Korporativ sotuvlarni boshqarish markazi

2018 yil 23 aprelda "O'zbektelekom" AK Kuzatuv kengashining bayonnomasi bilan Korporativ Sotuvlarini Boshqarish Markazi Nizomi tasdiqlangan. Shuningdek 2018 yil 1 maydan 185 buyruq bilan belgilab qo'yilgan.

Markaz Kompaniyada quyidagilarni ta'minlashga yordam beradi:
  • Ushbu alohida biznes segmenti uchun ajratilgan vertikal tuzilma;
  • Daromad va xarajatlar, pul oqimlari va kompaniya resurslarini alohida hisobga olish;
  • Kompaniyaning korporativ bozorda mijozlarga xizmat ko'rsatish, xizmat ko'rsatish sifati bilan bog'liq pozitsiyasini sezilarli darajada mustahkamlash;
  • Xizmatlarni sotishning zamonaviy texnikasini, xodimlarni rag'batlantirishning raqobatdosh tizimini va qonunchilik tashabbuslarini joriy etish natijasida segmentning daromadlarini oshirish.
Aloqa:
  1. 100055, Toshkent sh., Kichik xalqa yo'li ko'chasi, 2
  2. +99899 836-7700
  3. b2b@uztelecom.uz
Chakana sotuvlarni boshqarish markazi
Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • Kompaniyaning telekommunikatsiya xizmatlarini jismoniy va yuridik shaxslarga sotish (B2C, B2B segmenti);
  • faoliyat sohasidagi biznes-jarayonlarni amalga oshirish va optimallashtirish;
  • mijozlarning Kompaniya taqdim etayotgan xizmatlariga bo'lgan mavjud va kelajakdagi so'rov va talablarini bajarishga qaratilgan sotuvlarni rejalashtirish
  • Dilerlar va abonentlarni saqlab qolishga qaratilgan dasturning bajarilishini ta'minlash;
  • kelishilgan majburiyatlar rejalarini bajarish bo'yicha bo'yicha tezkor va statistik hisobotlarni tayyorlash va Kompaniya rahbariyatiga, statistika organlariga o'z vaqtida taqdim etish;
  • savdo va xizmat ko'rsatish ofislari ishlarini tashkil qilish va boshqarish;
  • Kompaniyaning yagona aloqa nuqtasi, telefon orqali axborot-ma'lumot berish, abonentlarni texnik qo'llab-quvvatlash vazifalarini bajarish.
Aloqa:
  1. 100011, Toshkent sh., Alisher Navoiy ko'chasi, 8
  2. (+998 99) 836-76-67
  3. b2с@uztelecom.uz
Personalni boshqarish markazi
Aloqa:
  1. 100084, Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 97 A
  2. 234 01 50
  3. andtel@uztelecom.uz
  4. Faks: 238-49-22
"O'zMobayl" mobil tarmog'ini ekspluatatsiya qilish markazi
Aloqa:
  1. 100055, город Ташкент, улица Кичик Халка Йули, 2
  2. +99899 836-7100
  3. info@uzmobile.uz
"Axborot tizimlari" markazi
Aloqa:
  1. 100077, г.Ташкент, Мирзо Улугбекский район, ул. Сайрам, 7 проезд, д. 2.
  2. (+998-71) 231-88-92
  3. info@uzmobile.uz
  4. Faks: (+998-71) 231-88-93
"Qoraqalpog'iston-Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 488-sonli hamda Kompaniya Kuzatuv kengashining 2002 yil 1 fevralidagi qarorlariga muvofiq Kompaniyaning filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Qoraqalpog’iston Respublikasi hududidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan xamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filial tarkibida 17-ta telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Xususan, Nukus shahar telekommunikatsiya bog’lamasi, Vodokanal, Oraq-balg’a, Uzыn-kol, Respo, Akmangit, Ellikkala, Beruniy, Kegeyli, Bozatau, Kungrad, Mangit, Muynak, Karauzyak, Kanlыkul’, Turtkul’, Taxiatash, Xodjeyli, Shumanay, Taxtakupыr, Chimbay tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 199 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 113,0 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Shunlardan, qariyib 80,0 ming raqami zamonaviy telefon stantsiyalari asosida montaj qilingan. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’idagi raqamlashtirish darajasi 79% tashkil etmoqda. Filial magistral telekommunikatsiya tarmog’ining uzunligi qariyb 2,3 ming kan/km., zonaichi tarmog’ida esa, 2,2 ming kan/km. -dan ziyodni tashkil etadi.
  • Mustaqillik yillari davomida, Qashqadaryo viloyatining mahalliy telekommunkiatsiya tarmog’ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida qator loyihalar amalga oshirilidi. Jumladan, 1997–1999 yillar mobaynida OECF va JBIC loyihalari doirasida, eskirgan analog rusumidagi telekommunikatsiya stantsiyalarini umumiy sig’imi 78,5 ming raqamga mo’ljallangan zamonaviy raqamli telekommunikatsiya stantsiyalari asosida modernizatsiya qilindi. Shuningdek, 6,7 ming raqamli xalqaro/shaharlararo telekommunikatsiya stantsiyasini rivojlantirildi.
  • 2006 yili, JBIC loyihalari doirasida, filialning Chimbay, Kanllikul, Taxtakupir, Karauzak va Amudaryo tuman markazlaridagi stantsiyalarni raqamli stantsiyalarga yana qo’shimcha 9,5 ming raqamga kengaytirish orqali modernizatsiya qilindi.
  • 2007 yili XXR ning Xitoy taraqqiyot banki «CDB» loyihasi doirasida, Shumanay va Muynoq tumanlarida hamda Nukus shahridagi «G’isht zavodi» poselkasida «Huawei technologies Co. Ltd." tomonidan ishlab chiqarilgan va umumiy sig’imi qariyib 9,5 ming raqamga mo’ljallangan raqamli telefon stantsiyalari asosida montaj qilindi.
Aloqa:
  1. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus sh., Qoraqplog’iston ko’chasi
  2. 0 (361) 224-22-22
  3. qqtel@uztelecom.uz
"Andijon - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Andijon filiali — Kompaniya tarkibidagi xududiy filiali bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 488-son qaroriga muvofiq Kompaniyaning «Andijon Telekom» filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Andijon viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filial tarkibida 17ta telekommunikatsiya bog’lamalari (shu jumladan, 3 ta shahar va 14 ta tuman bog’lamalar) faoliyat olib boradi. Xususan, Andijon, Xonobod, Qorasuv shahar telekommunikatsiya bog’lamalari va Asaka, Baliqchi, Buloqboshi, Bo’z, Kuyganyor, Marhamat, Oltinko’l, Oxunboboev, Ulug’nor, Paytug, Paxtaobod, Xo’jaobod, Shahrixon, Qo’rg’ontepa tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • «Andijon Telekom» filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 170 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy montaj sig’imi 120,5 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. 2007 yil yakunida ularning foydalanish sig’imi qariyb 100,0 ming raqamni tashkil qildi. Mustaqillik yillari davomida amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida raqamli telefon stantsiyalarining umumiy montaj sig’imi 91,0 ming raqamga etdi. Ulardan foydalanish sig’imi 82,0 ming raqamni tashkil etdi. Viloyatning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini raqamlashtirish darajasi 75,6% ni tashkil etdi.
  • Mustaqillik yillari davomida, Andijon viloyati telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida filial tomonidan qator loyihalar amalga oshirildi. Xususan, 1994 yili viloyatning Baliqchi va Ulug’nor tuman markazlarida «Kvant -2048» rusumdagi ATS foydalanishga topshirildi. 1996 yillar davomida, Janubiy Koreyaning «Daewoo Telecom» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy xizmat ko’rsatish sig’imi 12,0 ming portni tashkil etadigan 22ATS/ShATS va 24 ATSlar o’rnatildi. Mazkur loyihalar viloyatning telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlashtirish borasida qilinayotgan ilk qadamlardan biri edi.
  • Andijon viloyatining telekommunikatsiya tarmoklarini modernizatsiya qilishning keyingi bosqichlari 2000 yilda Koreya Respublikasining Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish «EDCF» jamg’armasi tomonidan amalga oshirilgan loyihasi asosida davom ettirildi. Mazkur loyiha doirasida umumiy sig’imi 21,0 ming raqamga mo’ljallangan 4 ta raqamli kommutatsiya stantsiyalari, shu jumladan, Andijon va Asaka shaharlarida 16,0 ming raqam, Qorasuv shahrida 2,0 ming raqam va Xonobod shahrida esa 3,0 ming raqamga xizmat ko’rsatadigan zamonaviy texnologiyalar joriy etildi. Shuningdek, viloyatning Asaka, Marhamat, Buloqboshi, Xo’jaobod, Jalaquduq va Qo’rg’onteppa tuman markazlarini bog’lovchi va umumiy uzunligi 150 km.li optik tolali aloqa liniyalari o’tkazildi va zamonaviy uzatish tizimlari asosida jihozlandi.
  • 2004 yili Yaponiyaning «JBIC» loyihasi doirasida Andijon, Paxtaobod, Izboskan, Shahrixon, Bo’z, Ulug’nor va Oltinko’l tuman markazlari bilan Andijon shahrini tutashtiruvchi va umumiy uzunligi 273 km.ni tashkil etuvchi OTAL kabellari o’tkazildi.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 fevraldagi «XXR kompaniyalari va banklari bilan axborot texnologiyalari sohasida investitsiya hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoni asosida viloyatdagi eskirgan analog rusumdagi ATSlarni zamonaviy telekommunikatsiya jihozlariga almashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Mazkur loyiha doirasida, 2006 yili Andijon shahridagi 25,37,46 ATSlar va 14 tuman ATSlari modernizatsiya qilinib, umumiy sig’imi 50,5 ming raqamga mo’ljallangan 18 ta raqamli ATS va 2,4 ming kanalga teng bo’lgan ShATSlar o’rnatildi.
  • Bugungi kunda, viloyat miqyosida etti xonali telefon raqamida ishlamoqda. Endilikda, viloyat aholisi uchun zamonaviy xizmatlardan foydalanishga muvaffaq bo’linmoqda. Raqamli telefon stantsiyalari tomonidan taqdim etilayotgan qo’shimcha xizmat turlariga bo’lgan viloyat aholisining ehtiyojlari qondirilmoqda.
  • Filialning barcha shahar va tuman telekommunikatsiya stantsiyalari mijozlari uchun 2007 yildan e’tiboran oldindan to’lanadigan to’lov kartalari joriy etildi. Endilikda, filialning mijozlari o’z telefon raqamlari hisob-kitobini ushbu kartochkalar yordamida to’lashlari uchun qulay imkoniyatdan foydalanilmoqda.
  • «Andijon Telekom» filialining qishloq telefon stantsiyalarini mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan «El-SGM» rusumdagi raqamli abonent kontsentratorlari asosida viloyatning aholi zich joylashgan Madaniyat, Yorqishloq, Yangichek, Qambarota, Chimyon, Navbahor, Nayman, Maslahat, Ko’makay, Xonobod, Axtachi kabi qishloq joylaridagi ATS lar rekonstruktsiya qilindi.
Aloqa:
  1. Andijon sh, 710021, Lermontov ko’chasi 12 uy.
  2. 0(374) 226-52-22
  3. andtel@uztelecom.uz
"Buxoro - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Buxoro filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlarito’g’risida"gi 488-sonli hamda Kompaniya Kuzatuv kengashining 2002 yil 1 fevralidagi qarorlariga muvofiq Kompaniyaning filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Buxoro viloyati hududidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda boshqa turdagi telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatib keladi.
  • Filial tarkibida 12 ta telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatmoqda. Xususan, Buxoro shahar telekommunikatsiya bog’lamasi va Olot, Vobkent, Galaosiyo, G’ijduvon, Kogon, Qorako’l, Qoravulbozor, Romitan, Jondor, Shofirkon, Peshku tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 158 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 125,4 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Shunlardan, qariyib 105,8 ming raqami zamonaviy telefon stantsiyalari asosida montaj qilingan. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’idagi raqamlashtirish darajasi 84.4% tashkil etmoqda. Viloyatning magistral va zonaichi telekomunikatsiya tarmog’ining uzunligi 194,2 kilometr bo’lgan optik tolali aloqa liniyalari asosida tashkil topgan.
  • Mustaqillik yillari davomida, Buxoro viloyati telekommunikatsiya tarmog’ining tub rivojlantirish borasida qator loyihalar amalga oshirildi.
  • Jumladan, 1996 yili Buxoro shahridagi eskirgan analog rusumdagi telefon stantsiyalarini Janubiy Koreyaning «Daewoo Telecom» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «DTS 3100» rusumli raqamli telekommunikatsiya qurilmalari asosida modernizatsiya qilindi.
  • 1997–1999 yillar davomida Yaponiya Hukumatining Tashqi iqtisodiy hamkorlik «OECF» jamg’armasining krediti hisobiga viloyatdagi barcha shahar va tumanlaridagi eskirgan telekommunikatsiya stantsiyalarini zamonaviysiga bosqichma-bosqich almashtirildi. Unga ko’ra, umumiy sig’imi 65,0 ming raqamga teng bo’lgan 18 ta ATS ta’mirlandi va 4,2 ming kanalga mo’ljallangan yangi raqamli ShATS qurib ishga tushirildi.
  • Buning natijasida, shahar telefon stantsiyalarining umumiy sig’imi 18,3 ming, shaharlararo avtomat telefon stantsiyasi kanallari 4,0 mingtaga oshdi.
  • Buxoro viloyatining qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va qishloq aholisiga zamonaviy xizmatlar ko’rsatish borasida ham qator ishlar amalga oshirmoqda.
  • Xususan, mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan «El-SGM» rusumdagi umumiy sig’imi 1,5 ming raqamga mo’ljallangan 7 ta raqamli kontsentratorlarni filialning turli hududlarida o’rnatildi. Bu boradagi ishlar izchil davom etib borilmoqda.
  • Shuningdek, viloyatning aholi zich joylashgan hududlarida internet va aloqa xizmatlarini ko’rsatuvchi 7-ta provayderlik punktlari tashkil qilindi.
Aloqa:
  1. Buxoro viloyati, Buxoro shahri, I.Mo’minov ko’ch., 2 uy
  2. 0(365) 223-89-95, 0(365)223-12-33
  3. buhtel@uztelecom.uz
"Jizzax - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Jizzax filiali 2002 yil 26 iyundagi 110 -son buyrug’iga binoan Kompaniyaning filiali shaklida tashkil etilgan. Mazkur filial tomonidan Jizzax viloyati hududi bo’yicha mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari ko’rsatib kelinadi.
  • Filial tarkibida 12 tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Jumladan, Paxtakor, G’allaorol, Do’stlik, Mirzacho’l, Zomin, Baxmal, Arnasoy, Forish, Zarbdor, Yangiobod, Zafarobod va Sh.Rashidov tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 fevraldagi «XXR kompaniyalari va banklari bilan axborot texnologiyalari sohasida investitsiya hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoni asosida Xitoyning «ExImBank"i krediti hisobiga «O’zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish loyihasi tadbiq etildi. Mazkur loyihaga ko’ra, Jizzax viloyati mahalliy telekommunkiatsiya tarmog’idagi 12 ta tuman markazlaridagi eskirgan analog telekommunikatsiya stantsiyalarini S&C08 rusumdagi raqamli telekommunikatsiya stantsiyalariga almashtirildi.
  • O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2007 yil 17 yanvardagi «Komp’yuterlashtirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» doirasida viloyat aholisiga xizmat ko’rsatish va servis xizmatlarini jadal rivojlantirish uchun qulay shart -sharoitlar yaratish, uning iqtisodiyot sektoridagi ulushini yanada oshirish hamda ichki iste’mol bozorini zamonaviy, sifatli va turdosh xizmatlar bilan to’ldirish, eng muhimi qo’shimcha ish joylarini tashkil etish maqsadlarida, telekommunikatsiya tarmoqlari orqali mazkur infratuzilmani yanada rivojlanitirishga katta ahamiyat berildi.
  • Xususan, «Jizzax Telekom» filialining barcha tuman telekommunikatsiya bog’lamalarini jalb etish orqali mazkur hudduda komp’yuter va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini chekka tuman hududlariga joriy qilish, viloyat aholisiga ma’lumotni uzatish hamda Internetdan foydalanish xizmatlarini ko’rsatuvchi jamoaviy punktlar hamda shoxobchalarni tashkil etildi.
  • Viloyat oldida turgan galdagi vazifalardan biri qishloq telekommunikatsiya stantsiyalarini modernizatsiya qilish va uning xizmat ko’rsatish sig’imini yanada oshirishdan iborat bo’lmoqda. Bu borada, «Jizzax Telekom» filiali mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan «Koinot ElSGM» rusumdagi raqamli kontsentratorlar asosida qishloq telefon stantsiyalarini modernizatsiya qilish ishlarini boshlab yuborildi. Xususan, viloyatning 7 ta qishloq punktlari (Jizzax tumanining «Saraylik», «Xamzaobod» qishloqlari va «Sanoat» hududi, Yangiobod tumanining «Varkin» qishlog’i, G’allaorol tumanining «D.Yo’ldoshev», «Istiqbol» xo’jaliklari hamda Forish tumanining «Band» shaharchalari)da umumiy sig’imi 880 ta raqamga mo’ljallangan kontsentratorlar o’rnatildi.
  • «Jizzax telekom» filialining magistral transport tarmog’i optik tolali aloqa liniyalaridan tashkil topgan, ko’p qatlamli SDH rusumdagi uzatish tizimlari asosida modernizatsiya qilingan. tarmoqning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida, RRL tizimlari (tumanlarda) o’rnatilgan.
  • Viloyatning transport tarmog’ida o’tkazilgan optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 21,3 ming km. Zonaichi OTALning uzunligi esa, 354,3 ming km.ni tashkil etadi. Zonaichi OTAL tarmog’i filialning har bir tuman telekommunikatsiya bog’lamlari bilan tutashtirilgan.
Aloqa:
  1. 708014, Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Ma’rifat ko’ch., 20 uy
  2. 0(372) 221-00-06
  3. jiztel@uztelecom.uz
"Qashqadaryo - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Qashqadaryo filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 488-sonli hamda Kompaniya Kuzatuv kengashining 2002 yil 1 fevralidagi qarorlariga muvofiq Kompaniyaning filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Qashqadaryo viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan xamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filial tarkibida 13-ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Xususan, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog’, Chiroqchi, Qamashi, G’uzor, Dehqonobod, Nishon, Beshkent, Kasbi, Mirishkor, Koson va Muborak tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 184 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 63,0 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Shunlardan, qariyib 33,0 ming raqami zamonaviy telefon stantsiyalari asosidan montaj qilingan. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’idagi raqamlashtirish darajasi 51.5% tashkil etmoqda. 2008 yil yakuniga borib mazkur viloyatning barcha tuman markazlaridagi stantsiyalar modernizatsiya qilinib, to’liq raqamli stantsiyalar asosida ishlashi ko’zlanmoqda.
  • Mustaqillik yillari davomida, Qashqadaryo viloyatining mahalliy telekommunkiatsiya tarmog’ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida qator loyihalar amalga oshirilidi. Jumladan, 1996 yili, Germaniyaning «Alcatel AG» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy sig’imi 10,0 ming raqamga mo’ljallangan raqamli telekommunikatsiya stantsiyasi Shahrisabz shahrida o’rnatildi.
  • 2003 yili Yaponiyaning «JBIC» loyihasi doirasida Qarshi shahrida raqamli ShATS qurilib, foydalanishga topshirilidi.
  • 2007 yili XXR ning Xitoy taraqqiyot banki «CDB» loyihasi doirasida «Huawei technologies Co. Ltd." tomonidan ishlab chiqarilgan va umumiy sig’imi qariyib 28,0 ming raqamga mo’ljallangan raqamli telefon stantsiyalari asosida montaj qilindi. Shuningdek, Qarshi — Termiz shaharlarini tutashtiruvchi uzunligi 360 km.li optik tolali aloqa liniyalari o’tkazildi.
  • Filialning zonaichi aloqa tarmog’ini zamonaviy raqamli uzatish tizimlari asosida modernizatsiya qilish borasida ham sezilarli darajada ishlar amalga oshirildi. Xususan, Qamashi-Yakkabog’, Qarshi -Nishon, Qarshi -Beshkent, Beshkent mug’lon, Mug’lon-mirishkor, Yakkabog’-Chiroqcha, Koson-Oqteppa uchastkalarida optik tolali aloqa liniyalari o’tkazildi.
  • «Qashqadaryo Telekom» filialida qishloq telefon tarmog’ini rivojlantirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2007 yilda mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ tomonidan ishlab chiqarilgan «Koinot El-SGM» rusumdagi raqamli abonent kontsentratorlari viloyatning Shahrisabz, Kitob va Chiroqchi tumanlarida ishga tushirildi.
Aloqa:
  1. Qashqadaryo viloyati, Qarshi sh., O’zbekiston ko’chasi, 47 uy
  2. 0(375) 211-05-02
  3. qashtel@uztelecom.uz
"Navoiy - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Navoiy filiali O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 488-sonli hamda Kompaniya Kuzatuv kengashining 2002 yil 1 fevralidagi qarorlariga muvofiq Kompaniyaning filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Navoiy viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filial tarkibida Konimex, Navbahor, Tamdin, Karmana, Uch-Quduq, Qo’rg’on teppa, Nurota, Xatirchi tuman telekommunikatsiya bog’lamalari hamda Navoiy va Zarafshon shahar telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatadi.
  • Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 73 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 71,3 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Shunlardan, qariyib 66,5 ming raqami zamonaviy telefon stantsiyalari asosidan montaj qilingan. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’idagi raqamlashtirish darajasi 98,1% tashkil etmoqda.
  • Mustaqillik yillari davomida, filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha qator loyihalar amalga oshirildi.
  • Xususan, 1998–1999 yillar mobaynida Yaponiyaning Nec korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, Neax 61E rusumdagi raqamli cig`imi 47 ming raqam bo`lgan 12 ta telekommunikatsiya stantsiyasi o’rnatildi.
  • 2005–2006 yillar mobaynida, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 fevraldagi «XXR kompaniyalari va banklari bilan axborot texnologiyalari sohasida investitsiya hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoni asosida viloyatdagi eskirgan analog rusumdagi ATSlarni zamonaviy telekommunikatsiya jihozlariga almashtirish ishlari izchil davom ettirildi. Unga ko’ra, Xitoyning «Huawei technologies Co. Ltd." kompaniyasida ishlab chiqarilgan C&C08 rusumdagi va umumiy sig’imi 12,0 ming raqamga mo’ljallangan telekommunikatsiya stantsiyasi foydalanishga topshirildi.
  • Bugungi kunda, Navoiy shahrida o’rnatilgan umumiy montaj sig’imi 2850 kanalli ShATS orqali xalqaro va shaharlararo telefon so’zlashuvlari xizmatlari ko’rsatilib kelinmoqda.
  • «Navoiy Telekom» filialining magistral va zonaichi tarmog’ida qariyib 500 kilometrli optik tolali aloqa liniyalari o’tkazilgan.
  • Undan tashqari, filialning qishloq telefon stantsiyalarini rivojlantirish va bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish borasida, 2007 -2011 yillar davomida qishloq telekommunikatsiya tarmog’idagi analog telefon stantsiyalarini El-SGM rusumdagi raqamli kontsentratorlar asosida modernizatsiya qilib borilmoqda. Xususan shu yilning o’zidayoq turli sig’imdagi 34 ta kontsentratorlar o’rnatildi.
Aloqa:
  1. Navoi sh., Xalqlar Do’stligi ko’ch., 3 a uy.
  2. 0(436) 223-05-55
  3. navtel@uztelecom.uz
"Namangan - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «Namangan Telekom» Kompaniya tarkibidagi hududiy filiali bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlarito’g’risida"gi 488-son qaroriga muvofiq Kompaniyaning «Namangan Telekom» filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Namangan viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan xamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filial tarkibida bitta shahar va 11 tuman telekommunikatsiya bog’lamalari mavjud bo’lib, mijozlarga barcha xildagi tovushli aloqa va ma’lumotlarni uzatish, aloqa operatorlari va provayderlariga kanallarni ijaraga berish xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
  • Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida umumiy sig’imi 135,0 mingdan ortiq raqamga ega bo’lgan 170-ga yaqin telefon stantsiyalari mavjud. Namangan viloyati bo’yicha raqamlashtirish darajasi — 86,0 tashkil qiladi.
  • Namangan shahrida ilk bor 1995 yili Germaniyaning «Alcatel AG» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan raqamli ATS/ShATS telekommunikatsiya stantsiyalari o’rnatildi.
  • Keyinchalik viloyatning telekommunikatsiya tarmog’ini modernizatsiya qilish borasida, Xitoy Xalq Respublikasining krediti doirasida, «Huawei Technologies Co. Ltd." kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan raqamli telefon stantsiyalari asosida 1998 yili umumiy sig’imi 1200 raqamga mo’ljallangan 225-ATS va 2004 yili umumiy sig’imi 9,5 ming raqamga ega bo’lgan 224-ATS ekspluatatsiya qilingan. Shuningdek, Namangan shahrida raqamli telekommunikatsiya stantsiyalarini o’zaro tutashtiruvchi optik tolali aloqa liniyasi asosida xalqa tarmog’i tashkil etildi.
  • 2006 yili «Trans-Osiyo-Evropa» optik tolali aloqa magistrali (TAE VOLS) loyihasining O’zbekiston segmenti Namangan shahri va tuman markazlarini bog’lovchi optik tolali aloqa tarmog’i ishga tushirildi.
  • 2005–2006 yillar davomida, Xitoyning «ExImBank"ining krediti doirasida Namangan shahar telefon tarmog’idagi barcha eskirgan analog rusumdagi telefon stantsiyalari «Huawei Technologies Co. Ltd." kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy raqamli telefon stantsiyalari asosida modernizatsiya qilindi. Natijada, filialning shahar telefon tarmog’idagi telefon stantsiyalarining raqamlashtirish darajasi — 100% etkazildi.
  • 2007 yildan boshlab, viloyatning qishloq telefon stantsiyalarini rivojlantirish bo’yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ raqamli «El-SGM»abonent kontsentratorlari asosida modernizatsiya qilib kelinmoqda. Xususan, viloyatning Namangan shahri, Kosonsoy, Chortoq, Norin, Pop, Uychi, Chust va Namangan tumanlaridagi qishloq ATS larida o’rnatildi.
Aloqa:
  1. 160136, Namangan sh., Istiqlol ko’ch., 57 uy.
  2. 0(369) 227-26-71
  3. namtel@uztelecom.uz
"Samarqand - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektlekom» AK Samarqand filiali «O‘zbektlekom» AK ning 2002-yil 28-iyundagi 110-sonli buyrug‘iga muvofiq, «O‘zbektelekomInterneyshnl AJ» QK so‘ba korxonasining tuman filiallari qayta tashkil etilishi natijasida O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasiga o‘tkazilishi natijasida 2002-yil 1-iyulda tashkil etildi.
  • «O‘zbektlekom» AK litsenziyasiga muvofiq, Samarqand filiali «O‘zbektlekom» AK tashkilotlari, korxonalari va viloyat aholisiga mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa, shuningdek, ma’lumotlar uzatish, IP-telefoniya va Internet xizmatlarini taqdim etadi.
  • Korxona tarkibiga butun Samarqand viloyati hududini aloqa xizmatlari bilan ta’minlaydigan 1ta shahar va 14ta tuman telekommunikatsiya bo‘linmalari, kiradi. Jumladan, Paxtachi, Narpoy, Ishtixon, Pastdarg‘om, Urgut, Bulung‘ur, Jomboy, Qo‘shrabod, Nurobod, Poyariq, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Toyloq, Oqdaryo tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahar telekommunikatsiya bog‘lamalaridir.
  • Bugungi kunda Samarqand filiali telekommunikatsiya tarmog‘i umumiy sig‘imi 50 ming raqamdan ortiq bo‘lgan 75ta raqamli ATS’ni o‘z tarkibiga qamrab olgan. Filialning mahalliy tarmoqni raqamlashtirish darajasi 100 foizni, foydalanish koeffitsiyenti esa – 89,4 tashkil etadi.
  • Telekommunikatsiya xizmatlariga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida, Samarqand filiali nomenklaturasini kengatira borib va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshrib, mavjud telekommunikatsii vosita va tarmoqlarining yangilarini qurish, modernizatsiya qilish, shuningdek, telekommunikatsiya tizimlarini yaratish va amal qilish sohasida jahon yutuqlarini joriy etish yo‘li bilan muntazam rivojlantirish va texnik qayta jihozlash ishlarini amalga oshirmoqda.
  • 2007-yilda filial tomonidan «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish loyihasi amalga oshirish natijasida tuman markazlari telefon stansiyalarining ulanish sig‘imi 10 foizga oshirildi.
  • 2008-yilda «Samarqand telekom» filiali telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha loyiha bajarilishi munosabati bilan viloyatda 7ta telefon stansiyasida uskunalar zamonaviy HUAWEI kompanii MSAN tashqi konsentratorlariga almashtirildi.
  • 2009-yilga «Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» nomi berilishi bilan filial qishloq ATS stansiyalarini mamlakatimiz ishlab chiqaruvchisi «Koinot» OAJ tomonidan tayyorlangan 51 ta raqamli «El SGM» konsentratoriga almashtirildi. Shuningdek, 2009-yil oxirida Nurobod tumanidagi Nurbuloq qishlog‘ida uzunligi 1,8 km optik-tolali kabel yotqizildi.
  • 2010-2011 yillarda Samarqand viloyati qishloq joylarida yana 5ta ATS o‘rnatildi.
  • Bugungi kunda filial tomonidan eski ATS’lar to‘liq raqamliga almashtirildi; aloqada buzilish va to‘siqlarga barqaror, shuningdek, uzoq masofalarga ma’lumotlar uzatishni kuchaytirish punktlarisiz ta’minlovchi optik-tolali kabel yotqizilmoqda, Internet tarmog‘i portlari sonini va ulanish tezligini oshirish bo‘yicha kabel yotqizish va Ftt(x) texnologiyasi sohasida joriy etish uchun iskunalar o‘rnatish vositasida ishlar olib borilmoqda. Bularning barchasi aloqa vositalarining uzluksiz ishlashini ta’minlanishi evaziga tarmoq sig‘imidan foydalanish va abonentlar sonining oshishiga olib keladi.
Aloqa:
  1. 140103, Samarqand sh., Mirzo Ulug’bek ko’ch., 92
  2. 0(366) 231-02-39
  3. samtel@uztelecom.uz
  4. Sayt: www.samtel.uz
"Sirdaryo - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Sirdaryo filiali — O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 488-sonli hamda Kompaniya Kuzatuv kengashining 2002 yil 1 fevralidagi qarorlariga muvofiq Kompaniyaning filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • Mazkur filial tomonidan Sirdaryo viloyati hududi bo’yicha mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqa xizmatlari ko’rsatib keladi.
  • Filial tarkibida 3-ta shahar va 7-ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Xususan, Guliston, Shirin, Yangier shahar va Sirdaryo, Mirzaobod, Sayxunobod, Guliston, Sardobinskiy, Oqoltin, Xovos tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 105 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 52,0 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Shunlardan, qariyib 44,0 ming raqami zamonaviy telefon stantsiyalari asosidan montaj qilingan. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’idagi raqamlashtirish darajasi 85% tashkil etmoqda.
  • Mustaqillik yillari davomida, Sirdaryo viloyatining mahalliy telekommunkiatsiya tarmog’ini modernizatsiya qilish va rivojlantirish borasida qator loyihalar amalga oshirilidi. 1994–1995 yillar davomida, Janubiy Koreyaning «Daewoo Telecom» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan umumiy xizmat ko’rsatish sig’imi 40,0 ming raqamga mo’ljallangan raqamli telekommunikatsiya stantsiyalari Guliston, Sirdaryo, Yangiyor, Baxt va Shirin shaharlarida o’rnatildi.
  • Stantsiyalararo aloqa tarmog’i zamonaviy optik tolali aloqa liniyalari hamda radioreleli aloqa tizimi va raqamli uzatish tizimlari asosida jihozlangan. Mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini raqamlashtirilishi elektraloqa tarmog’ining ishlash sifatini sezilarli darajada yaxshiladi, abonentlarga yangi turdagi turli aloqa xizmatlari taqdim etila boshlandi, shuningdek, keng doiradagi foydalanuvchilar e’tiboriga yuqori tezlikdagi Internet tarmog’idan foydalanishni tashkil etishiga muvaffaq bo’lindi.
  • 2005 yili davlat granti asosida XXRning «ZTE» korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va umumiy sig’imi 2,5 ming raqamga mo’ljallangan raqamli kommutatsiya stantsiyalari asosida montaj qilindi. O’sha yilda Yaponiyaning moliyaviy ko’magi asosida «JBIC» loyihasi tadbiq etila boshlandi. Mazkur loyiha doirasida Trans Osiyo Evropa optik tolali aloqa xalqaro liniyasi (TOE OTAL) O’zbekiston segmenti, Sirdaryo hududidan o’tuvchi tarmog’idagi shahar va tuman raqamli telefon stantsiyalarining o’zaro tutashtirilishiga erishildi.
  • 2007 yilda XXRning «Huawei Technologies Co. Ltd." firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan va umumiy sig’imi 2,4 ming raqamga mo’ljallangan raqamli xalqaro/shaharlararo telefon (ShATS) stantsiyasi keltirilib, montaj qilindi va uni foydalanishga topishirildi.
Aloqa:
  1. Sirdaryo viloyati, Guliston sh., Alisher Navoiy ko’chasi 45 uy
  2. 0(367) 240-10-09
  3. sirtel@uztelecom.uz
"Surxondaryo - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Surxondaryo filiali — Kompaniya tarkibidagi hududiy filiali bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlarito’g’risida"gi 488-sonli qaroriga muvofiq, Kompaniyaning «Surxondaryo Telekom» filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Surxondaryo viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filialning tarkibida 14ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat olib boradi. Xususan, Angor, Boysun, Bandixon, Denov, Jarqo’rg’on, Sho’rchi, Sherobod, Uzun, Uchqizil, Oltinsoy, Qiziriq, Sariosiyo, Kumqurg’on, Muzrabod, tumani telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • «Surxondaryo Telekom» filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 156 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy montaj sig’imi 34,0 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. Stantsiyalardan foydalanish sig’imi esa 33,0 ming raqamga etdi. Viloyatning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini tuman markazlari miqyosida, raqamlashtirish darajasi 100% ni tashkil etdi.
  • Mustaqillik yillari davomida qator istibolli loyihalar amalga oshirildi. Dastlab, 1994–1997 yillar davomida, Denov, Uzun, Sariosiyo, Oltinsoy va Sho’rchi tumanlarida eskirgan analog telefon stanitsyalarini «Ericsson» kompaniyasida ishlab chiqarilgan raqamli telefon stantsiyalari aosida modernizatsiya qilindi./li>
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 14 fevraldagi «XXR kompaniyalari va banklari bilan axborot texnologiyalari sohasida investitsiya hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoni asosida viloyatdagi eskirgan analog rusumdagi ATSlarni zamonaviy telekommunikatsiya jihozlariga almashtirish ishlari izchil davom ettirildi.
  • Mazkur loyiha doirasida, «Huawei Technologies Co. Ltd." kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi shaharlararo/xalqaro telefon stantsiyasi qurildi.
  • 2005–2006 yillar davomida, Xitoyning «ExImBank"ining krediti doirasida viloyatning magistral va zonaichi aloqa tarmog’i optik tolali aloqa liniyalari asosida modernizatsiya qilindi.
  • 2007 yili XXR ning Xitoy taraqqiyot banki «CDB» loyihasi doirasida viloyatning Qiziriq, Qumqorg’on, Bandixon, Boysun, Sherobod, Angor, Muzorobod, Jarqo’rg’on va Uchqizil tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridagi qator eskirgan telekommunikatsiya stantsiyalarini modernizatsiya qilindi hamda ularni o’zaro tutashtiruvchi zonaichi optik tolali aloqa liniyalari o’tkazildi va raqamli uzatish tizimlari asosida montaj qilindi.
  • Qishloq telefon tarmog’ini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish borasida mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ «El-SGM» rusumdagi raqamli abonent kontsentratorlari asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Bugungi kunga qadar, turli sig’imdagi 10 ta qurilma o’rnatildi.
Aloqa:
  1. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, At-Termiziy ko’chasi, 28 uy
  2. 0(376) 225-54-53
  3. surtel@uztelecom.uz
"Farg‘ona - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali Farg’ona viloyati hududidagi filiali hisoblanadi. Filial tomonidan davlat boshqaruv organlari, muassasalar, idoralar, korxona va tashkilotlarga, shuningdek, shu hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatib keladi.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Farg’ona viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan xamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filialning tarkibida 19 ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat olib boradi. Xususan, Farg’ona, Marg’ilon va Qo’qon shaharlari, Quva, Quvasoy, Dang’ara, Oltiariq, Oxunboboev, Beshariq, Bog’dod, Farg’ona, Yozyovon, So’x, Rishton, Uchko’prik, Buvayda, Toshloq, O’zbekiston tumanlari telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • «Farg’ona-Telekom» filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 142 telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy montaj sig’imi 154 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. 2007 yilda ularning foydalanish sig’imi qariyib 132 ming raqamni (yoxud umumiy sig’imning 85%)ni tashkil qildi. Mustaqillik yillari davomida amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida raqamli telefon stantsiyalarining umumiy montaj sig’imi 134 ming raqamdan oshib ketdi. Ulardan foydalanish sig’imi 124 ming raqamni (yoki umumiy sig’imning 94%) tashkil etdi. Viloyatning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ining raqamlashtirish darajasi 87% ni tashkil etdi.
  • Farg’ona viloyati telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida qator xorij investitsiyalari jalb qilindi. 1994 yili Janubiy Koreya Respublikasining «Daewoo Telecom» kompaniyasi bilan hamkorlikda umumiy sig’imi 21,8 ming raqamni tashkil etadigan «DTS» rusumdagi raqamli kommutatsiya stantsiyalari Farg’ona, Qo’qon, Marg’ilon shaharlaridagi telekommunikatsiya tarmoqlarida ekspluatatsiya qilindi.
  • 1997 yilda «Farg’ona Telekom» hamda «Aloqa DEU» qo’shma korxonasi o’rtasidagi shartnoma imzolanib, umumiy sig’imi 8,2 ming raqamli «DTS 1100 A» rusumdagi EATS asosida shahardagi 25 -ATS rekonstruktsiya qilindi.
  • Yana shu yili, Koreya Respublikasi Hukumatining EDCF krediti hisobidan O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida, Farg’ona viloyati telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirildi. Unga ko’ra, umumiy sig’imi 25 ming raqamga mo’ljallangan «DTS 1100 A» va «DTS- 2000» rusumdagi kommutatsiya stantsiyalari keltirildi hamda «SDH» rusumidagi stantsiyalararo aloqa qurilmalari o’rnatildi.
  • 1999 yili Furqat tuman, Navbahor telekommunikatsiya bog’lamasidagi ATSga umumiy sig’imi 1000 raqamga mo’ljallangan «S1-2000A» rusumdagi raqamli kommutatsiya stantsiyasi o’rnatildi.
  • 2001 yil may oyida Toshloq, Farg’ona, Quva, Quvasoy tuman aholisiga raqamli aloqa xizmatlarini ko’rsatish yo’lga qo’yildi. Mazkur tumanlardagi stantsiyalarni o’zaro bog’lovchi 160 km.dan ziyod optik tolali aloqa liniyalari o’tkazildi hamda SDH halqali telekommunikatsiya tizimi ishga tushirildi.
  • 2003 yildan e’tiboran, Yaponiyaning xalqaro hamkorlik banki (JBIC) loyihasi doirasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.
  • 2007 yilda Xitoyning «Huawei» kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy raqamli stantsiyalar asosida modernizatsiya qilindi. Unga ko’ra, umumiy sig’imi 62 ming raqamdan ziyod kommutatsiya stantsiyalari o’rnatildi va viloyat bo’yicha yagona etti xonali telefon raqamlash tizimiga o’tkazildi.
  • 2007 yildan boshlab, qishloq telefon tarmog’ini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish bo’yicha mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ ishlab chiqarilgan «El-SGM " rusumdagi raqamli abonent kontsentratorlari asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Mazkur stantsiyalar viloyatning Quvasoy shahri, Quva, Buvayda, Beshariq, Furqat, Dang’ara tumanlarida o’rnatildi.
Aloqa:
  1. 150100.Farg’ona shahri,Al-Farg’oniy ko’chasi,5 uy.
  2. 0(373) 244-08-07
  3. fertel@uztelecom.uz
"Xorazm - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Xorazm filiali — Kompaniyaning tarkibidagi hududiy filiali bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 27 dekabrdagi «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorgarlik ko’rish chora-tadbirlarito’g’risida"gi 488-sonli qaroriga muvofiq Kompaniyaning «Xorazm Telekom» filiali maqomida faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
  • «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Xorazm viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon aloqa hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan hamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini ko’rsatadi.
  • Filial tarkibida 12 telekommunikatsiya bog’lamalari mavjud bo’lib, ular: Pitnyak shahar telekommunikatsiya bog’lamasi va Hazorasp, Bog’ot, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Qo’shko’pir, Shovot, Go’rlan, Yangibozor, Yangiariq, Urgan tuman telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • «Xorazm Telekom» filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida 158 ta telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy sig’imi 107,0 ming telefon raqamini tashkil etadi. Filialning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ining raqamlashtirish darajasi 73,7 foizni tashkil kiladi.
  • Mustaqillik yillari davomida Xorazm viloyatining telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish borasida qator istiqbolli loyihalar amalga oshirildi.
  • Birgina, 2007 yil davomida, Xitoyning «ZTE» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan raqamli telekommunikatsiya qurilmalari asosida montaj qilish ishlari boshlab yuborildi. Unga ko’ra, Urgench shahrining eskirgan analog rusumdagi uchinchi telefon stantsiyasini umumiy sig’imi 8,7 ming raqamga mo’ljallangan «ZTE» qurilmalari asosida modernizatsiya qilindi.
  • Undan tashqari, aholi zich joylashgan joylarga qo’shimcha qurilmalar o’rnatilib, stantsiya sig’imini yanada kengaytirildi. Jumladan, Urgench shahridagi, «Navro’z» dahasiga qariyb 2,0 ming raqamli, Xonqa tumanining «Oxunboboev» va «G’alaba» fermer xo’jaliklariga 1,0 ming raqamli, «Urgench» tumaninnig «Chali dahasiga 0,6 ming raqamli telefon stantsiyalarni o’rnatildi.
  • Bunday loyihalarning amalga oshirilishi natijasida, aholiga nafaqat sifatli telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatibgina qolmay, balki, yana qator qo’shimcha xizmat turlarini taqdim etishga keng imkoniyatlar yaratildi.
  • Undan tashqari, 2008 yili Urgench shahrida «ZTE» kompaniyasining 0.6 ming raqamga mo’ljallangan raqamli xalqaro/shaharlararo telekommunikatsiya stantsiyasi o’rnatildi. Endilikda, aholiga mahalliy, shaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlaridan keng foydalanishiga hamda ma’lumotni uzatish tarmog’ining turli xizmatlaridan bahramand bo’lishiga imkon tug’ildi.
  • Qishloq o’lkalaridagi telefon stantsiyalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo’yicha ham qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada, O’zbekistondagi mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan «Koinot El-SGM» rusumdagi raqamli qurilmalari asosida Xorazm viloyatining turli qishloq joylarida har xil sig’imdagi 15 ta kontsentratorlar o’rnatildi.
Aloqa:
  1. Xorazm viloyati, Urgench shahri, Al-Beruniy ko’chasi, 1 uy.
  2. 0(362) 223-07-31
  3. xortel@uztelecom.uz
"Toshkent - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «O‘zbektelekom» AK Toshkent filiali Toshkent viloyati xududidagi filiali hisoblanadi.

    Filial tomonidan davlat boshqaruv organlari, muassasalar, idoralar, korxona va tashkilotlarga, shuningdek, shu hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga telekommunikatsiya xizmatlarini ko’rsatadi. «O’zbektelekom» AK mavjud litsenziyalari asosida, Toshkent viloyatidagi is’temolchilarga mahalliy, shaharlararo, halqaro telefon aloqa xizmatlari hamda telegraf xizmatlarini, shu qatorda aloqa tarmoqlari orqali Internet servis provayderlari bilan xamkorlikda ma’lumotni uzatish tarmog’i xizmatlarini taqdim etadi.

  • Filialning tarkibida 18 ta tuman telekommunikatsiya bog’lamalari faoliyat olib boradi. Xususan, Oqqo’rg’on, Do’stobod, Zafar, G’azalkent, Keles, Qibray, Olmaliq, Piskent, Bo’ka, Yangibozor, Parkent, Yangiyo’l, Chinoz, To’ytepa, Angren, Oxangaron, Zangiota va Bekobod tumanlari telekommunikatsiya bog’lamalaridir.
  • «Toshkent-Telekom» filialining mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ida jami 209 telefon stantsiyalari mavjud bo’lib, ularning umumiy montaj sig’imi 162 ming raqamdan ziyodni tashkil etadi. 2007 yil yakunida ularning foydalanish sig’imi qariyib 132 ming raqamni (yoxud umumiy sig’imning 81,5%)ni tashkil qildi. Mustaqillik yillari davomida amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida raqamli telefon stantsiyalarining umumiy montaj sig’imi 130 ming raqamdan oshib ketdi. Ulardan foydalanish sig’imi 113,5 ming raqamni (yoki umumiy sig’imning 87,1%) tashkil etdi. Viloyatning mahalliy telekommunikatsiya tarmog’ini raqamlashtirish darajasi 81% ni tashkil etdi.
  • Toshkent viloyati telekommunikatsiya tarmog’ini rivojlantirish va modernizatsiya qilish borasida qator xorij investitsiyalari jalb qilindi. 1995 yili Janubiy Koreya Respublikasining «Daewoo Telecom» kompaniyasi bilan hamkorligida umumiy sig’imi 45 ming raqamni tashkil etadigan «DTS» rusumdagi raqamli kommutatsiya stantsiyalari yirik shahar va tumanlarga o’rnatildi.
  • 2004 yilda Xitoy Xalq Respublikasining «ZTE» korporatsiyasi tomonidan keltirilgan sig’imi 2,5 ming raqamli «ZXJ10» rusumdagi raqamli kommutatsiya stantsiyasi Qiziltog’ dahasiga o’rnatildi. 2005 yili Shanxay hamkorlik tashkiloti «ShHT» loyihasi doirasida Xitoyning «Huawei Technologies Co. Ltd» kompaniyasidan keltirilgan umumiy sig’imi qariyib 42 ming raqamli «C&C08» rusumdagi zamonaviy kommutatsiya stantsiyalarini o’rnatildi. 2007 yilda Xitoy taraqqiyot bankining investitsion loyihasi doirasida viloyatdagi «C&C08» rusumdagi kommutatsiya stantsiyalarining sig’imini 3 mingga yaqin raqamga kengaytirildi.
  • 2007 yilda filialning Qiziltog’ dahasidagi asosiy telefon stantsiyalariga «ZTE» korporatsiyasining sig’imi 6 ming raqamga xizmat ko’rsatadigan 5 MSAN raqamli abonent kontsentratorlari o’rnatildi.
  • «Toshkent Telekom» filialidagi qishloq telefon tarmog’ini rekonstruktsiya qilish borasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, 2005 yildan boshlab, qishloq telefon tarmog’ini mahalliy ishlab chiqaruvchi «Koinot» OAJ «El-SGM» raqamli abonent kontsentratorlari asosida modernizatsiya qilib kelinmoqda. Xususan, 2005–2007 yillar mobaynida umumiy sig’imi 7 ming raqamdan ortiq 18 turli sig’imdagi abonent kontsentratorlari o’rnatildi. 2008 yilda esa, yana qo’shimcha umumiy sig’imi 7 mingdan ziyod 20 abonent kontsentratorlari o’rnatilishi rejalashtirildi.
Aloqa:
  1. Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Beshchinor ko’ch., 2 uy.
  2. 0(371) 259-70-36
  3. info@tashtel.uz
  4. Sayt: www.tashtelecom.uz
"Toshkent shahar - Telekom" tarmoqlarni ekspluatatsiya qilish markazi
  • «Toshkent shahar telefon tarmog‘i» — «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining eng yirik filialidan biri bo‘lib, poytaxtimizdagi tashkilot, muassasa, idora hamda qator yuridik maqomidagi korxonalar va shahar aholisiga mahalliy telefon aloqasi, shaharlararo, xalqaro telefon so‘zlashuvlari, ma’lumotni uzatish va Internet tarmog‘idan foydalanish kabi qator xizmatlarni taqdim etib keladi.
  • Shuningdek, filial tomonidan, oldindan to‘lanadigan universal kartochlar yordamida IP-telefoniya va Internet xizmati, videotelefon, ma’lumot axborot «09» xizmati, raqamli telekommunikatsiya stansiyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan qator qo‘shimcha xizmat turlarini taqdim etib kelinmoqda.
  • «TSHTT» filiali tarkibida mustaqil 6 ta telekommunikatsiya bog‘lamalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, Markaziy telefon bog‘lamasi, Mirobod, Chilonzor, Yangiobod, Mirzo Ulug‘bek va Olmazor tumanlaridagi telekommunikatsiya bog‘lamalaridir. Undan tashqari, filial tarkibida Axborot hisoblash markazi va Stansiyalararo aloqa bog‘lamalari mavjud.
  • So‘nggi yillarda filialda qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Jahonning ilg‘or kompaniyalari sanalgan «Siemens», «Alcatel» va «Huawei Technologies Co. Ltd» kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilmalar asosida Toshkent shahridagi qariyib barcha telekommunikatsiya stansiyalari modernizatsiya qilindi. Toshkent shahar mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ida 90 ta telefon stansiyalari mavjud bo‘lib, ularning umumiy sig‘imi qariyib, 650 ming raqamni tashkil etadi. Tarmoqning raqamlashtirish darajasi 100 foizga yetkazildi. Mahalliy telekommunikatsiya tarmog‘ini raqamlashtirilishi elektraloqa tarmog‘ining ishlash sifatini sezilarli darajada yaxshiladi, abonentlarga yangi turdagi turli aloqa xizmatlari taqdim etila boshlandi, shuningdek, keng doiradagi foydalanuvchilar e’tiboriga yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘idan foydalanishni tashkil etishiga muvaffaq bo‘lindi. Xususan, filial tomonidan raqamli telekommunikatsiya stansiyalari orqali 25 dan ziyod qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
  • Yildan-yilga qo‘shimcha xizmat turlaridan foydalanuvchi abonentlarning soni ortib bormoqda. Endilikda, telefon xizmatidan foydalanuvchi «TSHTT» filiali abonentlari o‘z telefon qurilmalari orqali «Qisqa raqam terish», «Band abonentni chaqirish», «Raqam termasdan bog‘lanish», «Kiruvchi qo‘ng‘iroqlarni qayta yo‘naltirish», «Xalqaro/shaharlararo qo‘ng‘iroqlarni parollash», «Konferensaloqa» va hokazo singari qator zarur xizmatlardan foydalanishga muvaffaq bo‘ldilar. Shuningdek, filial tomonidan oldindan to‘lanadigan universal (IP telefoniya + Internet) kartochkalar yordamida xalqaro/shaharlararo aloqa va Internetdan foydalanish xizmatlari taqdim etib kelmoqda.
  • Toshkent shahar telefon tarmog‘ini NGN texnologiyalari asosida rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalash natijasida, abonentlarga «Videotelefon» xizmatini taqdim etish yo‘lga qo‘yildi. Videotelefondan foydalanish orqali shaharning istalgan joydan turib, nafaqat so‘zlashuvlarni amalga oshiribgina qolmay, balki muloqotda o‘zaro so‘zlashuvchilarni ko‘rish mumkin.
  • Toshkentda yuqori tezlikdagi yagona korporativ tarmog‘i yaratilgan bo‘lib, «TSHTT» filialining barcha telefon bog‘lamalari bilan bog‘langan. Uning asosida filial uchun ko‘p qirrali vazifalarni bajaruvchi billinig tizimi va boshqa dasturiy platformalar joriy qilingan. 2000-yildan boshlab, «Toshkent shahar telefon tarmog‘i» filialida ma’lumotni uzatish tarmog‘i hamda Internetdan foydalanish xizmatlarini taqdim etib kelinmoqda. So‘nggi paytShuningdek, filial abonentlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, 2006-yil shahar ma’lumot xizmati «09» negizida Contact Center tizimini joriy qilindi. Ma’lumot axborot xizmati «09» shahar abonentlariga tashkilot, korxona va muassasalar, uy xo‘jaligi hamda shaharlararo/xalqaro kodlar va mobil aloqa tizimining raqam terish tartibi xususida ma’lumot berishni tashkil etilgan. Shuningdek, ma’lumot xizmati «001» avtomatlashgan obu-havo yangiliklari, «004» Toshkent shahrining vaqti haqida va hokazo kabi axborotlar kechayu-kunduz, dam olish kunlarisiz xizmat ko‘rsatmoqda.larda Toshkent shahrining barcha bog‘lamalarida yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘idan foydalanishni ta’minlaydigan ADSL texnologiyasiga bo‘lgan mijozlarning soni ortib bormoqda. 2006-yili SDH rusumidagi katta transport telekommunikatsiya halqasi DWDM qurilimalarini joriy etish orqali kengaytirildi.
  • Toshkent shahar telefon tarmog‘i filialining istiqbolida tarmoq imkoniyalarini yanada kengaytirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan aloqa xizmatlari sifatini oshirish hamda turdosh aloqa xizmatlarining yangi turlarini joriy etish ustuvor vazifalar etib belgilab olingan.
Aloqa:
  1. Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li, 2
  2. 233-65-50