Paket Kunlik abonent to’lovi Ulanish narxi (bir martalik) Trafik hajmi Faollashtirish O‘chirish Holati
MB 100 MB non stop 1 499 so'm 1 499 so'm 100 MB *222*1*5*1*1# *222*1*5*1*2# *222*1*5*4#
MB 200 MB non stop 2 999 so'm 2 999 so'm 300 MB *222*1*5*2*1# *222*1*5*2*2# *222*1*5*4#
MB 600 MB non stop 4 499 so'm 4 499 so'm 600 MB *222*1*5*3*1# *222*1*5*3*2# *222*1*5*4#
Holatni tekshirish
USSD buyrug'ini tering *100*2#
SMS yuboring 1002 sonini 9999 raqamiga yuborish
  • Internet xizmatlaridan har kuni soat 07:00 dan 18:59 gacha foydalanilganda Internet opsiyalar sarf etiladi. Bu davrdan tashqari esa trafik tarif rejasi yoki Internet-to‘plam doirasida (mavjud holatda) sarflanadi. Agarda tarif reja doirasida yoki Internet-to‘plam bo‘yicha trafik mavjud bo‘lmasa, foydalanilgan trafik tarif rejaning Internet-trafigi narxiga binoan narxlanadi.
  • Bir vaqtning o‘zida opsiyalardan faqat bittasiga ulanish mumkin.
  • Ulanish uchun haq xizmatga ulangan vaqtda olinadi, abonent to‘lovi har kuni hisobda yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lganda (oy uchun yaxlitlanmagan holda) yechib olinadi. Trafik har kuni ajratiladi (oy uchun yaxlitlanmagan holda).
  • Agar raqam bloklangan bo‘lsa yoki hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, trafik faqatgina faol holatga qaytgandagina va tegishli to‘lov amalga oshirilganda hamda xizmat haqi muvaffaqiyatli to‘ldirilgandan so‘ng ajratiladi.
  • Internet-trafik sarf etish ustuvorligi: 1) Bonus to‘plamlar; 2) Kunduzgi to‘plamlar doirasidagi trafik (07:00 dan 18:59 gacha); 3) Kunlik Internet-to‘plamlar (24 soatga kunlik to‘plamlar); 4) Tarif rejasi doirasidagi trafik; 5) TAS-IX uchun Internet to‘plamlar; 6) Tarif rejasi doirasidagi erkin resurslar; 7) “Internet-non-stop” xizmati doirasidagi Internet-to‘plamlar; 8) Boshqa sotib olingan Internet-to‘plamlar ularni faolashtirish tartibida.
  • Raqam, tarif reja almashtirilganda, xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
  • To‘plamni uzaytirish uchun abonent to‘lovi yechilganda, avvalgi davr uchun foydalanilmay qoldirilgan trafik hajmi Abonentning shaxsiy hisobida ulangan xizmatlar haqini yechib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud bo‘lgandagina yangi taqdim etilgan hajmga qo‘shiladi. Agarda hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, foydalanilmay qoldirilgan trafik hajmi kuyadi, to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab ulangan to‘plam shartlariga ko‘ra, yangi trafik hajmi taqdim etiladi.
  • “Kunduzgi Internet-opsiyalar” xizmati doirasida boshqa Internet-opsiyani faollashtirish uchun avval faollashtirilgan opsiyani o‘chirish lozim, bunda qoldiq trafik keyingi kunga qadar saqlab qolinadi.
  • Internet-opsiyalardan biri faolashtirilgandan so‘ng, mazkur opsiya o‘chirilmagunga qadar muntazam amal qiladi. Xizmatni o‘chirish bepul.
  • Trafikni sarf etish davri: opsiya doirasidagi trafik ustunlikka ega va birinchi navbatda sarf qilinadi.
  • Yuridik shaxslar opsiyaga “UzMobile” ofislarida yoki bevosita “Mobil byudjet” xizmati orqali buyurtma berishadi.
  • Muayyan opsiya doirasidagi trafik Internet-to‘plamlar trafigiga nisbatan bir xil turda emas, shu sababdan Internet-to‘plam faollashtirilganda trafik alohida hisobga olinadi.
  • Opsiyalarda kvant tarifikatsiyasi 1 KBni tashkil qiladi.
  • To‘plam qiymatini yechib olish uchun hisobda yetarli mablag‘ bo‘lgandagina opsiyaga ulanish mumkin.
  • Xizmatni ishga tushirilishi va uning shrtlari haqida xabardor qilish Filial tomonidan tegishli ma’lumotlarni Internet tarmog‘ida www.uztelecom.uz rasmiy saytida va boshqa aloqa vositalarida joylashtirish orqali amalga oshiriladi.
  • Xizmat O‘zR hududida UzMobile GSM (2G/3G/4G) tarmog‘i qamrov zonasida amal qiladi.