18 000 so'm
Oylik abonent to'lovi
Barcha kirish qo'ng'iroqlari bepul
-
200 daqiqa
O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlar limiti oyiga
-
40 so'm
O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi (limitdan tashqari)
-
20 so'm
Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari 1 daqiqasi (limitdan tashqari)
-
2000 MB
"Ziyonet" tarmog'i doirasida berilgan trafik limiti
-
8 so'm
1 MB Internet trafigi
-
200 SMS
SMS-xabarlar limiti oyiga
-
20 so'm
1 ta SMS-xabar narxi (limitdan tashqari)
2023-yil 11-sentyabrdan quyidagi tarif rejaga yangi ulanish va boshqa tariflardan o‘tish vaqtinchalik to‘xtatilgan.
- * APN ziyonet.uzmobile.uz
bo‘yicha trafik tarifikatsiyasi
- Tarif reja
faqatgina jismoniy shaxslarga va yangi ulangandagina amal qiladi. Tarif bolalar
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ushbu tarifda raqam ota-onalardan birining nomiga
rasmiylashtiriladi.
- Ushbu tarif rejasiga “O‘zbektelekom” AK ofislarida ulanish mumkin.
- Barcha mavjud kanallar orqali (USSD, SMS, shaxsiy kabinet va boshqalar) TPga o'tish va chiqish yopiq. "Bolajon" tarif rejasini istalgan boshqa tarifga o'zgartirish uchun, raqam egasi Kompaniyaning rasmiy ofislariga pasport bilan murojaat qilishi va ariza qoldirishi mumkin.
- “Bolajon” tarif
rejasiga ulanish uchun mavjud qo‘shimcha xizmatlar: barcha qo‘shimcha xizmatlar
(Internet-to‘plam bundan mustasno), shuningdek «4G», MCN, «Oila uchun», «Tungi
qo‘ng‘iroqlar», «Raqam ijarasi».
- Tashqi
veb-manbalarga kirish Internet xizmatidan foydalanish cheklangan.
- Ushbu tarif
rejada faqatgina ZiyoNET (http://sites.ziyonet.uz/)
tarmog‘i manbalaridan foydalanish imkoniyati mavjud.
- ZiyoNET manbalariga
ma’lumotlarni uzatish tarifikatsiya kvanti 1 Кb ni tashkil etadi.
- Ushbu tarif
rejada quyidagi xizmatlar mavjud emas: chiquvchi xalqaro qo‘ng‘iroqlar/SMSlar va
boshqa kontent xizmatlar.
- Tariflar, abonent
O‘zbekiston Respublikasi hududida, “Uzmobile” GSM tarmog‘ining qamrov hududida
bo‘lganda amal qiladi.
- Abonent faol
holatida chiqish qo‘ng‘iroqlariga, SMS yuborish va tarif rejasi uchun mavjud
bo‘lgan boshqa barcha xizmatlardan foydalanishi mumkin.
- Abonent to‘lovi
har oyning birinchi kunida, abonentning faol holati hisobga olingan holda
yechib olinadi. Abonent faol bo‘lmagan
holatga o‘tganda, abonent to‘lovi yangi oydan to‘xtatiladi. Agar abonent hisobot davrida xizmatni
faollashtirsa (to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa), abonent to‘lovi ulanish
kunidan boshlab oyning oxirigacha qolgan kunlarga, shu bilan birga tarif rejada
ko‘zda tutilgan daqiqalar, SMS va
Internet-trafik qolgan kunlar soniga qarab hisoblanadi.
- Imtiyozli daqiqalar limiti O‘zR bo‘yicha chiqish qo‘ng‘iroqlariga sarflanadi. Barcha kirish qo‘ng‘iroqlari, favqulodda vaziyat raqamlariga chiqish qo‘ng‘iroqlari tariflanmaydi va abonent to‘loviga kiritilgan daqiqalar sarflanmaydi. SMS limiti O‘zR uyali aloqa operatorlari abonentlariga, shu jumladan Uzmobile (GSM/CDMA) tarmog‘ida chiquvchi SMS xabarlarni yuborishda sarflanadi.
- Tarif rejasida resurslar (daqiqalar, SMS, MB trafigi) cheklangan. Resurs cheklovlari tugagandan soʻng, abonentning shaxsiy hisobidan pul mablagʻi (mavjud boʻlganda) ushbu tarif doirasida har bir resurs birligi uchun belgilangan limitdan oshib ketgan tarifikatsiyaga muvofiq yechib olinadi.
- Agar abonentda Internet-paket mavjud bo‘lib, Internet-paketdan sessiya uchun MB yetarli bo‘lmasa (3G/4G uchun 100 Mbdan kam, 5G uchun 1000 Mbdan kam), u holda hisob asosiy balansdan (agar unda pul mablag‘lari mavjud bo‘lsa) amalga oshiriladi.