Mazkur xizmat barcha kirish qo‘ng‘iroqlarini siz o‘rnatgan boshqa raqamga yo‘naltiradi. Bu xizmat barcha abonentlar uchun amal qiladi. Kirish qo‘ng‘iroqlarini O‘zbekiston miqyosidagi istalgan boshqa raqamga yo‘naltirishni o‘rnatishingiz mumkin.
Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish xizmati xalqaro raqamlar yo‘nalishida amal qilmaydi.

0 so'm

Xizmatni faollashtirish narxi

0 so'm

Xizmat abonent to‘lovi, kuniga

  • Kirish qo‘ng‘iroqlari yo‘naltiriladigan telefon raqami xalqaro formatda ko‘rsatilishi kerak. Masalan, boshqa UZMOBILE raqami uchun +99899ХХХХХХХ, bunda XXXXXXX – yettita raqamli UZMOBILE raqamidir.
  • Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirishning bir nechta turlari bor:
    • kirish q‘ong‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirish (all calls) – hamma kirish qo‘ng‘iroqlar ko‘rsatilgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi;
    • agar telefon band bo‘lsa (if busy) – telefon band bo‘lgan holatda hamma kirish qo‘ng‘iroqlar ko‘rsatilgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi;
    • agar telefoningiz xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa (if not reachable) – telefon xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida yoki o‘chirilgan bo‘lsa, hamma kirish qo‘ng‘iroqlar ko‘rsatilgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi;
    • agar javob bo‘lmasa (if no reply) – qo‘ng‘iroqqa 5-30 soniyaga qadar javob bermasangiz, hamma kirish q‘ong‘iroqlar ko‘rsatilgan telefon raqamiga yo‘naltiriladi.
  • Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirishni o‘rnatish/bekor qilish tartibi:
    • Telefondagi “Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish” ("Переадресация", “Call Forwarding” yoki “Call Divert”)menyusi orqali; 
      Hamma kirish qo‘ng‘iroqlar ko‘rsatilgan telefon raqamiga yo‘naltirish uchun: 
      Telefon menyusi - “Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirish” (Переадресация/Call Forwarding/ Call divert) –Hamma qo‘ng‘iroqlar (All Calls) –O‘rnatish (Activate) –Telefon raqami – Tasdiqlash (ОК, Set/Activate).
    • Turli telefonlarda so‘zlamalar farqli bo‘lishi mumkin. 
      Quyidagi buyruqlar qo‘ng‘iroqlarini boshqa telefon raqamiga yo‘naltirishning barcha turlarida qo‘llanadi, faqat "Barcha qo‘ng‘iroqlar" («Все звонки») o‘rniga menyudan telefonga o‘rnatmoqchi bo‘lgan "Band bo‘lsa" yoki "Javob yo‘q" buyrug‘i tanlanishi kerak.
    • Quyidagi buyuruqlarni amalga oshirish orqali:
QO‘NG‘IROQNI BOSHQA RAQAMGA YO‘NALTIRISH TURI O‘RNATISH BEKOR QILISH
Shartsiz yo‘naltirish **21*telefon raqami#
Misol uchun, kiruvchi barcha qo‘ng‘iroqlarni+998991234567 raqamiga yo‘naltirish uchun, quyidagi buyruq kiritiladi: **21*+998991234567#
##21#
Telefon band bo‘lganda **67*telefon raqami#
Misol uchun, telefon band bo‘lganda qo‘ng‘iroqlarni +998991234567 raqamiga yo‘naltirish uchun, quyidagi buyruq kiritiladi: **67*+998991234567#
##67#
Javobsiz qo‘ng‘iroqlarda **61* telefon raqami **X# 
Bu yerda X = vaqt, sekundda (5 sekunddan 25 sekundgacha)
Misol uchun, qo‘ng‘iroqqa 10 sekund ichida javob bo‘lmaganda, qo‘ng‘iroqlarni +998991234567 raqamiga yo‘naltirish uchun, quyidagi buyruq kiritiladi: **61*+998991234567**10#
##61#
  • Qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirishda raqamni xalqaro formatda, yani «+» belgisi va davlat, operator kodi bilan birga kiritish kerak (misol uchun: +998991234567). 
  • Xizmat narxi: Boshqa raqamga yo‘naltirilgan qo‘ng‘iroqning bir daqiqasi tarif rejasiga asosan chiqish qo‘ng‘irog‘ining narxiga teng bo‘ladi.
  • Xizmatni boshqarish:
    • Barcha qo‘ng‘iroqni boshqa raqamga yo‘naltirishni bekor qilish - ##002#
    • Shartli yo‘naltirishlarni bekor qilish - ##004#
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar