MANZIL

KONTAKT MARKAZ

POCHTA

Toshkent shahri, Sergeli tumani, Saadiy ko‘chasi, 6

+998712000520

support@sds-carrier.uz

«8080 Slovomaniya» viktorinasi

«Slovomaniya»- bu ishtirokchilarga har kun yoki kalendar oy davomida aralash harflardan to’g’ri so’z yasash orqali qimmatbaho sovg’alarni qo’lga kiritish imkonini beruvchi viktorina.

Viktorinada SMS-xabar xizmati ishlaydigan telefon sohiblari bo’lgan barcha Uzmobile abonentlari ishtirok etishlari mumkin. «Slovomaniya» viktorinasida ishtirok etish uchun 8080 qisqa raqamiga xohlagan tekstni (СТОП, STOP, STOP1 INFO bundan mustasno) yuborish lozim. Ushbu tekstga javoban xizmat haqidagi batafsil ma’lumot, xizmatning narxi va ishtirokni bekor qilish shartlari, hamda birinchi savol-viktorinaning ilk vazifasi ishtirokchiga yo’naltiriladi. Masalan ishtirokchiga «omsal» degan aralash harfli so’z jo’natiladi, abonent «salom» degan so’zni topib 8080 qisqa raqamiga javob tarzida jo’natishi lozim. Viktorinada ishtirok etish uchun kunlik abonent to‘lovi – QQS bilan 2100 so‘m/kun. Kunlik abonent to‘lovi yechilganida abonent sovrinni yutib olish uchun qo‘shimcha 100 ballni hamda 20 savolga javob berish imkonini qo‘lga kiritadi. Har bir to‘g‘ri javob abonentga 10 ball beradi. Noto‘g‘ri javob ballarni bekor qilmaydi, foydalanuvchi navbatdagi savolni oladi.

Har bir ishtirokchining umumiy reytingi olingan (kunlik to‘lov va har bir to‘g‘ri javob uchun) ballar asosida shakllanadi. Har bir ishtirokchining kunlik reytingi sutka davomida olingan ballardan tashkil topadi. Kunlik sovrinni bitta ishtirokchi haftada faqat bir marta yutib olishi mumkin. Har bir ishtirokchining haftalik reytingi joriy hafta mobaynida olingan ballar miqdoridan tashkil topadi. Agar foydalanuvchi haftalik sovrinni yutib olsa, bir oy davomida u takroran sovrin yutib ololmaydi.Har bir ishtirokchining oylik reytingi joriy oyda olingan ballar miqdoridan iborat bo‘ladi. Agar foydalanuvchi oylik sovrin yutib olsa, keyingi olti oy mobaynida takroran oylik sovrin yutib ololmaydi. Har bir ishtirokchining yillik reytingi butun vaqt davomida (yil mobaynida) olingan ballardan tashkil topadi. Agarda ikki yoki undan ortiq abonent bir xil miqdorda ball to‘plasa, u holda ular orasidan savollarga hammadan oldin javob bergani, masalani oldin yechib bo‘lgani g‘olib deb tanlanadi.

Barcha abonentlar viktorinaga ilk bor ulanishda bir kun bepul ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadilar. Agar abonent o‘z obunasini to‘xtatsa va keyin qayta ulansa (shu kunning o‘zida), qayta ulanishda uning hisobidan obuna uchun shu kunning o‘zida (qayta) to‘lov yechiladi. Xizmatga obuna uchun to‘lov abonentning xizmat obunasini bekor qilishigacha yoki raqami tizimdan o‘chirilishida yechib boriladi. Kontent-provayder kun davomida bir necha marotaba xizmat uchun mablag‘ yechishga urinadi. Abonent hisobida yetarlicha mablag‘ bo‘lsa, narxlash amalga oshadi. Abonent xizmatdan faqat abonent to‘lovi yechilganida foydalanishi mumkin. Baxtli soatlar: ushbu vaqt mobaynida to‘g‘ri javob yuborib, abonent odatdagidan 2 karra ko‘proq ball ishlab olish imkoniga ega bo‘ladi. Viktorina ishtirokchilari o‘rnatilgan vaqt oralig‘i haqida faol ishtirokchilar bazasiga SMS-tarqatma jo‘natish orqali xabardor qilinadilar. O‘rnatilgan vaqt oralig‘ida ishtirokchi tomonidan jo‘natiladigan xabarlar soni cheklanmaydi. Xizmatga obunani bekor qilish uchun 8080 raqamiga «СТОП», «STOP» yoki «STOP1» buyrug‘ini jo‘nating; Obunaning holatini tekshirish uchun 8080 raqamiga INFO buyrug‘ini jo‘natish lozim.


Batafsil: www.8080.uz

Servis nomi

Qisqa raqam

QQSni inobatga olgan holda

Servis turi

Xizmatni bekor qilish

«Slovomaniya» viktorinasi

8080

2100 so’m/kuniga

SMS

Xizmatni bekor qilish uchun so’rov yuborish va viktorinada qatnashishdan bosh tortish uchun, 8080 raqamiga «СТОП», «STOP» ёки «STOP1» o’chirish kalit so’zlaridan biri bilan birga SMS (bepul) yuboring.

Bunga javoban Siz mobil raqam endi o’yinda qatnashmayotkanligini tasdiqlovchi SMS-xabar olasiz.

 

 "Hayot testlari" xizmati

  • «Hayot testlari» xizmati- bu turli xildagi teslarni o’z ichiga oluvchi portal hisoblanadi. Kunlik obuna evaziga, abonentlar portaldan har xil savollarga javob topishlari hamda foydali maslahatlar va hayotiy tarixlar sahifasini o’qishlari mumkin. Portaldagi kontent haftasiga yangilanadi. Portalda har xil kategoriyalar mavjud, masalan: Ayollar uchun, Erkaklar uchun, Talabalar uchun, haydovchilar uchun, ishbilarmonlar uchun va boshqalar. Bundan tashqari, portal turli mavzulardagi maqolalarni o'qish orqali bilim doirangizni kengaytirish uchun imkoniyat yaratadi: rezyume yozish, bolalarni tarbiyalash, oilaviy qoidalar, muvaffaqiyatli suhbatlar, imtihonlarga tayyorgarlik va boshqalar.

    Xizmatni faollashtirish uchun:
  • lifetest.uz Saytning ochilish sahifasida xizmatni yoqish tugmachasini bosing;
  • Tasdiqlash kodini SMS orqali qabul qiling va uni kiriting.

Servis nomi

Qisqa raqam

Narxi QQS bilan

Servis turi

Bekor qilish

«Hayot testlari» xizmati

3030

842 so'm/kuniga

SMS

Xizmatni o'chirish uchun 3030 servis raqamiga «STOP», «STOP1» so’zini bepul, SMS tarzida yuborish lozim.

«VideoGudok»

  • Qo'ng'iroq qiluvchiga zerikarli signal o'rniga qo'ng'iroq qiluvchi tomonidan o'rnatilgan videorolikni tomosha qilishdan zavq olishga imkon beradigan innovatsion ko'ngilochar xizmat.
  • Xizmat Android operatsion tizimiga ega smartfon foydalanuvchilari uchun mavjud bo'lgan Video Story dasturini yuklab olish orqali boshqariladi. Yuklab olish havolasi: https://vuz.page.link/0
  • Video Story ilovasi orqali obunachilar videoni hamma uchun yoki ma'lum bir obunachilar uchun qo'ng'iroq o’rniga o'rnatishlari mumkin. Ovozli signaldagi videolarni telefon galereyasidan ham, dasturda taqdim etilgan video kontentdan ham yuklab olish mumkin. Qo'ng'iroq qilganda, videoni ovozsiz qilib qo'yish imkoni mavjud. Shuningdek, qo'ng'iroq paytida qo'ng'iroq qiluvchi videoni ko’chirib olishi mumkin.
  • Videogudokni tomosha qilish uchun har ikkala abonent ham xizmatga obuna bo'lishlari, Video Story dasturini o'rnatishlari va Internetga ulanishlari lozim.
  • Xizmatga ulanish 8090 qisqa raqamiga istalgan matnli SMS-xabarni yuborish orqali amalga oshiriladi (o'chirish kalit so'zlaridan tashqari: STOP, STOP1, СТОП). Shuningdek, abonent Video Story dasturi xizmatga obuna bo'lish imkoniyatiga ega. 
  • Xizmat faollashtirilishini tasdiqlash uchun abonentga ro'yxatdan o'tganligi haqida SMS-xabar yuboriladi, shuningdek xizmat, narx va obunani bekor qilish qoidalari haqida batafsil ma'lumot yuboriladi.
  • Abonentlar uchun xizmat 3 (uch) kun davomida bepul taqdim etiladi. To’rtinchi kundan boshlab abonent to'lovi hisobdan yechib olinadi. Narxi: 842 so'm kuniga. To’lov abonent tomonidan  xizmat o’chirilganda yoki  ushbu xizmat yopilguniga qadar yechib olinadi.
  • Xizmatga obuna bo’lish vaqtida abonentning balansida kunlik obuna uchun to'lash uchun etarli mablag' bo'lmasa (842 so'm), u holda abonentdan eng past narx - 421 so'm olinadi va foydalanuvchiga  to'langan miqdorga muvofiq cheklangan xizmat taqdim etiladi.
  • Abonent hisobida kunlik abonent to'lovini to'lash uchun mablag' yetarli bo'lmasa, u holda balans to'ldirilguniga qadar va tegishli obuna to'lovi yechib olinishiga qadar xizmatdan foydalanish cheklanadi.
  • Xizmat obunasi o’chirilib, qayta ulansa, u holda abonent to’lovi ulanish kunida boshlab yechib olinadi.
  • Xizmatdan foydalanganda (videoroliklarni yuklab olish va yuklash, dasturiy ta'minotni yangilash va hk) internet-trafik uchun mablag' sarflanishi abonentning tarif rejasiga muvofiq hisoblanadi.

Servis nomi

Qisqa raqam

Narxi QQS bilan

Servis turi

Bekor qilish

«VideoGudok» 8090 842 so’m/kuniga Innovatsion va qiziqarli xizmat Xizmatni o’chirish uchun 8090 qisqa raqamiga STOP yoki СТОП matnli bepul SMS yuborish orqali amalga oshiriladi.

 

 

 "Sehrli Musiqa" 

  • «Sehrli Musiqa» bu – musiqani topishga qaratilgan viktorina hisoblanadi. Obunachilar, xizmatga ulanib, har kuni 6070 qisqa raqamiga qo’ng’iroq qilib, musiqalarni eshitish va eshittirilgan musiqa qaysi ekanligini to’g’ri topib, ballar yig’ishadi.
  • Abonent kunlik obuna evaziga, har kuni 100 ball va musiqiy IVR portalida 20 ta musiqani tinglab topish imkoniga ega bo’lib, ballar yig’adi.
  • Kunlik obuna narxi - 1200 so`m.
  • Abonent shaxsan obunani bekor qilmagunicha, kunlik obuna uchun to’lov hisob raqamdan yechib olinadi.
  • Eng ko’p ball to‘plagan ishtirokchilar, har kuni mobil balanslariga 100 000 so’m, har hafta 2 000 000 so’m va har oy 10 000 000 so’m yutib olish imkoniyatiga egalar.
  • Viktorina o’zbek va rus tillarida taqdim etiladi.
  • Bundan tashqari, xizmat “Sehrli raqam” portalini o`z ichiga oladi. “Sehrli raqam” portalida, abonent qo`ng`iroq vaqtida noto`g`ri raqam terganda, abonentga noto`g`ri raqam tergani haqidagi ma`lumot 3 xil tilda taqdim etiladi va IVR menyu ishga tushadi. Bu IVR menyuda abonent UZTELECOMning qo`shimcha xizmatlari haqida ma`lumot olishi yoki «Sehrli Musiqa» xizmatiga obuna bo`lmagan abonent, xizmatga obunani faollashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi.
  • Batafsil: www.6070.uz

Xizmat nomi

Qisqa raqamlar

Narxi

(QQS bilan)

Servis turi

Obunani bekor qilish

 «Sehrli Musiqa»

6070
6071
6072

1200 so’m /kuniga

IVR

Obunani bekor qilish uchun, 6070 raqamiga STOP yoki СТОП so`zini SMS orqali yuborish kerak bo’ladi

 

 "KinoFAN" 

  • “KinoFAN” xizmati – kino san’atiga mehr qo‘ygan hamda o‘zbek va jahon kinofilmlari haqidagi bilimlarini sinash istagida bo‘lgan abonentlar uchun interaktiv xizmatdir. Xizmatga obuna bo‘lgan abonentlar har kuni xizmatning qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari, kinofilmlardan parchalarni tinglashlari, tinglangan qismlarini qaysi kino ekanligini to‘g‘ri topishlari va mos ravishda ball to‘plashlari mumkin.
  • “KinoFAN” xizmatini faollashtirish uchun, o‘zbek tilida obuna bo‘lish uchun abonentlar faqatgina xizmatning 6080 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari va 1 tugmachasini bosishlari kerak. Rus tilida obuna bo‘lish uchun abonentlar 6080 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 2 tugmachasini bosishlari mumkin. Shuningdek, abonentlar xizmatning 6080 qisqa raqamiga istalgan mazmun bilan (СТОП, STOP yoki STOP1 o‘chirish kalit so‘zlaridan tashqari) SMS yuborish orqali o‘z ishtiroklarini faollashtirishi mumkin.
  • Obunachilar har kuni obuna bo‘lganligi uchun 90 ball, shuningdek musiqiy IVR portaliga kirish imkoniyatini va 9 ta musiqani to‘g‘ri topish va to‘g‘ri topilgan savollar uchun mos ravishda ballarni yig‘ish huquqini olishadi.
  • Xizmat kunlik pullik obuna asosida amalga oshiriladi (kuniga 1599 so‘m). Xizmatga obuna har kuni abonent to‘lovi hisobiga yangilanadi.
  • Hammadan ko‘p ball to‘plagan ishtirokchilar har hafta 3 000 000 so‘m yutib olish imkoniyatiga ega.
  • Viktorina o‘zbek (asosiy til) va rus (abonentning tanlovi asosida) tillarida taqdim etiladi.
  • Batafsil: kinofan.uz; +998 71 200 0520

Xizmat nomi

Qisqa raqamlar

Narxi

(QQS bilan)

Xizmat turi

Obunani bekor qilish

“KinoFAN”

6080

6081

6082

1599 so‘m /kun

Ko‘ngilochar xizmat

СТОП, STOP yoki STOP1 ni 6080 raqamiga yuborish.

Shuningdek, abonentlar o‘z obunalarini 6080 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib to‘xtatishlari mumkin, bu yerda Xizmatlarni boshqarish bo‘limiga o‘tishlari va tegishli tugmani bosishlari kerak.

 

SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar