Uzoq vaqtdan buyon "chiroyli" raqamni orzu qilganmisiz? Lekin sotib olish imkoniyati bo‘lmaganmi? UZMOBILE barcha GSM abonentlariga "Raqam ijarasi" xizmatini taqdim etadi.

Endilikda pullik raqamni muddatli to‘lov asosida sotib olish mumkin. Hammasi juda ham oddiy. Dastlabki to‘lov xizmatga ulanganda amalga oshirilsa, keyingi to‘lovlar 10 oy davomida to‘lab boriladi. Raqam qiymati xarid qilish chog‘ida qayd etiladi va xizmatdan foydalanishning butun davri davomida o‘zgartirilmaydi.
  • «Raqam ijarasi» xizmatini taqdim etish shartlari
  • Xizmat abonentga pullik toifadagi raqam uchun to‘lov muddatini uzaytirisb amalga oshirish imkonini beradi. Bunday holatda, birinchi to‘lov xizmatni ulash bilanoq amalga oshiriladi va keyingi to‘lovlar har bir kalendar oyining birinchi kunidan keyingi 10 oy ichida amalga oshiriladi. Har bir hisob-kitobning summasi xizmatni ulashda belgilangan toifadagi raqamlar sonining 10 foizini tashkil qiladi, agar abonent shu vaqt mobaynida tarmoq ichida bo‘lsa, natijada abonentga raqamning nominal narxidan 110% hisoblanadi.
  • Agar abonent oyning 1-sanasida blokirovka holatida (xizmat toxtatilgan) bo‘lsa, joriy oyda xizmat uchun abonent to‘lovi amalga oshiriladi va xizmatdan foydalanish qayta tiklanadi.
  • Xizmat uchun to‘lovlar yuqori o‘rinda turadi, xizmat uchun abonent to‘lovi amalga oshiriladi abonent hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmaganida ham, shuningdek, tarif reja abonent to‘lovi amalga oshirilgunga qadar xizmat uchun hisob to‘lovi amalga oshirilgan vaqtdacha blokirovkada bo‘ladi. Agar abonent blokirovkada bo‘lsa, xizmat to‘lovi hisoblanmaydi.
  • Tarif reja almashtirilganida xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
  • Pullik toifadagi raqam almashtirilganida raqamning narxi to‘langan qismi qaytarilmaydi. Raqamni almashtirish Filial qoidalariga muvofiq o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi.
  • Abonent yoki «UzMobayl» filiali tashabbusi bilan shartnoma bekor qilinsa, raqam narxining to‘langan qismi qaytarilmaydi.
  • Xizmat, xizmatga ulanish paytida pullik toifadagi raqamning to‘lovi 100% va 1 siklga pulli toifadagi raqamning nominal qiymatining 10 foizi amalga oshirilmaguniga qadar amal qiladi.
  • Xizmatga «UzMobayl» filiali ofislarida ulanish mumkin.
  • Xizmatga ulanish narxi - 0 so‘m, faqat pulli toifadagi raqamning narxi quyidagi tartibda har oyda 11 marta teng miqdorda to‘lanadi: pulli toifadagi xarajatlarning 10% xizmatga ulangan kuniga, qolgan 10% har oyning birinchi kunida, 10 oy ichida amalga oshiriladi.
  • Raqamning qiymati xizmatni ulash vaqtida belgilanadi va pullik toifadagi chegirmalar yoki o‘zgarishlarning kiritilishiga qaramay, xizmatning butun davri mobaynida o‘zgarmaydi.
  • Aksiyani o‘tkazish davrida ayrim toifalar raqamining o‘zgarishi amalga oshirilishi davrida yangi ulangan tegishli toifalarga xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi.
  • Xizmat shartnomasini buzish orqali faollashishdan to‘xtatiladi.
  • «Raqam ijarasi» xizmati faollashtirilgan raqam qayta rasmiylashtirilmaydi.
  • Pullik toifadagi raqam narxining to‘langan qismi haqida «UzMobayl» filiali ofislari va abonentlarni qo‘llab-quvvatlash xizmati (Call-Centre)dan ma’lumot olish mumkin.
  • Aksiyani ishga tushirilishi va undagi tegishli shartlar haqida «UzMobayl»ning Internet tarmog‘idagi www.uzmobile.uz rasmiy saytida tegishli axborotni joylashtirish yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali xabar beriladi.
  • «UzMobayl» www.uzmobile.uz rasmiy saytida tegishli axborotni joylashtirib yoki boshqa kommunikatsiya vositalari orqali xabardor qilib, masalan: SMS-tarqatma xabar va boshqalar orqali aksiya shartlarini o‘zgartirish huquqiga ega. Ishtirokchilar yuqorida ko‘rsatilgan saytdagi tegishli o‘zgarishlarni mustaqil tekshirib borishlari shart.
  • Xizmat shartlari O‘zbekiston Respublikasida, «UzMobayl» GSM tarmog‘i amal qilish zonasida taqdim etiladi.
  • Agar abonent 11 ta to'lovlarni amalga oshirmasa, xizmat o'chiriladi. "Ijaraga raqam" faol xizmati bilan pullik toifadagi raqamni taqdim etish shartnomasini tiklashda abonent pulli toifadagi raqamning to'liq narxini to'lashi kerak yoki "Ijaraga raqam" xizmatini boshqatdan ulashi kerak.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar