilishi yoki xavfli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlarda (tibbiyot muassasalari, yoqilg‘ini saqlash va qayta yuklash hududi, portlash ishlarini o‘tkazish joylarida va h.k.) cheklanishlarni hisobga olgan holda, texnik talablarga mos bo‘lgan Abonent qurilmasidan foydalanish.
5.4.3. Amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Operator tarmoqlarida “Abonent raqamini ko‘chirib o‘tkazish” xizmatidan foydalanish (bunda Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan “Abonent raqamini ko‘chirib o‘tkazish” xizmatidan foydalanish tartibi yoki shunga teng kuchga ega huquqiy hujjat qonuniy kuchga kirganidan so‘ng, ushbu xizmatdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi).
5.4.4. Abonent o'zi foydalanayotgan mobil raqamni donor oldidagi shartnoma bo'yicha majburiyatlar mavjud bo'lmaganda boshqa mobil aloqa operatoriga (retsipient)ga ko'chirish xuquqiga ega bo'ladi.
5.5. Abonentning asosiy majburiyatlari:
5.5.1. Operator bilan tuzilgan Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlariga to‘liq rioya qilish hamda Operator tomonidan taqdim etilayotgan Telekommunikatsiya xizmatlaridan shaxsan foydalanish.
5.5.2. O‘ziga tegishli bo‘lgan yoxud Operator tomonidan xizmatlar ko‘rsatish davrida foydalanish uchun taqdim etilgan Abonent qurilmasi yordamida ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun Ommaviy oferta/Abonent shartnomasida belgilangan muddatlarda va to‘liq hajmda (hisob-kitob tartibi, Tariflar/Tarif rejalari va taqdim etiladigan xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha) to‘lovlarni amalga oshirish.
5.5.3. Operator tarmog‘idan davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa maxfiy ma’lumotlarni uzatish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik.
5.5.4. Operator tarmog‘i orqali O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da’vat etishga, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilishga, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiyani targ‘ib qilishga qaratilgan ma’lumotni va tarqatilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan boshqa ma’lumotlarni tarqatmaslik.
5.5.4.1. Abonent qurilmasidan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablari, Operatorning huquqlari va manfaatlari, shu jumladan, Operatorning xalqaro imijiga/reytingiga, moliyaviy va boshqa zarar yetkazishga olib keladigan xatti-harakatlarni sodir etmaslik.
5.5.4.2. Operator tomonidan Abonentga taqdim etiladigan xizmatlar litsenziyalangan faoliyat turi bo‘lib, Abonent tomonidan ularni taqdim etish tartibi buzilishi, shu jumladan, qayd etilgan mutloq aloqa tarmoqlari, Internet-telefoniya va Abonent qurilmalari xizmatining noto‘g‘ri ishlashiga olib keladigan boshqa xizmatlarga ulanish uchun shlyuzlarni o‘rnatishi va/yoki Operatorga zarar yetkazadigan maxsus aloqa qurilmalarining ish qobiliyatiga zarar yetkazilishi uchun Abonent belgilangan tartibda (ma’muriy yoki jinoiy) javobgarlikka tortiladi, shuningdek, Operatorga yetkazilgan zararni to‘liq qoplaydi.
5.5.5. Operator tarmog‘i yordamida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki obro‘siga putur yetkazadigan, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yadigan ma’lumotni tarqatmaslik.
5.5.6. Operator tarmog‘i orqali tarqatilishi taqiqlangan ma’lumotlardan tijorat yoki notijorat maqsadlarda foydalanmaslik.
5.5.7. Operator tarmog‘i ish sifatining pasayishiga yoki telekommunikatsiya tarmoqlarining shikastlanishiga olib keladigan harakatlarni bajarmaslik, Operatorni o‘zining Abonent qurilmasi, tarmog‘i va dasturiy ta’minotidagi barcha nosozliklar yoki o‘zgarishlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor qilish.
5.5.8. O‘z xonalarida joylashgan Abonent tarmog‘i va Abonent qurilmasini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalariga qat’iy rioya qilish, ma’lumotlar bazalaridan ruxsatsiz foydalanmaslik va Operatorning dasturiy vositalarini o‘zgartirmaslik.
5.5.9. O‘zining xatti-harakatlari/harakatsizligi oqibatida Operatorga yetkazilgan zararni qonun hujjatlariga muvofiq qoplash.
5.5.10. Tarkibida kompyuter viruslari yoki tarmoq uchun zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni yoki dasturiy ta’minotni e’lon qilmaslik yoki uzatmaslik, kompyuter axborotidan, ya’ni axborot-hisoblash tizimlari, tarmoqlari va ularning tarkibiy qismlaridagi ma’lumotlardan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik.
5.5.11. Operator tarmog‘ida taqdim etilgan axborot va intellektual mulk ob’ekti uchun mualliflik huquqlarini buzmaslik, televideniye tarmoqlarida boshqa shaxslar tomonidan beriladigan signallarga ulanish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik.
5.5.12. Operator vakillariga tekshiruv, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish va texnik xizmat ko‘rsatish uchun telekommunikatsiya inshootlari va qurilmalari joylashgan hududlarga kirishni ta’minlash.
5.5.13. Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha shaxsan yoki qonuniy vakili orqali (notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida) o‘z huquqlarini amalga oshirish, shuningdek, xizmatlardan shaxsiy maqsadlarda foydalanish. Bunda Abonentning Abonent qurilmalari bilan amalga oshirilgan aloqa xizmatlarini olish bo‘yicha harakatlari Abonentning nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab, amalga oshirilgan bo‘lib hisoblanadi.
5.5.14. Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish amalda boshlanguniga qadar mavjud xizmatlar, tarif rejalari, xizmat tariflari va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar ro‘yxati bilan tanishish.
5.5.15. O‘zbekiston Respublikasining standartlariga muvofiq sertifikatlangan Abonent qurilmalaridan foydalanish, bunda Abonent qurilmasidan foydalanishdagi cheklovlarni hisobga olgan holda qurilma ishlab chiqaruvchisining ko‘rsatmalariga muvofiq foydalanish. Operator Abonentga belgilangan cheklovlar va talablar to‘g‘risida xabar berishga majbur emas.
5.5.16. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik, shu jumladan, abonent raqamidan xalqaro trafikni noqonuniy o‘tkazish uchun (GSM va IP shlyuzlardan foydalanib), Operator va/yoki uning bilan bog‘liq uchinchi shaxslarga zarar yetkazmaydigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, Abonent qurilmalaridan dasturiy ta’minotni tarqatishga yo‘l qo‘ymaslik, IP-manzillar va Abonent raqamlarini qalbakilashtirmaslik, asbob-uskunalar, dasturiy xizmatlar, Operator tarmog‘ida ruxsatsiz harakatlar, resurslardan va xizmatlardan noqonuniy foydalanmaslik.
5.5.17. Abonent Operatorga qonuniy tasdiqlangan shaxsiy ma’lumotlarni, shuningdek, xatlarni yetkazib berish uchun aniq pochta manzili, bank rekvizitlari, pochta manzili va vaqtinchalik yashash joyi/joylashgan manzili, Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlarini bajarish uchun foydalaniladigan boshqa ma’lumotlarni va Operatorga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi shart. Ko‘rsatilgan ma’lumotlar o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirgan kundan boshlab, 15 (o‘n besh) kalendar kun ichida Operatorga yangi ma’lumotlar yozma shaklda taqdim etilishi shart (Abonent tomonidan mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Operator tomonidan majburiyatlari lozim darajada bejarilgan deb hisoblanadi). Operator tomonidan Abonentning yangi pochta manzili ma’lumotlaridan foydalanib, xizmat ko‘rsatilishi bunday ma’lumotlar taqdim etilgan keyingi oyning birinchi ish kunidan boshlab, amalga oshiriladi. Bunda:
Abonent - jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, doimiy yashash joyi bo‘yicha yoki vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi va pasport ma’lumotlari haqiqiy bo‘lgan Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish yo‘li bilan;
Abonent - yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy- huquqiy tashkilot va boshqalar — nomi (firma nomi), ro‘yxatga olingan (yuridik) manzili o‘zgarganligi, shuningdek, tugatilganligi to‘g‘risida xabar qilishi lozim.
5.5.18. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablarga qat’iy amal qilish, Operator bilan axborot xavfsizligi masalalarini hal qilishda hamkorlik qilish.
5.5.19. Shaxsiy hisob raqamini ijobiy balansda ushlab turish, Operator hisobi bo‘yicha o‘z vaqtida zarur Avanc to‘lovlari/Abonent to‘lovini amalga oshirish.
5.5.20. Tarmoq ma’lumot (rekvizit)lari tasodifan/Abonentning extiyotsizligi yoxud beg‘araz harakati oqibatida oshkor qilinganida, bu haqda Operatorga zudlik bilan mumkin bo‘lgan usullar orqali xabar berish va shu vaqtning o‘zida, Operator bilan kelishilgan holda, o‘z Autentifikatsiya ma’lumotlarini (paroli)ni o‘zgartirish.
5.5.21. Abonent qurilmasi orqali Operatorning aloqa kanallari, dasturiy ta’minoti va uskuna/vositalariga zarar yetkazish ehtimolini, shuningdek, o‘zining yoki uchinchi shaxslarning Autentifikatsiya ma’lumotlaridan qasddan foydalanish holatlarining oldini olish choralarini ko‘rish.
5.5.22. Operatordan oldindan yozma yoki elektron shakldagi roziligini olmay turib, Abonent qurilmasi, uskuna/vositalarning va/yoki boshqa qurilmalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzilishiga/nosoz holga kelishiga olib keladigan – lotereyalar, ovoz berish, tanlov, viktorina, reklama, so‘rovnomalar, ommaviy tarqatiladigan xabarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun foydalanmaslik.
5.5.23. Operatorga quyidagi hodisalarda zudlik bilan, Abonent uchun mumkin bo‘lgan va qulay usullarda (yozma yoki elektron shaklda ariza berish yoxud CALL-markazga qo‘ng‘iroq qilish orqali va boshqalar) xabar qilish va choralar ko‘rishni o‘z zimmasiga oladi va javobgar bo‘ladi:
- SIM (eSIM) kartasi, Abonent qurilmasi va boshqalarning yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishi (bunday holatda SIM/RUIM karta orqali xizmat ko‘rsatilishining Operator tomonidan bekor qilinishiga olib keladi);
- SIM (eSIM) kartada mavjud bo‘lgan va Operatorga tegishli bo‘lgan shifrlangan holdagi ma’lumotlar/tijorat sirlarini o‘zi va uchinchi shaxslar tomonidan egallanishiga/olinishiga/xabardor bo‘lishiga/erkin foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shu jumladan, o‘zgartirishga, egallashga, nusxalashga, ko‘paytirishga, tarqatishga, boshqa ma’lumot tashuvchi vositalar/qurilmalarga o‘tkazmaslikka va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
- o‘zi yoki uchinchi shaxslar tomonidan Operator tomonidan topshirilgan
SIM-kartaning dublikatini tayyorlamaslikni, shuningdek, uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikni va uchinchi shaxslar tomonidan bunday harakatlarning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlash;
- FRODlarni sodir etmaslik.
Abonent tomonidan ushbu shartlarga rioya qilinmagan hollarda, yo‘qotilgan SIM-karta yoki Abonent qurilmasidan (eSIM) foydalangan holda olingan Operator tomonidan ko‘rsatilgan mobil aloqa xizmatlariga to‘lov bo‘yicha, Operator Abonentning ular yo‘qolganligi va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatish istagi to‘g‘risidagi arizasi/murojaatini olgan vaqtigacha majburiyatga ega bo‘ladi.
Abonent ushbu kichik bandda ko‘rsatilgan majburiyatlarni bajarmasa, Abonent aybi bilan Operatorga yetkazilgan barcha bevosita va bilvosita zararlarni qoplashga majburdir.
5.5.24. Har oyning 10 (o‘ninchi) sanasiga qadar elektron hisobvarak-faktura Operatorning sayti orkali junatilishi va unda kursatilgan xarajat mablag‘lari mikdori Operator xisobiga utkazilishini (Abonent - jismoniy shaxslarlardan tashqari) ta’minlash. Abonent hisobvarak - fakturalarni qabul qilishdan, shu jumladan, ularni Operator tomonidan taqdim etiladigan manzilga yetkazib berishdan yoki boshqa sabablarga ko‘ra, hisobga olinmagan hisobvarak-fakturalar bo‘yicha Operatorga o‘z vaqtida to‘lovlar amalga oshirilishidan ozod qilinmaydi.
5.5.25. Abonent qonun hujjatlarida va Qoidalarda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.6. Telefon aloqasi xizmatlaridan foydalanishda Abonentning qo‘shimcha majburiyatlari:
5.6.1. Operator bilan tuzilgan Abonent shartnomasiga muvofiq telefonlashtirilgan turar-joydan ko‘chish, sotish, almashtirish, ijaraga berish, ijaraga (ikkilamchi ijaraga) olish, familiya, turar-joy manzili, rekvizitlari, korxona nomining o‘zgarishi, telefon aloqasi xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozlarni olish yoki yo‘qotgan hollarda 1 (bir) oy muddat ichida Operator bilan Abonent shartnomasini qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish.
5.6.2. Abonent liniyasini va qurilmasini o‘z uyida/o‘ziga tegishli joyda yaxshi holatda saqlash.
5.6.3. Yakka tartibda foydalanadigan telefonga ega bo‘lgan Abonent, shuningdek, tashkilotlar (shu jumladan, mehmonxonalar, yotoqxonalar, sanatoriylar, dam olish uylari, chet el vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlar)dagi telefon egalari ularning telefonlaridan amalga oshirilgan mahalliy va xalqaro telefon bog‘lanishlarga haq to‘lash uchun javobgar bo‘ladi.
5.7. Ma’lumot uzatish, shu jumladan, Internet xizmatlaridan foydalanishda Abonent telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun GSM, IP yoki SMS-shlyuzlar yoki shunga o‘xshash apparat-dasturiy vositalardan foydalanmoqchi bo‘lganda, bu haqda Operatorni ogohlantirishga, shuningdek, ma’lumotlar uzatish tarmog‘idan GSM va IP-shlyuzlar orqali yoxud boshqa usulda xalqaro trafikni noqonuniy o‘tkazish maqsadida foydalanmaslikka majbur.
5.7.1. Abonent tomonidan Operator taqdim etayotgan xizmatlarni subprovayderlik yoki “Internet-kafe”ni tashkil etish orqali qayta sotish/tijorat maqsadlarida foydalanish rejalashtirilganida, Operatorga telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli organi tomonidan berilgan tegishli litsenziyani oldindan taqdim etishi shart. Operator tarmog‘idan foydalanib/ulanib, litsenziya talab etiladigan telekommunikatsiyalar sohasida xizmatlar ko‘rsatayotgan Abonent qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
5.8. Mobil aloqa xizmatlaridan foydalanishda Abonentning qo‘shimcha majburiyatlari:
5.8.1. Abonent shartnomasini tuzayotganda Operator bilan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha aktiv raqamlarning mavjudligi to‘g‘risida xabar qilish.
5.8.2. Xizmatlar yoki xizmatlarning to‘plamlari uchun Operator tomonidan belgilangan shartlarga muvofiq maxsus tariflar (tarif rejalari)dan maqsadli foydalanishni ta’minlash.
5.8.3. Olingan Abonent raqamidan GSM, IP yoki SMS shlyuzlarda yoki shunga o‘xshash uskunalardan foydalanish yoki telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish yoki ommaviy SMS-xabarlar uchun foydalanish istagi bo‘lganda, buni oldindan Operator bilan kelishish.
5.8.4. Foydalaniladigan Abonent qurilmasining asosiy turlari (uyali telefon, USB-modem, elektr energiyasi/suv/gaz hisoblagichlari, onlayn to‘lov terminallari, GSM,
IP yoki SMS shlyuzlar yoki uskunaning boshqa turlari)ni Operatorga ko‘rsatish/modelini, texnik parametrlarini aniq yoritish.
6.1. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun to‘lov naqd pulda va naqd bo‘lmagan to‘lovlar orqali amalga oshiriladi. Xizmatlar uchun to‘lov quyidagicha amalga oshiriladi:
- xizmatlar ko‘rsatilganidan keyin to‘lovni amalga oshirish (Postpaid) tizimi;
- xizmatlar ko‘rsatilishidan oldin to‘lovni amalga oshirish (Prepaid) tizimi;
To‘lov tizimi telekommunikatsiya xizmatining turi va tarif rejasining shartlari asosida belgilanadi.
6.1.1. Abonent o‘z xohishiga ko‘ra, 12 (o‘n ikki) oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda xizmatlar uchun Abonent to‘lovlarini oldindan, bir yo‘la, to‘lov kiritish yo‘li bilan to‘lab qo‘yishi mumkin va bunda, tariflar o‘zgargan holda ham (tarif narxining oshirilishi yoki tushirilishi) qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi. Quyidagi tartibda oldindan to‘lovni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi:
- Abonent Operator ofisi/Dileriga shaxsan murojaat qilgan holda, tanlangan Xizmat turi va Tarif rejasi bo‘yicha ushbu davrga oldindan to‘lovni bir yo‘la amalga oshirishi lozim;
- pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan Abonentlar, ushbu davrga oldindan to‘lovni amalga oshirish haqidagi to‘lov hujjatida Abonent shartnomasining raqami, shaxsiy hisob raqami (jismoniy shaxslar uchun – Abonent raqamini yoki ID – raqamini yoxud Abonent shaxsiy raqamini ko‘rsatish) va oldindan to‘lov amalga oshirilayotgan muddatni aniq ko‘rsatishlari shart.
6.2. Operator tomonidan ko‘rsatiladigan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitob va to‘lovlar xizmatlar ko‘rsatish vaqtida amalda bo‘lgan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Tariflarga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumotlar Operator tomonidan OAVda, Operatorning rasmiy veb-saytida yoki SMS orqali kamida 15 (o‘n besh) kun oldindan e’lon qilinadi. Ushbu muddatdan so‘ng, Abonent to‘lovi o‘zgartirilgan tariflarga muvofiq hisoblanadi.
6.3. Tariflar/Tarif rejalari xizmatlarning barcha turlari bo‘yicha Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tariflar/Tarif rejalari bo‘yicha tasdiqlangan narxlar ro‘yxati Operatorning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
6.4. Tariflar qonunchilikda belgilangan barcha soliqlarni o‘z ichiga oladi.
6.5. Yangi Abonentni telekommunikatsiya xizmatlariga ulash uchun Dastlabki avans to‘lovini 100 (bir yuz) foiz oldindan to‘lash sharti bilan tegishli Tarif/Tarif rejasida belgilangan miqdorda xizmatlar taqdim etiladi.
6.6. Abonentlar - jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy- huquqiy tashkilot va boshqalar ko‘rsatilgan telekommunikatsiya xizmatlari uchun har oyda amaldagi tarif/tarif rejalariga muvofiq avans to‘lovini 100 (bir yuz) foiz oldindan to‘lash sharti bilan, amalga oshiradilar.
6.6.1. Abonentlar - yuridik shaxslar xizmatlar ko‘rsatilganidan keyingi hisobot davri uchun, Operator tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar asosida to‘lovni amalga oshiradilar. To‘lov Abonentlarga hisobvaraq-faktura taqdim etilgan sanadan boshlab, 3 (uch) bank kuni ichida amalga oshirilishi kerak.
6.6.2. Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bo‘lgan Abonentlar Mobil elektron to‘lov xizmatlari/boshqa qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishi uchun Abonentning Shaxsiy hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar (tarif rejasiga muvofiq abonent to‘lovi yechilgandan keyin balansdagi mablag‘lar qoldig‘i) mavjud bo‘lishi lozim.
6.7. Taqdim etilgan xizmatlar uchun to‘lov Abonent tomonidan istalgan qulay usullar orqali - pul mablag‘larini Operatorning hisob raqamiga naqd pulda (to‘lov kassalari orqali) yoki naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan pul mablag‘larini o‘tkazish, shu jumladan, To‘lov agentlari/To‘lov tizimlari orqali o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6.8. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
6.9. Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:
- yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar uchun – bank hujjatlarida (to‘lov topshiriqnomasida) to‘lovni amalga oshirish maqsadi, Operator taqdim etgan hisobning raqami va Abonent shartnomasining raqami;
- jismoniy shaxslar uchun – Abonent raqami yoki ID-raqami yoxud Abonent shaxsiy raqami.
6.10. Abonent tomonidan foydalaniladigan xizmatlar uchun har qanday shaklda, shu jumladan, To‘lov agentlari orqali to‘lovlar amalga oshirilganda, Operator hisob raqamiga tushgan pul mablag‘lari Abonentning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkaziladi (Abonent hisob raqamida bo‘ladi). Bunda, Abonent tomonidan To‘lov agentlari yoki banklar orqali to‘lovlar amalga oshirilganda va ushbu mablag‘larni o‘tkazish bilan bog‘liq nizolar yuzaga kelganda, Operator mazkur nizolar tarafi yoki nizolar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
6.11. Xizmatlar taqdim etilayotganda Abonent tomonidan oldindan to‘lov sifatida kiritilgan Abonent to‘lovi/Avans to‘lovi ko‘rinishidagi pul mablag‘lari uning Shaxsiy hisob raqamidan/balansidan Tariflar/Tarif rejalari va belgilangan tariflash qoidalariga muvofiq yechib olinadi.
6.12. Xizmatlar Abonentga oldindan kiritilgan Abonent to‘lovi/Bo‘nak avans to‘lovi ijobiy qoldig‘idan oshmaydigan miqdorda taqdim etiladi. Abonentning avans to‘lovi qoldig‘i bitta ulanish uchun zarur bo‘lgan miqdordan kam bo‘lgan taqdirda, xizmat taqdim etilmaydi (jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchilari, nodavlat-notijorat tashkilotlar, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar bo‘lgan Abonentlar uchun).
6.12.1. Abonentlar - yuridik shaxslar uchun xizmatlar hisobot davri uchun hisob-faktura asosida to‘langan va muddati o‘tgan qarzlar bo‘lmagan taqdirda taqdim etiladi.
6.13. Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansidan iste’mol qilinayotgan xizmatlar haqini yetarli miqdorida darhol yechib olish mumkin bo‘lmagan hollarda, iste’mol qilingan xizmatlar uchun hisob-kitoblar kechiktirilgan rejimda yig‘iladi va yig‘ilgan summalar qayta hisoblanganidan so‘ng, Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansi salbiy holatda (nol qiymatda) bo‘ladi. Bunda Tomonlar Abonentning Operator oldidagi bunday qarzdorligini shubha ostiga qo‘ymaydilar va Abonent tomonidan ushbu qarzdorlik so‘zsiz tan olinadi. Operator, o‘z navbatida, xizmat ko‘rsatishni vaqtincha to‘xtatib turadi va shu vaqtning o‘zida Abonentni har qanday qulay usullar orqali Operator oldidagi vujudga kelgan qarzdorligi haqida xabardor qiladi va ushbu qarzdorlikni to‘lashni talab qiladi.
6.14. Abonent shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan taqdirda, foydalanilmagan va Abonentning Shaxsiy hisob raqami/balansida qoldiqda bo‘lgan mablag‘lar ushbu Ommaviy ofertaning 12.5-bandiga muvofiq Operator tomonidan Abonentga qaytariladi.
6.15. Abonent-yuridik shaxsning kafolat xatidagi majburiyati asosida uning Shaxsiy (elektron) hisob raqami balansi salbiy (nol) bo‘lganida, 1 (bir) kalendar oydan oshmagan muddatga xizmatlardan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi mumkin. Bunda Abonent, Operator tomonidan amalga oshirilgan barcha hisoblarni tasdiqlaydi, biroq Abonent shartnomasiga asosan xizmatlar uchun to‘lanmagan – Operator tomonidan taqdim etilgan barcha hisoblarni 3 (uch) bank kuni mobaynida so‘zsiz to‘liq to‘lash majburiyatini oladi. To‘lov hisobi pochta orqali, jumladan, elektron pochta orqali jo‘natilishi, shaxsan yetkazilishi yoki kurer orqali yetkazilishi ta’minlanadi.
6.15.1.Abonent tomonidan unga Operator tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida Abonent to‘lovi/Bo‘nak avans to‘lovi bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida Tomonlar Abonentning o‘z hisoblarini to‘lash majburiyatlari bo‘yicha Operatorga javob berishga majbur bo‘lgan uchinchi shaxs (kafil) bilan kafillik shartnomasini tuzishga haqlidir. Operator, Abonent va kafil o‘rtasidagi barcha munosabatlar kafillik shartnomasi va ushbu munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalari bilan tartibga solinadi.
6.16. Agar hisobot oyi tugaganidan keyin 10 (o‘n) kalendar kun ichida Abonent xizmatlar hajmi va sifati yuzasidan tegishli yozma yoki elektron shaklda asoslangan da’vo/e’tiroz taqdim etmagan bo‘lsa, xizmatlar har bir hisobot oyi davomida Operator tomonidan tegishli tarzda ko‘rsatilgan deb hisoblanadi va ushbu hisobot oyining oxirgi kunida Abonent tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
6.17. Abonentning Operator tomonidan yuritiladigan Shaxsiy hisob raqami Tomonlarning o‘zaro hisob-kitoblarini amalga oshirish vositasi hisoblanadi. Abonent Shaxsiy hisob raqamining daxlsizligi Operator tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlanadi.
6.18. Operator va Abonent o‘rtasida to‘lovlarni undirish bo‘yicha kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ushbu kelishmovchiliklar sud tartibida hal etiladi.
7.1. Operator xizmat ko‘rsatish zonasida xizmatlar sifatini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasida amaldagi texnik normalari, shuningdek, mavjud Operator litsenziyalariga muvofiq amal qiladi.
7.2. Abonentga ko‘rsatilgan xizmatlar sifati yomonlashishi yoki ularning to‘xtashi tabiiy sharoitlar oqibatida, binolar yaqinida yoki ichida, tunnellarda, yerto‘lada va boshqa yer osti inshootlarida radio to‘lqinlarini tarqatish va tarqatishning tabiiy shartlaridan, relef va qurilishning mahalliy xususiyatlaridan, texnikaviy ko‘rsatkichlari va holatidan kelib chiqqan holda, shuningdek, Operator ularning ta’sirini oldindan bashorat qila olmaydigan boshqa sabablarga ko‘ra hamda meteorologik sharoitlar natijasida sodir bo‘lganda, Operator javobgar bo‘lmaydi.
7.3. Operator ko‘rsatilayotgan xizmatlaridagi kamchiliklar hamda mazkur moddada ko‘rsatilgan sabablarga muvofiq kelib chiqadigan boshqa oqibatlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Abonent tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan Abonent qurilmasi yoki Abonent uskunasidan, ishlab chiqaruvchi yoki Operator bilan kelishmay, o‘zgartirilishi yoki o‘zgartirilishi natijasida foydalanishga yo‘l qo‘yilgan holatlar uchun Operator javobgar emas.
8.1. Operator Abonent oldida quyidagilarga javobgardir:
8.1.1. Belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, xizmatlar ko‘rsatish muddatlarini va kamchiliklarni bartaraf etish muddatlarini buzganlik, xizmatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ishonchliligi uchun ushbu xizmatlarning ijrochisi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bilan nazarda tutilgan tartibda.
8.1.2. Abonentning shaxsiy ma’lumotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish tartibi buzilganligi uchun.
8.2. Abonent Operator oldida quyidagilar uchun javobgardir:
8.2.1. Abonentni individuallashtirish haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, Abonentning hisobga olish ma’lumotlarini ishlatib, uchinchi shaxslarning har qanday harakati va/yoki harakasizligi uchun uning autentifikatsiya ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish, yo‘qotish, o‘g‘irlanishiga olib kelgan harakat va/yoki harakasizlik uchun. Operator Abonentning va/yoki uning hisob ma’lumotlarini ishlatib, uchinchi shaxslarning yuqorida ko‘rsatilgan harakatlari uchun javobgar emas.
8.2.2. Xizmatni ko‘rsatishni davom ettirishda mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi shartlari, Tarif/Tarif rejalari va boshqa joriy o‘zgartirishlar kiritilganligi haqida xabardor qilinganidan va ushbu o‘zgarishlar kuchga kirish sanasidan so‘ng, xizmatlardan foydalanish, shuningdek, Operator veb-saytida xizmatlarni taqdim etishdagi o‘zgarishlarni muntazam ravishda tekshirish, ushbu o‘zgarishlarga so‘zsiz qo‘shilish va qabul qilish bo‘lib hisoblanadi.
8.2.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan noqonuniy xatti- harakatlarni sodir etish, shu jumladan:
- O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan, qonun bilan qo‘riqlanadigan ob’ektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan ijtimoiy xavfli qilmish uchun;
- ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik uchun.
8.2.4. Unga berilgan tarmoq ma’lumotlari/rekvizitlarining maxfiyligini saqlab qolish va mualliflik huquqi va ular olgan yoki olgan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan boshqa qonunlarga rioya qilinishi uchun.
8.3. Mazkur Ommaviy ofertaning 5.5 – 5.8-bandlarida belgilangan shartlarni buzganlik uchun Abonent Operatorga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash shaklida javobgar bo‘ladi.
8.4. Mazkur Ommaviy Oferta/Abonent shartnomasida ko‘zda tutilmagan boshqa holatlarda Tomonlarning javobgarligi, tanlangan xizmatlarning tegishli qoidalari va shartlari bilan hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
9.1. Operator quyidagilarga javobgar hisoblanmaydi:
9.1.1. Operator tomonidan ushbu Ommaviy ofertada nazarda tutilgan tartibda, Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, tariflarning o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi yoki xabardor bo‘lmasligi, Operator aybi bilan vujudga kelmagan xizmatlardan foydalanish yoki undan foydalanish mumkin emasligi natijasida Abonent tomonidan ko‘rilgan bevosita yoki bilvosita zarar yetkazilganligi uchun.
9.1.2. Operatorning uskunalari va dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar uzatish tarmoqlariga zarar yetkazilgan taqdirda, mazkur Ommaviy oferta, tanlangan xizmatlarning shartlari va qoidalariga rioya etmaganligi yoki majburiyatlarni bajarmaganligi uchun.
9.1.3. Quyidagi sabablar bilan xizmatlarning sifati va ishonchliligi parametrlari o‘rtasidagi farq uchun, shuningdek, Operator va Abonent o‘rtasida Abonent trafigi haqida ma’lumot olinishidagi nomuvofiqlik:
- Abonent tomonidan Operator bilan kelishuvsiz aloqa tarmog‘ining konfiguratsiyasiga kiritilgan o‘zgarishlar;
- dasturiy ta’minot ta’minotini o‘rnatish, shu jumladan, taklif/to‘lov kartasida belgilangan talablarga javob bermaydigan trafikni hisoblash;
- Abonentga noto‘g‘ri yo‘l-yo‘riqlarni, shu jumladan, trafik hisobi dasturlarini o‘rnatish.
9.1.4. Xizmatlar sifati va ishonchliligi, parametrlari, shuningdek, Abonentning Operator o‘rtasidagi trafikni tarifikatsiyalash xaqidagi axborotlarning mos kelmasligiga, agar quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘lsa:
- Abonent tomonidan Operator bilan oldindan kelishilmasdan Operator tarmog‘iga ulanish konfiguratsiyasining o‘zgartirilishi;
- mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi talablariga mos bo‘lmagan dasturiy ta’minotni, shu jumladan, trafikni hisoblash dasturi o‘rnatilishi;
- Abonent tomonidan dasturiy ta’minotni, shu jumladan trafikni hisoblash dasturi noto‘g‘ri sozlanishi.
9.1.5. Abonent tomonidan o‘z autentifikatsiya ma’lumotlari oshkor qilinishi, Abonent qurilmasidan foydalanish qoidalarini (shu jumladan, ishlab chiqaruvchining ekspluatatsiya qilish bo‘yicha yo‘riqnomasi talablari) buzilishi, shuningdek, uchinchi shaxslarning qonunga xilof harakatlari, xususan, ruxsatsiz pochta almashinuvi, virusli hujumlar va boshqalar oqibatida yuzaga kelgan har qanday zarar uchun.
9.1.6. Qurilmani almashtirish, dasturiy ta’minot yoki boshqa ishlarni bajarish zarurati yoxud tarmoqning ishlashi va rivojlanishini ta’minlash bilan bog‘liq xizmatlarni taqdim etishidagi to‘liq yoki qisman uzilishlar uchun, bunday ishlarni amalga oshirish haqida Abonentga majburiy ravishda xabarnoma berilganidan so‘ng.
9.1.7. Operatorga tegishli bo‘lmagan/taalluqli bo‘lmagan Internet tarmog‘ining alohida segmentlarining mavjudligi va ishlashi uchun.
9.1.8. Abonent tomonidan tarmoq orqali uzatiladigan axborotning mazmuni, shuningdek, Operator xizmatlaridan foydalanish yoki undan foydalanish mumkin emasligi natijasida Abonent tomonidan bevosita yoki bilvosita ko‘rilgan zarar uchun.
9.1.9. Abonent qurilmasining muayyan tizimi yoki dasturiy ta’minoti ishlamasdan qolgani yoxud lozim darajada ishlamagani uchun.
9.1.10. Abonentga texnik sabablar yoki yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlari sababli uzoq muddat davomida xizmat ko‘rsatilmagan hollarda, shu jumladan:
- Operator tomonidan boshqarilmaydigan yoki egalik qilinmaydigan aloqa kanallarining ishlamasligi (degradatsiyasi) va qurilmalari/uskunalarining buzilishi davri uchun
- Abonent yoki Abonentning roziligi bilan xizmatdan foydalanadigan uchinchi shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita harakatlari sababli kelib chiqqan, xizmatlar taqdim etilmaydigan davri uchun. Ushbu holat Operatorning texnik xizmatlari bilan mos kelmaydigan apparat yoki dasturiy ta’minotni o‘zgartirish, tarmoq rekvizitlarini mustaqil ravishda qayta tiklash, modifikatsiyalash ma’nosini anglatadi;
- 30 (o‘ttiz) daqiqadan kam davom etgan davr uchun.
9.1.11. Abonentning oldindan berilgan buyurtmasi asosida Operator tarmog‘i orqali Kontent-provayder tomonidan yuboriladigan kontentning mazmuni va sifati, taqdim etilmasligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmasligi uchun.
9.1.12. Abonent tomonidan boy berilgan foyda ko‘rinishidagi zararni qoplash uchun.
9.1.13. Operator tarmog‘i orqali Uchinchi shaxslar (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi) tomonidan xizmatlar taqdim etilishi, ularning sifati hamda hajmi uchun.
9.1.14. Abonent tomonidan har qanday axborotning tarqatilishi yoki Abonent tomonidan Uchinchi shaxs (shu jumladan, to‘lov xizmatlari bozori ishtirokchisi)ning xizmatlari orqali yetkazilgan har qanday zarar uchun.
9.2. Operator (ma’lumotlar uzatish va Internet, shuningdek Wi-Fi xizmatlarini ko‘rsatishda) uning tasarrufida bo‘lmagan (uning bevosita boshqaruvi va nazorati ostida) resurslar, serverlar va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining segmentlari mazmuni, mavjudligi va ishlashi uchun javobgar bo‘lmaydi.
10.1. Ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha Tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, yong‘inlar va boshqalar) yoki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab, import va eksportni taqiqlash, ommaviy biologik yoki kimyoviy ifloslanish xavfi yoki radiatsiyaviy nurlanish xavfi yoki ma’lum bir (cheklangan) hududda yoki respublika hududida favqulodda vaziyat/holat e’lon qilinishi, pandemiya yoki sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashishi oqibatida karatin yoxud vaqtinchalik boshqa cheklovlar, shu jumladan, fuqarolarning ayrim huquqlari bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilishi va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlar uchun qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda vaziyat, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar fors-major holatlari deb toifalanadi.
10.2. Mazkur Ommaviy oferta shartlarida Abonent shartnomasi tuzilganidan keyin kelib chiqqan va Tomonlarning nazorati ostida bo‘lmagan fors-major holatlarining (favqulodda vaziyat xarakterining) bevosita natijasi bo‘lsa, Tomonlarning hech biri o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
10.3. Tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarish muddati, bunday holatlar va ularning oqibatlari amal qilish muddatiga mutanosib ravishda qoldiriladi/uzaytiriladi. Agar Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining imkoni bo‘lmasa, mazkur moddada ko‘rsatilgan holatlarning kelib chiqishi, amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risida bir Tomon 10 (o‘n) kalendar kuni davomida yozma ravishda boshqa Tomonga xabarnoma yuboradi. Ushbu xabarnomada bayon etilgan faktlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
10.4. Agar majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi 3 (uch) kalendar oyidan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo‘lsa, Operator Abonent shartnomasini Abonentning mumkin bo‘lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarni) qoplash majburiyatisiz to‘liq yoki qisman bekor qilishga haqli.
11.1. Abonent shartnomasini bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Tomonlar talablari asosida, nizolarni sudgacha hal etish tartibiga, shu jumladan, mediatsiya tartibiga rioya qilingan holda va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalarga muvofiq hal qilinadi.
11.1.1. Abonent – jismoniy shaxs uchun: Tomonlar o‘rtasida nizo va kelishmovchiklar yuzaga kelgan vaziyatlarda Operator yoki Dilerning tegishli ofisi joylashgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11.1.2. Abonent – yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchisi, nodavlat-notijorat tashkilot, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar uchun: Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqiladi.
11.2. Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish, Abonent shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/e’tiroznoma ko‘rinishidagi murojaat/shikoyat telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilgan, uni ko‘rsatish rad etilgan yoki hisob taqdim etilgan kundan boshlab, ko‘pi bilan 6 (olti) oy ichida berilishi lozim. Bunda murojaatda Abonent shartnomasining nusxasi, shuningdek, ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinadi, bu hujjatlarda shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida da’vo qilingan holda — yetkazilgan zarar fakti va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim.
11.2.1. Abonent tomonidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/e’tiroznoma ko‘rinishidagi murojaati Operator tomonidan kelib tushgan kunning o‘zida ro‘yxatga olinib, qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11.3. Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatilishi yetarli darajada amalga oshirilmaganligi yoki ko‘rsatilmaganligi bilan bog‘liq e’tirozlar Mazkur Ommaviy ofertaning 11.4-bandida ko‘rsatilgan sanaga amal qilingan holda qabul qilinadi va qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11.3.1. Bunday e’tirozga javob telegraf orqali, teletayp, elektron pochta (e-mail) orqali, shuningdek, aloqa vositalarining boshqa usullaridan foydalangan holda, Abonentga topshirilganligi to‘g‘risida yozma shaklda tasdiqnoma bilan yoki buyurtma xat orqali yuboriladi.
11.4. Abonentning yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/e’tiroznoma/shikoyat/taklif ko‘rinishidagi murojaati ko‘pi bilan 30 (o‘ttiz) kun davomida ko‘rib chiqiladi va tegishli shaklda javob beriladi. Bunda, murojaatni ko‘rib chiqish uchun 15 (o‘n besh) kundan ortiq muddat talab etilsa, murojaat muallifi bu haqda majburiy ravishda xabardor qilinadi.
11.5. Tarmoqqa noqonuniy/ruxsatsiz kirish yo‘li bilan uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanish natijasida nizo/kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Operator sodir etilgan xatti-harakatlarning tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda ichki texnik tekshiruv o‘tkazishga haqli.
11.6. Operatorda, Abonent tomonidan Operator xizmatlaridan foydalanishining beg‘arazligi bo‘yicha shubha tug‘ilsa, u istalgan maqbul usulda Abonentga Operator ofisiga kelish lozimligi haqida xabarni yuborib, xabarda holatlarni aniqlashtirish va xizmatlar ko‘rsatishni to‘xtatib turish mumkinligi haqida tushuntirish beradi. Agar Operatorning xabarnomasi yuborilgan kundan boshlab, 3 (uch) kalendar kuni mobaynida Abonent tomonidan bajarilmasa, Operator Abonent tomonidan Operator talab qilgan shartlar bajarilgunga qadar xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga haqli.
11.7. Ko‘rsatilgan xizmatlar uchun vujudga kelgan va ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan Abonentning Operator oldidagi qarzlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan sud buyrug‘i/qarori/notariusning ijro yozuvlariga asosan so‘zsiz tartibda majburiy undiriladi.
11.8. Operatorga yuborilgan murojaatda qo‘yilgan masalalarni hal etish Operatorning vakolatiga kirmaydigan bo‘lsa, murojaat kelib tushgan sanadan 5 (besh) kundan kechiktirmay, tegishliligi bo‘yicha, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga yuboriladi va bu haqda Abonentga belgilangan shaklda xabar qilinadi.
12.1. Abonent shartnomasi Abonent tomonidan mazkur Ommaviy oferta shartlarida qabul qilingan/aksept amalga oshirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Abonent shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda amal qiladi, ushbu shartnomada amal qilish muddati mavjud bo‘lmagan hollarda, Abonent shartnomasi muddatsiz tuzilgan deb hisoblanadi.
12.2. Abonent shartnomasi shartlari, jumladan, Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, xizmatlar uchun hisob-kitoblar tartibi va boshqalar) haqida Operator tomonidan bir tomonlama tartibda, OAVda e’lon berish, Operator veb-saytida joylashtirish, Abonentga SMS-xabar yuborish yoki elektron pochta manziliga, shuningdek, Operator uchun ma’qul bo‘lgan boshqa vositalar orqali usullarda) xabardor qilinadi.
12.2.1. Operator tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, xizmatlar uchun hisob-kitoblar tartibi va boshqalar) haqida tegishli xabarnomalar Abonentga yuborilgan sanadan boshlab yoki tegishli ma’lumotlar joylashtirilgan/e’lon qilingan sanadan boshlab, ko‘rsatilayotgan xizmat turi toifasiga qarab, 10 (o‘n) kalendar kunidan 15 (o‘n besh) kalendar kunigacha bo‘lgan muddat mobaynida Abonent tomonidan bunday o‘zgartirishlar yozma/elektron shaklda rad etilmasa, Abonent tomonidan to‘liq qabul qilingan hisoblanadi. Agar mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan muddat ichida Abonent tomonidan Operatorning bunday o‘zgartirishlarini qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, Abonent shartnomasi ushbu rad etish haqidagi murojaati kelib tushgan kundan 15 (o‘n besh) kalendar kun o‘tganidan keyingi kuni Abonent tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.
12.3. Abonent shartnomasi (mazkur band matnida - shartnoma deb yuritiladi) quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
12.3.1. Abonent tashabbusi bilan tugatish sababini ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda shartnomani bekor qilish. Bunda, Abonent (jismoniy shaxslar bundan mustasno) Operatorga bekor qilish mo‘ljallangan/rejalashtirilgan sanadan kamida 15 (o‘n besh) kalendar kun oldin yozma/elektron shaklda xabar berishi shart. Bunday holatda, xizmat muddati yakunlangan sanasi, xizmatlar ko‘rsatiladigan joriy oyning oxirgi kuni deb hisoblanadi.
12.3.2. Quyidagi hollarda Operator tashabbusi bilan Abonent shartnomasi (mazkur band matnida - shartnoma deb yuritiladi) bekor qilinishi mumkin:
- Abonent tomonidan shartnoma shartlari va tanlab olingan xizmat qoidalari/shartlari buzilganida;
- majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganida (xizmat ko‘rsatish uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganida);
- yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlarida;
- Abonent-jismoniy shaxs vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda (merosxo‘r/huquqiy voris mavjud bo‘lmagan hollarda);
- xizmat ko‘rsatish to‘xtatilgan sanadan boshlab, Abonent tomonidan ketma-ket 60 (oltmish) kalendar kuni mobaynida Telekommunikatsiya xizmatlarini olish huquqini beradigan tranzaksiya amalga oshirilmasa, shu sanadan boshlab, xizmatni ko‘rsatish to‘xtatilishi;
- Abonent tomonidan ketma-ket 90 (to‘qson) kalendar kun mobaynida mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha ushbu xizmat turini olish huquqini beradigan tranzaksiyalar amalga oshirilmaganda. Ushbu xatboshi qoidasi faqat Tarif/Tarif rejasiga ko‘ra, Abonent to‘lovi talab etilmaydigan mobil aloqa xizmatlariga tatbiq etiladi;
- “Raqamni saqlash uchun to‘lov”, “Ixtiyoriy bloklash xizmati”, “Abonentning iltimosiga ko‘ra, telefonni vaqtincha o‘chirib qo‘yish” va boshqa Qo‘shimcha xizmatlar faollashtirilmagan hollarda, shuningdek, Xizmatlarni faollashtirish uchun tegishli to‘lovlar mavjud bo‘lmaganda, Operator Abonent bilan Shartnomani band qilingan tarmoq resursini kelgusida bo‘shatish bilan bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega (boshqa xizmat bo‘yicha).
12.3.3. Quyidagi hollarda Abonent shartnomasi bekor qilinib, Abonent Operator tarmog‘idan o‘chiriladi:
- Abonent tomonidan telekommunikatsiya xizmat turidan tijorat maqsadida va litsenziyasiz foydalanilgan holat aniqlanganda;
- Abonent tomonidan FROD harakatlari sodir etilishi aniqlanganda;
- shartnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
12.4. Abonent shartnomasini bajarishdan bosh tortgan yoki shartnoma boshqa asoslar bo‘yicha bekor qilingan paytdan boshlab, Tomonlarning majburiyatlari bekor qilingan deb hisoblanadi (Abonent shartnomasini bekor qilish vaqtiga qadar ko‘rsatilgan, lekin Abonent tomonidan to‘lanmagan xizmat xaqi bilan bog‘liq majburiyatlar bundan mustasno).
12.5. Abonent shartnomasi bekor qilinganda ijobiy balans qoldig‘i - Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari qoldig‘i uning mavjud bank hisob raqamiga yoki uning bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan Abonentga qaytariladi. Bunda Abonent Operatorga tegishli yozma ariza va Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, bank rekvizitlarini (bank nomi, bankning: MFO, STIR, pul mablag‘larini plastik kartaga o‘tkazish uchun tranzit hisob raqami va plastik karta raqami) ko‘rsatib, ma’lumot berishi shart.
12.5.1. Operator tomonidan Abonentning ijobiy balansi qoldig‘i - Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari qoldig‘ini qaytarish haqidagi arizasi olinganidan so‘ng, Abonentga pul mablag‘lari 15 (o‘n besh) bank kuni mobaynida qaytariladi. Bunda, Operator, Operator tomonidan Abonentga to‘lov tizimlari/To‘lov agentlari orqali (terminallari) o‘tkazilgan pul mablag‘lari uchun sarflangan xarajat/xizmat xaqini hisoblab, ushlab qolish huquqiga ega bo‘ladi.
12.5.2. Abonent shartnomasi bekor qilinganda, shartnoma shartlarida belgilangan Abonent qurilmasi, SIM-kartani ulash uchun to‘lov Abonentga qaytarilmaydi va pullik toifadagi Abonent raqamini tanlash uchun xizmat to‘lovi Operator tomonidan qoplanmaydi/qaytarilmaydi.
12.5.3. Operator bilan yangi Abonent shartnomasini tuzishda Abonentga avval taqdim etilgan Abonent raqamini saqlab qolinishi kafolatlanmaydi.
12.6. Abonent – jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, Abonent shartnomasi Operator tomonidan o‘lim haqidagi guvohnomaning tegishli tasdiqlangan nusxasi yoki asl nusxasi taqdim qilinib, Operator ofisida nusxa olinganidan so‘ng, bekor qilinadi. Tugatish jarayonida bo‘lgan va yoki tugatilgan Abonent – yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor yoki boshqa shaxslar bilan Abonent shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
12.6.1. Abonent shartnomasining taraflaridan biri (shu jumladan, huquqiy voris yoki meros qilib olingan, faollashtirilgan SIM-karta boshqa shaxsga sovg‘a sifatida berilgan holda) o‘zgartirilganda, avvalgi Abonent shartnomasi bekor qilinadi va yangi Abonent bilan tuziladi. Pullik toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirish, bu holda, qarindoshlarga meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnomaga (yoki notarial tasdiqlangan vasiyatnomaga, huquqiy vorislik o‘tganligini tasdiqlovchi boshqa rasmiy hujjatga) muvofiq, pullik toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirish uchun to‘lovsiz amalga oshiriladi. Bunda, Abonent haqidagi ma’lumotlar bazasini ASRga qayta rasmiylashtirish bilan bog‘liq to‘lov amaldagi Tarifga muvofiq undiriladi.
13.1. Tomonlar ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasiga muvofiq o‘z huquqlari va majburiyatlari bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respblikasining korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonun hujjatlari normalarini buzishi mumkin bo‘lgan har qanday choralar ko‘rmasliklari yoki xatti-harakatlarni sodir etmasliklari shart, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) pul yoki boshqa har qanday ko‘rinishda/shaklda pora berishni, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) noqonuniy to‘lovlarni taklif qilishi, rozilik/ruxsat/sanksiya berish, va’da qilish va amalga oshirish, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan, tijorat tashkilotlari, davlat xizmatchilari, xususiy korxona va kompaniyalar hamda ularning vakillari yoki affillangan shaxslariga.
13.2. Tomonlardan biri ushbu moddaning 13.1-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa Tomon bir tomonlama suddan tashqari tartibda ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan voz kechish huquqiga ega. Ushbu moddaga muvofiq Abonent shartnomasi bekor qilingan taqdirda Tomonlar bir-biriga ziyon/zararni qoplamaydi (ko‘rsatilgan xizmatlar haqi yoki Abonent to‘lovi bo‘yicha Abonent majburiyatlari bundan mustasno).
13.3. Abonentga Telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatishda yuzaga keladigan va mazkur Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etilmagan yoki hal etilmaydigan Tomonlarning boshqa huquqiy munosabatlari Qoidalar hamda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Mazkur Ommaviy oferta bilan hal qilinmagan barcha masalalar bo‘yicha Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amal qiladilar.
13.4. Mazkur Ommaviy oferta Operatorning veb-saytida yoki OAVda e’lon qilingan kundan boshlab, 15 (o‘n) besh kun o‘tganidan so‘ng, kuchga kiradi.
3. Xizmatni ulash/ko‘rsatish tartibi va taqdim etish shartlari
4. Operatorning huquq va majburiyatlari
5. Abonentning huquq va majburiyatlari
6. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
10. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari
11. Nizolarni hal qilish tartibi
12. Shartnomaning amal qilish muddati. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish shartlari
“O‘zbektelekom” AKning “Uztelecom Disk” xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Ommaviy ofertasi
Mazkur Ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq litsenziyalar (2015 yil 3 noyabrdagi PT-seriyali 0005718-raqamli, 2015 yil 3 noyabrdagi AA-seriyali 0005717-raqamli, 2017 yil 24 fevraldagi AA-seriyali 0005661-raqamli, 2017 yil 24 fevraldagi AA-seriyali 0005662-raqamli, 2017 yil 23 fevraldagi AA-seriyali 0005657-raqamli va 2017 yil 3 yanvardagi AA-seriyali 0005659-raqamli) asosida faoliyat yurituvchi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining (keyingi o‘rinlarda - Operator) fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti (keyingi o‘rinlarda – Abonent) bilan “UZTELECOM Disk” xizmatini taqdim etish uchun shartnoma tuzish bo‘yicha rasmiy taklifidir.
Ushbu Ommaviy oferta Operatorning Internet tarmog‘idagi www.uztelecom.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va veb-saytda uni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy bildirishnoma joylashtirilgunga qadar amal qiladi.
Operator ushbu Ommaviy ofertada belgilangan tartibda, Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Ushbu Ommaviy oferta shartlari Operatorga murojaat qilgan fuqarolik-huquqiy munosabatlarning barcha subyektlari uchun bir xildir.
Ushbu Ommaviy ofertaning maqsadlari uchun quyidagi asosiy atamalar, taʼriflar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
Abonent - ushbu Ommaviy oferta shartlari asosida Operator bilan “UZTELECOM Disk” xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risidagi foydalanish kelishuviga onlayn shaklda rozilik bildirgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar subyekti (jismoniy shaxs, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkor, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar yuridik shaxs, notijorat tashkilot, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar).
Foydalanish kelishuvi - Abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlar, Operator tomonidan Abonentga “UZTELECOM Disk” xizmatini ko‘rsatish majburiyatini olgan, zarur bo‘lgan elementlar (abonent raqami, tarif rejasi va boshqalar) va boshqa muhim shartlarni o‘z ichiga olgan va Abonentning ushbu Ommaviy oferta shartlarini qabul qilish fakti (aksept tasdiqlash)ni belgilovchi onlayn kelishuv (keyingi o‘rinlarda – Shartnoma).
Abonent qurilmasi - Abonentga telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi, shaxsiy kompyuter, shuningdek, Internetga ulanish, dasturiy taʼminotni o‘rnatish va ishga tushirish yoki Web-interfeysga kirish imkoniyatiga ega oxirlovchi qurilma. Abonent qurilmasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi standartlariga muvofiq ushbu turdagi uskunaga qo‘yiladigan texnik talablarga javob berishi kerak.
Abonent raqami - shartnoma amal qilish muddati davomida Abonentga xizmat ko‘rsatuvchi muayyan operator tomonidan taqdim etiladigan va unga boshqa abonent qurilmalari ulanganda Abonent qurilmasining Operator tarmog‘iga ulanishini identifikatsiya qiluvchi raqam.
Abonent to‘lovi – Operator tomonidan Abonentga ko‘rsatiladigan xizmat uchun har oyda foydalanilgan xizmat hajmidan qatʼi nazar to‘lanadigan shartsiz belgilangan to‘lov.
Avtorizatsiya - Abonent tomonidan Operator serveriga kiritilgan Autentifikatsiya maʼlumotlarini tahlil qilish jarayoni bo‘lib, uning natijalari Abonentning xizmatdan foydalanish yoki shaxsiy kabinetga kirish huquqiga ega ekanligini belgilaydi.
Arxiv tarif rejasi - Operator tomonidan ilgari tasdiqlangan tarif rejasi. Ushbu tarif rejasiga ulanish va boshqa tarif rejalaridan o‘tish imkoniyati mavjud emas.
ASR - Operator va Abonent o‘rtasidagi hisob-kitoblarni avtomatlashtirish, shuningdek, taqdim etilgan telekommunikatsiya xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni hisobga olish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan hisob tizimi/ billing tizimi (apparat - dasturiy kompleks).
Autentifikatsiya maʼlumotlari - (kerak bo‘lganida qo‘llaniladi) ushbu Ommaviy oferta shartlari asosida Shartnoma asosida Operator tomonidan Abonentning roziligi bilan olingan Abonentning shaxsiy maʼlumotlari to‘plami:
a) Foydalanuvchining nomi (login) - Operator tizimidagi Abonentning asosiy individual identifikatsiya parametri. Shartnomaga o‘z akseptini tasdiqlashda va Abonentni dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazishda taqdim etiladi, amaldagi Shartnoma bo‘yicha o‘zgartirilishi mumkin emas.
b) Parol (password) - Abonentning shaxsiy hisob maʼlumotlari va boshqa maxfiy maʼlumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoya qilish vositasi. Dastlabki parol Operator tomonidan shakllantiriladi va belgilanadi, keyinchalik parol Abonent tomonidan o‘zgartirilishi mumkin. Foydalanuvchining nomi va parol Abonent tomonidan masofaviy ulanish va Operatorning serverida avtorizatsiyadan o‘tish, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish uchun foydalaniladi.
Shaxsiy hisob balansi - Abonentning Shaxsiy hisobidagi maʼlum bir vaqtning o‘zida ikkita summa o‘rtasidagi farq. Birinchi summa Shaxsiy hisob raqamiga kiritilgan mablag‘lardan iborat bo‘lsa, ikkinchi summa Operator tomonidan Abonentning shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘rsatilgan “UZTELECOM Disk” xizmati uchun Shartnomada belgilangan muddatda yechib olingan mablag‘lardan iborat.
Vijdonan foydalanish - Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga, ushbu Ommaviy oferta shartlariga qatʼiy muvofiq ravishda “UZTELECOM Disk” xizmatidan foydalanishda o‘z huquq va majburiyatlarning amalga oshirilishi, mazkur xizmatdan noqonuniy maqsadlarda foydalanmaslik, shuningdek, statsionar tarmoqqa kirish shlyuzlarida, Internet-telefoniya va boshqalarda Operatorga va/yoki uchinchi shaxslarga zarar yetkazadigan harakatlarni amalga oshirmaslik, Abonent qurilmasidan dasturiy taʼminot/maʼlumotni tarqatmaslik va tarqatishga yordam bermaslik, IP-manzillarini soxtalashtirmaslik, abonent raqamlari, Operator tarmog‘ining, Operator va/yoki uchinchi shaxslarning uskunalari, dasturiy taʼminotining normal ishlashiga xalaqit beradigan harakatlarni amalga oshirmaslik va “UZTELECOM Disk” xizmatidan tijorat maqsadlarida bevosita foydalanmaslik.
Tarmoqqa ulanish - yakuniy xizmatlar va axborot resurslariga kirish uchun Abonentning Operator tarmog‘idan foydalanishning texnik imkoniyati.
Internet - yagona TSR/IP protokoli bo‘yicha ishlaydigan, shlyuzlar orqali ulangan va bitta manzilli maydon va nomlar maydonidan foydalanadigan ko‘plab tarmoqlardan tashkil topgan global xalqaro tarmoq (tarmoqlarning boshqariladigan hamjamiyati).
Identifikatsiya - mavjud maʼlumotlar asosida maʼlumotlar tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchini aniqlash.
Operatorning javobgarlik zonasi - Operator egaligi va boshqaruvida bo‘lgan telekommunikatsiya texnik vositalari va kanallari. Ushbu Oferta doirasida “Uztelecom Disk” xizmati Operatorning javobgarlik zonasida ko‘rsatiladi. Operator bilan shartnoma tuzilguniga qadar, Abonent Operatordan o‘zining ulanish nuqtasigacha aloqa kanallariga ulanish mumkinligiga ishonch hosil qilishi shart. Aloqa kanallari mavjud bo‘lmaganida bunday aloqa kanallarini tashkil etish mazkur Ommaviy oferta shartlaridan tashqari hal qilinadi.
Kontent - axborot, ko‘ngilochar mazmunga ega bo‘lgan Voice (ovoz), SMS, GPRS matnlar yoki multimediali maʼlumotlar vositasida olinadigan axborot mazmuni.
Kontent-provayder - Operator tarmog‘i orqali Abonentlarga tijorat asosida Kontent xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs. Kontent-provayder xizmatlari Abonentning dastlabki buyurtmasiga binoan uni qabul qilish uchun Abonent qurilmasidan so‘rov (buyruq) yuborish orqali taqdim etiladi. Kontent-provayderlar va ular tomonidan taqdim etiluvchi xizmatlar ro‘yxati Operatorning rasmiy WEB-saytida, shuningdek, Kontent-provayderlarning rasmiy WEB-saytlarida mavjud. Kontent-provayder xizmatlaridan foydalanish Operatorning qo‘shimcha (qo‘shma) xizmati bo‘lib,
Operator tomonidan Abonentga o‘z aloqa tarmog‘i orqali Kontent-provayderning axborot-ko‘ngilochar xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etishdan iborat.
Yirik avariya - Operator tarmog‘ining va xizmat ko‘rsatishning to‘xtatilishiga olib keladigan avariya.
Abonentning shaxsiy hisobvarag‘i - Abonent tomonidan ushbu Oferta doirasida foydalaniladigan xizmat uchun haq to‘lashga mo‘ljallangan, xizmatdan foydalanishda Abonent tomonidan kiritiladigan va sarflanadigan pul mablag‘lari to‘g‘risidagi pul ekvivalentida ifodalangan axborotdan iborat bo‘lgan Operatorning avtomatlashtirilgan hisob-kitoblar tizimidagi tahliliy elektron hujjat.
Operator – “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi.
Operatorning ofisi – Abonentlarni qabul qilish va ularga xizmat ko‘rsatish, Abonentlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda Operator faoliyatiga oid barcha hujjatlar saqlanadigan va qayta ishlanadigan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hududiy uzellardagi xonalar, binolar. Operator ofislarining joylashuvi, ish vaqti to‘g‘risidagi maʼlumotlar Operatorning WEB-saytida joylashtiriladi va belgilangan tartibda yangilanadi (joylashuvning o‘zgarishi, pochta manzili va h.k.).
Xizmat ko‘rsatish qoidalari / Qoidalar - Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan qoidalar.
Operator tarmog‘iga kirishni taʼminlash - Operatorning Abonent haqidagi maʼlumotlarni qayta ishlash va Operatorning apparat-dasturiy kompleksiga kiritish bo‘yicha harakatlari. Abonent oldindan to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng Operator tarmog‘iga kirish huquqiga ega bo‘ladi.
Narxnoma - “Uztelecom Disk” xizmati uchun narxlar ro‘yxati va shartlarini
o‘z ichiga olgan Operatorning tasdiqlangan hujjati.
Maʼlumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanuvchi / Abonent (keyingi o‘rinlarda - Foydalanuvchi) - maʼlumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining foydalanuvchisi bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Tomonlar - Operator va Abonent birgalikda (alohida – Tomon).
Operator tarmog‘i - Abonentga telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatiladigan telekommunikatsiya vositalari majmui. Operator tarmog‘iga quyidagilar kiradi:
Tarif - Operator tarmog‘iga ulanganda Abonent tomonidan to‘lanadigan, Telekommunikatsiya xizmatlarining o‘lchov birligi uchun Operator tomonidan belgilangan narx.
Tarif rejasi - Operator foydalanishni taklif qiladigan bir yoki bir nechta telekommunikatsiya xizmatlarining narx shartlari to‘plami.
Xizmatlarni qabul qilishning texnik imkoniyati - Abonentda ushbu Oferta / Shartnoma shartlariga muvofiq Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tegishli texnik vositalar va shartlarning mavjudligi.
Xizmatlarni taqdim etishning texnik imkoniyati - Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasida Abonentga telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan funksional telekommunikatsiya vositalarining mavjudligi.
Abonentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining pasporti, ID-kartasi, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi
116-son qaroriga muvofiq berilgan yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi, harbiy xizmatchining pasport maʼlumotlarini va uning ro‘yxatga olingan joyini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi maʼlumotnomasi ilova qilingan harbiy guvohnoma, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlik belgisi mavjud bo‘lgan chet el fuqarosining pasporti.
Cheklov darajasi - Abonentning shaxsiy hisobida (balansida)gi pul mablag‘larining minimal miqdori. Unga ko‘ra, Operator Abonentga taqdim etiladigan xizmatlarning hajmi cheklanishini yoki xizmatlarning taqdim etilishini to‘xtatish huquqiga ega.
Yuklab olish - Foydalanuvchining dasturiy taʼminotdan foydalangan holda Kontentni masofaviy xotiraga o‘tkazish yoki masofaviy xotiradan Kontentni olishga qaratilgan harakatlari.
“UZTELECOM Disk” xizmati (Xizmat) – har qanday qurilmadan Dasturiy taʼminot vositalari yordamida Kontentni yuklab olish, masofaviy saqlanishini taʼminlash, tarqatish va sinxronlashtirish bo‘yicha Operator tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyat.
Xizmatga buyurtma berish - Xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun ushbu Ofertada nazarda tutilgan Abonentning harakatlari.
Interfeys(lar) – Abonent tomonidan Xizmatni ulash, boshqarish va o‘chirish uchun foydalaniladigan vositalar.
Dasturiy vositalar - shaxsiy kompyuter (Windows, OSX) va mobil qurilmalar (Android, iOS) uchun dasturiy taʼminot to‘plami bo‘lib, ular Masofaviy saqlashda joylashgan Kontentni yuklab olish imkonini beradi. Abonent qurilmaning operatsion tizimiga qarab tegishli dasturiy taʼminotni o‘rnatadi. Dasturiy vositani Apple Store va Play Market ilovalaridan yuklab olish mumkin.
Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori - Xizmatni taqdim etish doirasida Kontentni saqlash imkonini beruvchi Operatorning (yoki Xizmatni taqdim etishda ishtirok etadigan uchinchi shaxslarning, shu jumladan xorijiy shaxslarning) apparat-dasturiy kompleksi.
Sinxronizatsiya - Foydalanuvchi Kontenti, qurilmalar va Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori o‘rtasida yagona maʼlumot almashinuviga olib kelishga qaratilgan harakatlar.
Web-interfeys – www.udisk.uz manzilida joylashgan Internet-brauzer orqali Xizmat bilan o‘zaro ishlash uchun mo‘ljallangan interfeys.
Akkaunt - Foydalanuvchining Xizmatdan foydalanish uchun hisob qaydnomasi, unda login (kirish uchun nom) va parol (kirish uchun kalit) mavjud bo‘lib, foydalanuvchining logini ushbu Shartlar bajarilganda uning oddiy elektron imzosi bilan tasdiqlanadi, parol oddiy elektron imzo uchun kalit bo‘lib hisoblanadi.
Frod – axborot texnologiyalari sohasida firibgarlik turi, jumladan, Operatorning telekommunikatsiya xizmatlaridan va resurslaridan ruxsatsiz va noqonuniy ravishda foydalanish bilan bog‘liq harakatlari.
Operatorning WEB-sayti - Internet tarmog‘ida https://udisk.uz elektron manzilida joylashtirilgan Operator faoliyati, ko‘rsatayotgan Xizmati to‘g‘risidagi rasmiy maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan Operatorning axborot resursi.
2.1. Shartnomaga ko‘ra, Abonent Xizmatdan foydalanish, Kontentni yuklab olish, saqlash, tarqatish, dasturiy taʼminot va Web-interfeys yordamida qurilmalar o‘rtasida Kontentni sinxronlashtirish uchun Xizmatning mavjud funksiyalaridan foydalanish huquqini oladi, shuningdek, udisk.uz Web-interfeysida tegishli tarifni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
2.2. Xizmat doirasida Abonentga Test davrida bepul foydalanadigan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining maʼlum hajmini o‘z ichiga olgan Xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Test tarzida foydalanish shartlari, xususan, Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining hajmi, uning funksionali, Test davrining shartlari asosida Xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etilishi muddati Operator tomonidan veb-saytda yoki interfeysda belgilanadi. Ajratilgan hajm to‘lganda yoki oshib ketganda, yuklab olish funksionali qismida Xizmatdan foydalanish imkoniyati to‘xtatib turiladi.
2.3. Xizmatni sotib olish uchun Foydalanuvchi Interfeys orqali Operator tomonidan taklif qilingan tariflardan birini tanlashi va Xizmatni ulashga roziligini tasdiqlashi kerak. Interfeyslar bilan Operatorning udisk.uz saytida Xizmat tavsifini o‘z ichiga olgan bo‘limda yoki 1099 abonent raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali tanishib chiqish mumkin.
2.4. Xizmatdan foydalanish muddati Xizmatga ulangan paytdan boshlanadi. Narxnomaga muvofiq tarif rejasi faollashtirilgan vaqt Xizmat ko‘rsatilishi boshlangan vaqt hisoblanadi.
2.5. Operator Abonentga bir tomonlama tarzda, Tarifga muvofiq yoki Test tarzida foydalanish shartlariga muvofiq taqdim etilishi kerak bo‘lgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmidan ortiq bo‘lgan hajmni vaqtinchalik foydalanish uchun taqdim etishga haqli. Abonent uchun bunday Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining qo‘shimcha hajmidan foydalanish muddati Operator tomonidan Operatorning veb-saytida belgilanadi. Ushbu muddat tugagandan so‘ng, Abonent uchun taqdim etilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmi tarif yoki Test tarzida foydalanish shartlarida belgilangan miqdorda qoldiriladi.
2.6. Tarif yoki Test tarzida foydalanish sharti bilan o‘rnatilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining mavjud hajmi Abonent tomonidan yuklangan Kontent hajmidan kamroq bo‘lsa, Abonent ortiqcha hajmdagi Kontentni o‘chirmaguncha yoki interfeyslar orqali kerakli tarifni tanlab, to‘lovni amalga oshirish orqali Xizmatning funksional imkoniyatlarini kengaytirmagungacha, Kontentni yuklab olish va sinxronlashtirish funksiyasi Abonent uchun cheklangan bo‘ladi.
2.7. Amaldagi qonunchilikda va/yoki aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan tartibda Abonent uchun aloqa xizmatlari ko‘rsatilishi to‘xtatilgan bo‘lsa, Operator ushbu Abonentga Xizmatdan foydalanish imkoniyatini taqdim etmaslikka haqli.
2.8. Operator bir vaqtning o‘zida Abonentga bildirishnoma yuborish bilan birga, Abonentga taqdim etilgan Xizmatdan Test tarzida foydalanishni vaqtincha yoki doimiy ravishda bir tomonlama to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2.9. Operator Shartlarda belgilangan tartibda ushbu Shartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali Xizmatni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini bekor qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2.10. Operator sababini ko‘rsatmasdan Abonentga elektron xabarnomani yuborgan holda, Abonentga Test tarzida foydalanish imkoniyatini taqdim etmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
2.11. Shartlar asosli kelishuv bo‘lib, Shartnomani tuzish, o‘zgartirish, bekor qilish hamda Xizmatdan foydalanish va undan foydalanishni taʼminlashning umumiy tartibini belgilaydi. Abonentga taqdim etiladigan / mavjud bo‘lgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining hajmi, narxi, Xizmatga kirish muddati (Test tarzida foydalanish doirasida emas) Abonent tomonidan ushbu Shartlarga muvofiq interfeyslar orqali mustaqil ravishda belgilanadi.
2.12. Abonent Xizmatga ulangan paytdan, Xizmatning funksional imkoniyatlaridan foydalanganligidan qatʼi nazar, Xizmat uchun haq to‘lashi shart.
2.13. Operator Xizmatlarni Abonentning Xizmatga, yaʼni maʼlum dasturiy taʼminotga kirishi orqali taqdim etishini hisobga olib, Abonent Xizmatdan quyidagi usullar va chegaralar doirasida foydalanish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi:
2.13.1. Xizmatdan foydalanish huquqi Abonentga oddiy (eksklyuziv bo‘lmagan) ruxsatnoma shartlari bo‘yicha Xizmatdan foydalanishni uchinchi shaxslarga taqdim etish huquqisiz taqdim etiladi. Ruxsatnoma, Abonent ushbu Oferta shartlari asosida kelishuvga akseptini tasdiqlagan paytdan boshlab, Operator tomonidan berilgan hisoblanadi.
2.13.2. Abonent ushbu Shartlar qoidalarini inobatga olgan holda Tarifda yoki Test davrida belgilangan muddatda xizmatdan maqsadli foydalanish huquqiga ega.
2.14. Abonentga Xizmatga har qanday o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi (quyidagi o‘zgartirishlardan tashqari):
2.14.1. Xizmat sozlamalaridagi o‘zgarishlar yoki hujjatlarda keltirilgan Operator saytlaridagi maʼlumotlardan va Xizmatning foydalanuvchisi interfeysi imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirilgan boshqa shu kabi o‘zgartirishlar;
2.14.2. Moslashish, yaʼni, ularni amalga oshirish usulidan qatʼi nazar, faqat Abonentning muayyan qurilmalarida xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladigan o‘zgartirishlar.
2.15. Yakuniy Foydalanuvchiga quyidagilar taqiqlanadi:
2.15.1. Xizmatni qayta ishlash, dekompilyatsiya qilish, qismlarga ajratish, o‘zgartirish;
2.15.2. Xizmat tuzilmasini va/yoki unga kiritilgan maʼlumotlar bazalarini, ulardagi maʼlumotlar tarkibini o‘zgartirish (Xizmat funksiyalarida bunday harakatlar nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
2.15.3. Xizmatning dastlabki kodini (asl matnini) tiklashga qaratilgan har qanday harakatlarni amalga oshirish;
2.15.4. Har qanday belgilarni va/yoki maʼlumotlarni, shu jumladan intellektual huquqlarni himoya qilish belgilarini, individuallashtirish vositalarini, mualliflik huquqini himoya qilishning texnik vositalarini olib tashlash;
2.15.5. Xizmat yoki uning har qanday elementlari (jumladan, audiovizual qator va dastur kodi) asosida har qanday hosil bo‘lgan mahsulotlarni o‘zgartirish yoki yaratish;
2.15.6. Xizmatni tarkibiy qismlarga bo‘lish;
2.15.7. Texnologiyani buzib kirish, buzish yoki boshqa yo‘l bilan dastur kodini chiqarishga harakat qilish, dastur kodiga har qanday o‘zgartirishlar kiritish, Xizmatning funksionalligini o‘zgartirish;
2.15.8. Xizmatdan boshqa maqsadlarda foydalanish.
3. Xizmatni ulash/ko‘rsatish tartibi va taqdim etish shartlari
3.1. Xizmatga ulanish
3.1.1. Xizmatga ulanish uchun Foydalanuvchi o‘zining abonent raqamidan foydalangan holda udisk.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishi (akkaunt yaratishi) kerak.
3.1.2. Xizmatni ulashda Foydalanuvchi Interfeyslar orqali tarifni tanlaydi (Xizmat narxining nisbati va Foydalanuvchi foydalanishi uchun taqdim etilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmi), Operator bir tomonlama tartibda, Foydalanuvchining akseptisiz, belgilangan tarifga muvofiq Foydalanuvchiga taqdim etilishi kerak bo‘lgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmidan ortiq hajmdagi Masofaviy saqlash omborini vaqtincha foydalanish uchun taqdim etishga haqli. Masofaviy saqlash omborining bunday qo‘shimcha hajmidan foydalanish muddati Operator tomonidan belgilanadi. Ushbu muddat tugagandandan so‘ng, Foydalanuvchi uchun taqdim etilgan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmi tarifda belgilangan miqdorda qoladi. Agar tarif bilan belgilangan Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omborining mavjud hajmi Foydalanuvchi tomonidan yuklangan Kontent hajmidan kamroq bo‘lsa, Foydalanuvchi uchun Kontentni yuklab olish va sinxronlashtirish funksionali cheklanadi. Foydalanuvchi tarifga muvofiq taqdim etilgan hajmdan ortiq hajmdagi Kontentni o‘chirib tashlaganidan so‘ng funksional tiklanadi.
3.1.3. Agar Foydalanuvchi tomonidan Shartlar avval buzilganligi munosabati bilan Operator Foydalanuvchiga Xizmatni taqdim etishdan bosh tortgan bo‘lsa, Foydalanuvchi Xizmatga ulana olmaydi.
3.1.4. Shartlar hadli kelishuv bo‘lib, Xizmatni taqdim etishning umumiy tartibini belgilaydi. Foydalanuvchi uchun mavjud masofaviy saqlash hajmi, Xizmat narxi, Xizmat muddati Foydalanuvchi tomonidan ushbu Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan tartibda Xizmatga buyurtma berishda belgilanadi.
3.1.5. Foydalanuvchi to‘lovni to‘liq amalga oshirganidan so‘ng, Xizmat Foydalanuvchiga 1 (bir) ish kuni ichida ulanadi.
3.2. Xizmat ko‘rsatish tartibi
3.2.1. Shartlar Foydalanuvchi Akkauntni ochgan paytdan boshlab va Foydalanuvchi ushbu Shartlarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan usullar bilan Xizmat ko‘rsatishdan bosh tortguniga qadar yoki Shartlarda belgilangan tartibda Operator tomonidan Xizmat to‘xtatilguniga qadar Xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
3.2.2. Xizmatdan qurilmaga tegishli dasturiy vositani o‘rnatgan va ishga tushirgan yoki WEB-interfeysni ishga tushirgan, shuningdek, qurilmani Internetga ulagan Foydalanuvchi foydalanishi mumkin. Shu bilan birga, Xizmatdan foydalanish uchun Foydalanuvchi login, parol va OTP-kodi (mir martalik kod) orqali Xizmatni ulashda ochilgan akkauntiga kirishi kerak.
3.2.3. Xizmat ulagandan so‘ng, Foydalanuvchi dasturiy taʼminotdan foydalangan holda Kontentni yuklab olish, saqlash, tarqatish, Kontentni qurilmalar o‘rtasida sinxronlashtirish uchun Masofaviy saqlashdagi bo‘sh joydan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
3.2.4. “UZTELECOM Disk” xizmati doirasida Foydalanuvchiga o‘z xohishiga ko‘ra foydalanishi mumkin bo‘lgan masofaviy saqlash maydoni taqdim etiladi. Foydalanuvchiga taqdim etiladigan masofaviy saqlash hajmi va uning uchun to‘lov yoki bunday to‘lovning yo‘qligi udisk.uz manzilida eʼlon qilingan tariflar bilan belgilanadi. Ajratilgan hajm to‘lgan yoki oshib ketgan taqdirda, yuklab olish (Kontentni Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omboriga o‘tkazish), qurilmalar o‘rtasida Kontentni sinxronlashtirish funksionali qismida Xizmat ko‘rsatilishi to‘xtatiladi.
3.2.5. Foydalanuvchi Xizmat bilan ishlaydigan Web-interfeys yoki dasturiy taʼminot yordamida tarifni tanlaydi va o‘zgartiradi.
3.2.6. Agar Foydalanuvchi ulangan joriy tarifdan ko‘proq hajmli Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori taqdim etiladigan tarifni tanlasa, Foydalanuvchi tomonidan tanlangan tarif shartlari Foydalanuvchi tomonidan tarifda ko‘rsatilgan narxga muvofiq Xizmatlar uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, kuchga kiradi. Bunda, Tomonlar bu holatda Foydalanuvchi bir tomonlama ravishda amaldagi tarif shartlari bo‘yicha Xizmat taqdim etilishidan bosh tortganligini tan oladilar, yaʼni Operator Foydalanuvchining amaldagi tarif shartlari bo‘yicha Xizmat ko‘rsatilganligi uchun Operatorga o‘tkazilgan to‘lovni qaytarmaydi, shuningdek, ularni yangi ulangan tarif bo‘yicha Foydalanuvchining pul majburiyatlari hisobiga o‘tkazmaydi.
3.2.7. Foydalanuvchi Xizmatning tegishli sifatda taqdim etilishi Qurilmaning to‘g‘ri sozlanganligiga va Qurilmaning Internet tarmog‘iga ulanishiga bog‘liqligi bilan rozi bo‘ladi va buning uchun faqat Foydalanuvchi javobgar bo‘ladi.
3.2.8. Operator Xizmat ko‘rsatilishi uchun uchinchi shaxslarni, shu jumladan xorijiy shaxslarni jalb qilishga haqli.
3.2.9. Operator, bir tomonlama tartibda, Foydalanuvchining roziligisiz, Xizmatni sinab ko‘rish uchun Foydalanuvchiga tarifga muvofiq taqdim etilishi kerak bo‘lgan masofaviy xotira hajmidan ortiq Maʼlumotlarni masofaviy saqlash ombori hajmini vaqtincha foydalanish uchun taqdim etish huquqiga ega. Operator bir tomonlama tartibda Foydalanuvchiga Test davri uchun Xizmatdan bepul foydalanishni taqdim etishga haqli. Test davri Operator tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra belgilanadi.
3.2.10. Shartlar abonent shartnomasi hisoblanadi. Foydalanuvchi Xizmatning funksionalidan foydalanganligidan qatʼi nazar, Operatorning Xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirishi shart.
3.3 Shartlarning amal qilish va Xizmat ko‘rsatish muddati
3.3.1. Foydalanuvchi mustaqil ravishda Operator tomonidan belgilangan interfeyslar orqali Xizmatni o‘chirib qo‘yishi mumkin.
3.3.2. Agar ikki oydan ortiq vaqt davomida Xizmat ko‘rsatilishiga talablar mavjud bo‘lmasa (Akkaunt orqali autentifikatsiya bo‘lmasa) ushbu Xizmat shartlari Foydalanuvchining tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.
3.3.3. Shartlar buzilsa yoki Xizmatdan foydalanishda uchinchi shaxslarning huquqlari va/yoki qonuniy manfaatlari buzilgan taqdirda Operator Foydalanuvchiga Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatishga haqli.
3.3.4. Operator Foydalanuvchiga kamida 5 (besh) kun oldin Dasturiy vosita yoki Web-interfeys orqali maʼlumot yuborish yoki Xizmat uzilishi / ushbu Shartlar bekor qilinishi to‘g‘risida boshqa usullar bilan maʼlumot berish orqali Shartlarni bir tomonlama bekor qilishga haqli. Shartlar bekor qilinishi to‘lov amalga oshirilgan buyurtmalar bo‘yicha Xizmat ko‘rsatilishini tugatish uchun asos bo‘lmaydi.
3.3.5. Agar Foydalanuvchining Xizmatni ko‘rsatish buyurtmasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Tomonlar buyurtma asosidagi Xizmatni 1 (bir) oy ichida taqdim etishga rozi bo‘ladilar.
3.3.6. Agar Foydalanuvchining buyurtmasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Foydalanuvchi Xizmat ko‘rsatish muddati tugashiga kamida 1 (bir) kalendar kun qolganida, Operatorga Xizmat muddatini uzaytirishni rad etish va Xizmat ko‘rsatishni tugatish to‘g‘risida bildirishnoma yubormagan bo‘lsa, Xizmatni ko‘rsatish uchun buyurtma Xizmatni ko‘rsatish muddati yoki Tomonlar kelishgan boshqa muddat tugashi bilan bir oy muddatga uzaytiriladi.
3.4. Xizmat narxi va to‘lov tartibi
3.4.1. Xizmatning narxi Foydalanuvchining Maʼlumotlarni masofaviy saqlash omboridan (tariflar bo‘yicha) foydalanish hajmiga qarab belgilanadi. Xizmatning narxi va to‘lov tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar Internetdagi udisk.uz manzilda joylashtirilgan.
3.4.2. Foydalanuvchi Xizmatni olish uchun zarur bo‘lgan uskunalar va aloqa xizmatlari uchun to‘lov bilan bog‘liq barcha xarajatlarni mustaqil ravishda o‘z zimmasiga oladi.
3.4.4. Yangilangan tariflar o‘zgartirilgandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmasdan udisk.uz manzilda joylashtirilishi sharti bilan, Operator tariflarni bir tomonlama o‘zgartirishga haqli. Foydalanuvchi tomonidan to‘langan buyurtma bo‘yicha tarif Operator tomonidan bir tomonlama o‘zgartirilishi mumkin emas.
3.4.5. Xizmatlar uchun to‘lov Foydalanuvchi tomonidan oldindan to‘lov asosida amalga oshiriladi.
4. Operatorning huquq va majburiyatlari
4.1. Operator quyidagi huquqlarga ega:
4.1.1. Axborot resurslarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tegishli tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish; konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik yo‘li bilan o‘zgartirishga daʼvatlarni, urushni, zo‘ravonlikni va pornografiyani targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atuvchi, shaxs shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi maʼlumotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida tarqatilishi taqiqlangan boshqa maʼlumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik.
4.1.2. Tegishli maʼlumotlarni Operatorning rasmiy veb-saytida, ommaviy axborot vositalarida joylashtirish yoki Operator uchun maqbul bo‘lgan boshqa usullar bilan Abonentga muddatni o‘zgartirish to‘g‘risidagi maʼlumotlarni yetkazish orqali Xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatib turish muddatini va Abonentni faollashtirish amalga oshirilmagan umumiy muddatni o‘zgartirish.
4.1.3. Operatorning rasmiy veb-saytida maʼlumotlarni joylashtirish yoki Operator uchun qulay bo‘lgan har qanday usulda xabardor qilish orqali ushbu Ommaviy oferta/Shartnoma shartlariga, Tariflar/Tarif rejalariga yuqoridagi o‘zgartirishlar kiritilishidan kamida 10 kun oldin Abonentni xabardor qilgan holda bir tomonlama tartibda o‘zgartirishlar kiritish.
4.1.4. Xizmat ko‘rsatish shartlarini o‘zgartirish mumkin bo‘lgan tadbirlar yoki aksiyalarni o‘z tomonidan hech qanday majburiyatlarsiz, lekin Operatorning rasmiy veb-saytida Abonentlarni xabardor qilgan holda o‘tkazish.
4.1.5. Abonentga maʼlumotlarni uzatish xavfsizligini taʼminlash va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tegishli sifatini taʼminlash maqsadida normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4.1.6. Agar Abonent hisobida yetarli miqdorda mablag‘ mavjud bo‘lsa, Abonentning mavjud qarzini qoplash uchun mablag‘larni hisobdan yechib olish.
4.1.7. Abonentning aybi bilan yetkazilgan har qanday zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishini talab qilish.
4.1.8. Rejalashtirilgan texnologik ishlarni va boshqa turdagi ishlarni bajarish, Operator tarmog‘ini modernizatsiya qilish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etishning texnik xususiyatlari bilan bog‘liq holda dasturiy taʼminotni yangilash. Bu holda Operator bir tomonlama ravishda dasturiy taʼminot sozlamalari parametrlarini belgilaydi.
4.1.9. Xizmat ko‘rsatishning texnik parametrlarini faqat taqdim etilayotgan xizmatlarning sifati va ishonchliligini oshirish maqsadida bir tomonlama o‘zgartirish, shu jumladan taqdim etilgan dasturlar, kutubxonalar, funksiyalar, boshqaruv vositalari ro‘yxatini o‘zgartirish.
4.1.10. Operator ushbu Ommaviy ofertada, Xizmat ko‘rsatishning tegishli qoidalarida va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.1.13. Shartnoma tuzishni rad etish:
4.1.13.1. Agar Xizmat ko‘rsatilishi davlat xavfsizligiga, insonlarning salomatligi va xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lsa.
4.1.13.2. Agar salohiyatli Abonentda texnik imkoniyat mavjud bo‘lmasa.
4.1.13.3. Operatorda salohiyatli Abonentning boshqa Abonent shartnomalari bo‘yicha Operator tomonidan ilgari ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qarzi haqida maʼlumot mavjud bo‘lsa.
4.1.13.4. Operatorda boshqa Abonent tomonidan yo‘qolgan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sertifikatlanmagan Abonent qurilmasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar mavjud bo‘lsa.
4.1.14. Quyidagi holatlarda Operator tomonidan xizmatni ko‘rsatish to‘xtatiladi:
4.1.14.1. Abonent tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Xizmat ko‘rsatilishini tartibga soluvchi normativ hujjatlar talablari buzilganda.
4.1.14.2. Agar Abonent qurilmasining ishlashi, shuningdek, Abonentning harakatlari Operator tarmog‘ining texnik vositalari va/yoki dasturiy taʼminotiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lganda.
4.1.14.3. Abonent tomonidan Operatorning tarmoq maʼlumotlaridan foydalangan holda Operatorning maʼlumotlar uzatish tarmog‘ining dasturlari, apparat vositalari va axborot resurslariga ruxsatsiz kirishga urinishlar bo‘lganda.
4.1.14.4. Abonentni belgilangan tartibda xabardor qilgan holda, Operator tarmog‘ida rejalashtirilgan texnologik ishlar bajarilganda.
4.1.14.5. Xizmat uchun Abonent tomonidan Abonent to‘lovi to‘lanmaganda/o‘z vaqtida to‘lanmaganda. Bunday holda, Abonent kelishuvda nazarda tutilgan Xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishdan ozod etilmaydi.
4.1.14.6. Abonent tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlari va O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida, shuningdek, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalari buzilgan taqdirda, Abonentning Operator tarmog‘iga kirishini qayta taʼminlash, qoidabuzarliklar to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng Operator tariflari bo‘yicha amalga oshiriladi, bunda, Abonent tomonidan ilgari o‘rnatilgan tarif/tarif rejasining saqlanishi kafolatlanmaydi.
4.1.14.7. Abonentning Abonent qurilmasidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan pullik xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalanilganda.
4.1.14.8. Tarmoqda boshqa Abonentlarni obro‘sizlantiruvchi axborotlar tarqatilganda, muayyan materiallar (spam va boshqalar) va viruslar tarmoq orqali keng tarqatilganda, tarmoqdan foydalanish qoidalari buzilganda, litsenziyasiz dasturiy taʼminot yoki musiqa yoxud videolar tarqatilganda, IP-manzillar qalbakilashtirilganda.
4.1.14.9. Xosting xizmatlaridan proksi-server, virtual xususiy tarmoq (VPN) serveri sifatida foydalanganda va xosting akkauntiga proksi-serverlar va VPN bilan bog‘liq dasturlar o‘rnatilganda.
4.1.14.10. Abonentning Telekommunikatsiya xizmatlarining boshqa shartnomalari bo‘yicha Operator tomonidan ko‘rsatilgan Telekommunikatsiya xizmatlari uchun Abonentning muddati o‘tgan qarzdorligi aniqlangan taqdirda.
4.1.14.11. Shaxsiy akkauntga kirishni cheklash:
a) rasmiy ochiq manbalarda jismoniy shaxs vafot etganligi, yuridik shaxsning tugatilganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar aniqlanganda (bunda, Xizmat ko‘rsatish huquqiy vorislik asosida tiklanishi mumkin);
b) Abonent Shaxsiy akkaunt orqali “frod” hisoblanuvchi harakatlar sodir etganligi aniqlanganda.
4.2. Operator quyidagilarga majbur:
4.2.1. Abonentga vakolatli organlar tomonidan belgilangan parametrlarga (ulanishni o‘rnatish, maʼlumotlarni uzatish, o‘chirish) muvofiq xizmatlarni taqdim etish.
4.2.2. Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasida Abonentga xizmat ko‘rsatish.
4.2.3. Abonentga ko‘rsatilayotgan Xizmatlar haqida ishonchli maʼlumotlarni taqdim etish.
4.2.4. Abonentga xizmat ko‘rsatishda kamchiliklar yoki boshqa nosozliklarni bartaraf etish (sifatni yaxshilash) choralarini ko‘rish.
4.2.5. Abonentga Xizmatlardan foydalanish va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha maslahatlar berishni tashkil etish.
4.2.6. Abonent tomonidan foydalanilgan xizmatlar uchun mavjud qarzdorlik bo‘yicha to‘lovlar va tanlangan Tarif/tarif rejasiga muvofiq to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng, qarzdorligi mavjud bo‘lganligi sababli xizmatlardan uzilgan Abonentni Operator tarmog‘iga ulash.
4.2.7. Abonentning shaxsiy maʼlumotlarini himoya qilish va Abonent to‘g‘risidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash bo‘yicha boshqa qonuniy talablarga rioya qilish uchun zarur tashkiliy choralarni ko‘rish.
4.2.8. Tariflar va xizmatlar narxnomasiga o‘zgarishlar kiritilganligi to‘g‘risida
10 kalendar kun oldin rasmiy veb-saytga maʼlumotlarni joylashtirish orqali Abonentni xabardor qilish.
4.2.9. Abonentlarga xizmat ko‘rsatish, Xizmat ko‘rsatish shartlaridagi o‘zgarishlar, bank rekvizitlaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq habarlar va boshqa zarur maʼlumotlarni o‘zining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish.
4.2.10. Rejalashtirilgan texnik ishlar to‘g‘risida ularning boshlanishidan kamida 24 soat oldin, ishning boshlanish sanasi va davomiyligini Operatorning veb-saytida ko‘rsatgan holda Abonentni xabardor qilish.
4.2.11. Operator tarmog‘i uskunalarining ishlashini taʼminlash.
4.2.12. Abonent tomonidan sodir etilgan frod holatlari hamda mazkur Ommaviy ofertaning 5.2.6 bandida belgilangan majburiyatlar buzilishi holatlari to‘g‘risida tegishli vakolatli organlarni xabardor qilish.
4.2.13. Axborot resurslari himoyasini taʼminlashga, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy birligini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqiruvlarni, urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi maʼlumotlar, separatizm va fundamentalizm, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, pornografiya va qonun bilan taqiqlangan boshqa maʼlumotlar tarqatilishini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
5. Abonentning huquq va majburiyatlari
5.1. Abonent quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Xizmatlardan Operator tomonidan belgilangan Tariflarga, texnik reglamentlarga, O‘zbekiston Respublikasi standartlariga, Shartlarga hamda ushbu Shartnoma shartlariga muvofiq foydalanish.
5.1.2. Tarifni/tarif rejasini (arxiv tarif rejalaridan tashqari) va taqdim etilayotgan Xizmatni, Operator tomonidan belgilangan tartibda uning texnik imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘zgartirish.
5.1.3. Operator tomonidan O‘zbekiston Respublikasining texnik reglamentlari va standartlari hamda ushbu Shartnomaga muvofiq o‘z vaqtida va sifatli xizmat ko‘rsatilishini talab qilish.
5.1.4. Foydalanilgan xizmatlar hajmi, shuningdek, shaxsiy hisobdagi to‘lovlar tarixi, yechilgan va qoldiq mablag‘lar haqida batafsil maʼlumotlarni veb-interfeys orqali (taqdim etilgan xizmatlar turlariga tegishli) yoki Operatordan olish.
5.1.5. Taqdim etilgan xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq savollar paydo bo‘lganda, Operatorning maslahat va texnik yordamidan (veb-saytda joylashtirilgan shartlar asosida) foydalanish.
5.1.6. Operatordan Abonentgacha bo‘lgan aloqa kanallarining xususiyatlari va parametrlari yomonlashganda Operatorning texnik qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib, nosozliklar bartaraf etilishini talab qilish.
5.1.7. Operatorni yozma ravishda yoki elektron shaklda xabardor qilgan holda Xizmatlardan foydalanishni to‘xtatib turish.
5.1.8. Operator tomonidan ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlar buzilgan taqdirda va Xizmatlar uchun to‘lov bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmagan taqdirda, Operator bilan tuzilgan shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.
5.1.9. Taqdim etilayotgan xizmatlar bo‘yicha maʼlumotlarni va kiritilgan o‘zgartirishlarni Operatorning rasmiy veb-sayti orqali (har haftada bir marta) tekshirib borish.
5.1.10. Abonent O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida va mazkur Shartnomada nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
5.2. Abonent quyidagi majburiyatlarga ega:
5.2.1. Ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish.
5.2.2. Shartnoma bo‘yicha o‘z huquqlarini shaxsan o‘zi yoki qonunchilik hujjatlari yoki notarial tasdiqlangan ishonchnoma asosida ish yurituvchi vakil orqali amalga oshirish, shuningdek, Xizmatdan shaxsiy maqsadlarda foydalanish. Abonent qurilmasi bilan amalga oshirilgan Xizmatni olishga qaratilgan harakatlar Abonent nomidan va uning manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
5.2.3. Xizmatdan foydalanishdan oldin amaldagi Xizmatlar ro‘yxati, tarif rejalari, Xizmatlar uchun tariflar va boshqa qo‘shimcha maʼlumotlar bilan tanishish.
5.2.4. O‘zbekiston Respublikasi standartlariga muvofiq sertifikatlangan Abonent qurilmasidan foydalanish.
5.2.5. Abonent qurilmasidan foydalanish bo‘yicha ishlab chiqaruvchining ko‘rsatmalariga muvofiq, maʼlum bir hududda amaldagi maxsus ko‘rsatmalar va qoidalarga va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘sqinlik yoki xavfli vaziyatdagi cheklovlarga rioya qilgan holda foydalanish. Operator belgilangan cheklovlar va talablar to‘g‘risida Abonentni xabardor qilishga majbur emas.
5.2.6. Xizmatdan qonunchilik bilan taqiqlangan maqsadlarda foydalanmaslik, shuningdek, Operatorga va/yoki tegishli uchinchi shaxslarga zarar yetkazuvchi harakatlarni sodir etmaslik, shu jumladan Abonent qurilmasidan dasturiy taʼminotni tarqatmaslik va uning tarqatilishida yordam bermaslik, IP-manzillarini, abonent raqamlarini soxtalashtirmaslik. Operator tarmog‘i, uskunalari, dasturiy taʼminotining normal ishlashiga xalaqit beradigan xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, ruxsat etilmagan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik va Operator tarmog‘idagi resurslar va xizmatlardan ruxsatsiz foydalanmaslik.
5.2.7. Abonent Operatorga rasman tasdiqlangan shaxsiy maʼlumotlarni, shuningdek, xatlarni yetkazib berish uchun aniq bank rekvizitlari, pochta manzili va asosiy/vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tgan/yashash joyi/joylashgan manzili, Ommaviy oferta shartlarini bajarish uchun foydalaniladigan boshqa maʼlumotlarni va Operatorga zarur bo‘lgan maʼlumotlarni taqdim etishi shart. Ko‘rsatilgan maʼlumotlar o‘zgargan taqdirda, ushbu o‘zgartirishlar kuchga kirgan kundan boshlab, 10 kalendar kun ichida Operatorga yangi maʼlumotlar taqdim etilishi shart (Abonent tomonidan mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Operator tomonidan majburiyatlar lozim darajada bejarilgan deb hisoblanadi). Operator tomonidan Abonentning yangi pochta manzili maʼlumotlaridan foydalanib, Xizmat ko‘rsatilishi bunday maʼlumotlar taqdim etilgan keyingi oyning birinchi ish kunidan boshlab, amalga oshiriladi.
5.2.8. Axborot xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya qilish, Operatorga axborot xavfsizligi masalalarini hal qilishda yordam berish.
5.2.9. Joriy hisob-kitoblar tartibiga, Tarif/Tarif rejasiga va ko‘rsatiladigan Xizmat shartiga muvofiq Xizmat uchun o‘z vaqtida to‘lovni amalga oshirish, shu jumladan Shaxsiy hisobdagi ijobiy balansni saqlash, ushbu Shartnomaga muvofiq Operatorning joriy hisob raqamiga zarur to‘lovlarni/Abonent to‘lovini o‘z vaqtida amalga oshirib borish.
5.2.10. Tarmoq tafsilotlari beixtiyor oshkor qilingan taqdirda, darhol Operatorni xabardor qilish va Operator bilan kelishilgan holda Autentifikatsiya maʼlumotlarini (parolni) o‘zgartirish.
5.2.11. Ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilish.
5.2.12. Abonent qurilmasi yoki dasturiy taʼminot orqali, shuningdek, o‘zining yoki boshqa birovning autentifikatsiya maʼlumotlaridan o‘zining shaxsiy daromadini ko‘zlagan holda ataylab foydalanish orqali aloqa kanallari va Operatorning dasturiy apparat vositalariga zarar yetkazish ehtimolini oldini olish.
5.2.13. Konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga daʼvatlarni, urushni, zo‘ravonlikni va pornografiyani targ‘ib qilish, diniy va milliy adovatni qo‘zg‘atish, inson shaʼni va qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan maʼlumotlarni hamda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida tarqatilishi taqiqlangan boshqa maʼlumotlarni joylashtirmaslik/tarqatmaslik.
5.2.14. Abonent O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham o‘z zimmasiga olishi mumkin.
5.3. Abonent Xizmatdan foydalanish bo‘yicha barcha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Operator tomonidan taqdim etilgan Xizmatdan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligini buzgan holda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5.4. Abonent Xizmatdan foydalanishda Operator huquqlarini, shuningdek, uchinchi shaxslarning intellektual huquqlarini buzmaslik majburiyatini tan olishini kafolatlaydi.
5.5. Abonent:
5.5.1. Oferta shartlarini tasdiqlash/qabul qilish/aksept berish va Oferta shartlarida Shartnomani tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha huquq va vakolatlarga ega ekanligini, o‘z hoxish irodasi bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarga kirishayotganligini kafolatlaydi.
5.5.2. Abonent Masofaviy xotirada saqlangan Kontentdan foydalanish, tarqatish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega ekanligini va Kontent qonuniy ravishda Abonentga tegishli ekanligini kafolatlaydi.
5.5.3. Abonent Xizmatdan va/yoki uning individual funksiyalaridan faqat vijdonan foydalanishini, shuningdek, uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzishga qaratilgan yoki ularga olib keladigan harakatlarni amalga oshirmasligini kafolatlaydi.
5.5.4. Abonent Xizmatdan foydalanganda taqiqlangan Kontentni Yuklab olish, Sinxronizatsiyalash, Tarqatish, saqlash va boshqa harakatlarni amalga oshirmasligiga kafolat beradi.
5.6. Abonent shaxsiy maʼlumotlar bo‘yicha amaldagi qonunchilikka rioya qilish va uchinchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlarini masofaviy saqlashga joylashtirmaslik majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
6. Telekommunikatsiya xizmatlari uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi
6.1. Barcha turdagi xizmatlar uchun tariflar/tarif rejalari Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tasdiqlangan tariflar/tarif rejalari narxnomasi Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
6.2. Xizmat narxlariga qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) kiritilgan (qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).
6.3. Xizmat tegishli Tarif/Tarif rejasida (jismoniy shaxslar uchun) belgilangan miqdordagi to‘lovni to‘liq hajmda to‘lash sharti bilan taqdim etiladi. Operator xizmatlardan foydalanish boshlangan paytdan boshlab to‘lovning sarflanmagan qismi qoldig‘ini saqlab qoladi. To‘lovdan Abonent faqat Xizmatdan foydalanish imkoniyati uchun foydalanishi mumkin.
6.4. Operator Abonentga (yuridik shaxslar uchun) Operatorning amaldagi tariflariga muvofiq ko‘rsatilgan xizmati uchun hisob-fakturani taqdim etadi. Hisob-faktura bo‘yicha to‘lovlar Abonent tomonidan hisob-faktura taqdim etilgan kundan boshlab 20 kalendar kuni ichida amalga oshirilishi kerak.
6.5. Ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov Abonent tomonidan Operatorning hisob raqamiga pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan, naqd yoki naqd pulsiz tarzda pul o‘tkazishning har qanday mavjud usullari, shu jumladan uchinchi tomonning to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.
6.6. To‘lovlar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi.
6.7. Abonent uchinchi tomonning to‘lov tizimlari (Payme & Click va boshqa to‘lov tizimlari/vositalari) orqali foydalanilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirganda, Operator uchinchi tomonning to‘lov tizimidan Operator hisobiga tushgan mablag‘larni Abonentning shaxsiy hisob raqamiga o‘tkazadi. Bunda, uchinchi tomonning to‘lov tizimlari, terminallar va banklardan pul mablag‘larini o‘tkazish bilan bog‘liq yuzaga kelgan nizolar uchun Operator javobgar emas.
6.8. Xizmat ko‘rsatilishiga qarab, Abonent tomonidan to‘lov sifatida kiritilgan mablag‘lar, tariflar va belgilangan tarif qoidalariga muvofiq uning balansidan yechib olinadi.
6.9. Jismoniy shaxslar uchun xizmatlar Abonentga to‘lovning ijobiy qoldig‘idan oshmaydigan miqdorda taqdim etiladi. Agar Abonentning oldindan to‘lov qoldig‘i bitta ulanish uchun zarur bo‘lgan miqdordan kamroq darajaga tushsa, Xizmat ko‘rsatilmaydi.
6.9.1. Yuridik shaxslarga xizmatlar hisobot davri uchun hisob-faktura bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganda va muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lmaganda ko‘rsatiladi.
6.10. Abonentning Shaxsiy hisobidan u tomonidan foydalanilgan Xizmat haqini bir yo‘la yechib olishning iloji bo‘lmagan hollarda, foydalanilgan Xizmat uchun to‘lovlar kechiktirilgan rejimda yig‘ilib boriladi va yig‘ilgan summalar qayta hisoblab chiqilganidan so‘ng, Abonentning Shaxsiy akkauntidagi qoldiq manfiy bo‘ladi. Tomonlar Abonentning Operator oldidagi bunday qarzini nizosiz deb belgilaydilar va Operator Xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘yadi. Shundan so‘ng Operator yozma ravishda yoki elektron shaklda mavjud qarzdorlik haqida, uni to‘lash talabi bilan Abonentni xabardor qiladi.
6.11. Shartnoma bekor qilingan taqdirda, Abonentning Shaxsiy kabinetidagi foydalanilmagan mablag‘lar summasi Operator tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlariga muvofiq Abonentga qaytariladi.
6.12. Tarif birligidan kelib chiqqan holda trafikni hisoblash taʼminlanmagan hollarda, tariflash Tariflar va xizmatlar Narxnomasiga muvofiq, shuningdek, tanlangan Xizmat qoidalari va shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6.13. Abonentning Shaxsiy akkaunti Tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish vositasidir.
7.1. Operatorning xizmat ko‘rsatish zonasidagi Xizmatlar O‘zbekiston Respublikasining texnik meʼyorlariga, texnik standartlariga, shuningdek, Operatorda mavjud bo‘lgan litsenziyalarga muvofiq taqdim etiladi.
7.2. Operator taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining yomonlashishi yoki ularning tugatilishi tabiiy sharoitda radioto‘lqinlarning tarqalishi va bir-biri bilan tutashishi, Abonentning binolar yaqinida yoki ichida, tunnellarda, yerto‘lalarda va boshqa yer osti inshootlarida bo‘lishi; relyef va binolarning mahalliy xususiyatlari sababli; abonent uskunasining texnik tavsiflari va holati, meteorologik sharoitlar va Operator ularning paydo bo‘lishiga taʼsir qila olmaydigan yoki oldindan ko‘ra olmaydigan boshqa sabablar natijasida yuzaga kelganligi bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.
7.3. Operator ushbu bo‘limning 7.2-bandida ko‘rsatilgan sabablardan, shuningdek, Abonent tomonidan belgilangan talablarga javob bermaydigan nuqsonli Abonent uskunasidan yoki ishlab chiqaruvchi va Operatorning roziligisiz o‘zgartirilgan yoki modifikatsiya qilingan Abonent uskunasidan foydalanganligi sababli kelib chiqqan Xizmatning kamchiliklari va boshqa oqibatlar uchun javobgar emas.
8.1. Operator Abonent oldida quyidagilar uchun javobgardir:
8.1.1. Belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik, xizmatlar ko‘rsatish muddatlarini va kamchiliklarni bartaraf yetish muddatlarini buzganlik, xizmatlar to‘g‘risidagi maʼlumatlarning ishonchligi uchun ushbu xizmatlarning ijrochisi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki ushbu Ommaviy ofertasi bilan nazarda tutilgan tartibda.
8.1.2. Abonentning shaxsiy maʼlumotlari to‘g‘risidagi maʼlumotlardan foydalanish tartibi buzilganligi uchun.
8.2. Abonent Operator oldida quyidagilar uchun javobgardir:
8.2.1. Autentifikatsiya maʼlumotlari va Abonentni individuallashtiradigan boshqa maʼlumotlarning oshkor etilishiga, yo‘qotilishiga, o‘g‘irlanishiga va boshqa holatlarga olib keladigan harakat va/yoki harakatsizlikka, shuningdek, Abonentning hisob maʼlumotlaridan foydalanadigan uchinchi shaxslarning har qanday harakatlari va/yoki harakatsizligiga. Operator o‘z hisob maʼlumotlaridan foydalanadigan Abonent va/yoki uchinchi shaxslarning yuqorida keltirilgan harakatlari uchun javobgar emas.
8.2.2. Ushbu Ommaviy ofertaning shartlari, tariflari o‘zgarganligi va boshqa o‘zgarishlar to‘g‘risida xabar berilgandan so‘ng, Abonentning 10 kalendar kundan keyin ham Xizmatlardan foydalanishni davom ettirishi, ushbu o‘zgartirishlarga so‘zsiz rioya qilish va ularga roziligini, shuningdek, veb-saytda xizmatlar ko‘rsatishdagi o‘zgartirishlar mavjudligini muntazam tekshirib borilishini bildiradi.
8.2.3. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid bo‘lgan harakatlar sodir etilishiga, shu jumladan:
- jazo tahdidi ostida sodir etilgan aybli ijtimoiy xavfli qilmish yoki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida taqiqlangan tajovuz (harakat yoki harakatsizlik), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazish xavfini keltirib chiqarish;
- shaxsga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga, mulkiga, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qilish, qonunga xilof ravishda (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) amalga oshirilgan harakat yoki harakatsizlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan tajovuzni amalga oshirish.
8.2.4. Unga berilgan tarmoq maʼlumotlarining maxfiyligini saqlash va u tomonidan yuboriladigan yoki olinadigan maʼlumotlarga nisbatan qo‘llaniladigan mualliflik huquqi va boshqa qonunlarga rioya qilish.
8.3. Ushbu Ommaviy ofertada nazarda tutilgan shartlar buzilganligi uchun Abonent Operatorga yetkazilgan zararni to‘liq qoplash sharti bilan javobgar bo‘ladi.
8.4. Tomonlarning ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan boshqa hollardagi javobgarligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
9.1. Operator quyidagilar uchun javobgar emas:
9.1.1. Operatorga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, Abonent tomonidan Operatorning ushbu Ommaviy ofertada belgilangan tartibda tarif o‘zgarishi to‘g‘risida tarqatilgan maʼlumotlar olinmaganligi, Operatorning aybisiz yuzaga kelgan, xizmatlardan foydalanish yoki foydalana olmaslik holatlari natijasida Abonentga yetkazilgan har qanday zarar uchun.
9.1.2. Operatorning apparat va dasturiy taʼminoti bilan bog‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarni uzatish tarmog‘iga har qanday shikast yetkazilgan hollarda ushbu Ofertaga muvofiq Xizmat ko‘rsatish shartlari bo‘yicha belgilangan majburiyatlar bajarilmaganligiga.
9.1.3. Abonent o‘zining autentifikatsiya maʼlumotlarini oshkor qilishi, Abonent uskunasidan foydalanish qoidalarini buzishi, shuningdek, uchinchi shaxslarning harakatlari, xususan, ruxsatsiz pochta almashinuvi, virus hujumlari va boshqalar natijasida kelib chiqqan har qanday turdagi zarar uchun.
9.1.4. Tarmoqning ishlashi va rivojlanishini taʼminlash zarurati bilan bog‘liq uskunalarni, dasturiy taʼminotni almashtirish yoki boshqa ishlarni bajarish bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda to‘liq yoki qisman uzilishlar uchun.
9.1.5. Abonent tomonidan tarmoq orqali uzatiladigan maʼlumotlarning mazmuni uchun, shuningdek, Operator xizmatlaridan foydalanish yoki foydalana olmaslik natijasida Abonentga har qanday turdagi yetkazilgan zarar uchun.
9.1.6. Tizimda va Abonent qurilmasining dasturiy taʼminotida mavjud nosozliklar uchun.
9.1.7. Texnik sabablarga ko‘ra va fors-major holatlariga ko‘ra Abonentga uzoq vaqt davomida xizmatlar taqdim etilmagan hollarda, shu jumladan:
- Operatorning nazorati yoki mulki bo‘lmagan aloqa kanallari va uskunalarining uzilishi yoki buzilishi davrida;
- Abonent tomonidan yoki Abonentning roziligi bilan Xizmatdan foydalanuvchi uchinchi shaxs tomonidan bevosita yoki bilvosita uyushtirilgan harakatlar sababli Xizmatlar ko‘rsatilishi to‘xtatilgan davrlar (bu Operatorning texnik xizmatlari bilan muvofiqlashtirilmagan apparat yoki dasturiy taʼminot modifikatsiyalarini, shuningdek, tarmoq tafsilotlarini mustaqil ravishda qayta o‘rnatishni anglatadi);
- 30 (o‘ttiz) daqiqadan kam bo‘lmagan davrda.
9.1.8. Abonentning dastlabki buyurtmasi asosida Kontent-provayder tomonidan Operator tarmog‘i orqali yuborilgan Kontentning mazmuni va sifatini taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik.
9.1.9. Abonentga boy berilgan foyda ko‘rinishdagi ziyonni qoplash.
9.2. Operator (Internet xizmatlarini ko‘rsatish, maʼlumotlarni uzatish va Wi-Fi xizmatlarini ko‘rsatishda) o‘z yurisdiksiyasi ostida bo‘lmagan (to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorati va nazorati ostida) resurslar, serverlar va maʼlumotlarni uzatish tarmog‘i segmentlarining mazmuni, mavjudligi va ishlashi uchun javobgar emas.
9.3. Abonent tomonidan uchinchi shaxslarning shaxsiy maʼlumotlari masofaviy saqlash uchun yuklanganda (maʼlumotlarga kirish va ularni qayta ishlash imkoni yuqligi sababli) Operator javobgar hisoblanmaydi.
10. Yengib bo‘lmaydigan kuchlar holatlari
10.1. Ushbu Ommaviy oferta/Abonent shartnomasi bo‘yicha Tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari, yong‘inlar va boshqalar) yoki siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab, import va eksportni taqiqlash, ommaviy biologik yoki kimyoviy ifloslanish xavfi yoki radiatsiyaviy nurlanish xavfi yoki maʼlum bir (cheklangan) hududda yoki respublika hududida favqulodda vaziyat/holat eʼlon qilinishi, pandemiya yoki sanitariya-epidemiologik vaziyat yomonlashishi oqibatida karatin yoxud vaqtinchalik boshqa cheklovlar, shu jumladan, fuqarolarning ayrim huquqlari bo‘yicha cheklovlar o‘rnatilishi va boshqalar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda Tomonlarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda vaziyat, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar fors-major holatlari deb toifalanadi.
10.2. Mazkur Ommaviy oferta shartlarida Abonent shartnomasi tuzilganidan keyin kelib chiqqan va Tomonlarning nazorati ostida bo‘lmagan fors-major holatlarining (favqulodda vaziyat xarakterining) bevosita natijasi bo‘lsa, Tomonlarning hech biri o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
10.3. Tomonlarning o‘z majburiyatlarini bajarish muddati, bunday holatlar va ularning oqibatlari amal qilish muddatiga mutanosib ravishda qoldiriladi/uzaytiriladi. Agar Abonent shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar bajarilishining imkoni bo‘lmasa, mazkur moddada ko‘rsatilgan holatlarning kelib chiqishi, amal qilish muddati va bekor qilinishi to‘g‘risida bir Tomon 10 (o‘n) kalendar kuni davomida yozma ravishda boshqa Tomonga xabarnoma yuboradi. Ushbu xabarnomada bayon etilgan faktlar O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
10.4. Agar majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilmasligi 3 (uch) kalendar oyidan ortiq vaqt mobaynida mavjud bo‘lsa, Operator Abonent shartnomasini Abonentning mumkin bo‘lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarni) qoplash majburiyatisiz to‘liq yoki qisman bekor qilishga haqli.
11. Nizolarni hal qilish tartibi
11.1. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha barcha nizolar va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, Tomonlar talablari asosida, nizolarni sudgacha hal etish tartibiga, shu jumladan, mediatsiya tartibiga rioya qilingan holda va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan normalarga muvofiq hal qilinadi.
11.1.1. Abonent – jismoniy shaxs uchun: Tomonlar o‘rtasida nizo va kelishmovchiklar yuzaga kelgan vaziyatlarda Operatorning tegishli ofisi joylashgan joyidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudida O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11.1.2. Abonent – yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki qonun hujjatlariga ko‘ra, yuridik shaxsni tashkil etmagan holda faoliyat yurituvchi fuqarolik-huquqiy munosabatlarning boshqa ishtirokchisi, nodavlat-notijorat tashkilot, ommaviy-huquqiy tashkilot va boshqalar uchun: Tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan nizo va kelishmovchiliklar O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida ko‘rib chiqiladi.
11.2. Xizmatni ko‘rsatishni rad etish, Shartnomadan kelib chiqadigan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/eʼtiroznoma ko‘rinishidagi murojaat/shikoyat Xizmat ko‘rsatilgan, uni ko‘rsatish rad etilgan yoki hisob taqdim etilgan kundan boshlab, ko‘pi bilan 6 (olti) oy ichida berilishi lozim. Bunday murojaatda, ko‘rib chiqilishi zarur bo‘lgan hujjatlar ilova qilinadi, bu hujjatlarda Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi to‘g‘risidagi maʼlumotlar, yetkazilgan zarar qoplanishi to‘g‘risida daʼvo qilingan holda — yetkazilgan zarar fakti va miqdori to‘g‘risidagi maʼlumotlar ko‘rsatilishi lozim.
11.2.1. Abonent tomonidan yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/eʼtiroznoma ko‘rinishidagi murojaati kelib tushgan kunning o‘zida Operator tomonidan ro‘yxatga olinib, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11.3. Xizmat ko‘rsatilishi yetarli darajada amalga oshirilmaganligi yoki ko‘rsatilmaganligi bilan bog‘liq eʼtirozlar mazkur Ommaviy ofertaning 11.4-bandida ko‘rsatilgan sanaga amal qilingan holda qabul qilinadi va qonunchilik hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
11.3.1. Bunday eʼtirozga javob telegraf, teletayp, elektron pochta (e-mail), shuningdek, aloqa vositalarining boshqa usullaridan foydalangan holda, Abonentga topshirilganligi to‘g‘risida yozma shaklda tasdiqnoma bilan yoki buyurtma xat orqali yuboriladi.
11.4. Abonentning yozma/elektron shaklda taqdim etilgan ariza/eʼtiroznoma/shikoyat/taklif ko‘rinishidagi murojaati ko‘pi bilan 30 (o‘ttiz) kun davomida ko‘rib chiqiladi va tegishli shaklda javob beriladi. Bunda, murojaatni ko‘rib chiqish uchun 15 (o‘n besh) kundan ortiq muddat talab etilsa, murojaat muallifi ushbu haqda majburiy ravishda xabardor qilinadi.
11.5. Tarmoqqa noqonuniy/ruxsatsiz kirish yo‘li bilan uchinchi shaxslarning xizmatlaridan foydalanish natijasida nizo/kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Operator sodir etilgan xatti-harakatlarning tegishliligini aniqlash uchun belgilangan tartibda ichki texnik tekshiruv o‘tkazishga haqli.
11.6. Agar Operatorda, Abonent tomonidan Operator Xizmatidan vijdonan foydalanilganligiga shubha tug‘ilsa, u istalgan maqbul usulda Abonentga Operator ofisiga kelish lozimligi haqida xabarni yuborib, xabarda holatlarni aniqlashtirish va xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatib turish mumkinligi haqida tushuntirish beradi. Agar Operatorning xabarnomasi yuborilgan kundan boshlab, 3 (uch) kalendar kuni mobaynida Abonent tomonidan bajarilmasa, Operator Abonent tomonidan Operator talab qilgan shartlar bajarilgunga qadar Xizmat ko‘rsatilishini to‘xtatishga haqli.
11.7. Ko‘rsatilgan Xizmat uchun vujudga kelgan va ixtiyoriy ravishda to‘lanmagan Abonentning Operator oldidagi qarzdorliklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan sud buyrug‘i/qarori/notariusning ijro yozuvlariga asosan so‘zsiz, majburiy tartibda undiriladi.
11.8. Operatorga kelib tushgan murojaatda hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar Operator vakolati doirasiga kirmaydigan bo‘lsa, murojaat kelib tushgan sanadan 5 (besh) kundan kechiktirmay, tegishliligi bo‘yicha, davlat organlari, tashkilotlar va mansabdor shaxslarga yuboriladi va ushbu haqda Abonentga belgilangan shaklda xabar beriladi.
12. Shartnomaning amal qilish muddati. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish shartlari
12.1. Shartnoma Abonent tomonidan mazkur Ommaviy ofertaning shartlari qabul qilingan/aksept amalga oshirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi va Shartnomada ko‘rsatilgan muddat davomida amal qiladi. Shartnomada amal qilish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, Abonent shartnomasi muddatsiz tuzilgan deb hisoblanadi.
12.2. Shartnoma shartlari, jumladan, Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, Xizmat uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi va boshqalar) haqida Operator tomonidan bir tomonlama tartibda, OAVda eʼlon berish, Operator veb-saytida joylashtirish, Abonenga SMS-xabar yuborish yoki elektron pochta manziliga, shuningdek, Operator uchun maʼqul bo‘lgan boshqa vositalar orqali usullarda) xabardor qilinadi.
12.2.1. Operator tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar (Tarif/Tarif rejalarini o‘zgartirish, xizmat uchun hisob-kitoblar tartibi va boshqalar) haqida tegishli xabarnomalar Abonentga yuborilgan sanadan boshlab yoki tegishli maʼlumotlar joylashtirilgan/eʼlon qilingan sanadan boshlab, ko‘rsatilayotgan xizmat turi toifasiga qarab, 15 (o‘n besh) kalendar kunigacha bo‘lgan muddat mobaynida Abonent tomonidan bunday o‘zgartirishlar yozma/elektron shaklda rad etilmasa, Abonent tomonidan to‘liq qabul qilingan hisoblanadi. Agar mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan muddat ichida Abonent tomonidan Operatorning bunday o‘zgartirishlarini qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, Abonent shartnomasi ushbu rad etish haqidagi murojaat kelib tushgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kalendar kun o‘tganidan keyingi kuni Abonent tashabbusi bilan bekor qilingan hisoblanadi.
12.3. Shartnoma (mazkur band matnida - shartnoma deb yuritiladi) quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:
12.3.1. Abonent tashabbusi bilan tugatish sababi ko‘rsatilgan yoki ko‘rsatilmagan holda shartnomani bekor qilish. Bunda, Abonent (jismoniy shaxslar bundan mustasno) Operatorga bekor qilish mo‘ljallangan/rejalashtirilgan sanadan kamida 15 (o‘n besh) kalendar kun oldin yozma/elektron shaklda xabar berishi shart. Bunda, shartnomani bekor qilish muddati Xizmatlar ko‘rsatiladigan joriy oyning oxirgi kuni deb hisoblanadi.
12.3.2. Quyidagi hollarda Operator tashabbusi bilan:
- Abonent tomonidan shartnoma shartlari va tanlab olingan xizmat qoidalari/shartlari buzilganida;
- majburiyatlarni bajarishning imkoni bo‘lmaganida (Xizmat ko‘rsatilishi uchun texnik imkoniyat mavjud bo‘lmaganida);
- yengib bo‘lmaydigan kuchlar/fors-major holatlarida;
- Abonent-jismoniy shaxs vafot etganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilganda (merosxo‘r/huquqiy voris mavjud bo‘lmagan hollarda).
12.3.3. Quyidagi hollarda Abonent shartnomasi bekor qilinib, Abonent Operator tarmog‘idan o‘chiriladi:
- Abonent tomonidan telekommunikatsiya xizmati turidan tijorat maqsadida va litsenziyasiz foydalanilgan holat aniqlanganda;
- Abonent tomonidan frod faktlari sodir etilganligi aniqlanganda;
- shartnomada yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
12.4. Shartnoma bekor qilingan paytdan boshlab, Tomonlarning majburiyatlari bekor qilingan deb hisoblanadi (shartnomani bekor qilish vaqtiga qadar ko‘rsatilgan, lekin Abonent tomonidan to‘lanmagan xizmat xaqi bilan bog‘liq majburiyatlar bundan mustasno).
12.5. Abonent shartnomasi bekor qilinganda ijobiy balans qoldig‘i - Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘larining qoldig‘i uning mavjud bank hisob raqamiga yoki uning bank plastik kartasiga o‘tkazish yo‘li bilan Abonentga qaytariladi. Bunda Abonent Operatorga tegishli yozma ariza va Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek, bank rekvizitlarini (bank nomi, bankning: MFO, STIR, pul mablag‘larini plastik kartaga o‘tkazish uchun tranzit hisob raqami va plastik karta raqami) ko‘rsatib, maʼlumot berishi shart.
12.5.1. Operator tomonidan Abonentning ijobiy balansi qoldig‘i - Shaxsiy hisob raqamidagi pul mablag‘lari qoldig‘ini qaytarish haqidagi arizasi olinganidan so‘ng, Abonentga pul mablag‘lari 15 (o‘n besh) bank kuni mobaynida qaytariladi. Bunda, Operator, Operator tomonidan Abonentga to‘lov tizimlari/To‘lov agentlari orqali (terminallari) o‘tkazilgan pul mablag‘lari uchun sarflangan xarajat/xizmat xaqini hisoblab, ushlab qolish huquqiga ega bo‘ladi.
12.6. Abonent – jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, Shartnoma Operator tomonidan o‘lim haqidagi guvohnomaning tegishli tasdiqlangan nusxasi yoki asl nusxasi taqdim qilinib, Operator ofisida nusxa olinganidan so‘ng, bekor qilinadi. Tugatish jarayonida bo‘lgan va yoki tugatilgan Abonent – yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkor yoki boshqa shaxslar bilan Abonent shartnomasini bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
13.1. Tomonlar ushbu Ommaviy ofertaga muvofiq o‘z huquqlari va majburiyatlari bilan bog‘liq ravishda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari normalarini buzishi mumkin bo‘lgan har qanday choralarni ko‘rmasliklari yoki xatti-harakatlarni sodir etmasliklari shart, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) pul yoki boshqa har qanday ko‘rinishda/shaklda pora berishni, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) noqonuniy to‘lovlarni taklif qilishi, rozilik/ruxsat/sanksiya berish, vaʼda qilish va amalga oshirish, shu jumladan, (lekin cheklanmagan holda) jismoniy yoki yuridik shaxslarga, shu jumladan, tijorat tashkilotlari, davlat xizmatchilari, xususiy korxona va kompaniyalar hamda ularning vakillari yoki affillangan shaxslariga.
13.2. Tomonlardan biri ushbu moddaning 13.1-bandida ko‘rsatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda, boshqa Tomon bir tomonlama suddan tashqari tartibda ushbu Ommaviy oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarishdan voz kechish huquqiga ega. Ushbu moddaga muvofiq Abonent shartnomasi bekor qilingan taqdirda Tomonlar bir-biriga yetkazilgan ziyon/zararni qoplamaydi (ko‘rsatilgan xizmatlar haqi yoki Abonent to‘lovi bo‘yicha Abonent majburiyatlari bundan mustasno).
13.3. Abonentga Xizmat ko‘rsatishda yuzaga keladigan va mazkur Ommaviy oferta bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hal etilmagan yoki hal etilmaydigan Tomonlarning boshqa huquqiy munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
13.4. Mazkur Ommaviy oferta Operatorning veb-saytida yoki OAVda eʼlon qilingan kundan boshlab, 15 (o‘n) besh kun o‘tganidan so‘ng, kuchga kiradi.