99 000 so'm

Oylik abonent to'lovi

  • Cheklanmagan

    Trafikka kiritilgan limit

    TAS-IX va UZ-IX tarmog'i uchun (tunu-kun) hamda 00:00dan 12:00 vaqtga qadar texnologiyalar bo'yicha Internet tezligi:


  • 7 Mbit/s

    ADSL

  • 40 Mbit/s

    VDSL

  • 100 Mbit/s

    FTTb

  • 100 Mbit/s

    GPON

  • 12:00dan 00:00 vaqtga qadar texnologiyalar bo'yicha Internet tezligi:


  • 7 Mbit/s

    ADSL

  • 20 Mbit/s

    VDSL

  • 20 Mbit/s

    FTTb

  • 20 Mbit/s

    GPON







  • TAS-IX va UZ-IX tarmog'i uchun (tunu-kun) texnologiyalar bo'yicha Internet tezligi:


  • 7 Mbit/s

    ADSL

  • 100 Mbit/s

    FTTb

  • 40 Mbit/s

    VDSL

  • 100 Mbit/s

    GPON

  • 180 daqiqa

    IP-telefoniyaga kiritilgan limit

  • 12 so'm

    O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar limitdan tashqari

  • Tarif maxsus aksiya doirasida 2020 yil 15 iyundan 2021 yil 28 fevralga qadar amal qiladi.
  •  Abonentda ADSL texnologiyasi bo‘yicha ulangan IPTV xizmati mavjud bo‘lsa, tarif rejasida ko‘rsatilgan tezlikni ta’minlashning texnik imkoniyati UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga yozma murojaat qilish orqali aniqlanadi.
  • VDSL texnologiyasi bo‘yicha tarif rejaga ulanish faqat sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida, tegishli oxirlovchi qurilmalar va texnik imkoniyatlar mavjud bo‘lgan hollarda amalga oshiriladi.
  • "Uz-IX" va "Tas-IX" tarmoqlariga ulanish tezligi ADSL texnologiyasida 7 Mbit/s, VDSL texnolgiyasida 40 Mbit/s, FTTx va GPON texnologiyalarida 100 Mbit/s ni tashkil etadi.


IP-telefoniya xizmatlarini taqdim etish shartlari:

    • IP-telefoniya xizmati uchun ro‘yxatdan o‘tishda to‘lov olinmaydi.
    • “Oltin” raqamlar ajratilishi uchun to‘lovlar pullik toifadagi raqamlar uchun tasdiqlangan tariflarga hamda 125-1/7-son narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Abonent to‘lovi va foydalanmay qolingan daqiqalar limiti keyingi hisob-kitob davriga o‘tkazilmaydi.
    • Mazkur tarif rejasi doirasida faqat bitta telefon raqamini ulash mumkin.
    • Xalqaro darajadagi chiquvchi qo‘ng‘iroqlar shaxsiy hisob raqamida 3000 so‘m miqdorida oldindan to‘lov mavjud bo‘lishi sharti bilan taqdim etiladi, qo‘ng‘iroqlar tarifikatsiyasi 125-1/1 narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
    • Qo‘shimcha xizmat turlari, axborot-ma’lumot xizmatlari, qayta rasmiylashtirish, raqamni almashtirish va boshqa xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar 125-1/7 narxnomaga muvofiq amalga oshiriladi, kontent-xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar alohida qiymat bo‘yicha amalga oshiriladi.
    • IP-telefoniya xizmatiga GPON va FTTB texnologiyalari bo‘yicha ulanish abonentning ushbu xizmatni qo‘llab-quvvatlaydigan tegishli oxirlovchi qurilmalari mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
    • IP-telefoniya xizmatiga UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida ulanish mumkin.
    • Ushbu tarif rejalarida IP-telefoniya xizmati uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish sanasi, Internet-xizmatlar uchun to‘lovlar belgilanganidek, har bir abonent uchun oyning birinchi sanasiga bog‘lanmagan holda, alohida belgilanadi.
    • IP-telefoniya xizmati hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lgandagina taqdim etiladi, hisob raqamida yetarli miqdorda mablag‘ bo‘lmagan hollarda, to‘lov amalga oshirilmagunga qadar, oldindan ogohlantirilmagan holda, o‘chirib qo‘yiladi.
    • Tariflarga abonent qurilmasi narxi kiritilmagan.

    UNLIM SUMMER aksiyali tarif rejasi shartlari: 


    • «UNLIM SUMMER» tarif rejasiga 2020 yil 15 iyundan 2021 yil 28 fevralga qadar ADSL/VDSL/FTTB/GPON texnologiyalari bo‘yicha yangi ulanadigan, ulanishning texnik imkoniyati mavjud bo‘lgan abonentlar (jismoniy shaxslar) ulanishi mumkin.
    • «UNLIM SUMMER» tarif rejasining amal qilish muddati – ulanish vaqtidan boshlab, faol holatda bo‘lgan uchta hisob-kitob davri.
    • «UNLIM SUMMER» tarif rejasiga faqat arxiv tarif rejalaridan o‘tish imkoni mavjud.
    • Aksiyani o‘tkazish davrida «UNLIM 10» tarif rejasiga yangi ulanishlar imkoniyati yopiladi, mavjud abonentlar uchun «UNLIM 10» tarif rejasiga o‘tish imkoniyati saqlab qolinadi.
    •  Uchta hisob-kitob davri yakunlanganidan so‘ng, «UNLIM SUMMER» aksiyali tarif rejasidagi abonentlar, ularning ulanish texnologiyasiga ko‘ra, quyidagi tarif rejalariga o‘tkaziladi:
    • GPON - «UNLIM-20 Premium» (abonent to‘lovi 139 000 so‘m);
    • FTTB - «UNLIM 20» (abonent to‘lovi 119 000 so‘m);
    • VDSL - «UNLIM 20» (abonent to‘lovi 119 000 so‘m) ;
    • ADSL - «UNLIM 7» (abonent to‘lovi 99 000 so‘m).
    • Abonentlar UNLIM SUMMER» tarif rejasidan aksiya muddati tugagunga qadar mavjud bo‘lgan har qanday tarif rejasiga o‘tishlari mumkin. «UNLIM» seriyasining tarif rejasiga o‘tish paytida IP-telefoniya xizmatlari saqlanib qolinadi, agarda Internet-xizmatlariga boshqa tariflar seriyasidagi tarif rejasidan o‘tilsa, IP-telefoniya xizmatlari o‘chiriladi. Alohida tarif rejasida IP-telefoniya xizmatlarini qayta tiklash uchun UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofisiga murojaat qilish kerak.
    • Agarda abonent «UNLIM SUMMER» tarif rejasida abonent to‘lovini to‘lamasa, xizmatlardan foydalanish imkoniyati bloklanadi. Bunda to‘lov bir hisob-kitob davridan ko‘p bo‘lgan muddatda amalga oshirilmasa, abonentga nisbatan “Xizmatni zaxiralash” qo‘shimcha xizmati sharti qo‘llaniladi. To‘lov amalga oshirilganda, xizmatlardan foydalanish imkoniyati «UNLIM SUMMER» tarif rejasi shartlariga muvofiq qayta tiklanadi.
    • Kompaniya aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Bunday hollarda o‘zgartirishlar kiritilganligi to‘g‘risida tegishli ma’lumotlar rasmiy www.uztelecom.uz veb-saytida joylashtiriladi yoki boshqa kommunikatsiya vositalari yordamida xabardor qilinadi. Aksiya ishtirokchilari mustaqil ravishda tegishli o‘zgartirishlarni yuqorida ko‘rsatilgan veb-sayt orqali tekshirishlari shart.
    • «UNLIM SUMMER» tarif rejasining qolgan shartlari   “Jismoniy shaxslar uchun Internetga keng polosali ulanishtariflariga va IP-telefoniya xizmatlari tariflariga izohlar” da bayon etilgan.
    TAS-IX da saytni tekshirish yoki tezlikni o`lchash

    «UNLIM» Seriyasining boshqa tariflari

    «UNLIM Summer» tarifiga ulanish

    Shaxsiy kabinetda

    tarif rejasini almashtiring


    Uztelecom xizmatlariga ulanish uchun

    Onlayn ariza bering