Savdo shaxobchasi ochish uchun belgilangan talab va majburiyatlar




  1. Savdo shaxobchasi qulay joylashgan, odamlar o’ta olishi mumkin bo`lgan va transport vositalarini to'xtash imkoniyati bor bo'lgan xududda joylashgan bo'lishi kerak.
  2. Savdo shaxobchasi boshqa binolardan alohida joylashgan va tashrif buyuruvchilar uchun to'g'ridan-to'g'ri kirish imkoniyatiga ega bo'lgan bino xududida joylashgan bo`lishi kerak (boshqa xonalar orqali emas).
  3. Taklif etilayotgan Savdo shaxobchasi aholi qatnovi yuqori bo`lgan xududda «O`zbektelekom» AK «O`zMobayl» filialining mavjud «A-Toshkent», «A-Region», «B-Toshkent», «B-Region» savdo shaxobchalaridan Toshkent shahrida kamida 250 metr oraliq masofada, boshqa viloyatlarda esa kamida 150 metr oraliq masofada bo‘lishi kerak.
  4. Savdo shaxobchasi soat 8:00 dan 20:00 gacha bo’lgan ish tartibini ta’minlashi va boshqa хonalar hamda o’zi joylashgan binoning ish tartibiga bog’liq bo’lmasligi kerak
  5. Video yozuvlarning eng kam soni 90 kunni tashkil etuvchi videokuzatuv kameralari bilan ta'minlangan bo`lishi kerak

Savdo shaxobchasini toifasiga ko`ra jihozlash bo`yicha belgilangan talablar:

Savdo shaxobchalarining toifalari*
Savdo shaxobchasi toifasi
«A – Toshkent» , «A – Region»*
Savdo shaxobchasi toifasi
 «B – Toshkent» , «B – Region»*
Savdo shaxobchasi toifasi
«MBR – Toshkent» , «MBR – Region»* 
- Faqat «O`zbektelekom» AK «O`zMobayl» filiali raqamlarini taqdim qiluvchi va xizmatlarini ko`rsatuvchi savdo shaxobchasi;
-savdo shaxobchasining joylashgan joyi:
-«O`zbektelekom» AK «O`zMobayl» filiali bilan kelishilgan holda;
-Toshkent shahri, Toshkent viloyatining shahar va tuman markazlari, viloyat markazlari, tuman markazlari va aholisi kamida 100 ming kishidan iborat bo'lgan shaharlarda aholi qatnovi yuqori bo`lgan  ko'chalar va  boshqa aholi punktlari; 
-savdo shaxobchasining maydoni kamida 15 kvadrat metr, ofisning kengligi kamida 3 metr bo'lib, sifatli ta'mirlangan bo'lishi kerak;
-devor: oq akril bo'yoq (hapyor va boshqalar mumkin emas);
- pol: oq yoki och kulrang plitka, plitka hajmi 30x30 dan kam bo’lishi mumkin emas, bej yoki och rang laminat / tarket;
shift: armstrong, gipsokarton (tekis, naqshsiz), plastik (oq);
- yoritilishi: har 5 kv.m. maydonga yoritish sektsiyasi  yoki ofis plafonlari o'rnatiladi;
- derazalar: vitrajli oynalar, fasad oynalar bilan kamida 80%ga qoplanilishi kerak;
- savdo shaxobchasini jihozlash talablariga muvofiq: – kompaniya ramzi tushurilgan yoritqichli peshlavxa (yonib turuvchi korob), yonlama peshlavxa (kronshteyn) - 1 dona, ma'lumot taxtasi - 1 dona, resepshn - abonentlarga xizmat ko'rsatish uchun, "ish tartibi" va "ochiq / yopiq"  ikki tomonlama ko’rsatkichli, raqamlar uchun stend - 2 dona. Reklama varaqalari uchun stend - buklet ushlagichi - 1 dona, A1 plakat uchun ramka kamida 4 ta dona, ishonchnoma va sertifikati uchun A4 ramkalar kamida 3 ta, yumshoq mebel (divan) - 1 dona, kamida 1 dona vitrina , «UZTELECOM» ko'rgazmali reklamasi bilan ekran o'lchami kamida d-40 sm bo'lgan LCD televizor.
- qo'shimcha xizmatlarning mavjudligi: to'lovlarni qabul qilish mashinalari, sertifikatlangan telefonlar va telefonlar uchun aksessuarlarni sotish;
- operatorlar soni – bitta yoki ikkita operator bo`lishi kerak;
- operator formasi: och rangli ko'ylak va beydjik;
- Orgtexnika mavjudligi: kompyuter, printer va billing tarmog`iga ulanish uchun modem, Internet tarmog`ining mavjudligi.
- Faqat «O`zbektelekom» AK «O`zMobayl» filiali raqamlarini taqdim qiluvchi va xizmatlarini ko`rsatuvchi savdo shaxobchasi;
-savdo shaxobchasining joylashgan joyi: shaharning markazi yoki aholi turar joylari, transport harakati yaxshi bo'lgan tuman markazi;
-savdo shaxobchasining maydoni kamida 8 kvadrat metr, ofisning kengligi kamida 2 metr bo'lib, sifatli ta'mirlangan bo'lishi kerak;
-devor: oq akril bo'yoq (hapyor va boshqalar mumkin emas);
-pol: oq yoki och kulrang plitka, plitka hajmi 30x30 dan kam bo’lishi mumkin emas, bej yoki och rang laminat / tarket;
shift: armstrong, gipsokarton (tekis, naqshsiz), plastik (oq);
-yoritish: yorqin yoritilgan;
-derazalar: vitrajli oynalar yoki akfa romlari, fasad oynalar bilan kamida 80%ga qoplanilishi kerak;
- savdo shaxobchasini jihozlash: talablariga muvofiq – kompaniya ramzi tushurilgan yoritqichli peshlavxa (yonib turuvchi korob), yonlama peshlavxa (kronshteyn) - 1 dona, ma'lumot taxtasi - 1 dona, resepshn - abonentlarga xizmat ko'rsatish uchun, "ish tartibi" va "ochiq / yopiq"  ikki tomonlama ko’rsatkichli, raqamlar uchun stend - 2 dona. Reklama varaqalari uchun stend - buklet ushlagichi - 1 dona, A1 plakat uchun ramka kamida 4 ta, Ishonchnoma va A4 sertifikati uchun ramkalar kamida 3 ta, ofis stullari -2 ta, «UZTELECOM» ko'rgazmali reklamasi bilan LCD televizor – xohishga qarab;
- qo'shimcha xizmatlarning mavjudligi: to'lovlarni qabul qilish mashinalari, sertifikatlangan telefonlar va telefonlar uchun aksessuarlarni sotish;
- operatorlar soni – bitta yoki undan ortiq operatorlar;
- operator formasi: och rangli ko'ylak va beydjik;
- Orgtexnika mavjudligi: kompyuter, printer va billing tarmog`iga ulanish uchun modem, Internet tarmog`ining mavjudligi.
-Boshqa mobil operatorlarning ham raqamlari va xizmatlarini taqdim qiluvchi savdo shaxobchasi;
-savdo shaxobchasining joylashgan joyi: shaharning markazi yoki aholi turar joylari, transport harakati yaxshi bo'lgan tuman markazi;
-savdo shaxobchasi joyi - abonentlarga xizmat ko'rsatish imkoniyati mavjud, sifatli ta’mirga ega xona bo`shi kerak;
-devorlar: toza, bo'yalgan;
-pol: tekis, pol qoplamasi bilan qoplangan (plitkalar, lenolium, tarket, laminat va boshqalar);
- shift: armstrong, gipsokarton, plastik yoki tekkis toza bo'yalgan shift;
- yoritish: yorqin;
- derazalar: vitrajli oynalar yoki akfa romlari, fasad oynalar bilan kamida 30%ga qoplanilishi kerak; 
- savdo shaxobchasini jihozlash: talablariga muvofiq - boshqa mobil operatorlar reklama jihozlariga mutanosib ravishda jihozlanadi, axborot taxtasi - 1 dona, abonentlarga xizmat ko`rsatish uchun ofis stoli, "ish rejimi" va "ochiq / yopiq" ikki tomonlama ko’rsatkichli - kamida 1tadan, reklama varaqalari uchun stend (buklet ushlagichi) - 1 dona, A1 plakati uchun ramka kamida 1 dona, ishonchnoma va sertifikat uchun A4 ramka kamida 2 dona, ofis stullari - kamida 1 dona. 
- qo'shimcha xizmatlarning mavjudligi: to'lovlarni qabul qilish mashinalari, sertifikatlangan telefonlar va telefonlar uchun aksessuarlarni sotish;
- operatorlar soni – bir dona;
- operator formasi: toza va tartibli kiyingan va beyjik taqilgan xolatda;
- Orgtexnika mavjudligi: kompyuter, printer va billing tarmog`iga ulanish uchun modem, Internet tarmog`ining mavjudligi.
 

 

«O`zbektelekom» AK «O`zMobayl» filiali tamonidan savdo shaxobchasini ochish uchun ruxsat berilganidan so'ng, savdo agenti savdo shaxobchasi dizayni va jihozlarini qat'iy ravishda GUIDELINE qoidalariga, shuningdek, «O'zbektelekom» AK «O`zMobayl» filiali tomonidan tasdiqlangan talablarga muvofiq amalga oshiradi.

 

Savdo agenti tomonidan reklamali bezash, ichki va tashqi jihozlash uchun sarflangan хarajatlar, «O`zbektelekom» AK «O`zMobayl» filiali tomonidan qoplab berilmaydi!

 

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun «O'zbektelekom» AK «O`zMobayl» filialining savdo nuqtalari bilan ishlash guruhi mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin.

 

*Agentlik shartnomasini tuzishda savdo shaxobchasini ochish, tashqi va ichki tamondan jihozlash bo`yicha tamonlarning o`zaro munosabatlari Agentlik shartnomasining "Tomonlarning o'zaro munosabatlari to'g'risidagi reglamenti" ga muvofiq amalga oshiriladi.

(Agentlik shartnomasining 2 - Ilovasi)