Ushbu xizmat xodimlar shtatini ta’minlash uchun sarflanadigan moliyaviy xarajatlarni kamaytirish, shuningdek xodimlar uchun ish joyi ijara va ofis jihozlari bo‘yicha to’lovlarini qisqartirish imkonini beradi.

Xizmatning o‘ziga xosligi shundaki, tashkilotingizning virtual raqamiga qo‘ng‘iroq kelib tushganda, mijoz o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni olishi, ovozli xabar qoldirishi yoki ofis ishchisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmagan holda faks yuborishi mumkin. Kunning istalgan vaqtida biznesingiz bo‘yicha barcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan va hatto siz ofisdan tashqarida bo‘lgan vaqtingizda ham ish vazifalarini a’lo darajada bajaruvchi, noyob yordamchiga ega bo‘lasiz. 

Bundan tashqari, biznesingiz shartlariga muvofiq, virtual raqamga keluvchi barcha qo‘ng‘iroqlar boshqa istalgan telefon raqamiga yo‘naltirilishi mumkin. Bu Sizni butun xodimlar shtatini ofis bilan ta’minlash zaruriyatidan halos etadi va xodimning qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, mijozlarni u bilan bog‘lanish imkonini beradi.

Virtual ofisga kirish imkonidan dunyoning istalgan nuqtasida turib, oddiygina internetga kirish orqali foydalanishingiz mumkin. O‘z Shaxsiy kabinetingiz orqali barcha kiruvchi raqamlar bo‘yicha istalgan ma’lumotni olishingiz, qabul qilingan barcha fakslarni elektron tarzda ko‘rishingiz va qoldirilgan ovozli xabarlarni eshitishingiz mumkin.

Qayerda bo‘lmang, ofisingiz ideal darajada ishlayotganiga, har bir mijoz va hamkoringiz doimo, bir marotaba raqamni terish orqali qo‘ng‘iroq qilib tushishiga va professional kotib bilan suhbatlashayotganinga ishonch hosil qilasiz.

Murojaat uchun raqam:  (+998 71) 200-80-80

 

VIRTUAL OFIS XIZMATI AHOLI
Bitta intellektual nomerdan foydalanish huquqini taqdim etish (bir marta to'lanadigan to'lov) 20 700 so'm
Bitta ovozli faylni yozish (bir marta toʻlanadigan toʻlov) 100 000 so'm
Ovozli menyuning 1 ta bandini ishlab chiqish yoki oʻzgartirish narxi 21 800 so'm
Bitta intellektual nomerdan foydalanish uchun abonent toʻlovi 65 000 so'm
Virtual navbat (bir vaqtning o'zida 10 tagacha qo'ng'iroqlar) bir oy uchun to‘lov 80 000 so'm
Pullik toifadagi Intellektual raqamni ajratish To'lov alohida tasdiqlangan tariflar bo'yicha olinadi 
API orqali integratsiya ishining narxi, 1 kishi/soat uchun (bir martalik
to'lov) 
300 000 so'm
API funksiyasini saqlab qolish uchun oylik to'lov 50 000 so'm