Qabul qilish kunlari va vaqti Chorshanba, 15-00 dan 17-00 gacha

Toxtiyarov Akram Nurmaxamatovich

Moliya direktori v.v.b.


1982 yilda tug'ilgan. Millati o’zbek.
Ma’lumoti oliy: 2004-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (bakalavr) 2006-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (magistratura) “menejment va tarmoqlar iqtisodiyoti” fakultetini tamomlagan.
2004 yildan boshlab ish faoliyatini “Oʻzbektelekom” AK “Shaharlararo aloqa korxonasi” filiali muhandisi lavozimidan boshlagan.


Mehnat faoliyati davomida:
  • 2007-2009 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti aspiranti
  • 2010-2011 yy. - “Oʻzbektelekom” AK Buxgalteriya yetakchi mutaxassisi
  • 2011-2017 yy. - “Oʻzbektelekom” AK “Billing Telekom” filiali bosh buxgalteri
  • 2017-2018 yy. - “Oʻzbektelekom” AK bosh buxgalteri
  • 2019 yil yanvar oyidan boshlab "O'zbektelekom" AK moliya direktori vazifasini vaqtinchalik bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ko'rib chiqiladigan masalalar:
  • kompaniya moliyaviy siyosatini belgilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, kompaniyaning strategik maqsadlari va rivojlanish istiqbollari, bozor konyunkturasini hisobga olib, moliyalashtirish manbalarini belgilash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • moliyaviy intizomga rioya etilishi, shartnoma majburiyatlarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi hamda daromadlar kirib kelishi, yetkazib beruvchilar, buyurtmachilar, kredit tashkilotlari bilan moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarini rasmiylashtirish tartibi, shuningdek, tashqi iqtisodiy operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlaydi;
  • istiqbol va joriy moliyaviy rejalarni tuzish, pul mablag‘lari budjeti, tasdiqlangan budjetlar tizimi ko‘rsatkichlari ustidan boshqaruvni amalga oshiradi, ularning bajarilishi nazoratini ta’minlaydi;
  • moliyaviy mablag‘lar holati, harakati va maqsadli foydalanilishi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyat natijalari, soliq majburiyatlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
  • ichki va tashqi foydalanuvchilarga zarur moliyaviy axborotlarni taqdim etish bo‘yicha ishlarini muvofiqlashtiradi;
  • kompaniya faoliyati moliyaviy natijalarini tahlil qilish va baholash, moliyani boshqarish samaradorligiga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
  • kompaniya bo‘linmalari moliyaviy faoliyatini boshqaradi, xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi, kompaniya xodimlariga moliyaviy masalalar bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatadi.