Paket

Ushbu Internet paketlarga ulanish 2021-yil 31-dekabrga qadar mavjud.

USSD orqali Internet to‘plamlariga ulanish “TA‘LIM”, "MAKTAB" TR abonentlari uchun, shuningdek “Mobil byudjet” xizmatiga ulangan  “TA‘LIM for corporate” TR abonentlari uchun mavjud. Menyuga kirish uchun quyidagilarni terish lozim: 2251#   (maʼlumot o‘zbek tilida), 2252# (maʼlumot rus tilida).

Shuningdek, “TA‘LIM for corporate” TR abonentlari uchun Internet to‘plamlarga ulanish UZTELECOM savdo va xizmat ko‘rsatish ofislaridayozma ravishda murojaat qilish orqali mavjud.

Faollashtirilgan Internet-to‘plamda (yoki tarif rejadagi) qolgan Internet trafik haqida maʼlumot olish uchun 1002# yoki 9999 qisqa raqamiga 1002 raqamlarini terish zarur.

Ushbu to‘plamlarga dilerlik xizmat ko‘rsatish nuqtalari orqali, shu jumladan, USSD buyrug‘i orqali dilerlar tomonidan ulanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Internet-to‘plamlar faqatgina  “TA‘LIM”, "MAKTAB" “TA‘LIM for corporate” TRga ulangantalabalari uchun taqdim etiladi.

Internet to‘plamlari faollashtirilgan muddatdan 30 kun davomida amal qiladi.

Joriy to‘plamni yangilash ushbu guruhdan boshqa Internet to‘plamni sotib olish orqali amalga oshiriladi. Jamlangan megabaytlarning amal qilish muddati so‘nggi to‘plam sotib olingan kundan boshlab 30 kun amal qiladi.

Internet to‘plam muddati tugaganidan so‘ng, ushbu guruhdan navbatdagi Internet to‘plam faollashtirilmagan bo‘lsa, megabaytlar qoldig‘i saqlanmaydi.

Agarda abonentda Internet to‘plam mavjud bo‘lsa, sessiya uchun Internet to‘plamdan MB yetarli bo‘lmasa (10 MBdan kam), unda asosiy balansdan (agar hisobda mablag‘lar mavjud bo‘lsa) hisob-kitoblar amalga oshiriladi.

Internet trafik sarf etilishining ketma-ketligi:

1) Bonusli Internet-to‘plamlar (agarda mavjud bo‘lsa)
2) “Kunlik Internet to‘plamlar” to‘plamlar guruhi (bir kunlik to‘plamlar)
3) TAS-IX uchun Internet to‘plamlar guruhi;
4) Tarif rejasi doirasidagi erkin resurslar (limitlar);
5) “Internet non-stop” Internet to‘plamlari guruhi;
6) “TA‘LIM Internet to‘plamlar” to‘plamlar guruhi;
7) Boshqa sotib olingan Internet to‘plamlar guruhi.

To‘plamlarning boshqa turlarini kiritishda sarf shartlari va dolzarbligi qo‘shimcha bayon etiladi. Tarif rejasiga kiritilgan trafik oxirida yoki to‘plamning amal qilish muddati tugaganidan so‘ng, barcha tarif rejalariga narxlar tarif rejasining shartlariga qarab belgilanadi.

Mazkur Internet to‘plamlar guruhi uchun  “Megabaytlarni tezkor o‘tkazish” xizmati yopiq.

Ushbu Internet to‘plamlarga ulanish 2020 yil 31 dekabrga qadar mavjud (mavjud abonentlar yangi va boshqa tarif rejalaridan foydalanadilar)