Qabul qilish kunlari va vaqti Har oyning birinchi va oxirgi payshanba kunlari, 10-00 dan 12-00 gacha

Xasanov Nazirjon Nabijanovich

Bosh direktor


1970 yilda tug'ilgan. Millati o’zbek.

Ma’lumoti oliy: 2002 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Telekommunikatsiyalar fakultetini bitirgan.2012 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy Biznes Maktabini tamomlagan.


  • Mehnat faoliyatini 1991-yilda “Andijon Telekom” filialida elektromexanik lavozimidan boshlagan.
  • 1991-2005 yillarda "Andijon Telekom" filialida muhandis bo'lib ishlagan.
  • 2005 yildan 2008 yilgacha "O'zbektelekom" AK direktori birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan.
  • 2008 yildan 2014 yilgacha «O'zbektelekom» AK bosh direktorining o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
  • 2015 yildan 2017 yilgacha "O'zbektelekom" AK texnik direktori lavozimida ishlagan.
  • 2017 yilda «O'zbektelekom» AK «Bosh kommutatsiya markazi» filiali direktori lavozimida ishlagan.
  • 2018 yil may oyidan oktyabr oyigacha - «O'zbektelekom» AK Davlat organlari bilan o'zaro aloqalar bo'yicha direktori.
  • 2018 yildan boshlab "O'zbektelekom" AK bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Ko'rib chiqiladigan masalalar:
  • kompaniyaning davlat organlari, boshqaruvi, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, vazirlik va idoralar bilan, O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari bilan ishlashini muntazam kuzatish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, belgilangan vazifalarni samarali va tezkor hal etish uchun yuqorida ko‘rsatilgan organlar bilan hamkorlik qiladi;
  • barcha darajadagi davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qiladi;
  • davlat organlari tomonidan tuziladigan komissiyalar, qo‘mitalar, ishchi guruhlarga qatnashadi yoki ushbu yo‘nalishdagi mas’ul mansabdor shaxslarni bunday ishtirok etish uchun boshqaradi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining buyruqlari, qarorlari va boshqa vakolatli hujjatlarining bajarilishini nazorat qiladi;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari oldidan Kompaniyaning vakili sifatida ishlaydi, vakolat doirasida tegishli hujjatlar (xatlar, protokollar va boshqalar) imzolaydi;
  • telekommunikatsiya tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash va ma’lumotlarni uzatish, Kompaniyaning axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish, shuningdek zamonaviy talablarni hisobga olgan holda axborotni himoya qilishning samarali vositalari va usullarini joriy etish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlash, obyektlar va aloqa korxonalarini himoya qilish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqaradi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizligi xizmati bilan birgalikda Kompaniyaning muhim va tasniflangan obyektlarini uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlaydi, tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuyini ishlab chiqadi, texnik kuchlar va vositalardan foydalanish xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ularni amalga oshirishni tashkil qiladi.
  • vakolatlari doirasida davlat organlari va ma’muriyati bilan munosabatlar olib boradi.