XIZMAT TURLARI XIZMATLAR NARXI, SO‘M
Shartnomani qayta rasmiylashtirish 8 400
Telefon raqamini o‘zgartirish 8 400
Qo‘ng‘iroqlar tafsiloti (har bir oy uchun)) 8 400 (har bir oy uchun)
Raqamni saqlab qolish uchun to'lov 126 (1 kunga)
Tarif rejasini almashtirish 4 200
Telefonni almashtirish hollarida radioblikni qayta dasturlashtirish 8 400
HLR-da raqamni qayta yuklash 0
Kuryer tomonidan hisoblarni yetkazib berish (oyiga) 8 400
Shartnomani tiklash
Ushbu xizmat raqam vaqtincha o'chirilgandan so'ng 90 kun o'tgandan keyin shartnomalari bir tomonlama («Ommaviy oferta»ga binoan) bekor qilingan abonentlar uchun amal qiladi. Agarda ko'rsatilgan raqam ma'lumotlar bazasida "bo‘sh" deb ko'rsatilgan bo'lsa va shartnoma bekor qilingunga qadar ushbu abonent tomonidan ro'yxatga olingan bo'lsa, ushbu xizmat abonentga taqdim etiladi.  Xizmat faqat UzMobile filialining savdo ofisi va xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan taqdim etiladi.  Shartnomani tiklash uchun abonent shaxsan shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, harbiy guvohnoma, yashash guvohnomasi), shuningdek xizmat haqi to'lovlarini to‘lashi va oldindan to'lovni amalga oshirishi shart.  Yuridik shaxslar shartnomani tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan firma blankasida rasmiylashtirishlari mumkin.  Xizmat barcha abonentlar va mijozlar (jismoniy va yuridik shaxslar) uchun raqamlarning barcha toifalari uchun amal qiladi.
12 500
RUIM-kartalarini almashtirish 4200
Shartnomani jismoniy shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirish:

 

  • yaqin qarindosh (onasi, otasi, eri, xotini, o'g'li, qizi) uchun shartnomani qayta rasmiylashtirishda abonent tasdiqlovchi hujjatlarni (tug'ilganlik yoki nikoh to'g'risidagi guvohnoma) taqdim etishi kerak.
  • raqam egasi vafot etgan taqdirda, shartnoma yaqin qarindoshiga (onasi, otasi, eri, xotini, o'g'li, qizi) vafot etganligi to'g'risida guvohnoma taqdim etilganidan keyin rasmiylashtiriladi.

 

Shartnomani jismoniy shaxsdan yuridik shaxsga qayta rasmiylashtirish:

 

  • Shartnoma qayta rasmiylashtirilishi ko‘zda tutilgan tashkilotni yollashda abonent ish joyidan ma’lumotnomani taqdim etishi zarur.
  • Abonent tashkilotning ta’sischisi yoki rahbari hisoblanishi haqidagi tegishli hujjatlarni taqdim etganda, Abonent yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga (ya’ni, qayta o‘ziga) qayta rasmiylashtirganda, pulli toifa raqami uchun to‘lov to‘liq hajmda olinishini (yuridik shaxs tugatilishi hollari bundan mustasno) inobatga olishi zarur.

 

Shartnomani yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirish:

 

  • korxonani tugatish yoki qayta tashkil etishda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi bo‘yicha;
  • shartnomani bir yuridik shaxsdan jismoniy shaxsga qayta rasmiylashtirishda boshqa holatlarda, Abonent pulli toifa raqamlar narxining 10%ni to‘laydi (ushbu shart turli dasturlar bo‘yicha chegirma orqali olingan raqamlar uchun qo‘llanilmaydi), pulli toifadagi raqam bilan kelgusida “shartnomani qayta rasmiylashtirish”da Abonent uning to‘liq qiymatini to‘laydi.

 

Shartnomani yuridik shaxsdan yuridik shaxsga qayta rasmiylashtirish:

 

  • korxonani tugatish yoki qayta tashkil etishda, tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilishi zarur;
  • boshqa hollarda, shartnomani bir yuridik shaxsdan boshqa yuridik shaxsga qayta rasmiylashtirishda Abonent pulli toifa raqamlar narxining 10%ni to‘laydi (ushbu shart turli dasturlar bo‘yicha chegirma orqali olingan raqamlar uchun qo‘llanilmaydi).

 

  • Pulli toifadagi raqamni qayta rasmiylashtirish hollarida yangi abonent pulli raqamning to‘liq qiymatini to‘laydi. Pulli toifadagi raqami qiymati “Shartnomani qayta rasmiylashtirish”da to‘lanmaydi (faqatgina “Shartnomani qayta rasmiylashtirish” xizmati uchun haq to‘lanadi):
  • Qo'ng'iroqlar haqidagi tafsilotlar faqat so'nggi 3 oy davomida taqdim etiladi.
  • Zarur hollarda abonent ushbu xizmatni   shaxsiy kabinetda, 1099 call markaz operatorlari orqali hamda “O‘zbektelekom” AK sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislarida faollashtirishlari mumkin. Xizmat faollashtirilgan vaqtdan boshlab o‘rnatilgan tarif asosida mablag‘ yechiladi.  Raqam abonent hisobidagi barcha pul mablag‘lari sarf etilgunga qadar saqlanadi.

  • Tarif rejasini kuniga bir marotaba o‘zgartirish mumkin. Tarif rejasini o‘zgartirish uchun ariza yangi oy boshlanishiga qadar qabul qilinadi.
SMS buyruqlar SMS balans
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar