Texnik direktor

2018 Fevral 10

Aripov Jahongir Abduhakimovich

 

1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

Ma’lumoti oliy: 2003-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini telekommunikatsiyalar mutaxassisligi bo‘yicha, 2005-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini telekommunikatsiya uzatish tizimlaridan texnik foydalanish magistri mutaxassisligi bo‘yicha, 2014-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy biznes maktabini biznes boshqaruvi magistri mutaxassisligi (MBA) bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2003-yilda “O‘zbektelekom” AK “Toshkent Telekom” filiali Mahalliy telefon aloqasi bo‘limi muhandisi lavozimidan boshlagan.

Mehnat faoliyati davomida:

  • “O‘zbektelekom” AK “Toshkent Telekom” filiali Ishlab chiqarish texnik laboratoriyasi 1-toifali muhandisi, Telekommunikatsiya tarmoqlarining ekspluatatsiyasi bo‘limi yetakchi muhandisi, Mahalliy telefon aloqasi bo‘limi etakchi muhandisi, bo‘lim boshlig‘i;
  • “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali Texnik ekspluatatsiya xizmati boshlig‘i;
  • “O‘zbektelekom” AK Axborot-kommunikatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i, Telekommunikatsiya tizimlarini ekspluatatsiya qilish departamenti direktori;
  • “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali Texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2015-2017 yillarda “O‘zbektelekom” AK “TShTT” filiali direktorning birinchi o‘rinbosari lavozimida mehnat faoliyatini olib bordi.

2017-yil 16-maydan “O‘zbektelekom” AK Texnik direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.