UZMOBILE qachon ish boshlagan va qanday xizmatlarni taqdim etadi?

2004-yildan boshlab “O‘zbektelekom” AK UZMOBILE filiali tomonidan CDMA-450 standartidagi mobil va statsionar aloqa xizmatlari ko‘rsatiladi. Prezident Qaroriga asosan 2015-yilda UZMOBILE GSM tarmog’i ishga tushirildi.

Nima uchun UZMOBILE Milliy operator deb ataladi?

2014-yil 12-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. UZMOBILE filiali O‘zbekiston mobil aloqasi milliy operatoriga aylandi, unga mobil aloqa bozorida milliy kompaniyaning keng ishtiroki uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda mamlakatning ko‘chma mobil aloqa tarmoqlarini yanada rivojlantirish vazifalari yuklatilgan.

4G nima va uni 3G dan, 3Gni 2Gdan farqi nimada?

4G – bu LTE (Long-Term Evolution) texnologiyasi bo‘yicha to‘rtinchi avlod aloqasi bo‘lib, 3G uchinchi avlod mobil aloqasining asosiy taraqqiyot yo‘nalishidir. Mobil aloqasining istiqbolli standartlarini ishlab chiquvchi Third Generation Partnership Project (3GPP) Xalqaro birlashmasi, LTEni UMTS standartidan keyin navbatdagi keng polosali mobil aloqa tarmog‘i sifatida tasdiqlagan. Uchinchi avlod (3G) tarmog‘i 3,6 Mbit /s.gacha ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlaydi. LTE o‘tkazish polosasiga bog‘liq holda baza stantsiyasidan foydalanuvchigacha bo‘lgan yo‘nalishda ma’lumotlar uzatishning nazariy eng yuqori tezligini 326,4 Mbit/s.gacha, qayta yo‘nalishda esa 172,8 Mbit/s. gacha ta’minlaydi. Ikkinchi avlod, /2G/ tarmog‘i esa ma’lumotlar uzatishning nazariy jihatdan yuqori tezligini GPRS texnologiyasi yordamida 56-114 Kbit/s.gacha, EDGE yordamida esa 473,6 Kbit /s.gacha ta’minlashga qodir.

UZMOBILE CDMA va GSM tarmog‘ida qanday xizmatlarni taqdim etadi?

Qo‘shimcha xizmatlar qatorida: mobil Internet va turli Internet-paketlar, virtual xususiy tarmoqlar (VPN), xalqaro muqobil qo‘ng‘iroqlar, qisqa raqamlar, “GUDOK” xizmati, xalqaro rouming, chaqiriqni boshqa manzilga yo‘llash, uch tomonlama chaqiriq (yoki konferensaloqa), ovozli pochta, qisqa xabarlar xizmati va boshqalar.

UZMOBILE GSM tarmog’i qoplami viloyatlarda qachon amalga oshiriladi?

2016-2017 yillarda butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab 2G/3G va 4G texnologiyasi joriy etilgan UZMOBILE GSM tarmog‘ini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Shu bilan bir vaqtda, UZMOBILEdan CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirish davom etadi.

“O‘zbektelekom” qanday xizmatlarni taqdim etadi?

Kompaniya tomonidan quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatining barcha turlari, Internet tarmog‘idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlari, CDMA/GSM standartlarida mobil aloqa xizmatlari, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etish. Kompaniya xizmatlari to‘rtta —UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOM TV™ savdo belgilari ostida ko‘rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14tasi mintaqaviy, 8ta ixtisoslashtirilgan va 3tasi sho‘ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2010-yil oxiriga kelib, 14 ming nafarni tashkil etdi. «O‘zbektelekom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma'lumotlar uzatish va Internet xizmatlari ko‘rsatuvchi sakkizta qo‘shma korxonalarda o‘z ulushiga ega.

UZMOBILE CDMA-450 standartida mobil aloqasi bilan qamrab olish darajasi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi barcha aholi punktlarining 85%(foizi).

GSM tarmog‘i ishga tushirilishi bilan birgalikda CDMA tarmog‘i ham rivojlantiriladimi?

«O‘zbektelekom» UZMOBILE CDMA-450 EV-DO tarmog‘ini rivojlantirishni davom ettiradi. Shu bilan birga, UZMOBILE GSM standarti tarmog‘ining qurilishi faol olib boriladi.

GSM tarmog’ida hisobni (balansni) qanday tekshirish mumkin?

- Balans tekshirish usullari: - USSD so’rov orqali: *100*1# (balans) *100*2# (SMS, daqiqa va MB qoldiqlari) - SMS orqali: 9999 raqamiga quyidagi kod bilan SMS yo’lash: 1001 (balans) 1002 (SMS, daqiqa va MB qoldiqlari) - GSM Shaxsiy kabinet orqali

Qanday qilib Internetni sozlash mumkin? GSM tarmog’ida qanday sozlamalar kiritilgan bo’lishi kerak?

Internet sozlash profil nomi: Uzmobile Qo’ng’iroq raqami: *99# APN(Точка доступа)- internet.uzmobile.uz MCC(Operator toifasi kodi)- 434 МNC(mobil tarmoq kodi)- 08

Qanday qilib kiruvchi SMS jo’natmalarni o’chirib qo’yish mumkin?

UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofislariga murojaat qilish kerak.

GSM qo’himcha xizmatlarini qaday boshqarish mumkin?

USSD-yordamchi: *111# orqali yoki Shaxsiy kabinet orqali boshqarish mumkin.

“Raqamni aniqlashni taqiqlash” bir marttalik xizmati GSM tarmog’ida bormi?

buning uchun raqam oldidan + o’rniga # belgisini qo’yib raqamni terish kerak, misol uchun: #998991234567, xizmat narxi 210so’m/daq.

“Tungi Internet” xizamtining “Tun”opsiaysini faollashtirganda, xizmat sutkaning qaysi paytida ishlaydi va cheklovsiz qancha MB beriladi?

«Tun» xizmati faollashgandan so‘ng tungi soat 01:00 dan ertalabgi soat 07:59 ga qadar amal qiladi. Agar abonent “Tun” xizmatini soat 00:00dan so‘ng, lekin soat 08:00:00 gacha faollashtirgan bo‘lsa, faollashtirgan vaqtdan boshlab xizmatdan foydalana oladi. Agarda, abonent xizmatni 08:00 dan 00:00gacha faollashtirsa, xizmatdan keyingi kun soat 01:00dan 08:00gacha foydalana oladi. Tezlik cheklanmaan, lekin agar uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlar 5000 MB dan ortsa, Internet tezligi 64 Kbit/sekundgacha pasayadi.

Men pasportimni o’zgartirdim, yangi pasportimdagi ma’lumotlar haqida xabar berishim kerakmi?

Pasport ma’lumotlari o’zgarganda, ulanish joyidagi UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga kelib, yangi pasport ma’lumotlarini taqdim etish kerak.

Qanday qilib qo’ng’iroqlar tavsilotini olishim mumkin?

Shaxsiy kabinet orqali yoki UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish orqali.

Men o’z raqamim bilan uzoq muddat foydalanmadim. Raqamdan foydalanmasa qancha vaqt ichida raqam saqlanib qoliniladi?

Raqam hisobdagi mablag’ o’zgargan eng oxirgi sanadan, yoki hisobda mablag’ qolmagan, xizmatlar to’xtaligan kundan boshlab 90 kun saqlanadi.

SIM-karta almashtirish necha pul?

“SIM-kartani almashtirish” xizmatining narxi 12000 so’m.

Men o’z kontraktim nusxasini yoqotib qo’ydim. Uni tiklash mumkinmi?

Ulanish amalga oshirilgan UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilish kerak.

Qanday qilib o’z raqamimni boshqa odam nomiga rasmiylashtirishim mumkin? Buning uchun ofisga kelish kerakmi?

Telefon raqamdan foydalanish huquqini boshqa odamga berganda, ya’ni raqamni boshqa odamga qayta rasmiylashtirganda, shartnoma egasi va qabul qiluvchi UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishlari kerak. Bunda barcha hisob raqamlarda qarzdorlik bo’lmasligi kerak. Xizmat narxi – 8400 so'm.

Men SIM-kartamni yoqotib qo’ydim. Nima qilishim kerak?

Agar SIM-karta yoki mobil telefoningizni yo’qotib qo’ysangiz filial Call-markaziga qo’ng’iroq qilib, telefon raqamingizni bloklab qo’yishingiz mumkin. Shu bilan birga raqam egasi UZMOBILE sotuv va xizmat ko’rsatish ofisiga, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan murojaat qilishi kerak.

Korporativ mijozlarni ulash uchun qanday hujjatlar zarur?

MChJ, XK, XF va boshqa xususiy korxonalardan (davlat ulushisiz) quyidagi hujjatlar kerak:

  • 1. “O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga korxona blankida (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Korxona blanki bo’lmasa, unda korxona muhri bilan xat barcha rekvizitlar bilan.

    Xat mazmuni: “Rahbariyat – “Korxona nomi” Sizdan tanlangan tarif rejalariga asosan (raqamlar soni)ta shartnoma tuzishga ruhsat berishingizni so’raymiz.
  • 2. “Guvohnoma” nusxasi korxona muhri bilan tasdiqlangan (muhr shart emas); Agar korxona faoliyati litsenziya talab qilsa, litsenziya nusxasi.
  • 3. Korxona direktori pasporti nusxasi.


Davlat byudjetidan moliyalashtiriluvchi korxonalar ( maktab, institut, tadqiqot markazlari, kutubxonalar va h.k.)
  • 1. O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga korxona blankida (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Korxona blanki bo’lmasa, unda korxona muhri bilan xat barcha rekvizitlar bilan. Agar tashkilotda to’lovlar g’aznachilikdan o’tsa g’aznachilikdagi hisob raqamini ko’rsatish kerak.
  • 2. Tashkilot direktori pasporti, guvohnoma/litsenziya/qaror nusxasi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
  • 1. “O’zbektelekom” AK “O’zMobayl” filiali direktori () nomiga rasmiy blankda (barcha rekvizitli x/r, STIR va h.k.) xat. Rasmiy blank bo’lmasa, unda barcha rekvizitlar bilan YaTT shaxsan kelsa bo’ldi.
  • 2. Tadbirkor muhri bilan tasdiqlangan patent nusxasi.
  • 3. Tadbirkor pasporti.

Qanday qilib harid qilingan internet paket muddatini uzaytirish mumkin?

Internet-paketni uzaytirish bir turdagi (ya’ni bir qiymatga ega bo‘lgan) paket harid qilish orqali amalga oshiriladi. Jamlangan megabaytlar amal qilish muddati oxirgi paketni sotib olgan kundan boshlab 30 yoki 90 kunni tashkil etadi. Bir turda bo‘lmagan (turli qiymatli) Internet-paketlarini faollashtirganda, amal qilsh muddati har bir paket uchun alohida belgilanadi. Trafik sarflanish tartibi paket faollashtirishtirilgan tartib asosida. Inertnet-paketning amal qilish muddati tugagandan so‘ng yangi Internet-paket faollashtirilmasa, megabayt qoldiqlari saqlanib qolinmaydi.

Uzmobile kompaniyasida 4G LTE qanday chastotada ishlaydi?

Uzmobile kompaniyasida 4G LTE tarmog’i 1800 MHz chastotada ya`ni 3 band da ishlaydi.

CDMA qurilmalarida internet sozlamari qanday amalga oshiriladi ?

CDMA qurilmalarida (modem, statsionar telefonlar) maxsus ilovani kompyuterga o’rnatgandan so’ng, quyidagi universal sozlamar kiritiladi
• Telefon: #777
• Foydalanuvchi: internet@uzcdma.uz
• Parol: password

CDMA qurilmalarida internetga ulanish davomida chiqadigan 691 xatolik nimani anglatadi?

691 xatolik bu CDMA qurilmalarida internet sozlamalarini noto’gri kiritganda yuzaga keladi. Masalan, profil nomi yoki parolni noto’g’ri kiritganda.

Oylik abonent to’lovi uchun xisobimda pul yetarli emas, qo’ngiroqlar uchun foydalanish imkoniyati bormi?

Xa bor. Agar oylik abonent to’lovi to’lanmagan bo’lsa, u holda abonentlarda kiruvchi qo’ng’iroqlar saqlanib qoladi. Agar abonent oylik to’lovini birdan to’lash imkoniyatiga ega bo’lmasa, *123# USSD kod orqali kunlik abonent to’lovi yechilishi rejimini yoqib foydalanishi mumkin!

Savolingizga javob topmadingizmi?

Bizga qo'ng'iroq qiling!

1099