55 000 so'm

Oylik abonent to'lovi

  • Cheksiz daqiqa

    O'zbekiston bo'ylab chiqish qo'ng'iroqlar limiti oyiga

  • Cheksiz daqiqa

    Tarmoq ichida chiqish qo'ng'iroqlari limiti

  • 10000 MB

    Internet-trafik limiti oyiga

  • 10000 MB

    Internet-trafik limiti 01:00 dan 06:59 gacha oyiga

  • 300 so'm

    1 MB Internet trafigi (limitdan tashqari)

  • 1000 SMS

    SMS-xabarlar limiti oyiga

  • 120 so'm

    1 ta SMS-xabar narxi (limitdan tashqari)

  • Ushbu TR ga oʻtish va yangi ulanish 2021-yil 12-noyabrdan boshlab to'xtatilgan.
  • TR doirasida O‘zbekiston bo‘ylab barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning narxi – 0 so‘mni tashkil etadi. Oyiga 45 000 daqiqalik texnologik cheklov o‘rnatilgan. 45 000 daqiqadan so‘ng barcha chiquvchi qo‘ng‘iroqlar bloklanadi.
  • “Onlime” tarif rejasi (keyingi o‘rinlarda TR deb yuritiladi) jismoniy shaxslar uchun amal qiladi.
  • Mazkur tarif rejada Restart, Foydali almashinuv, Qo'llab yubor xizmatlari amal qiladi
  • Ushbu TR doirasida abonent to‘lovi (keyingi o‘rinlarda AT deb yuritiladi)ni hisoblashning boshlanishi yagona jadval bo‘yicha emas, balki har bir Abonent uchun alohida hisob-kitob davri bo‘yicha aniq soniyaga qadar amalga oshiriladi. Tarif rejasi doirasida AT yechib olish vaqti qayd etilmagan va u xizmatlardan foydalanishning taqdim etilgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
  • Abonent to‘lovining hisob-kitob davri kalendar oyining 1 sanasiga bog‘lanmagan holda 1 (bir) oyni tashkil etadi, bunda Abonentga xizmatdan foydalanish imkoniyati taqdim etilgan sanadan hisoblanadi. Hisob-kitob sanasi Abonentning hisob-kitob davri uchun ATni hisoblashdagi boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi. Misol uchun, agarda Abonent tarif rejaga 10-sanada ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi oylik AT keyingi oyning 10-sanasida Abonentning shaxsiy hisob raqamida TR bo‘yicha AT uchun yetarli mablag‘ bo‘lgandagina yechib olinadi. Agarda Abonent 31 avgust kuni ulangan bo‘lsa, u holda navbatdagi AT yechib olishga urinish 30 sentyabr kuni amalga oshiriladi.
  • TR ma’lumotlari bo‘yicha har oylik AT yechib olish sanasi TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olingan kun hisoblanadi. Agarda navbatdagi ATni yechib olish kunida hisobda yetarli mablag‘ bo‘lmasa, u holda abonent raqami hisob to‘ldirilgunga qadar bloklanadi. Xizmatlardan foydalanish imkoniyati hisobni to‘ldirish vaqtidan boshlab amaldagi TR qiymatiga teng yoki undan ko‘p bo‘lgan vaqtgacha yangilanadi. Keyingi hisob-kitob davri uchun TR bo‘yicha AT muvaffaqiyatli yechib olingandan so‘ng (faol holatga o‘tgandan so‘ng) Abonentga TR shartlariga muvofiq xizmat limitlari taqdim etiladi.
  • Agarda oylik abonent to‘lovi yechib olinish vaqtida abonent raqami bloklangan holatda bo‘lsa, oylik abonent to‘lovi yechib olinmaydi, xizmat limitlari taqdim etilmaydi. Joriy TR bo‘yicha ATning ko‘p yoki teng miqdorida shaxsiy hisob to‘ldirilganda, abonent raqami faol holatga o‘tadi va oylik abonent to‘lovi yechib olinadi, abonent raqami blok holatidan chiqqanidan so‘ng, tarif rejasi bo‘yicha navbatdagi har oylik abonent to‘lovini yechib olish sanasi suriladi.
  • Tarif rejasida resurslar (daqiqalar, SMS, MB trafigi) cheklangan. Cheklangan resurslar foydalanib bo‘lingandan so‘ng, belgilangan limitdan ortiq foydalanilgan har bir resurs birligi uchun ushbu tarif rejasi doirasida tarifikatsiya bo‘yicha abonentning shaxsiy hisobidan mablag‘ (agar mavjud bo‘lsa) yechib olinadi.
  • Barcha qo‘ng‘iroqlar muloqotning birinchi soniyasidan hisoblanib, to‘liq daqiqa sifatida narxlanadi.
  • Kontent provayderlar tomonidan taqdim etiladigan ovozli axborot-ko‘ngilochar va SMS xizmatlari kabi xizmatlar alohida narxlarda tariflanadi.
  • Tarif reja o‘zgartirilganda (Street yoki “Flashdan/ga) limit qoldiqlari avvalgi TRning amal qilish muddatigacha saqlanib qolinadi. To‘lovlar bo‘yicha bonuslar (agarda mavjud bo‘lsa), sotib olingan daq/SMS/Mb trafiklari to‘plamga muvofiq amal qilish muddati tugagunga qadar saqlanib qolinadi.
  • Amaldagi tarif rejasini “Street”, “Flash”, “Royal” tarif rejalariga o‘zgartirilganda (agarda “Oila uchun” va “o‘z raqamini uzatilishni taqiqlash” xizmatiga ulangan bo‘lsa), xizmatni taqdim etish shartlari o‘zgarmaydi.
  • Amaldagi tarif rejasini “Street”, “Flash”, “Royal” tarif rejalariga o‘zgartirilganda, agarda “raqamni ijaraga berish” xizmati yoqilgan bo‘lsa, xizmatning hisoblash davri yangi tarif rejasi bo‘yicha keyingi davrdan boshlab abonent to‘lovini hisoblash davri bilan tenglashtiriladi.
  • Tarmoq ichidagi qo‘ng‘iroqlar tarkibiga GSM, CDMA-450 standartidagi UzMobile tarmoq raqamlari, shuningdek “O‘zbektelekom” AKning qayd etilgan raqamlari kiradi.
  • Tarif rejalardan "Onlime" tarif rejasiga o‘tish:
    • "Flash", "Royal", "Street Upgrade", "Flash Upgrade", "Komfort", "Salom Plus", "Uzmobile VIP", "Uzmobile 1200", "Uzmobile 4000" – 4200 so'm;
    • "Ishbilarmon" - 10000 so‘m;
    • Qolgan tarif rejalardan o‘tish bepul amalga oshiriladi.
    • Agar abonentda Internet-paket mavjud bo‘lib, Internet-paketdan sessiya uchun MB yetarli bo‘lmasa (3G/4G uchun 100 Mbdan kam, 5G uchun 1000 Mbdan kam), u holda hisob asosiy balansdan (agar unda pul mablag‘lari mavjud bo‘lsa) amalga oshiriladi.
    SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
    daqiqalar, sms yoki internet tugadimi?
    boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar