Ushbu xizmat xodimlar shtatini ta’minlash uchun sarflanadigan moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, shuningdek xodimlar uchun ish joyi ijara va ofis jihozlari bo‘yicha to’lovlarini qisqartirish imkonini beradi.

Xizmatning o‘ziga xosligi shundaki, tashkilotingizning virtual raqamiga qo‘ng‘iroq kelib tushganda, mijoz o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni olishi, ovozli xabar qoldirishi yoki ofis ishchisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan holda faks yuborishi mumkin. Kunning istalgan vaqtida biznesingiz bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan va hatto siz ofisdan tashqarida bo‘lgan vaqtingizda ham ish vazifalarini a’lo darajada bajaruvchi, noyob yordamchiga ega bo‘lasiz. 

Bundan tashqari, biznesingiz shartlariga muvofiq, virtual raqamga keluvchi barcha qo‘ng‘iroqlar boshqa istalgan telefon raqamiga yo‘naltirilishi mumkin. Bu Sizni butun xodimlar shtatini ofis bilan ta’minlash zaruriyatidan halos etadi va xodimning qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, mijozlarni u bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Virtual ofisga kirish imkonidan dunyoning istalgan nuqtasida turib, oddiygina internetga kirish orqali foydalanishingiz mumkin. O‘z Shaxsiy kabinetingiz orqali barcha kiruvchi raqamlar bo‘yicha istalgan ma’lumotni olishingiz, qabul qilingan barcha fakslarni elektron tarzda ko‘rishingiz va qoldirilgan ovozli xabarlarni eshitishingiz mumkin.

Qayerda bo‘lmang, ofisingiz ideal darajada ishlayotganiga, har bir mijoz va hamkoringiz doimo, bir marotaba raqamni terish orqali qo‘ng‘iroq qilib tushishiga va professional kotib bilan suhbatlashayotganinga ishonch hosil qilasiz.

Murojaat uchun raqam:  (+998 71) 200-80-80