“Tezkor o‘tkazmalar” xizmati Uzmobile abonentlari o‘rtasida pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga yordam beradi

160 so‘m

Muvafaqqiyatli pul o‘tkazmasi uchun xizmat narxi

  • Xizmat GSM tarmog‘idagi korporativ guruhga kirmaydidan jismoniy shaxs abonentlar uchun mavjud.
  • Pul otkazilgandan keyin abonent (pul o‘tkazgan) hisobida 4000 so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ qolishi kerak.
  • Bir kunlik maksimal pul o'tkazma miqdori 100 000 so‘mni tashkil etadi
  • Har bir pul o‘tkazmalari miqdori butun raqamlarda ko‘rsatilishi kerak 1 dan 20 000 so‘mgacha.
  • Pul o‘tkazish SMS va USSD orqali amalga oshiriladi.
  • SMS orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish:
    Mablag‘larni UZMOBILE boshqa abonentiga o‘tkazish uchun, pul o‘tkazayotgan abonent 999015 raqamiga quyidagicha SMS xabar yuborishi kerak: <mablag‘ qabul qilayotgan abonent raqami><pul miqdori>. Misol uchun, 99899XXXABCD raqamli abonentga 3500 so‘mga teng mablag‘ yuborish uchun, yuboruvchi abonent 99015 xizmat raqamiga quyidagicha SMS xabar yuboradi: 99899XXXABCD 3500.
  • USSD orqali pul o‘tkazmalarini amalga oshirish:
    Mablag‘larni UZMOBILE boshqa abonentiga o‘tkazish uchun, pul o‘tkazayotgan abonent quyidagi USSD so‘rovni amalga oshirishi kerak: <servis_raqami><pul miqdori><mablag‘ qabul qilayotgan abonent raqami> Misol uchun, 99899XXXABCD raqamli abonentga 3500 so‘mga teng mablag‘ yuborish uchun, yuboruvchi abonent quyidagi USSD so‘rovni yuboradi *124*3500*99899XXXABCD#..
  • Boshqa abonentdan SMS orqali mablag‘ yuborishni so‘rash:
    Mablag‘ yuborishni SMS xabar orqali so‘rash uchun abonent 999016 raqamiga quyidagicha so‘rov yuborishi kerak: <yuboruvchining telefon raqami> <pul miqdori>. Misol uchun, 99899XXXABCD raqamli abonentdan 3500 so‘mga teng mablag‘ so‘rash uchun 999016 xizmat raqamiga quyidagicha SMS xabar yuborish kerak: 99899 XXXABCD 3500.
  • Mablag‘ yuborish faqat mablag‘ yuboruvchi so‘rovni qabul qilganidan so‘nggina amalga oshiriladi. So‘rovni qabul qilish uchun pul o‘tkazayotgan abonent 999015 raqamidan kelgan so‘rovga javoban OK so‘zini SMS xabar tarzda yuborishi yoki 999015 raqamiga quyidagicha SMS xabar yuborishi kerak: <mablag‘ qabul qilayotgan abonent raqami><pul miqdori>.
  • Pul o‘tkazmalarni amalga oshirish faqat faol statusda mavjud.
SMS va USSD buyruqlar Mobil assistent
boshqa mamlakatlarga qo'ng'iroqlar

Подключить тариф «Uzmobile 1 200»

Абонентам UzMobile

Любым удобным для вас способом


Наберите USSD команду

*111*1*11*5#

Отправьте SMS с текстом

UZM1200 на номер 0858

Смените тариф

в личном кабинете

Новым клиентам

Оставьте заявку на подключение