Mazkur xizmat Pre-paid tizim abonentlariga cheklanmagan tungi internet xizmatidan foydalanishga imkon beradi. Har bir abonent o‘ziga mos xizmatning “Tun”, "7 tun" yoki “30 tun” turidan birini tanlashi mumkin.

PAKET  NARXI  XIZMAT DOIRASIDA 1 MB BAHOSI 999018 RAQAMIGA SMS YUBORISH USSD ORQALI FAOLLASHTIRISH
Tun 6 300 so‘m 0 so‘m 1 *111*1*18*1#
7 tun 31 500 so'm 0 so'm 3 *111*1*18*3#
30 tun 99 000 so'm 0 so'm 2 *111*1*18*2#
  • Kunlik cheklanmagan tezlikdagi (abonent foydalanayotgan hududga qarab) internet trafigi chegarasi 12 000 МB ni tashkil etadi. Agar uzatilgan va qabul qilingan ma’lumotlar bir sutkada 12 000 MB dan ortsa, Internet tezligi 64 Kbit/sekundgacha pasayadi.
  • Xizmat barcha jismoniy va yuridik shaxs abonentlar uchun mavjud (M2M tarif rejasi abonentlari bundan musasno).
  • «Tun» xizmati faollashgandan so‘ng tungi soat 01:00 dan ertalabgi soat 07:59 ga qadar amal qiladi. Agar abonent “Tun” xizmatini soat 00:00dan so‘ng, lekin soat 08:00 gacha faollashtirgan bo‘lsa, faollashtirgan kundanoq xizmatdan foydalana oladi. Agarda, abonent xizmatni 08:00 dan 00:00 gacha faollashtirsa, xizmatdan keyingi kun soat 01:00dan 08:00 gacha foydalana oladi.
  • «7 tun» xizmati, faollashtirish sanasidan qat’iy nazar, 7 sutka amal qiladi.
  • «30 tun» xizmati, faollashtirish sanasidan qat’iy nazar, 31 sutka amal qiladi.
  • Abonent bir vaqtning o‘zida xizmatning faqat bir turini faollashtirishi mumkin.
  • “Tungi internet” xizmatning “Tun”, “7 tun” va “30 tun” turlari faollashtirilganda xizmat haqqi bir marta olinadi.
  • “Tungi internet” xizmatdan foydalanganda (soat 01:00 dan 7:59 gacha) Internet-paketdagi va tarif rejasiga kiritilgan internet trafigi sarflanmaydi.
  • Raqam va tarif rejasi almashtirilganda xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi.
  • UZMOBILE da internet-sessiyasi uzluksizligini inobatga olib, noto‘g‘ri tariflanishni oldini olish uchun, abonent soat 07:59 ga qadar internet-sessiyasini uzishi kerak.
  • Yuridik shaxslar xizmatni kompaniya ofislarida buyurtma berish orqali faollashtirishlari mumkin.
  • Xizmat O‘zbekiston Respublikasida UZMOBILE GSM (2G/3G/4G) tarmog‘i qamrab olish hududida abonent faol bo’lganda amal qiladi.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar