Xizmat faollashtirilgandan so’ng CDMA abonentlari telefon o‘chirilgan bo‘lganda yoki tarmoqdan tashqari bo‘lgan hollarda o’tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida xabarnoma olishlari mumkin bo’ladi. Qo’ng’iroq qilgan abonentga ham chaqirilgan abonent tarmoqda ekanligi haqida SMS-xabarnoma yuboriladi. 
Xizmatni Kompaniya ofislari va call-markazda yoqish/o’chirish mumkin.

0 so‘m

Yoqish/o’chirish narxi

40 so’m

Xizmat abonent to‘lovi, kuniga

0 so‘m

114 raqamiga chiquvchi 1 SMS-xabarnoma

0 so‘m

114 raqamidan kiruvchi 1 SMS-xabarnoma

  • “O’tkazib yuborilgan qo’ng’iroq” xizmati (chaqirilayotgan abonentga xabarnoma)
    • Telefon o‘chirilgan yoki xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqari bo‘lgandan keyin, abonent tarmoqqa qaytsa, Uzmobile alfa raqamidan quyidagi SMS-xabar keladi:
      Sizgaqo'ng'iroqqilishdi/Vamzvonili: [(chaqiriqlar soni)
      [Abonent raqami] [oxirgi qo’ng’iroq vaqti HH:MM – Sana DD/MM]
      Misol uchun:
      Sizgaqo'ng'iroqqilishdi/Vamzvonili: (1)+998951234567 15:00 12.12.2015
  • “Tarmoqda” xizmati (qo’ng’iroq qilgan abonentga xabarnoma)
    • Abonent faol bo’lganda qo’ng’iroq qilgan abonentga chaqirilayotgan abonent tarmoqda ekanligi haqida SMS-xabarnoma yuboriladi (faqat Uzmobile GSM/CDMA tarmog’i abonentlariga):
      Abonent [chaqirilgan abonent raqami] snova dostupen.
      Misol uchun:
      +998951234567 abonent snova dostupen 12.12.2015 15:00 +998951234567 abonent tarmoqda
  • Qo’shimcha ma’lumot:
    • "O’tkazib yuborilgan qo'ng'iroq / Tarmoqda" xizmati yoqilgan bo'lsa, telefondagi "Javob berilmaganda qo’ng’iroqni boshqa raqamga yo’naltirish" funksiyasi ishlamaydi.
    • Agar xizmatlar bila bir vaqtning o’zida “ Shartsiz boshqa raqamga yo’naltirish” xizmati yoqilgan bo’lsa, u holda “O’tkazib yuborilgan qo’ng’iroq/Tarmoqda” xizmatlari uchun abonent to’lovlari SMS-ogohlantirishsiz yechib olinadi.
SMS buyruqlar SMS balans
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar