XIZMATLAR TURI NARXI, SO‘M
Shartnomani qayta rasmiylashtirish* 8400
Tеlеfon raqamini almashtirish 8400
Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti (7 kun)** 10000
Raqamni saqlab qo‘yish uchun to‘lov*** 126 so'm/kun
Tarif rejasini almashtirish ***** 4200
SIM-kartalarini almashtirish 8400
Shartnomani jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirish:

 

  • Yaqin qarindoshi (onasi, otasi, eri, xotini, o‘g‘li, qizi)ga shartnomani qayta rasmiylashtirishda Abonent qarindoshligini tasdiqlovchi zarur hujjatlarni (tug‘ilganlik haqidagi yoki nikoh qayd etilganlik haqidagi guvohnomalar) taqdim etishi zarur.
  • Raqam egasi vafot etgan holatda, vafot etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etilganda shartnoma yaqin kishi (onasi, otasi, eri, xotini, o‘g‘li, qizi) nomiga rasmiylashtiriladi.

 

Shartnomani jismoniy shaxsdan yuridik shaxs nomiga qayta rasmiylashtirish:

 

  • Jismoniy shaxs Abonentlar o‘z xizmatlarini ish joyi bo‘yicha tashkilotga qayta rasmiylashtirish huquqiga ega. Bunday hollarda, Abonent ish joyidan ma’lumotnoma, shuningdek ish beruvchi tashkilotdan tegishli xat taqdim etishi kerak.
  • Abonent tashkilotning ta’sischisi yoki rahbari hisoblanishi haqidagi tegishli hujjatlarni taqdim etganda, Abonent yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga (ya’ni, qayta o‘ziga) qayta rasmiylashtirganda, pulli toifa raqami uchun to‘lov to‘liq hajmda olinishini (yuridik shaxs tugatilishi hollari bundan mustasno) inobatga olishi zarur.

 

Shartnomani yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirish:

 

  • Korxonani tugatish yoki qayta tashkil etishda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
  • Shartnomani bir yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirishda boshqa holatlarda, Abonent pulli toifa raqamlar narxining 10%ni to‘laydi (ushbu shart turli dasturlar bo‘yicha chegirma orqali olingan raqamlar uchun qo‘llanilmaydi), pulli toifadagi raqam bilan kelgusida “shartnomani qayta rasmiylashtirish”da Abonent uning to‘liq qiymatini to‘laydi.

 

Shartnomani yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirishda:

 

  • Korxona tugatilganda yoki qayta tashkil etilganda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda;
  • Shartnomani bir yuridik shaxsdan boshqasiga qayta rasmiyshlashtirishda, Abonent pulli toifa raqamlar narxining 10%ni to‘laydi (ushbu shart turli dasturlar bo‘yicha chegirma orqali olingan raqamlar uchun qo‘llanilmaydi).

 

*Pulli toifadagi raqamlarni qayta rasmiylashtirishda, yangi Abonent pulli raqamning qiymatini 100% to‘laydi.

“Shartnomani qayta rasmiylashtirish”da pulli toifadagi raqamlar uchun to‘lov quyidagi hollarda amalga oshirilmaydi (faqatgina “Shartnomani qayta rasmiylashtirish” xizmati narxi to‘lanadi):

** Qo'ng'iroqlar haqidagi tafsilotlar faqat so'nggi 3 oy davomida taqdim etiladi.

*** Agar abonent raqami 2 oydan ortiq faol holatda bo'lmasa, yuqoridagi tarifga muvofiq raqamni saqlash uchun to'lov olinadi. Raqam abonent hisobida mablag' to'liq ishlatilgunga qadar saqlanib qoladi.

***** Tarif rejasini kuniga bir marotaba o‘zgartirish mumkin. Agar tarif rejasini o‘zgartirish qiymati tarif to‘lovi shartlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, to‘lov ushbu shartlarga asosan amalga oshiriladi.

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar