20 July 2021

UZTELECOM BAA, Turkiya va Misrda GSM standartidagi mobil aloqa abonentlari uchun xalqaro roumingda 99% chegirmani taqdim etadi



UZTELECOM chet elda bo'lgan abonentlariga roumingda mobil aloqa xizmatlari uchun chegirmalar taklif qilishni davom etmoqda. Hozir yozgi ta'tillar payti va O'zbekiston aholisi orasida eng sevimli dam olish maskanlaridan Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya va Misr kurortlari ekanligini inobatga olgan holda, UZTELECOM "Sayohat uchun 99 foizgacha chegirmalar" aksiyasini o'tkazishga qaror qildi.

Yuqorida sanab o`tilgan mamlakatlarda dam oluvchi UZTELECOM GSM mobil aloqa abonentlari 2021 yilning 20 iyulidan 99 foizgacha chegirma bilan qo'ng'iroq qilish, SMS yuborish va Internetdan foydalanish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Endi, chet elda bo'lganingizda, har safar SIM-kartangizni almashtirishingiz shart emas. Vaqtingizni faqat yoqimli dam olish uchun sarflab, bizning qulay xizmatlarimizdan foydalanishda davom etishingiz mumkin.

Aksiyada qatnashish uchun:

  1. Chet elga chiqishdan oldin "Xalqaro rouming" xizmatini ulaganingizga ishonch hosil qiling;
  2. Taklif qilinayotgan rouming xizmatini yoqish uchun *188# USSD raqamini tering.


Xizmatni ulash shartlari:

  • Aktivlashtirish narxi – 1 000 so'm;
  • Kunlik abonent to'lovi – 500 so'm;
  • Internet narxi – (1 МB)       – 800 so'm;
  • Ovozli qo'ng'iroqlar (1 daq.) – 7 500 so'm;
  • SMS (1 dona) – 1 000 so'm.


O'zingiz yoqtirgan joylarga tashrif buyurganingizda, dengizda yoki yo'lda dam olganingizda, oilangiz bilan yanada qulay shartlarda aloqada bo'ling!

UZTELECOM O'zbekistondan tashqarida ham sizning qulayligingiz haqida qayg'urishni davom ettiradi!

UZTELECOM – milliy operator!



Yangilik bilan ulashish: