VDC (Virtual Data Center) yoki VPS (Virtual Private Server) xizmati - bu foydalanuvchi uchun virtual ajratilgan serverni taqdim etadigan xosting xizmatining bir turidir. Xizmatlar asosida buyurtmachi har qanday murakkablikdagi IT-infratuzilmani mustaqil ravishda yaratishi mumkin. VDC va VPS xizmatlari IaaS (Infrastructure as a Service) modeliga muvofiq qurilgan va kompaniyaning bulutli xizmat to‘plamiga kiritilgan.

VDC mavjudligi IT-xodimlarining o‘z Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qo‘llab-quvvatlash uchun bo‘lgan ehtiyojining o‘rnini bosadi. Xizmatlarni boshqarish, parametrlarni o‘zgartirish, ish faoliyatini nazorat qilish, shuningdek moliyaviy hujjatlar bilan bog‘liq barcha harakatlar Shaxsiy kabinet orqali amalga oshiriladi, undan foydalanish imkoniyati shartnoma imzolanganidan va mijozga shaxsiy hisob raqami berilgandan so‘ng taqdim etiladi.
 

Virtual data-markaz (VDC)ning afzalliklari:
 

  • Ishonchlilik
  • Nosozliklarga bardoshli VDC infratuzilmasi
  • o‘z Ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga joylashtirish
  • bulutli xizmatlarni 24×7×365 rejimida (kechayu kunduz) texnik qo‘llab-quvvatlash
  • Tejamkor va keng ko‘lamlilik
  • Kapital xarajatlarning yo‘qligi
  • Xizmatlarning statistik va dinamik tariflash imkoniyati
  • Barcha maishiy davr davomida xizmatlar hajmini va uni tariflash qoidalarini o‘zgartirish imkoniyati
  • Moslashuvchan narx siyosati
  • Xarajatlarni oldindan bilish
  • Barcha operatsion xarajatlar xizmat narxiga kiritilgan
  • Xizmat narxi faqat uning hajmi o‘zgargandagina o‘zgaradi
  • Markazlashtirilgan boshqaruv
  • Himoyalangan veb-interfeys orqali xizmatlarni boshqarish
  • Yagona konsoldan infratuzilma ob’ektlarini boshqarish
  • Kafolatlangan sifat
     


Virtual server (VDC) xizmatlari

Resurslar

1 kalendar oyi uchun
to'lov, so'm

Markaziy protsessor (CPU), har bir yadro uchun

71 000  

Operativ hotira (RAM), ha 1 GB uchun

10 000  

Qattiq diskning ma'lumotlarni saqlash tizimi (HDD) har 1 GB uchun:

 

SSD

2 200  

SAS - 15 K RPM

800  

SAS - 10 K RPM

600  

SAS - 7,2 K RPM

400  

Internetga ulanish tezligi - 10 Mbit/s gacha

 Bepul

TAS-IX, UZ-IX tarmoqlariga ulanish tezligi - 100 Mbit/s gacha

 Bepul


Qo'shimcha:

  • 10 Mbit/s dan yuqori Internetga ulanish tezligi tasdiqlangan Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
  • TAS-IX, UZ-IX tarmoqlariga 100 Mbit/s dan yuqori tezlikda ulanish tasdiqlangan Narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.