“Va’da qilingan to‘lov”  - bu mijozning so‘roviga binoan ma’lum bir muddatga qaytarib to‘lash sharti bilan uning hisobiga o‘tkaziladigan  va muddat tugagandan so‘ng mijoz hisobidan yechib olinadigan to‘lov. “Va’da qilingan to‘lov” shartli to‘lov turlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur xizmat abonentga (jismoniy shaxsga) shaxsiy hisobida yetarli mablag‘ bo‘lmagan hollarda Internetga keng polosali ulanish baza xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Abonent “Va’da qilingan to‘lov” qo‘shimcha xizmatini shaxsiy kabinetidan yoki UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtirishi mumkin.


Qo‘shimcha xizmatni taqdim etish shartlari:
 

  • “Va’da qilingan to‘lov” qo‘shimcha xizmatidan so‘nggi 6 oy davomida “moliyaviy blok” holatida bo‘lmagan har qanday abonent foydalanishi mumkin.
  • To‘lovni kechiktirish muddati – «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmatini faollashtirilgan vaqtdan 3 kun.
  • «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati bo‘yicha «qarz»ni o‘z vaqtida qaytarilganda, ushbu xizmatdan bir hisob-kitob davri davomida bir necha marotaba (takroran) foydalanish mumkin.
  • «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati faollashtirilgan vaqt abonent tomonidan Internetga keng polosali ulanish baza xizmatlari va qo‘shimcha xizmatlaridan foydalanish uchun olingan va yechib olingan mablag‘ni so‘zsiz qaytarishga roziligini bildiradi.
  • Agarda abonent «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati bo‘yicha mablag‘ so‘rasa, ammo amal qilish muddati (3 kun davomida) Internetga keng polosali ulanish xizmatlarini faollashtirish uchun undan foydalanmasa, u holda abonentning hisob raqamidagi mablag‘ bekor qilinadi va qaytarib to‘lash talab etilmaydi.

                                              

Olingan mablag‘ – Qo‘shimcha xizmat uchun yechib olinadigan mablag‘ (0) = Umumiy to‘lov miqdori (0)

 

  • Agarda abonent yangi hisob-kitob davri boshida «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmatini faollashtirgan bo‘lsa va Internetga keng polosali ulanish baza xizmatini faollashtirsa, so‘ngra Kompaniya bilan xizmatlarni bekor qilish bo‘yicha ariza topshirsa yoki "Portni rezervlashtirish" xizmatini faollashtirsa, joriy hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi to‘liq hajmda to‘lanishi shart.
  • Agarda abonent hisob-kitob davri tugashidan 1-2 kun oldin «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati bo‘yicha yangi hisob-kitob davri uchun abonent to‘loviga yetarli mablag‘ni so‘rasa, yangi hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovi oyning 1-kunida «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati bo‘yicha taqdim etilgan mablag‘ to‘liq hajmda yechib olinadi. Shu bilan birga, agarda abonent qarzni qoplash uchun pul mablag‘ini to‘lamasa, Internetga keng polosali ulanish baza xizmati joriy oyning yakuniga qadar faol bo‘ladi. Kelgusi hisob-kitob davrida xizmatlarni faollashtirish uchun abonent «Va’da qilingan to‘lov» qo‘shimcha xizmati bo‘yicha so‘ralgan mablag‘ning to‘liq miqdorini va yangi hisob-kitob davri uchun abonent to‘lovini to‘lashi shart.
     

Va’da qilingan to‘lov + Abonent to‘lovi= yangi hisob-kitob davri uchun to‘lov summasi

 

  • Agarda abonent keyingi hisob-kitob davrida xizmatni faollashtirishni istasa va shu bilan birga, avvalgi hisob-kitob davri uchun qarzini to‘lamagan bo‘lsa, unga «qarz» summasi va joriy davr uchun abonent to‘lovi summasi hisoblanadi.

 

Qo‘shimcha xizmatni taqdim etish uchun cheklovlar:
 

  •  "Va’da qilingan to‘lov" qo‘shimcha xizmati bo‘yicha abonent tomonidan so‘ralgan pul  miqdori tanlangan tarif rejaning to‘liq qiymatidan oshmasligi kerak.
  • Abonent "Va’da qilingan to‘lov" xizmatidan quyidagi hollarda foydalana olmaydi:
  • Agarda 6 hisob-kitob davri (ketma-ket) davomida Internetga keng polosali ulanish baza xizmati 1 hisob-kitob davridan ko‘p muddat "moliyaviy blok" holatida bo‘lgan bo‘lsa. Bunday hollarda abonentning to‘plangan "sodiqlikning hayotiy davri" bekor qilinadi va baza xizmatini faollashtirish uchun to‘lov to‘langan birinchi hisob-kitob davridan qayta yangi davr boshlanadi.
  •  Agarda "Va’da qilingan to‘lov" xizmati allaqachon faollashtirilgan bo‘lsa va u bo‘yicha qarzdorlik joriy hisob-kitob davrining (xizmat so‘ralgan davrda) oxirigacha to‘lanmagan bo‘lsa.