Endi UZMOBILE GSM abonentlari kunlik Internet-paketlarni xarid qilib, kerakli hajmdagi trafikdan kun bo’yi foydalanishlari mumkin!

Paket nomi Narxi Trafik hajmi Amal qilish muddati USSD orqali faollashtirish
D50MB 2 940 so‘m 50 MB Faollashtirilgandan so’ng 24 soat davomida *121*2*1*4*1#
D150MB 6 310 so‘m 150 MB Faollashtirilgandan so’ng 24 soat davomida *121*2*1*4*2#
D300MB 11 360 so‘m 300 MB Faollashtirilgandan so’ng 24 soat davomida *121*2*1*4*3#
Holatni tekshirish:
USSD orqali boshqarish *100*2# *107#
SMS orqali 1002 sonini 9999 raqmiga

Izoh:

  • Xizmat amal qilish muddati: har kuni paket faollashtirilgandan so’ng 24 soat davomida.
  • Xizmat amal qilish hududi: O’zbekiston Respublikasi, UZMOBILE GSM standarti tarmog’i.
  • Xizmat GSM tarmog’ida jismoniy, hamda yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
  • Bir vaqtning o’zida bittadan ko’p Internet-paketlarni faollashtirish mumkin.
  • Jismoniy shaxslar xizmatni USSD-so’rov, kompaniya ofislarida, Call-Centre yoki Shaxsiy kabinet” orqali yoqtirishlari mumkin.
  • Yuridik shaxslar xizmatni “O’zMobayl” ofislarida yoki Call-Centre orqali yoqtirishlari mumkin.
  • Internet-paketni uzaytirish bir turdagi (ya’ni bir qiymatga ega bo‘lgan) paket xarid qilish orqali amalga oshiriladi.
  • Keyingi bir turdagi (ya’ni bir qiymatga ega bo‘lgan) paket faollashtirilganda Internet-paket megabaytlari jamlanadi.
    Jamlangan megabaytlar amal qilish muddati oxirgi paketni sotib olgan vaqtdan boshlab 24 soatni tashkil etadi.
  • Bir turda bo‘lmagan (turli qiymatli) Internet-paketlarini faollashtirganda, amal qilsh muddati har bir paket uchun alohida belgilanadi. Trafik sarflanish tartibi paket faollashtirilgan tartib asosida.
  • Internet-paketning amal qilish muddati tugagandan so‘ng yangi Internet-paket faollashtirilmasa, megabayt qoldiqlari saqlanib qolinmaydi.
  • Kirilitgan trafik tugaganda yoki paket amal qilish muddati tugaganda, trafik amaldagi paketlar asosida narxlanadi.
  • Internet trafigini sarflanish tartibi:
    1) Kunlik Internet-paketlar;
    2) Bonus Internet-paketlar (agar mavjud bo’lsa);
    3) Tarif rejasiga kiritilgan bepul trafik (tarif rejasiga kiritilgan Internet limiti);
    4) Xarid qilingan Internet-paketlar faollashtirilgan tartibda.
  • Raqam yoki tarif rejasi o’zgartirilganda xizmat ko’rsatish shartlari o’zgarmaydi.
  • Paketni xarid qilish, abonent hisobida paket bahosini yechib olish uchun yetarli mablag’ bo’lganda amalga oshiriladi.
  • Xizmatning foydalanishga kiritilishi va uning shartlari haqidagi ma’lumot UZMOBILE filiali tomonidan Internet tarmog‘idagi rasmiy saytida yoki boshqa kommunikatsiya vositalarida joylashtirib, ma’lum qilinadi.
  • UZMOBILE filiali xabardor qilish uchun muvofiq axborotlarni rasmiy www.uzmobile.uz saytiga yoki boshqa kommunikatsiya vositalarida (masalan: SMS-tarqatma xabarlar yoki boshqalar) joylashtirib, xizmat shartlarini o‘zgartirishga haqli. Foydalanuvchilar yuqorida ko‘rsatilgan saytda muvofiq o‘zgarishlarni o‘zlari mustaqil tekshirib borishlari shart.