Qabul qilish kunlari va vaqti Seshanba, 15-00 dan 17-00 gacha

Maxsudov Jamol Tilloyevich

Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo'yicha direktor


1972-yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.
Ma’lumoti oliy: 1994-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini elektr aloqa muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996-yil “O‘zbektelekom” konserni Tarmoqlar istiqbolini rejalashtirish, zamonaviylashtirish va rivojlantirish bo'limi yetakchi muhandisi lavozimidan boshlagan.


Mehnat faoliyati davomida:
  • 1997-yil “Ozbekmahalliy telekom” davlat elektr aloqa birlashmasi Tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
  • 1997-2000 yy. – “Mahalliy telekom” AK Aloqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi;
  • 2000-2002 yy. – “O‘zimpeksaloqa” ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati Konsultantlar guruhi bosh mutaxassisi;
  • 2002-2008 yy. – O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Axborot texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘I o‘rinbosari, boshlig‘I, Telekommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlari bo‘limi boshlig‘i;
  • 2008-2010 yy. - “O‘zbektelekom” AK bosh direktorning birinchi o‘rinbosari;
  • 2010-2010 yy. – O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” davlat unitar korxonasi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi;
  • 2010-2011 yy. - “O‘zbektelekom” AK “Biznesni va personalni rivojlantirish markazi” filiali direktori;
  • 2011-2013 yy. - - “O‘zbektelekom” AK “ Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi “ filiali direktori;
  • 2013-2017 yy. - “O‘zbektelekom” AK bosh direktor o‘rinbosari, Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktori;
  • 2017-2017 yy. - “O‘zbektelekom” AK “ Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi “ filiali direktori;
  • 2017-2017 yy. – O‘zbekiston respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari;
  • 2017-2018 yy. – “O‘zbektelekom” AK “ Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi “ filiali direktori;
  • 2018 y.-h.v. - Istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktor.

Ko'rib chiqiladigan masalalar:
  • telekommunikatsiyalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni xalqaro, davlatlararo, hukumatlararo, shuningdek tarmoqlararo shartnomalar asosida amalga oshirishni boshqaradi;
  • kompaniya tarkibiy bo‘linmalari telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot tizimlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va investitsiyalash loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va investitsion loyihalarni tahlil qilish bo‘yicha tavsiyalar va dasturlarni ishlab chiqadi, shuningdek, ulardan samarali foydalanishni nazorat qiladi;
  • kompaniyaning telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni nazorat qiladi;
  • kompaniyaning tarkibiy bo‘linmalarining yillik biznes-rejalari asosida telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish ekspertizasi ishlariga qatnashadi;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va rekonstruksiya qilish uchun Kompaniyaning Davlat dasturlari va dasturlarini ishlab chiqishda qatnashadi.