29 August 2020

“Cheksiz yoz” kuzda ham davom etadi!




Yoz ham tugab bormoqda. Ammo, O‘zbekistonda kuz mavsumi - eng ajoyib mavsum hisoblanadi, jazirama kunlar ortda qolib, kunlar iliqlashgan, meva va sabazavotlar esa mo‘l-ko‘lligi bilan ko‘zni quvontiradi. Kuzda ham xuddi yoz faslidagidek iliqlikni his qilishimiz uchun, UZTELECOM uy Interneti abonentlari uchun yangi “UNLIM Summer” maxsus “yozgi” aksiyali tarif rejasini 2020-yilning 30-noyabriga qadar uzaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, juda ham foydali va hamyonbop bo‘lgan “UNLIM Summer” yangi aksiyali tarif rejasiga joriy yilning 15-iyunida start berilgan edi. O‘zbekistonda ilk bor uy telefoni Internet bilan birgalikda bonusli to‘plamda taqdim etila boshlandi. Shuningdek, ushbu tarif rejada Internetga ulanish tezligi kishini hayratda qoldiradi, foydalanuvchilar routerdan megabaytlarni maksimal darajada “yuklab” olishsa, buning evaziga atigi 99 000 so‘m to‘lashadi!

Aksiyali tarif avvalgidek yangi ulangan abonentlar va “arxiv” tarif rejalaridan o‘tgan abonentlar uchun 2020-yilning 15-iyunidan 30-noyabrgacha amal qiladi.

Uch hisob-kitob davri o‘tgandan so‘ng, abonentlar «UNLIM Summer» aksiyali tarif rejadan ulanish texnologiyasiga qarab UNLIM-10 Premium, UNLIM-10, UNLIM-7 tarif rejalariga o‘tkaziladi. Ammo, abonentlar aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar «UNLIM Summer» mavjud bo‘lgan har qanday tarif rejasiga o‘tishlari mumkin.

Sinoptiklarning ta’kidlashicha, 2020-yil kuz fasli ajoyib bo‘lar ekan. UZTELECOM jamoasi esa 2020-yil kuz mavsumi abonentlarimiz uchun yanada yuqori tezlikda, cheksiz, uy telefoniga kiritilgan daqiqalarga boy tarzda bo‘lishini ta’kidlamoqda! Yoz mavsumi kuzda ham davom etadi!

Batafsil ma'lumot uchun

 



Yangilik bilan ulashish: