O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlari yanada faol rivojlanish va modernizatsiya bosqichini boshdan kechirmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarining o‘z vaqtida to‘laqonli modernizatsiya qilinishi – mamlakatimiz iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun zaruriy shartdir. Kompaniya hayotining har bir yili – bu qator ahamiyatga molik hodisalar va tarmoq rivojlanishinig muhim voqealaridan iborat boladi.

1992

Viloyatlar aloqa boshqarmalari asosida davlat pochta va elektr aloqasi korxonalarining tashkil etilishi. «O‘zbektelekom» davlat elektr aloqa korxonalari konsernining tashkil etilishi.

1995-1996

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning boshlanishi, «Toshkent taksofoni», «Sirdaryo telekom» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilishi, «Bo‘zton», «Chirkom» qo‘shma korxonalari, «Uzbektelekom Interneshnl» AJ tashkil etilishi.

1997

Aloqa vazirligining O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga aylantirilishi, mustaqil boshqaruv organining tashkil etilishi. «Mahalliy telekom» va «Xalqaro telekom» aksiyadorlik kompaniyalarining tashkil etilishi. «Toshkent shahar telefon tarmog‘i», «Toshkent Telekom», «Andijon Telekom»,«Namangan Telekom» aksiyadorlik jamiyatlari va boshqalarning tashkil etilishi.

2000

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-iyun № -253 sonli «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish vazifalari to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi. 

Mana shu hujjatga muvofiq «Mahalliy Telekom» AK va «Xalkaro Telekom» AK asosida «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etildi. 

«Qoraqalpoq Telekom», «Buxoro Telekom», «Navoiy Telekom», «Xorazm Telekom», «Toshkent telefon-telegraf stansiyasi» va «Shaharlararo aloqa korxonasi» aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik kompaniyasi qoshida «Intal Telekom» filiali tashkil etildi.

2001-2002

«O‘zbektelekom» AK tarkibiga kiruvchi Kompaniyalarni filiallar sifatida birlashtirish yo‘li bilan aksiyadorlik jamiyatlarini qayta tashkil qilish (xolding tuzilmasidan operatorlik kompaniyasiga aylantirish). Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-dekabr № 488 sonli «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasini xususiylashtirishga tayyorlash choralari to‘g‘risida»gi Qarori bilan «O‘zNet» sho‘ba korxonasi «O‘zNet» ma'lumotlar uzatish idoralararo tarmoq barcha funksiyalari va vazifalari bilan «O‘zNet» filiali sifatida «O‘zbektelekom» AKga birlashtirildi. 

Informatsion memorandumining yakunlanishi va salohiyatli investorlar orasida uning tarqatilishining boshlanishi.

2003

«O‘zbektelekom» AK Kuzatuv kengashining qaroriga muvofiq «O‘zbektelekom» AK Injener-texnik markazi tashkil etildi. 

Faoliyatning yangi turi— CDMA-450 standartida simsiz radioulanish xizmati ko‘rsatilishi o‘zlashtirildi. Shu maqsadlarda «Uzbektelekom Mobayl» filiali tashkil etildi, uning asosiy vazifasi O‘zbekiston Respublikasi simsiz aloqa umumilliy tizimini rivojlantirish hisoblanadi. 

2003-yildan Samarqand va Jizzax viloyatlarida simsiz radioaloqa tizimi ishlay boshlaydi.

2004

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aloqa va axborot-kommunikatsion texnologiyalari masalalari bo‘yicha Kompleksa Qo‘mita majlisining 2004-yil 6-apreldan va «O‘zbektelekom» AKning Kuzatuv kengashi ot 2004-yil 26-may № 39 sonli qarori bilan «O‘zbektelekom» AK «O‘zNet» filiali «Intal Telekom» filialiga birlashtiriladi. Yangi tashkil etilgan filial «UzNet» nomi bilan ataladi. 

2004-yil dekabr oyidan «O‘zMobayl» filiali CDMA-450 standartini qo‘llash bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida simsiz abonentlik radio ulanishi tarmog‘ini kengaytirdi. 

O‘zbekiston alova va axborotlashtirish agentligi tomonidan O‘zbekistonning istalgan joyidan istalgan telefondan oldindan pul to‘lash kartochkasi bo‘yicha xalqaro so‘zlashuvlarni amalga oshirishga imkon beruvchi servisli intellektual xizmatlar uchun 805 nogeografik ulanish kodlari kiritildi.

2005

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-avgust «Ma’lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish va «O‘zbektelkom» AKni xususiylashtirishga tayyorlash bo‘yicha tatbirlar to‘g‘risida»gi PQ-149 son Qaroriga muvofiq PRPAK «UzPAK» AMUDD «O‘zbektelkom» AKning «UzNet» filiali bilan birlashish hisobiga «O‘zbektelekom» AKning filialiga aylantiriladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-sentabr 453-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha 2004-yil oxiri va 2005-yil boshida «O‘zbektelekom» AK va uning filiallari tomonidan ToshTTS VoIP shlyuzini kengaytirish va TShTT va O‘ZNET filiallari asosida qo‘shimcha ikki VoIP bog‘lamalarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi, bu universal oldindan pul to‘lash kartochkalari bo‘yicha xalqaro telefon aloqalari hamda Internet tarmog‘iga ulanish xizmatlarini taqdim etishga imkon berdi.

2006

«O‘zbektelekom» AK’ning «O‘zNET» filiali qoshida IEEE 802.16–2004 standarti WiMax pilot loyihasini amalga oshirish boshlandi. 

O‘quv jarayonini takomillashtirish va «O‘zbektelekom» AK mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi (O‘zAAA) va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bevosita ishtirokida «Injener-texnik markazi» (ITM) ixtisoslashtirilgan filiali tashkil etildi. 

Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab olgan videokonferensaloqa xizmati tatbiq etildi.

2007

Kompaniyaning «O‘zbektelekom Mobayl» filiali CDMA 450 standarti asosida respublikaning barcha mintaqalarida mobil aloqa va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini taqdim eta boshladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 23-yanvar Qaroriga muvofiq, Xitoy rivojlanish banki (CDB) va Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, lizing asosida «O‘zbektelekom» AK telekommunikatsiya tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va rivojlantirish» investitsion loyihasini amalga oshirildi. 

NGN «Keyingi avlod tarmog‘i» texnologiyalari asosida Toshkent shahri telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiyalash va kengaytirish amalga oshirildi, videotelefoniya, ma'lumotlar uzatish va Internet tarmoqlariga ulanish xizmatlari tatbiq etildi.

2010

«O‘zbektelekom» AK xalqaro paketli kommutatsiya Markazi sig‘imi 2 barobarga oshirildi va 2,5 Gbit/s gacha yetkazildi. 

Provayderlar uchun internet-xizmatlari tariflari esa 1 Mbit/s. uchun 1510 AQSh dollaridan 849 AQSh dollarigacha yoki 44 foizga pasaytirildi.

2011

Rebrending o‘tkazildi va 2011-yilga yangi UZTELECOM™ brendi va «O‘zbektelekom» AK subbrendlari — UZMOBILE™ va UZONLINE™ brendlarini keng miqyosda ilgari surish amalga oshirildi, ular «O‘zbektelekom» kompaniyasi va uning tuzilma bo‘linmalari xizmatlarini ilgari surish yagona kompleks ko‘rgazmali strategiyasini yaratishga yo‘naltirilgan.

2012

1 576 km masofali optik tolali aloqa liniyalarini yotqizish va qurish ishlari yakunlandi. Shaharlararo, xalqaro va zona ichi aloqa kanallarining umumiy uzunligi 276,2 mln. kanal/km ni tashkil etdi, ulardan 263,5 mln. kanal/km optik tolali aloqa liniyalaridir.

«O‘zbektelekom» AK Xalqaro paketli kommutatsiya markazi sig‘imini 4 barobarga oshirildi va uni 40 Gbit/s gacha yetkazildi. 

Viloyatlar, tumanlar markazlari va respublika shaharlarini raqamli telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi 100 foizni tashkil etdi. Qishloq aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmoq bilan qamrab olish darajasi – 95,7 foizni tashkil etdi. 

«Yagona oyna» tamoyil bo‘yicha ishlaydigan 94ta savdo ofislari foydalanishga topshirildi. 

Internetga keng polosali ulanish abonentlari soni 52 foizdan ko‘proqqa oshdi. 

Respublika aholi punktlari hududlarini CDMA-450 simsiz radioulanish zonasi bilan qamrab olish 71,3 foizga yetkazildi. IP-telefoniya, videotelefoniya va IP-TV xizmatlari foydalanuvchilari soni jadal o‘sishi kuzatildi.

2013

2257,4 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi. Shaharlararo, xalqaro, zona ichi va mahalliy aloqa kanallari umumiy uzunligi 381,3 mln. kanal/km., ulardan, tashkil etilganlari 368,2 mln. kanal/km.ni tashkil etdi. 

Respublika hududida CDMA-450 texnologiyasi bo‘yicha mobil tarmog‘i bilan qamrab olish zonasi 74 foizni tashkil etdi. Qishloq aholi punklarini telekommunikatsiya tarmog‘i bilan qamrab olish darajasi 96 foizni tashkil etdi. 

Internetga kengpolosali ulangan abonentlar soni 62 foizga, IP-TV foydalanuvchilari soni 4,3 barobar, mobil aloqasi xizmati foydalanuvchilari sonining 72 foizga o‘sgani kuzatildi. 

Internet tarmog‘iga ulanish tezligini 30 foizga oshirib, 10 Gbit/s.dan ortiq tezlikka erishildi. 

Internet-provayderlari uchun 1 Mbit/s. tariflari narxi 1,3 marta pasaytirildi. 

CDMA-450 standartidagi simsiz tarmoq bilan qamrab olish zonasini oshirish maqsadida 140 bazaviy stansiyalarini o‘rnatish bo‘yicha iishlar amalga oshirildi, CDMA-450 standartidagi mobil aloqa qamrab olish zonasi respublika aholi punktlari soniga nisbatan 71 foizni tashkil etdi. 

«O‘zbektelekom» AK tarmog‘ida hammasi bo‘lib, «Yagona oyna» tamoyili bo‘yicha ishlaydigan 163ta UZTELECOM sotuvlar ofisi faoliyat yurita boshladi.

2014

Хalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 151,3 foizga o‘sib, 15,5 Gbit /s.ni tashkil etdi. 

Xalqaro paketli kommutatsiyalar markaziga ulangan Internet tarmog‘i operator va provayderlari tariflari 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSH dollarigacha, ya’ni 11,6 foizga pasaydi.

«Buzatau-Qo‘ng‘irod», «G‘uzor-Boysun», «Denav-Uzun-Shargun», «Jaslik-Qoraqalpog‘ston», «Mo‘ynoq–Qibla Ustyurt», «Uzun –Tojikiston chegarasi» hududlarida videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi Internet, HDTV-kanallarining namoyishi va boshqa konvergent xizmatlarni taqdim etuvchi, zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha kengpolosali ulanishga mo‘ljallangan 2000 km optik-tolali aloqa liniyalarining qurilishi amalga oshirildi. Internet tarmog‘iga qayd etilgan keng polosali ulanish xizmatini ko‘rsatish uchun o‘rnatilgan portlar soni 640 mingtaga yetkazildi, foydalanishdagi portlar soni 135,1 foizga o‘sgan. 

Respublika bo‘yicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi, bu esa telefon raqamlari sig‘imini sezilarli darajada oshirdi.

Davlatimiz rahbarining 2014-yil 2-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash investitsiya loyihasini Xitoy Davlat taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq umumiy summasi 117,6 mln. AQSH dollar miqdorida, jumladan, Xitoy (XXR) rivojlanish Davlat banki tomonidan 100,0 mln. AQSH dollari miqdorida ajratilgan kredit mablag‘lari hisobiga telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar amalga oshirildi. Mazkur loyihalarda ma’lumotlarni uzatish magistral tarmoqlari o‘tkazish qobiliyatini kengaytirishni: xalqaro yo‘nalish bo‘yicha —10 martaga (100 Gbit/s.gacha), viloyat markazlarida — 4 marta (40 Gbit/s.gacha) hamda tuman markazlarida — 10 martaga (10Gbit/s.gacha) oshirishni maqsad qilingan. Shuningdek, mazkur Qaror ijrosi doirasida, 69 120 portga keng polasali ulanish ma’lumotlar uzatish uskunalarini o‘rnatish bilan Toshkent shahri abonent aloqa liniyalarini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan FTTx texnologiyasi bo‘yicha keng polosali ulanish optik tarmoqlarining rivojlantirilishi ko‘zda tutilgan. 

Foydalanuvchi talablariga tezkor javob berish maqsadida, shuningdek, davlat va xo‘jalik subyektlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlari bo‘yicha mamlakatimiz barcha mintaqalarida «O‘zbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish Yagona markazini joriy etish loyihasi doirasida, 13 ta call-center tashkil etildi. Abonentlarga qulaylik yaratish uchun 2014-yil 1-dekabrdan butun respublika bo‘yicha «Call-centre» xizmatining “1084” – yagona raqami kiritildi.

2015

Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 1800 km.dan ortiq OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, butun respublika bo‘yicha 105 116 portga yetkazib, 4000dan ortiq ma’muriy va turar-joy obyektlariga FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi tarixiy va madaniy meros obyektlari hududida, shuningdek, sayyoh (turist) lar ko‘p bo‘ladigan (aeroport, vokzal, yirik savdo markazlari, bozorlar, avtostansiyalar va boshqalarda Wi-Fi tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Wi-Fi tarmog‘ bilan qamrab olish hududlari Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida Wi-Fi qoplab olinishi zonasi o‘zida 25ta obyekt va 441,8 ming kv. metrdan ortiq Wi-Fi zonasini tashkil etdi. 

Axborot-¬kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda infrastrukturani rivojlantirish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi: 

«Umummilliy ta’limiy elektron kutubxona» resurslariga umumiy ta’lim maktablarini ulash maqsadida 702ta ta’lim muassasasiga OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan ta’lim muassasalarigacha aloqa kanallarini tashkil etildi. Jami ta’lim obyektlariga 585 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi;

«Elektron ta’lim» milliy tarmog‘iga ulash maqsadida OTAL yotqizish va faol uskunalarni o‘rnatish yo‘li bilan 200ta kasb-hunar kollejlari Internet tarmog‘iga ulandi. Jami 200ta kollejga 796 kmdan ortiq optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi;

«Elektron hukumat» tizimi doirasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish samarasini oshirish bo‘yicha Respublikada 198ta viloyat, shahar va tuman Hokimiyatlarini “O‘zbektelekom” AK bog‘lamalariga optik aloqa kanallarini ulash, jami, 90 kmga yaqin optik-tolali aloqa liniyasi yotqizildi.

2016

Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 2 313 km.dan ortiq OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi. 

«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqand, Buxoro va Toshkent shahrlarida Wi-Fi tarmoqlarini joylashtirish uchun 40ta obyekt belgilandi.

Qishloq joylarida joylashgan obyektlar (jumladan, aholisi kam va yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlar)gacha, shuningdek, 37 344 portgacha yetkaziladigan ijtimoiy infrastruktura obyektlari, jumladan, tibbiy, uchastka militsiya punktlari, boshqaruv organlariga 1 138,1 km op¬tik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi. 

485 multistandart baza stansiyalari installyatsiyasi va integratsiyasi amalga oshirildi.

2017

Kanal hosil qiluvchi uskunalarni o‘rnatish orqali 12 100 km.ga yaqin OTAL qurilishi amalga oshirildi, shu jumladan, FTTB texnologiyasi bo‘yicha tarmoqlarni rivojlantirildi. 

10 080 multistandart baza stansiyalari installyatsiyasi va integratsiyasi amalga oshirildi. Qishloq joylarida axborot-kom¬munikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish uchun umumiy sigimi 52 960ta KPU portlari bo‘lgan 533ta bazaviy stansiyalar o‘rnatildi. 

Qishloq joylarida joylashgan obyektlar (jumladan, aholisi kam va yetib borish qiyin bo‘lgan rayonlar)gacha, shuningdek, ijtimoiy infrastruktura obyektlari, jumladan, tibbiy, uchastka militsiya punktlari, boshqaruv organlariga 2 102,2 km op¬tik-tolali aloqa liniyalari yotqizildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-sentabrdagi «Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinyaning O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi F-4131 son Farmoyishiga muvofiq «Jizzax» EIZ hududida «Huawei Technologies Co., Ltd» (Huawei), «ZTE Corporation» (ZTE) va « Jiangsu Zhongtian Technology Co., Ltd.» (ZTT) qo‘shma korxonalari tashkil etilib, unda telеkommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.

2018

“Xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini kengaytirish” loyihasi doirasida xalqaro paketli kommutatsiya markazi o‘tkazuvchanlik qobiliyati 120 Gbit/s.dan 1200 Gbit/s.gacha 10 barobardan ko’proqqa oshirildi.

Simli Internet xizmatlari taqdim etilishida barcha tarif rejalari tezlik ko’rsatkichida foydalanilgan “gacha” ko’rsatkiсhi olib tashlandi va xizmatlar tezligi kafolatlandi.

Muayyan tezlikda cheklanmagan trafikka ega tariflar narxlari 2 barobardan ko’proqqa arzonlashtirildi.

“O‘zbekiston Respublikasi hududlarida keng polosali kirish tarmoqlarini joriy qilish” loyihasi doirasida respublikamiz hududlarida umumiy sig‘imi 201,2 ming portdan ortiq Internetga keng polosali kirish qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirildi.

2019

IPTV xizmatlari ko’rsatilishida yangilik sifatida IPTV+Video on Demand shaklida xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi.

Uz-IX piring tarmog’i ishga tushirildi.

Kompaniya xizmatlarini qulay boshqarish imkonini beruvchi MyUZTELECOM mobil ilovasi ishga tushirildi.

Ivi Kompaniyasi bilan hamkorlikda onlayn kinoteatr xizmati joriy etildi.

Respublika bo‘yicha 12 ming km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi amalga oshirildi.

Yangi 3 751 ta tayanch stansiyalari qurilib foydalanishga topshirildi.

Mobil aloqa abonentlari soni 5 mln. donaga yetdi.

2020

Respublika bo‘yicha 37 500 km optik tolali aloqa liniyalari qurildi.

Respublika bo’ylab keng polosali ulanish portlari soni 2 barobardan ko’proqqa orttirilib 2,3 million donaga etkazildi.

Mobil aloqa tayanch stansiyalari soni 18 317 taga yetkazildi.

Noyob hisob-kitob tizimiga ega bo‘lgan UNITS tariflarining innovatsion to‘plami joriy etildi!

Mobil aloqa abonent bazasi 7 mln. donaga yetdi.

UZTELECOM savdo belgisi - Iste’molchilar tanloviga ko‘ra Internet provayderlari orasida yil brendi nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.

Birinchi marta UZTELECOM mobil aloqa tarmog’i bazasida MVNO (mobile virtual network operator – virtual mobil tarmoq operatori) operatori xizmatlari ishga tushirildi.