Internet-xizmatlar ro‘yxati  

Narxi, so‘m

Trafik hajmi, GB

USSD -so‘rovlar aktivatsiya

USSD -so‘rovlar deaktivatsiya

USSD -so‘rovlar holati

Amal qilish muddati, kun

Messenjerlar UNLIM - WhatsApp, Telegram, Wechat, Viber

29 000

Cheksiz

*133*1/2*1*1#

*133*1/2*1*2#

*133*1/2*1*3#

Har 30 kunda

Musiqa UNLIM - Spotify, Apple Music, Яндекс Музыка

19 000

Cheksiz

*133*1/2*2*1#

*133*1/2*2*2#

*133*1/2*2*3#

Har 30 kunda

Ijtimoiy tarmoqlar 50 GB - Facebook, Instagram, Twitter, Linkedin, ВКонтакте.

29 000

50

*133*1/2*3*1#

*133*1/2*3*2#

*133*1/2*3*3#

Har 30 kunda

Video UNLIM - YouTube, Zoom.

29 000

Cheksiz

*133*1/2*4*1#

*133*1/2*4*2#

*133*1/2*4*3#

Har 30 kunda

Messenjerlar 12 GB - WhatsApp, Telegram, Wechat, Viber

20 000

12

*133*1/2*5*1#

*133*1/2*5*2#

*133*1/2*5*3#

Har 30 kunda

Musiqa 12 GB - Spotify, Apple Music, Яндекс Музыка

10 000

12

*133*1/2*6*1#

*133*1/2*6*2#

*133*1/2*6*3#

Har 30 kunda
Каждые 30 дней

Ijtimoiy tarmoqlar 12 GB - Facebook, Instagram, Twitter, Linkedin, ВКонтакте.

20 000

12

*133*1/2*7*1#

*133*1/2*7*2#

*133*1/2*7*3#

Har 30 kunda

Video 12 GB - YouTube, Zoom.

20 000

12

*133*1/2*8*1#

*133*1/2*8*2#

*133*1/2*8*3#

Har 30 kunda

 

  • Xizmat quyidagi tarif rejalarida mavjud:
    a) Jismoniy shaxslar uchun – “Mobile Mini”, “Mobile Optimal”, “Mobile Balance”, “Mobile Ideal”, “Mobile Lux”, “Mobile Elite”, “Barakali 22/33/44/55/77/111”, “Barakali Plus 33/44/55/77/111”, “Milliy 40/50/70/100/150”, “Bayramona”, “Bayramona Bonus”, “Komfort”, “Ta’lim”, “Ishbilarmon”, “Street”, “Flash”, “Royal”, “Onlime”, “Salom Plus”, “Uzmobile 1200”, “Uzmobile 4000”, “Street Upgrade”, “Flash Upgrade”, “V-Biznikilarga”, “VOLUNTEER”, “Бизнес для Своих”, “SALOM plyus”, “Volunteer – biznikilarga”, “Komfort”, “SALOM Hammaga”, “Mening 4G”, “Mening 5G”, “OnLime”, “Bonusli Salom”, “V-Mobile”, “Bonus-Mobile”; 
    b) Yuridik shaxslar uchun – “Biznes 25/35/50/70/Royal”, “Businss class 25/33/45/60/100”, “Biznes Unlim 25/35/50/75/100/150/200”,“Milliy Biznes 25/30/40/55/75”.
  • Jismoniy shaxslar “MyUZTELECOM” ilovasi, “UZTELECOM” savdo va xizmat ko‘rsatish ofislari, “Kontakt markazi”, “Shaxsiy kabinet” hamda USSD-so‘rov orqali ushbu xizmatni faollashtirishlari yoki o‘chirishlari  mumkin. Yuridik shaxslar esa, xizmatni “UZTELECOM” savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida yoki (“Mobil budjet” xizmati ulangan bo‘lsa) “MyUZTELECOM” ilovasi yoki USSD-so‘rov orqali ulashlari mumkin.
  • Ulangandan soʻng, xizmat 30 kun davomida faol boʻladi. Vaqt hisoblanishi xizmat faollashtirilgan paytdan boshlanadi. Ushbu davr tugagandan so‘ng, abonent hisobida xizmatni uzaytirish uchun yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlmasa, servislarlarga kirish imkomiyati cheklanadi. Xizmat narxi har 31-kunda shaxsiy hisobda yetarli miqdorda mablagʻlar boʻlganda, yechib olinadi.
  • Raqam yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, agar yangi tarifda ushbu xizmatlarni ulash imkoniyati mavjud bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish shartlari saqlanib qoladi. Agar yangi tarif rejasida servis bepul (tarif tarkibida) taqdim etilsa, xuddi shunday pullik xizmat avtomatik ravishda o‘chiriladi. Agar servis bepul taqdim etilgan tarifdan ushbu servis kiritilmagan tarifga o‘tilsa, xizmat o‘chirilguniga qadar pullik asosda davom ettiriladi.
  • Foydalanuvchilar cheksiz foydalanish uchun bir vaqtning o‘zida bir nechta Internet-servislarni ulashlari mumkin.
  • Raqam yoki tarif rejasi o‘zgartirilganda, tarif rejasida ushbu xizmatlarni faollashtirish imkoniyati mavjud bo‘lsa, xizmat ko‘rsatish shartlari o‘zgarmaydi. Agar tarif rejasida biron bir xizmat tarifning bir qismi sifatida taqdim etilsa, shu kabi pullik xizmat o‘chirib qo‘yiladi.
  • Proksi-serverlar, VPN, vositachi saytlar orqali yoki telefondan modem rejimida foydalanilganda xizmat resurslariga ulanishda trafik tarif rejasiga kiritilgan limitidan, Internet-paketdan sarflanadi yoki tarif rejasiga kiritilgan limitidan ortiq sarflangan MBlar narxida to‘lanadi.
  • Xizmat doirasidagi Internet-trafik rasmiy veb-saytlar va ilovalardan foydalanganda, shuningdek, ma’lum IP-manzillar (protokollar) to‘plami doirasida sarflanadi. Servislar/ilovalar egalari tomonidan IP-manzillar o‘zgartirilgan taqdirda, shuningdek, cheklovsiz servislar va ilovalar toifasiga kirmagan trafik (ushbu toifaga smartfon operatsion tizimi orqali ilovalardan foydalanganda paydo bo‘ladigan trafik kiradi) tarif rejasiga kiritilgan limitdan, Internet-paketdan sarflanadi yoki tarif rejasiga kiritilgan limitidan ortiq sarflangan MB narxida to‘lanadi.
  • Operator ro'yxatdan o'tgan IP-manzillarning diapazonlari uchun maxsus trafik hajmini taqdim etadi. Kompaniya resurs egalari tomonidan IP-manzillar diapazoni o‘zgartirilishiga va tarif rejasiga yoki Internet-paketga kiritilgan MBlar limiti sarflanishiga javobgar bo‘lmaydi.
  • Odatda, smartfonlada mobil trafik fon rejimida sarflanadi: tizimdagi yangilanishlar, ilovalar yangilanishi, vidjetlar (ob-havo, taqvim va boshqalar) va ijtimoiy tarmoqlar ma’lumotlari sinxronlashtirilishi uchun, shuningdek, tahlilchi-hisoblagichlar uchun (Google, google-analytics.com, googletagmanager com, gstatic.com, stats.g.doubleclick.net). Ushbu yo‘nalishlarga trafik tarif rejasiga kiritilgan limitidan, Internet-paketdan sarflanadi yoki tarif rejasiga kiritilgan limitidan ortiq sarflangan MB narxida to‘lanadi.
  • Viber, Instagram, Facebook yoki VKontakte ilovalari orqali audio/videoqo‘ng‘iroqlar amalga oshirilganda, Internet-trafik tarif rejasi yoki Internet-paketlar bo‘yicha ajratilgan cheklovsiz foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lgan xizmatlar doirasida emas, balki tarif rejasida umumiy limit doirasida sarflanadi.
  • Operator ajratilgan cheksiz foydalanish xizmatiga kiritilgan alohida servislar ro‘yxatini qo‘shish, chiqarib tashlash yoki o'zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda, abonentlar belgilangan tartibda Kompaniyaning rasmiy veb-saytida xizmat ko‘rsatish shartlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar to‘g‘risida oldindan xabardor qilinadi.
  • Cheksiz foydalanish uchun ajratilgan xizmatlar ro‘yxatiga kiritilgan servislar ilovalarini yuklab olishda va o‘rnatishda Internet-trafik asosiy tarif rejasiga muvofiq sarflanadi.
  • Agar xizmatni avtomatik ravishda faollashtirish uchun shaxsiy hisobda mablag‘lar yetarli bo‘lmasa, to‘lov amalga oshirilgunga qadar xizmat o'chirib qo'yiladi. Xizmat narxini hisobdan yechish uchun hisobda yetarli miqdorda mablag‘lar bo‘lganda, xizmat avtomatik ravishda faollashtiriladi. Bunda, xizmatning amal qilishi muddati, uning qiymati muvaffaqiyatli hisobdan yechilgan bo‘lsa, oxirgi faollashtirilgan paytdan (yangi davr) boshlanadi.
  • Agar abonent qurilmasi tarmoqning avtomatik rejimida: 2G/3G/4G yoki faqat 4G rejimida boʻlsa, qoʻshimcha xizmatlarni faollashtirishdan oldin qurilmani quyidagi tarmoq rejimlaridan biriga oʻtkazish kerak: 2G/3G/Faqat 2G/Faqat 3G. Qoʻshimcha xizmat muvaffaqiyatli faollashtirilgandan soʻng, abonent qurilmasidagi tarmoq rejimini abonentning xohishiga qarab oʻzgartirish mumkin.
  • Faollashtirish uchun USSD-soʻrov yuborilgandan soʻng, xizmat muvaffaqiyatli ulanganligini tekshirish uchun yana bir bor USSD-soʻrov yuborish kerak. Agar faollashtirish tasdiqlanmasa, Kompaniya da’volarni qabul qilmaydi va qayta hisoblash amalga oshirilmaydi.
  • UNLIM qo‘shimcha xizmati faqat mobil raqam faol holatda bo‘lganda va ijobiy balans mavjud bo‘lganda (shuningdek, tarif rejasiga kiritilgan yoki sotib olingan Internet-paket doirasida Internet-trafik mavjud bo‘lganda) amal qiladi. Agar raqam bloklangan bo‘lsa, UNLIM xizmati amal qilishi, faollashtirilgan sanadan qat’i nazar, to‘xtatiladi.
  • Bir vaqtning o‘zida quyidagi servislarni ulash mumkin emas:
    “Messenjerlar UNLIM” va “Messenjerlar 12 GB” (WhatsApp, Telegram, WeChat, Viber);
    “Musiqa UNLIM” va “Musiqa 12 GB” (Spotify, Apple Music, Yandex Musiqa);
    “Ijtimoiy tarmoqlar UNLIM” va “Ijtimoiy tarmoqlar 50 GB” (Facebook, Instagram, Twitter, LinkedIn, VKontakte);
    “Ijtimoiy tarmoqlar UNLIM” va “Ijtimoiy tarmoqlar 12 GB” (Facebook, Instagram, Twitter, LinkedIn, VKontakte);
    “Video UNLIM” va “Video 12 GB” (YouTube, Zoom).